Oʻyin bola faoliyatining asosiy turi.
Maktab taʼlimiga tayyorlash
Reja
O'yining bolalar uchun ahamiyati
O'yinning bollarga tasiri haqida
O’yinning bollardagi jismoniy o’zgarishidagi ta’siri
O'yin bola o'rganish jarayonida o'quvchilarning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga qanday ta'siri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
O`yin inson o`zligining namoyon bo`lishi, uning takomillashuv usulidir. O`yin kattalar hayotida muayyan o`rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta`lim bilan uzviy aloqada bo`lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo`ladi. Bola shug`ulanadigan ko`pchilik jiddiy ishlar o`yin shaklida bo`ladi. O`yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o`ylaydi. O`yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo`ladi. O`yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san`atshunos olimlar diqqatini o`ziga tortib kelgan bo`lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o`z o`yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o`sha davrdagi ba`zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o`yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
O'yinning bollarga tasiri haqida
O`yin faoliyati asosida boladagi o`quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi
o`ynasa, ularning maktabga tayyorgarligi shunchalik o`rtib, boradi.
Ilk yoshli bolalar o`yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o`yin bo`lib, u narsa, buyum, o`yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo`l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o`yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o`yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta`limtarbiyaviy ishlarini ma`lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o`z o`yinlarida qo`llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o`yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.