Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib
munosabatlar tizimiga tayangan, o‗zini o‗zi boshqarish mexanizmlari
mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va
fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi,
muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalar, birlashmalar, nodavlat
tashkilotlar va idoralar mavjud bo‗ladi.
Respublikamizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ―Kuchli davlatdan
– kuchli jamiyat sari‖ tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Ushbu g‗oya
ilk bor I.Karimovning bir qancha asarlarida bayon qilindi va
rivojlantirildi
1
. Xususan, I.Karimov shunday ta‘kidlaydi: ―Mahalliy
hokimiyat organlari va fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish organlari
bajaradigan
vazifalar
doirasini
kengaytirish,
ularga
davlat
vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda
eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada
to„laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining
huquq va mavqelarini oshirish darkor. “Kuchli davlatdan – kuchli
fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana
shunda yaqqol namoyon bo„ladi. Aynan shunday yondoshuv fuqarolarning
o„zlariga o„z hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish
1
Қаранг: И.А.Каримов.Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. //
Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7.Ж. – Т.:Ўзбекистон, 1999
й.
134
uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarlik jamiyati tamoyillariga to„la mos
keladi”
1
.
Shuni unutmaslik lozimki, kuchli davlat tamoyili haqida rap ketganda,
uning kimgadir zo‗ravonlik bilan ta‘sir o‗tkazish imkoniyati nazarda
tutilmaydi, balki davlatning yuksak iqtisodiy asosga ega bo‗lishi,
mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda o‗z manfaatlarini himoya qila
bilish, barqaror taraqqiyot tizimiga kirib borish hamda demokratiyaning
umume‘tirof etilgan tamoyillarini shakllantira olish salohiyati tushuniladi.
Ya‘ni, aholining nodavlat va jamoat tashkilotlari orqali hokimiyatni
boshqarishda faol ishtirok qilish imkoniyatining vujudga kelishi kuchli
jamiyat mezoni hisoblanadi.
Kuchli jamiyat kuchli davlat negizida shakllanadi va hukumatning
mamlakat ichkarisidagi ko‗pgina faoliyati cheklanib, u fuqarolarning
qo‗liga o‗tadi va ularning davlat faoliyatini nazorat qilishi to‗liq
ta‘minlanadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ degan tamoyilni
amalda hayotga joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‗liq ko‗p
masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu
vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o‗tkaza borishni
taqozo etadi. Shu o‗rinda savol tug‗iladi. Agar ushbu jarayon rivojlanishda
bo‗lsa, davlatimizning roli va mavqei tushib ketmaydimi yoki davlat
bunday sharoitda qaysi sohalarda faoliyat ko‗rsatishi lozim bo‗ladi? Bu
savolga I.Karimov aniq javob beradi: ―...davlatning iqtisodiy sohaga,
xo„jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda xususiy faoliyatga
aralashuvini cheklash lozim. Shu o„rinda savol tug„ilishi mumkin: bunday
vaziyatda davlat tizimining roli nimadan iborat bo„ladi? Bu masalada
davlatning roli avvalo iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor
yo„nalishlarni aniqlashga, qabul qilinadigan qonunlar va huquqiy
normalarning barcha tomonidan so„zsiz bajarilishini ta‟minlashga,
tashabbus va tadbirkorlikni rag„batlantirishga, xo„jalik yurituvchi
sub‟ektlar o„rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va
hammaga barobar bo„lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilmog„i
darkor‖.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‗tish jarayoni
mustahkam huquqiy asosda va Konstitutsiya hamda qonun ustuvorligi
tamoyiliga
muvofiq
kechmog‗i
lozim.
Chunonchi,
O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari,
1
И.А.Каримов.Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7.Ж. –
Т.:Ўзбекистон, 1999 й.
135
siyosiy partiyalar, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish, ommaviy axborot
vositalari, fuqarolarning o‗zini o‗z boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari, jamoat fondlari, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar,
to‗g‗risidagi qonunlar, fuqarolik va soliq kodekslari kabi qonun hujjatlari
O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam huquqiy
asoslari yaratilganidan yaqqol dalolat beradi.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari hokimiyatni qo‗lga kiritishni maqsad
qilmasa ham, ular aholining moddiy farovonligini oshirish, ma‘naviy
saviyasini ko‗tarish uchun qilinadigan sa‘y-harakatlarda, kishilarni
uyushtirish va faollashtirish, siyosiy ongining o‗sib borishida faol ishtirok
etadi. Bu, o‗z navbatida, demokratik jarayonlar rivojiga ijobiy ta‘sir
o‗tkazadi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari xuddi ana shu xususiyatlari
bilan bir tomondan, kuchli davlatning shakllanishida etakchi rol o‗ynasa,
ikkinchi tomondan, davlatning ko‗pgina funksiyalarini o‗z zimmasiga
olish orqali fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish jarayonining vujudga
kelishida, yanada aniqrog‗i, kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishida
beqiyos ahamiyat kasb etadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik
jamiyati‖ga o‗tishning asosiy mezoni ham hokimiyatning jamiyat
taraqqiyotida ommaga suyanishi, ishonchiga ega bo‗lishi va u bilan
hamkorlikning yo‗lga qo‗yilishi hisoblanadi.
―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilidan kelib
chiqib, markaziy davlat hokimiyati tasarrufida asosan, faqat konstitutsion
tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish,
huquq-tartibot va mudofa qobiliyatini ta‟minlash, inson huquqlari va
erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini
himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib
borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‗zda tutilmoqda. Nodavlat notijorat,
jamoat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar zimmasiga esa quyidagi
vakolatlar berilmoqda: bozor islohotlarini amalga oshirish, tadbirkorlikni
rivojlantirib borish, xususiy mulkni rivojlantirib borish, iste‟mol bozorini
to„ldirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarning moddiy
farovonligini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar.
I.Karimovning ―O‗zbekistonda demokratik o‗zgarishlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy
yo‗nalishlari‖
hamda ―Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh
etishdir‖
asarlarida
mamlakatimizda
demokratik
o‗zgarishlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning muhim
sharti - kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‗tishning
136
mexanizmlari bo‗lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining faolligini yangi
bosqichga ko‗tarish bugungi kunimizdagi dolzarb vazifa ekani ilmiy-
nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, demak, O‗zbekiston davlati
ijtimoiy xarakterga ega bo‗ladi va shu sababli demokratik huquqiy davlat
deb ataladi. Davlat ma‘muriy buyruqbozlik va byurokratiyadan butunlay
voz kechib, hukm qiluvchi emas, balki ta‘sir etuvchi kuchga aylanadi. Bu
esa O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ―Kuchli davlatdan
– kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ strategik maqsadining amaliy ifodasidir.
3
. 2017 yil 3 fevral kuni respublika Prezidentining ―Mahalla
Dostları ilə paylaş: |