Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko'ra xo'jalik yurituvehilar o'rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta'sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o'zgarishlar orqali ham ta'sir ko'rsatish mumkin.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerakw, deb aytgan edi. Bu g'oya nihoyatda ahamiyatli bo'lib, bosib o'tilgan yo'lni to'g'ri baholash va kelajak istiqbolini ko'zlash haqida fikr yuritishga undaydi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy va bosh g*oya jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo'llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko'ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo'lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy manbasi ekanligi turli yo'llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan.
Yana bir muhim masala ustida to'xtab o'tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g'oyalarga shu kun bilan baho beriladi va odatda ilgarigi oyadagi exato» va «kamchiliklarslar aniqlanib, yangi oyaning undan afzalligi kisbotlanadi».
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta'kidlanganidek avvalgi g'oyalar tufayli odatda yangi g'oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g'oya "yaxshi», unisi "yomon» kabi baholash adolatdan bo'lmaydi. A. Smitning mashhur asarida o'zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta'limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o'rganilgan va yangi g'oya vujudga kelgan.
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo'lgan shaxslarning ko'pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo'yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat arboblari bo'lganlar.
Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P. Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, A.Smit faylasuf