3.Temuriylar davrida kutubxonachilik, hujjatchilik va ish yuritishning
o‘ziga xosligi.
O‘rta Osiyo Amir Temur davriga kelib iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va
madaniy tomondan rivojlana boshlaydi. Bu davrga kelib ko‘plab kalligraflar,
rassomlar, san’at ustalari, xattotlar etishib chiqdi, kitobchilik sohasida yangi
burulish yuz berdi. Ayniqsa, bu rivojlanish Temurning farzandi Shohruh va uni
o‘g‘li Ulug‘bek davrida sezilarli tus oldi. Adabiyot maydoniga Atoyi, Sokkokiy,
Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiydan so‘ng she’riyat mulkining sultoni va
mutafakkir shoir Alisher Navoiy chiqdi.
Alisher Navoiy kitobatchilik san’ati tarixida o‘ziga xos yangi oqimni boshlab
berdi. Uning bevosita ko‘magi bilan Kamoliddin Behzod, Sultonali Mashhadiy kabi
o‘nlab kitobatchilik san’atida mohir xattot, lavvoh, musavvirlar har bir qo‘lyozma
asarlariga noziklik, nafislik bilan naqshu nigor chizganlar. Kitobatchilikka mehr
27
qo‘ygan ustalar o‘z kasblarini yuqori san’at durdonasi sifatida qadrlanganlar.
Kitobxona mutaxasislarining mehr-muxabbat bilan qilgan mehnatlari tufayli
qo‘lyozma san’atining uslub an’analari keyingi yillardagi kitobatchilik san’atiga
asos soldi.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan.
Ayniqsa Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarini
Movarounnahrga olib keldi. B. G‘ofurov o‘z asarida Amir Temurning o‘g‘li
Shoxruh hukumronligi vaqtida Hirotda kutubxona tashkilib qilinib, unda qirqqa
yaqin yetuk rassom, kalligraf va muqavasoz ustalar ishlagani, XV asrning ikkinchi
yarmida Hirot yirik ilmiy va madaniy markaz bo‘lganligini, ajoyib saroy
kutubxonasi o‘ziga xos ilmiy muassasaga aylanganligini, kitoblar kalligraflar
yordamida ko‘chirilganligi va bezaklar berilganligi haqida keltirib o‘tadi.
O‘rta asrlarda mohir naqqosh va musavvirlar qo‘li bilan ziynatlangan kitoblar
juda qadrlangan. Kitob bezash san’atida naqqoshlikda turunj degan naqsh turi
mavjud bo‘lib, bu usulda kitoblarning muqovasi bilan ilk sahifasi bezatilgan.
Kitob tuzish ishida varroq yoki sahhof (sahifalarni tayyorlovchi) jildsoz,
xattot, lavvoh, musavvirlar aktiv ishtirok etganlar va ularni san’ati uzoq asrlardan
beri yuksak qadrlanib kelmoqda. Sahhof sahifalarni tayyorlagandan so‘ng, xattot
unga asar matnini ko‘chiradi, lavvoh esa muqova, musavvir qo‘lida kitob yanada
o‘zgaradi, bezak, surat chizilishi shart bo‘lgan joylarga musavvir o‘z san’atini bitadi.
Natijada tugal ish jarayonidan o‘tgan yetuk asar yaratiladi. Kitobga jildsoz charm,
kumush va zardan muqova ishlaydi. Dastlabki davrda yog‘ochdan ham muqova
yasaganlar. Lekin bu usul yaxshi natija bermaganligidan charmga o‘tilgan.
Charmdan ishlash usuli, umuman, kitobatchilik ishlari aslida temuriylar davridan
boshlab keng rivojlana boradi.
XV asrning 2-yarmida Hirotda kitobat san’ati yanada rivoj topadi. Husayn
Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga
g‘oyat g‘amxo‘rlik qiladilar. Navoiyning ukasi Darveshali devonxona
kutubxonasining dorug‘asi etib tayinlanadi. U kutubxonaga Hirotning ko‘plab
xushnavis kotib, xattotlar va mohir naqqosh-u, musavvirlarni to‘playdi.
28
Amir Temur va temuriylar davrida hujjatchilik va ish yuritish tizimiga oid
ba’zi bir hujjatlar bizgacha yetib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayxon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti (hozirgi Sharq qo‘lyozmalari markazi)
olimlari 1992-yilda Yaponiyaning Kioto Universitetining professori Toru Xorikava
boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga qilgan safarlarining birida xivalik
Aliya Aliakbarovadan 1713 ta asl nusxa Xiva qozilik hujjatlarini sotib olishdi va
institutga taqdim etildi. Bu hujjatlar ichida temuriylar davriga oid bo‘lganlari ham
tadqiqotchilar tomonidan aniqlandi.
Jumladan, bizgacha yetib kelgan “Yorliqlar” ichida eng nodir hujjat 1378-
yilda Amir Temur tomonidan Xorazmdagi Darxonota mavzesida istiqomat qiluvchi
Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqidagi “Inoyatnoma” yorlig‘idir. Bu
hujjatda o‘sha avlodga berilgan imtiyozlar haqida farmon berilgan.
Yorliqni
ancha
sinchiklab
o‘rgangan olimlar B.Mannonov va
G.Ostonovalarning fikricha, yorliq N.P.Ostroumov qo‘liga yetib kelguniga qadar
o‘ta muhim va muqqadas hujjat sifatida Xiva xonlarining xos arxivida saqlanib
kelingan. O‘shandan buyon bu tarixiy hujjat yuzasidan maxsus tadqiqot olib
borilgani yo‘q. Xayriyatki, u ko‘plab boshqa muhim tarixiy manbalar qatori yo‘q
bo‘lib ketmasdan, bizgacha yetib kelgan. Marxum akademik Ibrohim Mo‘minov
Soxibqiron haqida maxsus risola yozish uchun yozma manbalar bilan tanishar ekan,
Sharqshunoslik Instituti fondida ushbu hujjatga duch keladi. 1968-yilda I.Mo‘minov
yozma va bosma manbalar asosida “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan
o‘rni va roli”, deb atalgan risolasida ushbu hujjatning foto aksini muqova ortiga ilova
qiladi. Uning tagiga “Amir Temur bin Muhammad Tarag‘ay Bahodirning muxri
bosilgan farmon (1391)” degan tushuntirish berilgan. Bu farmon, deb ta’kidlaydi
I.Mo‘minov risolada, turkiy (eski o‘zbek) tilda yozilgan bo‘lib, unda Abu Muslim
avlodlariga berilgan imtiyozlar haqida gapiriladi. Bu va bunga o‘xshash boshqa
hujjatlar tarixchi, iqtisodchi va tilshunos olimlarimizni qiziqtirishi lozim.
Yorliq Amir Temurning davlatdorlik tarixini o‘rganish nuqtai nazaridan
muximdir. Ayni vaqtda bu yorliqni o‘rganish XIV asrning oxirgi choragidagi siyosiy
voqealar, o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ko‘pgina qirralari haqida xabar
29
beradi. Amir Temurning siyosat bobida o‘ta diplomat ekanligi namoyon bo‘ladi.
Unda Soxibqironning davlatchilik siyosatini kuch va Qur’onga asoslangan holda har
ikki omildan g‘oyat ustalik bilan amalga oshirganining guvohi bo‘lamiz.
Yorliqlar to‘plamini o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish hozirgi davr talabi
bo‘lib, unda davlatchiligimiz tarixini to‘g‘ri va haqqoniy yoritishda asosiy manba
bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ularda XX asr birinchi choragigacha mavjud bo‘lgan
barcha unvon va mansablar tarixini yoritishda ham keng foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |