Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi. Tekshiriluvchi ichki kiyimida poyafzalsiz tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak.
Bir yoshgacha bolaning tana vazni stol ustida joylashtirilgan maxsus tibbiy tarozida
aniqlanadi.Bola yo`tqizilgan vaziyatda vazni o`lchanadi.
Chaqaloq tana vazni normada 2500-3500 grammgacha bo`ladi.O`rtacha 3000 gr (3
kg).Chaqaloq tana vazni 2500 grammdan kam bo`lsa, chala tug`ilgan hisoblanadi.
Bolaning 6 oyligigacha tana vazni har oy 600 gramm, 7-12 oygacha har oy 500 gramm
ko`payadi.
Bir yoshgacha bo`lgan bolaning turli oylarida tana vazni quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
Tana vazni 3000+ (600 x n)=
3000 gramm-chaqaloq tana vazni;
600 gramm – 6 oygacha har oyda tana vaznini oshishi;
n – oy soni.
Bolaning 7 oyligidan 12 oyligigacha formuladagi 600 gramm o`rniga 500 gramm qo`yiladi.
Bola 1 yoshga to`lganida vazni o`rtacha 9 kg ni tashkil etadi.
10 yoshgacha qiz va o`g`il bola tana vazni bir xil oshadi.11-15 yoshgacha qizlar vazni
ko`proq oshadi.15 yoshdan o`g`il bolalar vazni ko`proq oshadi.
-2-5 yoshlik bolalarning vazni bir yilda 2 kg oshadi va 5 yoshga to`lganda 17 kg bo`ladi;
- 6-14 yoshgacha tana vazni bir yilda 3 kg oshadi.Shu yoshdagi bolalar vazni, qaysi yoshda
qancha bo`lishi, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Tana vazni 17+(3 x n) =
- 17 kg 5 yoshlik bolaning vazni;
- 3 kg bolaning 6 yoshligidan 14 yoshgacha har yili vaznining ko`payishi;
- n –yosh soni.
Erkak odamning normal o`rtacha tana vazni 70 kg. O`rtacha normal bo`y uzunligi 170 sm,
deb qabul qilingan.
Ko`krak qafasi aylanasi. Lentaning yuqori qirasi oldindan o`g`il bolalarda ko`krak bez ustidan, qizlarda esa bez
ostidan o`rnatiladi.Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan
o`tishi kerak.
Ko`krak qafasi aylanasi bola va o`smir jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi
hisoblanadi.Chunki, ko`krak qafasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning
bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining faoliyati shunchalik
yaxshi bo`ladi.
Chaqaloqning ko`krak qafasi aylanasi 32-34 sm, bola 1 yoshga to`lganda - 48 sm, 5 yoshda
- 55 sm, 10 yoshda-63 sm, 15 yoshda-75-78 sm bo`ladi.
Bola va o`smirning jismoniy rivojlanishi qancha yuqori darajada bo`lsa, ko`krak qafasi
aylanasi shunchalik katta bo`ladi.