Оvqatlanish gigienasi. Reja: Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari



Yüklə 344,91 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü344,91 Kb.
#124353
1   2   3   4
1461258084 62287

So’rilish.
Ovqat moddalari ximik , mexanik ta’sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan xolga kelgandan so’ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so’riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so’rida boshlaydi. Yangi tugilgan bolalarda oshqozon ko’proq ovqat moddalari so’riladi. Yosh ortishi bilan so’rilish kamayadi. Ichkning shillik qavatida juda ko’p mikdorda surg’ichlar bo’ladi ( Xar bir mm2 22-40 ta ). Ichak so’rgichlarining qkisqarishini piyoz, chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So’rg’ichlar qon tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devoridan aminokislotalari xolida, uglevodlar suvda erigan monosaxarislar, yog’lar esa yog’ kislotasi va glisirin xolida qon va limfaga so’riladi. Bolalarda ichakdan juda oz mikdorda oqsillar so’riladi.
Ovqat hazm kanalida hazm bo’lganidan so’ng chikindi moddalar najas bo’lib, yo’g’on ichikka yig’iladi. Defikasiyaning nerv markazi orqa miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashki sfinter ixtiyoriy.
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 shgacha – 40% , 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda - 15-20% tashkil etadi. Noto’g’ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit og’rik bolalarda ovqat xazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat xazm qilish sistemasining xarakterli belgisi: shilliq qavati nozik, qon va limfa nomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa oshqozon- ichak traktining tez yallig’lanishiga va kasallikning ogir kechishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyagiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o’tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo’ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va zaxarli moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon – ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashki muxitdan ovqat kabul qilish organizmda uni o’zgarishi, hazm qilishini, xosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya xosil bo’ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’paydi, yosh organizm o’sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvchi bir – biriga chambarchas bog’lik bo’lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va diaaimilyasiya oqali o’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyasiya deyiladi.
Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmning sog’lom, normal o’sishi, sog’lig’i va rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya’ni plastik va energik. Oksillarning plastik axamiyagi shunday iboratki, ular barcha hujayra va tukimalaning tarkibiy kismiga qiradi. Oksillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo’ladi, masalan: 1 g oksil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu nergiya odam tanasi haroratini birday saqlash, ichki organlari normal ishlashi , odamning xarakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi.
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizmda asosiy energiya manbai bo’lib hisoblanadi. 1 g, uglevod parchalanganda 4,2 kkal. energiya ajraladi. Bir sutkslik energiyaning 50% uglevodlar hisobiga xosil bo’ladi.
Yog’lar almashinuvi. Yog’lar hujayralarda bo’lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1 g. yog’ parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. Yog’lar ikki hil bo’ladi: hayvon, o’simlik. Hayvon yog’lariga dumba, charvi, saryog , baliq yog’lari qiradi. O’simlik yog’lariga zig’ir, paxta, qungaboqar, kunjut, makkajuhori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yog’lar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muhitning noqulay ta’siri – sovo’kka odamning chidamligi , aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Yog’lari ortiqcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral to’zlari odam asosan oziq – ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10 – 12,5 g. osh tuzi iste’mol qiladi. Mineral to’zlar organizmdagi barcha funksiyyalarning bir Hilda kechishini ta’minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, so’rilish, gaz ajralish, sekresiya va ajratish jarayonlari ham zarur. Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganez, kobalt, mis, ruh, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makro elementlar ham juda zarur.
Vitaminlar. Vitaminlar ham yog’lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo’lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N. I. Lunin ( 1853 – 1938 ) 1880 yilda organizm uchun zarur bo’lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo’lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi ( vita – xayot degan ma’noni anglatadi ). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ular organizmning o’sishiga modda almashinuviga immune holatiga, yurak – qon tomir, nerv tiziminish ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa gvitaminoz, yetishmasa gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli hil vazifani bajaradi.
A vitamin o’sish vitamini deyiladi. U organizmning o’sish va rivojlanishida, teri ostki qavati xolatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligini yaxshi bo’lishini ta’minlashda muhim axamiyatga ega. Bu vitamin yetishmanganda teri quruqlashib, yorilib, nafas yo’llari va oshqozon – ichak qavatigini yallitlanishi kasalliklari yuziga keladi. Vitamin A baliq yog’ida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, uruq tarkibida ko’p bo’ladi. B gruppa vitaminlarga B1 ( tiamin ) , B2 (riboflamin ), B6, B12, PP (nikotin kislota ) kiradi.

Yüklə 344,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin