Ovqat ratsionini tuzish Ishdan maqsad


SUTKALIK OVQAT RATSIONINI TUZISH



Yüklə 64,63 Kb.
səhifə7/7
tarix01.06.2022
ölçüsü64,63 Kb.
#60329
1   2   3   4   5   6   7
RATSION

SUTKALIK OVQAT RATSIONINI TUZISH 


Nazariy tushuncha. Organizm o‟z hayot faoliyati uchun zarur energiyani 
ovqat tarkibidagi oqsil, yog‟ va uglevodlardan oladi. Bundan tashqari, ovqat 
energiya zapasini uzluksiz to‟ldirib turishi bilan birga organizm
to‟qimalarining tiklanishi va qayta qurilishi uchun zarur har xil moddalar bilan 
ta‟minlab turadi. 
Ovqat ratsionini tuzish uchun ovqat mahsulotlari tarkibini, sifati va 
miqdorini aniq bilish zarur bo‟ladi. Ovqatlanishning fiziologik normalari odamning 
yoshi, jinsi, bo‟yi, vazni, u yashaydigan iqlim sharoiti, geografik joylashishi, 
shuningdek, bajaradigan ishining turiga qarab turli odamda turlicha bo‟ladi. 
Sutkalik ovqat ratsioniga qo‟yiladigan talablar qo‟yidagicha: a) ovqat 
ratsionining kaloriyasi sutkalik energiya sarfini qoplashi zarur; b) ovqat etarli 
miqdorda uglevodlar, oqsillar va yog‟larga, shuningdek, vitaminlar, mineral tuzlar 
ga boy bo‟lishi kerak; v) ovqatni iste‟mol qilish vaqti to‟g‟ri taqsimlangan bo‟lishi 
zarur. Bir kunda 3 marta: ertalab, tushda va kechqurun ovqatlanish oralig‟i 6-7 
soatdan oshmasligi zarur. Sutkalik kaloriyaning 30% ni ertalab, 50% ni tushda, 
20% ni kechqurun olish kerak; g) kattalarning kasb-kori, bolalarning yoshi, 
sportchilarning esa jismoniy ish xaraktera hisobga olinishi shart; d) iste‟mol 
qilingan ovqat hajmi to‟yganlik hissini yuzaga keltiradigan bo‟lsin; e) iste‟mol 
qilinadigan har galdagi ovqat tarkibiga kiradigan moddalar ratsional taqsimlangan 
bo‟lishi kerak: oqsil va yog‟larga boy ovqatlarni kunduzgi soatlarda, sutli va 
o‟simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarni kechqurun tanovul qilish tavsil 
etiladi. 
Yüklə 64,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin