Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

SO‘ZBOSHI
Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda 
chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan 
muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy 
va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba 
sifatida xizmat qiladi. 
Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. 
Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, 
Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi.
Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va 
xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu 
davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, 
Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy 
kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri 
Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk 
allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. 
Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni 
Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha 
mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar 
qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil 
YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 
yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 
birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi 
Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning 
atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari, muqovasozlari, naqqoshlari va 
boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zaro feodal urushlar, vayronagarchiliklar 
natijasida arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bizgacha Qo‘qon va 
Xiva xonlarining arxivlari, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolgan. 



Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya 
imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning 
ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan. 
Oliy o‘quv yurtlari “Arxivshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 
talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekistonda turli tarixiy 
davrda arxivlarning vujudga kelishi va faoliyati bo‘yicha nazariy hamda amaliy 
bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. 
Har bir mavzu so‘nggida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan 
tayanch tushunchalar berilgan bo‘lib, ular yordamida o‘qituvchi o‘tilgan mavzuning 
tinglovchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlashi mumkin. Nazorat 
uchun berilgan savollar talabalarga mustaqil ravishda fikr yuritishga, mavzu 
bo‘yicha olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin