Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

 
 



1-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fanining maqsad hamda vazifalari 
Reja:
1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi. 
2. Fanning ob’ekti, pretmeti, maqsad va vazifalari. 
3. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
 
1. 
Arxiv 
atamasi. 
Arxiv 
hujjati 
tushunchasi. 
Mustaqillikka 
erishganimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning ilmiy-tarixiy va 
o‘tmishini xolis yoritishga asoslangan manbalarni tadqiq etish borasida tizimli ishlar 
belgilab berildi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalari singari, tarix 
fani sohasiga ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xolislik qoidasi – tarixiy 
voqe’a, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning 
hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy 
dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘rganishda 
va haqqoniy yoritishda arxiv hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda bugungi 
kunda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan. 
Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi 
degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi 
butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, 
shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy. 
Xorijlik arxivshunos olim Craig Robertson muallifligidagi (Media History 
and the Archive. 
– 
New York. Routledge, 2011) asarning birinchi paragrafi a
rxiv 
haqidagi fikrlar va tarix haqida chizgilar deb nomlanadi. Muallif ushbu asarda arxiv 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. “Arxiv tushunchasi yaqin yillar ichida 
arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga 
aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki, olimlar o‘z izlanishlarida 
arxivga doimiy manba, fan sifatida qarashlari boshlandi” 
(Craig Robertson. Media 
History and the Archive.
– 
New York. Routledge, 2011.
– 
B.8.).
Ba’zi muarrixlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan. 
Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan. 
“Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga 



keladi. Har qanday ilova yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi 
va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir 
qismiga aylanadi” 
(Craig Robertson. Media History and the Archive. 
– 
New York. 
Routledge, 2011.
– 
B.8.).
Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga 
tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan 
foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz 
topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini 
kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak (Antonina Burton. Archive Stories (facts, 
fictions and the writing of history). – London. 2005.6-bet).
Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan 
ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy hujjatlar uyi” deb fikr bildirladi. 
(Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – 
London. 2005.7-bet).
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy, aniq bo‘lgan 
ma’lumotlar va hujjatlar kiritilishi hamda saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir 
bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olish uchun 
nima qilish kerak. Bu haqda Charlin Stidman shunday deydi:
-
berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi; 
-
bayon etilgan voqe’a hodisalarga muallif bevosita ishtirok etishi; 
-
ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar 
orqali emas, aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina 
taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi 
to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi. 
Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni 
amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi. 
Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va 
moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv 
hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib 



topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda 
murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim 
shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin