Tushimda simirib segaret chekayotgan emishman. Tutunni - chuqur chur ichimga tortaman. Sigaretdan uzulgan cho'g' kulga qo'shilib egnimdagi yap - yangi paltoning etagiga tushdi. Tutab , burqsiy boshladi. Achchiq tutun dimog'imni teshgudek achishtiradi. Cho'g' bir tutam olovga aylanib badanimni kuydira boshladi. Paltoni egnimdan yechib tashladim. Yo'q, baribir holos bo'lolmadim. Bir qarichcha chandiq lovullagan olovning asorati bo'lib o'ng biqinimga o'yilib qolgan emish....
Oyim betob yotib qolgan edi . O'g'lim Otabek doktor boshlab keldi . UZD apparatiga soldi . Jigarda sirroz boshlangan ekan .
Ibn Sino '' Tib qonunlari'' ning uchunchi jildini qo'limga oldim . ''Jigar sirrozi hastaligidan hali hech kim tuzalmagan'' . Birinchi o'qigan jumlam shu bo'ldi . Ichim achchishib ketdi . Ko'zimga yosh qalqidi .