15
Mavzu: FUQAROLIK JAMIYATI G‗OYALARI
EVOLYUTSIYASI
Reja:
1.Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari. Fuqarolik
jamiyatining antik paradigmasi
2.Sharq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati
haqidagi ilk qarashlar
3.Yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi.
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari.
Tayanch so‗z va iboralar:
Avesto, ideal davlat, xususiy mulk, jamiyat va davlat, odil hukmdor,
adolat va qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat
doirasida amalga oshishi, formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar,
modernizatsiya konsepsiyasi, fuqarolik jamiyatining davlat va jamiyat
dixotomiyasi,
1.Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini
qurish eng ezgu g‗oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli
darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik
jamiyatini qurish g‗oyasi G‗arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga
tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida Sharq mamlakatalari
mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari
shakllangan.
Ijtimoiy taraqqiyotning ma‘lum davrlarida sharq
mamlakatlari yetakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‗z
mohiyatiga ko‗ra umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan
qat‘iy nazar uning rivojiga hissalarini qo‗shgan. Shu nuqtai nazardan
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‗g‗risidagi g‗oyalar,
bilimlarni bir yoqlama bo‗rttirish yoki kamsitish noto‗g‗ri yondoshuvdir.
Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-
siyosiy va ma‘naviy hayotining yorqin namunasi
―Avesto‖ muqaddas
kitobida keltirilgan. Avestoning ―Yashtlar‖, ―Vispirat‖, ―Vididod‖
qismlarida oila va jamoada berilgan so‗zdan yoki qasamdan voz kechish,
odamlar o‗rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o‗z
ifodasini topgan. Xususan, ―O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun
mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga
putur etkazadi‖, ―O Spitama, ahdingni buzma...‖ g‗oyalari davlatlar
siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbai bo‗lib, ular Rim
huquqidan ham qadimiyroqdir.
17
tuyg‗ular va hissiyotga beriluvchan bo‗ladi, qonun esa «oqilona
tafakkur»dir.
Qadimgi Rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar)
ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Davlatni u umumiy
manfaatlar bilan o‗zaro bog‗langan odamlar majmui sifatida tasavvur
qiladi, davlat xalqning umumiy mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda
yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni
muhofaza qilishdan iborat. Davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi.
Sitseronning fikriga ko‗ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya
va demokratiya) unsurlarini o‗zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng
ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a‘zosining
manfaatlarini qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi
ta‘minlanadi. «Davlatning mustahkamligi va fuqarolarning huquqiy
tengligi» bunday davlat tuzumining muhim fazilati deb hisoblaydi.
Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va
huquq muammolariga bag‗ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi
yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin
a‘zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a‘zolarning
o‗zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy
tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‗ladi.
Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‗lib huquqiy tus beradi,
bu ta‘limot keyinchalik juda ko‗p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy
davlat» g‗oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e‘tirof etiladi.
Sitseron konsepsiyasiga ko‗ra, ―fuqarolik jamiyati‖ g‗oyasi antik davr
uchun klassik ahamiyatga ega bo‗ladi, bu o‗z navbatida yangi davrda
shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‗ladi. Ko‗pgina ekspertlar fikricha,
aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta‘limotida ―fuqarolik jamiyati‖
o‗zining tushunchaviy asoslariga ega bo‗ladi.
2. Insoniyat taraqqqiyotining o‘rta asrlar deb ataluvchi davrida
Sharqda ijtimoiy adolat, ma‘rifat va tenglik nafaqat nazariy me‘yor, balki
amaliy hayot me‘yori, ijtimoiy- siyosiy muammolar yechimini topish va
jamoa bo‗lib yashashning asosi sifatida tushunilgan, fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning ma‘rifat yo‗li tanlangan bo‗lsa, Yevropa ijtimoiy-
siyosiy tafakkurida esa nasroniylarning diniy dogmatikasi hukmronlik
qilib, diniy va dunyoviy manfaatlar o‗rtasida kurash ketgan.
Dostları ilə paylaş: