Bu kurash kundalik hayotimizdagi oddiy holatlardan boshlanadi.
Shifokordan yaxshiroq maslahat olish, navbatni tezlashtirish, reyting
daftarchasiga tuzukroq baho qo„ydirish va hokazo vaziyatlarda o„zimizni
munosib tutishimiz lozim bo„ladi.
Odamlarning tabiatiga o‗xshab rahbaru mas‘ullar ham har xil bo‗ladi.
«Jamoada hamma qulaylik o‗zim uchun, bu tashkilot menga bir
paytlardagi xizmatlarim, farog‗atda yashamog‗im uchun berilgan,
marhamat, qolganlar aravasini o‗zi amallab tortaversin» qabilida tor va
eskicha o‗ylaydigan, «oldi-berdi»ni faoliyatining bir qismi deb
tushunadigan,
demokratik
qonun-qoidalarni
yetarlicha
idrok
eta
olmaydigan rahbarlar ham yo‗q emas. Shuning uchun qonunda aholining
huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish, xususan, davlat organlari va boshqa
tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralari
ko‗zda tutilgan.
―Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
to‗g‗risida‖gi
Qonunda
belgilanganidek, ta‘lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi huquqiy ta‘lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb
ahamiyat kasb etadi. To‗g‗ri ishlab, to‗g‗ri yashash saodatini bolalikdan,
yoshlikdan o‗rgangan odam mard va halol bo‗ladi. Adolatsizlik, qonunga
hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‗lmasligini o‗qib-
uqqan, poraxo‗rlik va korrupsiyaga, suiiste‘molchilikka qarshi o‗zida
immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur‘atli, vijdonli inson bo‗lib
etishadi. Qonunga, tartib-qoidalarga hurmat saqlab, el-yurtga sadoqat bilan
xizmat qiladi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‗lmasligini,
hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini
tushunadi.
Bir yosh kadr mas‘uliyatli vazifaga kelsa, amalga ega bo‗lsa, bundan
ota-ona, qarindosh-urug‗ qanchalik quvonadi?.. Bu tabiiy va ezgu tuyg‗u,
albatta. Lekin ba‘zi noto‗g‗ri, zararli illatlar, bilib-bilmay, tushunib-
tushunmay yo‗l qo‗yib beriladigan odatlar ham borki, ularni aslo esdan
chiqarmasligimiz kerak. Gohida shunday bo‗ladiki, yaqinlar, og‗a-
inilarning «o‗g‗lim yoki og‗ayni, mana, ishlayapsanku, opangni
uzatilayotgan qiziga durustroq sovg‗a bergin, amakingning yetmay turgan
mashina puliga yordam qilib yuborgin, qiynalib yuribdi...» qabilidagi istak
87
va xohishlar yosh kadrlarni buzadi, boshini aylantirib qo‗yadi. Yaqinlariga
hurmat yuzasidan bechora o‗zini o‗qqa-cho‗qqa urishga, noqonuniy ish
qilishga, oson pul topishga harakat qiladi. Istab-istamay, boshi berk
ko‗chaga kirib qoladi, korrupsiya tuzog‗iga ilinadi.
Qarindosh-urug‗chilik, tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat
manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga
raxna solinmasligi kerak. Qandaydir manfaat ortidan bog‗langan rishta,
do‗stlik, aka-ukachilik uzoqqa cho‗zilmaydi, hech kimga hurmat olib
bermaydi. Bunga hayotdan ko‗plab misollar topish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda, davlat hokimiyati organlari
faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta‘minlashda, fuqarolarga tezkor va
xolis axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish,
demokratik islohotlar jarayonida ularning nufuzi va mavqeini oshirish
dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi
kurashishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi, korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar to‗g‗risida axborot berayotgan shaxslarni himoya
qilish masalalari qonunda alohida belgilab qo‗yilgan.
Ommaviy axborot vositalarining erkin va dadil faoliyatisiz jamiyat
hayotini demokratlashtirish, odamlarni mustaqil fikrlab yashashga
undash, hozirgi kunda suv va havodek zarur bo„lgan jamoatchilik
nazoratini izchil yo„lga qo„yish mumkin emas. Butun dunyoda davlatning
demokratiyani hurmat qilishiga, xalqning salohiyati va madaniyatiga
matbuot erkinligi, odilligiga qarab ham baho beriladi. Albatta, bugun bu
haqiqatni ko‗pchiligimiz yaxshi tushunamiz va tan olamiz.
Shu o‗rinda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining yana bir
tomoniga e‘tibor qaratsak. Nobop, «muomala qilish», «kelishish»ga moyil
rahbar yoki boshqa bir mas‘ul nafaqat tashkilotga, jamiyatga, ishchi-
xodimlarga ziyon yetkazadi, balki bunday odam bilan tashkilotning,
jamoaning, ayniqsa, yosh kadrlarning vaqti, umri behuda o‗tadi. Rahbar
hammaga o‗rnak bo‗lib, halol ishlab, fidoyilik ko‗rsatish o‗rniga,
yig‗ilishlarda bir gapni gapirib, o‗zi butunlay teskarisini qilsa, undan yosh
kadrlar nimani o‗rganadi? Qanday o‗rnak oladi?.. Korrupsiyaga qarshi
kurashish yana shunisi bilan muhimki, mazkur jarayonlarda ishchi-
xodimlar, yoshlar halol ishlash, ishonch va vakolatga munosib xizmat
bilan javob qaytarish zarur, degan tushunchaga tayanib faoliyat yuritishni
o‗rganadi. Har qanday vaziyatda mard odam, baribir, halol bo„ladi, degan
e‟tiqodda sobit turadi.
Shu sababli ham so‗nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, kichik
biznes sub‘ektlariga «yagona darcha» tamoyili orqali xizmat ko‗rsatilyapti,
88
yagona portal orqali davlat xizmatlari elektron shaklda taqdim etilayapti.
Qonun hujjatlariga, davlat tashkilotlarining ish faoliyatiga ochiqlik,
oshkoralikni ta‘minlash nuqtai nazaridan o‗zgartirishlar kiritilayapti va
boshqa ko‗plab yangiliklar joriy qilinayapti. Bularning barchasi korrupsiya
balosini bartaraf etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolar bunday
yondashuvni jon-dili bilan qo‗llab-quvvatlamoqda.
Dunyo kun sayin, soat sayin rivojlanayapti. Davlatlar va xalqlar
o‗rtasidagi hamkorlikning tezkor, yangidan-yangi ufqlari ochilayapti,
milliy iqtisodiyotlar o‗zaro chambarchas bog‗langan holda yuksalmoqda,
taraqqiy etmoqda. Bugun har qanday davlat boshqa davlatlar bilan izchil
hamkorlik qilmasdan, oqilona investitsiya va resurslarga tayanmasdan,
jahonga chiqmasdan, ayni paytda dunyoga eshiklarini keng ochmasdan,
odamlar bemalol ishlaydigan ishonchli makonga aylanmasdan yuqori
natijalarga erisholmaydi.
Erkin faoliyat yuritishga keng yo‗l ochib berilgan, inson huquqlari,
qonuniy manfaatlari qat‘iy himoya qilinadigan mamlakatning ostonasidan
odam arimaydi, bunday davlat dunyoning turli nuqtalaridan ishbilarmonlar
talpinadigan yurtga aylanadi.
So‗nggi vaqtlarda jamiyatimiz hayoti, mamlakatimiz iqtisodiyotining
turli sohalarini yanada jadal rivojlantirish bo‗yicha qabul qilingan
qonunlar, Prezident qaror va farmonlari ana shu ezgu maqsadga
qaratilganini anglash qiyin emas. Turizmni rivojlantirish, dunyoning
ko‗plab davlatlaridan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza
rejimini bekor qilish yoki sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudlarning
haqiqiy mustaqilligini ta‘minlash yoxud tadbirkorlikka keng erkinlik
berish, turli byurokratik to‗siq va g‗ovlarni yo‗q qilish haqidagi hamda
boshqa bir qancha qaror va farmonlar odamlarning yo‗lini ochishga,
O‗zbekistonimizning jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda.
―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida‖gi Qonun bu boradagi
islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratmoqda, xalqimizda katta
umid uyg‗otmoqda.
Hozirda ko‗plab davlatlarda terrorizm, ayirmachilik, uyushgan
jinoyatchilik,
shu
jumladan
korrupsiya
avj
olayotgani
dunyo
jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Ana shunday bir sharoitda
mansabdor shaxslarning jinoyatchilar bilan til biriktirishi natijasida
jamiyat siyosiy va iqtisodiy inqiroziga yuz tutishi mumkinligi
korrupsiyaning ijtimoiy xavfi nechog‗lik yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Bunday xavfli qilmish oxir-oqibat uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va
boshqa hodisalar ildiz otib, gullab-yashnashi uchun sharoit yaratib beradi.
89
Qolaversa, korrupsiya fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodda ijtimoiy
adolatga, haqiqatga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga bo‗lgan
ishonchini susaytiradi. Shu nuqtai nazardan o‗sib kelayotgan yosh avlodni,
ayniqsa, kollej va oliy ta‘lim muassalarini bitirib, kasbiy faoliyat boshlash
ostonasida turgan yoshlarga korrupsiyaning nechog‗li xavfli illat ekani
haqida ma‘lumotlar berish foydadan xoli bo‗lmaydi. Negaki, bugungi kun
bitiruvchisi ertangi mutaxassis, jamiyat va davlat boshqaruvining
ishtirokchisidir.
Dostları ilə paylaş: |