5. Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn,Al,Cu, Mg ) qolip; b)
nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen,
rezina - qolip.
6. Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida
naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayaorlash uchun.
Bundan tashqari yuqori bosma usulida qoliplar dastlabki va stereotip
turlariga bo’linadi. Stereotip qolip - bu dastlabki qolipni nusxasi bo’lib, ular
quyma, galvanoplastik, presslangan (nometall) va aralash tayorlangan bo’lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: