O'yin-bola faoliyatining asosiy turi



Yüklə 62,36 Kb.
səhifə2/2
tarix12.10.2022
ölçüsü62,36 Kb.
#64955
1   2
Raxmonova Diyora 201mtpp

1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun
adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she'rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi
kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning
xili ham ko'p bo'lishi kerak.
3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she'r
yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya
teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari
uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar
namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun
o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu
bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi
bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka
doir rasmlar ko'rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi.

Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.


Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi.Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi, Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi.
Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog'lanib ketadi.Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos bo'lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib bo'lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar.

Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo'lib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar tafakkurini rivojlantiradi:


Kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini
- ajratib ko'rsatish
- tahlil va sintez qilishga
- solishtirishga
-o'xshash va farq qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi,
-vazifalarni to'g'ri hal qilishga o'rgatadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar geometrik jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, o'ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi.
Bunday o'yin orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga oshiriladi.Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning ma'naviy dunyosiga ham ta'sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini tushuntiradi.
Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob-garlikni his etgan holda munosabatda bo'lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u bolalarga zo'r zavq-shavq bag'ishlaydi.
Bolalarni ba'zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o'zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega.

O'yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan


o'ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit
yaratish zarur.
1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda
o'ynashi uchun yetarli bo'lishi kerak.
2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni
quradigan va bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan
joy bo'lishi kerak.
3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida
xonachalari bo'lgan g'ildirakli shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf ichini tartibli
saqlash zarur.
4. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda
o'yinchoqlar, o'yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar,
transport bo'lishi mumkin.
5. Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim
kerakli material bo'lishi zarur.
6. Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning
har xil turlarini tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo'lishi
kerak.
7. Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu-
nalari tasvirlangan albom.
8. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan
kuzatish kerak.
9. Qurilish usullarini o'rgatish lozim.
10. Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto undan ko'proq muddat saqlash kerak.
Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni
qurish-yasashga o'rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni
qo'llaydi:
1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib
ko'rsatadi.
2. Tarbiyachi bir on narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga
kirgan har bir qismni tahlil qilib beradi.
3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.
4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini
yasashni, qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi
bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi].
5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni
bolalarga qurib bitkazishni taklif qiladi.
6. Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.
7. Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini,
nimalar, qanday detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.
Qurish-yasash usullari bolalarga mashg'ulotlarda o'rgatiladi.
Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan o'ynaydigan o'yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bog'liq. Kichik guruhda bolalar uncha murakkab bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish materiallari egallab olmasliklari uchun stolningu boshi bilan bu boshigapastgina skameykayoki taburetka qo'yiladi.

Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini yashigi bilan qo'yib qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish materiallarini olish qulay.


Bog'cha maydonchasida o'ynash uchun kub, gula, silindrga o'xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish zarur.Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham bo'lishi kerak. Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun kvadrat/to'g'ri burchak, har xil o'rtasi teshik dumaloq shakldagi faner parchalari bilan to'ldirish lozim.
Bolalarning qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, qo'g'irchoqlar ham kerak bo'ladi. Tarbiyachi bu materiallardan nima qurish mumkinligini bolalarga ko'rsatadi: qo'g'irchoqqa stol, stul, karovatyasash, ular uchun bog' va bog'ning ichiga skameykalar qo'yish, mashinaga garaj yasash va hokazo.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
MTM maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor bilan o'ynash katta o'rin egallaydi.
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning yozda o'ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruh uchun ikkitadan qum yashigi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Qumda o'ynash uchun turli xil o'yinchoqlar kerak bo'ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan mayda tunuka mashinalar, rezina yoki sellyuloiddan yasalgan odamchalar, hay vonlar shakli, plastilindan yasalgan qo'g'irchoq mebeli, qurish-yasash materiallari, uni bezaydigan narsalar:
har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 4\10 sm)
yog'och kaltakchalar (10,15, 20 sm) hammasi har xil rangdagi
moyli bo'yoqqa bo'yalgan bo'lishi kerak.

Shu materiallarni bolalar qumga o'rnatib yo'llar, hay vonlar uchun saroy va devorlar qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina bayroqchalar kerak bo'ladi. Qumni kovlash uchun bolalarga kichkina yog'och kurakcha beriladi.


Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o'yinlari maxsus qirg'og'i ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o'ynashda gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo'lishi, bolalar jazirama quyosh tagida o'ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda oldiga ma'lum maqsad qo'ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi «quradi» va bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni to'plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi.
Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi, uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni o'zgartirish uchun o'yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog'i va boshqalar.
Tarbiyachi o'yinga kichik bolalarning hammasini jalb etishi kerak.O'rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko'p to'kiladi, Yashik oldiga buferda ham o'yinchoqlar uchun javoncha bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'yinning mazmuni murakkablashib borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish mumkinligini ko'rsatib, bolalarga ko'maklashadi, ularning o'yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu guruh bolalarining qumi yashikda emas, balki bog'cha maydonchasining biron joyiga ancha ko'p miqdorda to'kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo'lishi kerak.
O'yinga qo'shimcha materiallar: tabiat materiallari, ip, yog'och, faner va boshqalar ham zarur. O'ynab bo'lgandan keyin bularning hammasini maxsus ajratilgan joyga olib borib qo'yish kerak. Bolalar shahar ko'chalarini, xo'jalik dalasi, hayvonot bog'i, baland binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat materiallaridan foydalanadilar.Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni ko'rsatib beradi.

Suv bilan o'ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko'rishadi. Ularning suv bilan o'ynashlari uchun bog'cha hovlisida maxsus suv havzasi tashkil qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o'rnatiladi. Suv bilan o'ynash uchun sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o'yinchoqlar: baliqchalar, o'rdakcha, g'ozcha, vannasi bor qo'g'irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan], suvda suzib yuradigan narsalar kerak.


Kichik bolalarning suv bilan o'ynaydigan o'yinchoqlari oddiy bo'lib, unda o'yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. Bolalar suv bilan o'ynab kichkina-kichkina syujetni aks ettiradilar:
-baliq va o'rdakchalarni ovqatlantirib
-qo'g'irchoqni vannada cho'miltirishadi
- qayiqda yo'lovchilarni uchirishadi.
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi.
Suv bilan o'ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho'kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan o'ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh bo'lib suv bilan o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan o'ynash bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada yog'och belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana bo'lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig'ib qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to'kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan.

Qoidali o'yinlar MTMda ta'lim-tarbiya vosita1si sifatida keng qo'llaniladi. Qoidali o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liqdir.Ularning har biri bola shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, biroq o'yinning u yoki bu turiga mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta'siriga ko'ra aniqlanadi. Masalan: «Oq terakmi ko'k terak, bizdan sizga kim kerak» harakatli o'yinida bolalardagi chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari rivojlanadi.


Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta'minlaydi. Didaktik o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodidir.
Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
O 'yinlar shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg'ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?», «Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim ko'proq narsalarning nomini ayta oladi?» va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin.

Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o'z shaxsiy tajribalari va mashg'ulotlarda olgan bilimlarni amalda qo’llay olishga o'rganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.


Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar.
Didaktik o'yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojiantirish maqsadida yaratiladi. Unda o'yin elementlari qaricha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag'ishlaydi.Didaktik o'yinning muhim tomoni - uni o'tkazishdan ko'zda tutiladigan g'oyadir.
O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik o'yinni boshlashga sababchi bo'ladi. Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim qanday qichqiradi» va shunga o'xshashlar.
Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo'ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi o’lchovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin hara-katlarining to'g'ri-noto'g'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan "U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti" deyishlarining o'zi ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib bo'Imaydigan qonundek munosabatda bo'lishlarini ko'rsatadi.Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularga rio-ya qilishlari, ularda mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini-o'zi, o'zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim.Agar o'yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan bolalar qanday ma'naviy va axloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma'lum darajada zo'r berishni, ya'ni ularning aqliy faoliyatiga talabni kuchaytiradi.

Bolalar fahm-farosatlari, topag'onliklari, diqqat va xotiralarininamoyish qiladilar. Bularninghammasi bolalarning o'z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi bilan to'ldiradi, ular bundan ma'naviy qoniqish hosil qiladilar.


Didaktik o'yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiya-chi quyidagilarga e’tibor berishi lozim: qo'yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu ko'zlangan nuqtayi nazardan ma'lum natijalarga erishildimi yoki yo'qmi.
Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya'ni bir tomondan, bolalarda qiziqish uyg'ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan, qo'yilgan hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o'yin yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.
O'yin qatnashchilarini rag'batlantirish, maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun yetakchi rolni berish, ba'zan esa shu o'yinda foydalanilgan o'yinchoqni o'ynashga berish yoki mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday mukofotlarni olaman deb har qanday yo'l bilan bu ishga intilishlariga yo'l qo'ymaslik kerak.
O'yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O'yin harakatlari xilma-xil ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yig'ishtirish, ularning rangiga, katta-kichikligiga, shakliga qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hokazolarda namoyon bo'ladi.
Katta bolalarning o'yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o'yin harakatlari bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o'rtasida o'zaro bog'lanish bo'lishini, harakatlarning izchillik va navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi.
O'yin natijasi didaktik o'yinning muayyan natijasi bo'ladi, natija esa o'yinning finali hisoblanadi. Masalan: topishmoqlarni topish, berilgan o'yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni namoyon qilish kabilar o'yin natijasi bo'lib, ularni bolalar erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar.
O'yin mazmuni, g'oyasi, harakatlari va qoidalari o'zaro bir-biri bilan bog'langan bo'lib, hatto ulardan birortasi bo'lmasa ham o'yinni o'tkazib bo'lmaydi.
Didaktik o'yinning o'yin faoliyati sifatidagi o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o'zaro munosabatlari o'yin tarzida bo'ladi. Tarbiyachi o'yin qatnashchisi yoki uning tashkilotchisi bo'Iadi.
Bolalar ko'pincha o'yin mazmuni bilan belgilanadigan va o'yin harakatlari talab etadigan biron-bir rolni bajaradilar. Masalan, "Magazin" o'yinida bilish mazmuni shundan iboratki, xaridor bolalar o'zlari sotib oladigan narsalarning belgilarini aytishlari, sotuvchi bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini xaridor aytgan belgilar bo'yicha bilib olishlari kerak.
O'yin kuzatuvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi. O'yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko'rib chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. O'yin qoidalari xaridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomala bo'lishi, oladigan buyumni tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko'rib chiqish va boshqa buyumlar bilan taqqoslashi, belgisini aytish va pul to'lashidan: sotuvchilarning vazifasi esa xaridor gapirganda ularni zo'r e'tibor bilan tinglash, so'zlarini bo'lmaslik, so'ragan buyumlarni olib, qog'ozga o'rab berishdan iborat bo'Iadi.
Ko'pincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi, ammo ularni o'z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishga o'rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab etadi.
Masalan, "Ajoyib xaltacha” o'yinida bolalarga o'zlariga tanish bo'lgan o'yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o'yinchoqni boshdan - oyoq yaxshilab ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos begilarini eslab qolishi kerak bo'Iadi.
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning mazmuni "MTM ta'lim-tarbiya dasturi” da bayon qilingan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
A) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va
ishlatilishi to'g'risida bilimlar berish;
B) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli
to'g'risidagi bilimlar;
V) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari
to'g'risidagi bilimlar;
G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik,
shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.
Didaktik o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar bog'chasining ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda didaktik o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, mazmuni, o'tkazish uslublari belgilab berilgan.
Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir-biridan farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar (katta, kichik}, shakllarni (sharcha, kubcha], bilishga, ko'rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o'stirishga yordam beradi.Bu o’yinlarga quyidagilar kiradi:
"Juft kartochkalar”
"Kattalar va kichkinalar”
"Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz"
“Qo'g'irchoqni cho'miltiramiz"
"Bu nimaning ovozi?"
"Xaltachada nima bor?” va shunga o'xshash o'yinlar. Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga o'rgatish uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o'yinlar quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: bolalarda didaktik o'yinchoqlar bilan yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini rivojiantirish, jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to'rt burchakli,olti burchakli kesma rasmlardan "Idish tovoqlarimiz", "O'yinchoqlar" kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni farqlash va nomini to'g'ri aytishga o'rgatish va hokazo.
Musiqaviy - didaktik o'yinlarda esa musiqa ovozlarining ba'zi bir xususiyatlarini farq qilishga o'rgatish, qadam va yugurish ritmi ("Kim kelayotir", "Sichqonlar yugurishayotir") ovoz va cholg'u asboblari tembrlarini (“Musiqaviy o'yinchoqni o'ylab top”, "Ovozidan bilib ol" ajrata bilishga o'rgatish vazifalari ham hal etiladi.
O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a'zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko'rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Yana didaktik o'yin davomida bolalar o'rtaga qo'yilgan masalani hal etishda sabr-matonatli bo'lishga,qiziquvchanlikka, diqqat-e’tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o'rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni [rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni] aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo'lish qobiliyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va to'ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
Musiqaviy didaktik o'yinlar orqali tovushlarni bir-biridan farq qilishni o'rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg'u asboblari ovozining tembrini farq qilish ("Kim kuylayapti?” "Shiqildoqli childirma"), ovozning dinamikasini ajrata olish ("tez, sekin kuylaymiz”) uchun foydalanish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi alohida o'rin tutadi va bu guruhda didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta'lim - tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o'yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash.
Ularga narsalarni turkumlarga bo'lishda yordamlashuvchi o'yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryo'lkalarni jumboq o'yinlar, og'zaki o'yinlar ("Dengiz to'lqillanmoqda”, "Qora va oq”), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashni o'rgatadigan o'yinlar o'tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq solishga ("Tovushlarni takrorla”, "Ikki metalafonni galma-gal chalish” va h.k) ritmlk shaklni gavdalantirib berishga ("O'z ritmingni o'ylab ol", "Bolalar va filchalar”), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar va quyonlar") o'rgatiladi.
Didaktik o'yinda bolalar har doim o'zlarini o'ynayotgandek his etishlari kerak.Narsalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan tarbiya-chi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi. Bolalarning narsalar, ularning sifati to'g'risidagi bilimlarni mustahkamlash uchun har xil o'yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg'or buyumlaridan foydalaniladi.
O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar.
"Xaltachada nima bor?" o'yinning maqsadi, o'yinchoqlarning nomlari bilan tanishtirish va bu o'yinchoqlar to'g'risida bilimlarni mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir.
"Bu nima?" o'yinida bolalar qo'g'irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi to'g'risida gapirib beradilar. Bunday o'yin guruhda, bog'cha maydonchasida, uxlash xonasida o'tkazilishi mumkin.
Didaktik o'yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda tutgan o'rni haqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o'yinchoq o'zining aniq tashqi ko'rinishiga ega bo'lishi kerak, o'yinda esa qo'yilgan maqsad narsaning asosiy belgisini ajrata bilishga imkon tug'dirishi lozim.Bunday talabga xalq o'yinlari o'z shaklining aniqligi, rangining tiniqligi bilan ko'proq javob bera oladi.

Bolalarni o'ylashga, aqliy vazifalarni bajarishga undaydigan o'yinlar ham katta ahamiyatga ega.Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va aniqlash uchun quyidagi o'yinlar o'tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to'plash, “Dumaloqni dumalatish", xalqachalarni ipga o'tkazish, "Shu rangdagi dumaloqni dumalatish”, "Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor”, “Kim mana bu rangdagi haltachani topa oladi" va h.k.


Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to'g'risi-da tushunchalarni "Xaltachada nima bor”, "Nima o'zgardi?”, "O'yinchoqlar do'koni”, "Qo'g'irchoqni kiyintiramiz”, "Bu nima?" va boshqa o'yinlar orqali aniqlash va mustahkamlash mumkin.
Qo'g'irchoq bolalarning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri. Har bir bolalar bog'chasida didaktik jihozlangan o'yinchoq bo'lishi kerak. Qo'g'irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq, mebel o'yinchoqlar kiradi.
Qo'g'irchoq bilan quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin:
"Qo'g'irchoqni kiyintiramiz"
“Qo'g'irchoqni sayrga otlantira miz"
"Qo'g'irchoqni mehmon qilamiz”
"Qo'g'irchoqlar bayrami"
"Qo'g'irchoqning tug'ilgan kuni"
"Qo'g'irchoqni uxlatamiz".
O'yinlar topishmoqlar bilan qo'shib olib borilganda qiziqarli o'tadi. Masalan, "Qo'g'irchoqni uxlatamiz" o'yinida qo'g'irchoqqa karovat tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun,yumshoq, yo'l-yo’l” (matras), "Oq, toza, to'rt burchak..."(yostiq), "Paxtali issiq..." yoki "junli issiq" (adyol) va boshqa topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo'g'irchoqning karovati tayyor bo'lgandan keyin qo'g'irchoqni yotqizib, "alla” aytadi.
Mebellarning nimaga ishlatilishi, o'yinchoqlarning nomini mustahkamlash uchun "Qo'g'irchoqqa xona yasatamiz", "Qo'g'irchoqqa o'yinchoq sovg'a qilamiz" kabi o'yinlarni o'tkazish mumkin.

Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qoimay, muayyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o'rgatib boradi; ayiq, qo'g'irchoq, quyon-o'yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.


O'yinlarni narsa va buyumlarning tasvirli rasmlari orqali ham o'tkazish mumkin. Bularga "Bu narsa o'zi to'g'risida nima deydi?” "Kim birinchi bo'lib aytib beradi?" (bolalar diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo'g'irchoq, narsa va ularning shakli, rangi to'g'risida), "Kim bo'Iadi?" "Qaysinisi bir xil qaysinisi har xil?” kabi o'yinlarni ko'rsatsa bo'Iadi.
Bolalarning tabiat to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun "Hidiga qarab top”
"Mazasiga qarab top"
"Ushlab ko'rib top”
"Kim nimani eshityapti" kabi o'yinlarni o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so'zli o'yinlar o'tkazilmaydi.Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o'yinlar o'zining mazmun va g'oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina didaktik o'yinlar o'tkaza qolmay, so'zli didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi.
Buyumlar va rasmlar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlarda bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar to'g'risidagi bilimi aniqlanadi hamda mustahkamlanadi.
Bunday o'yinlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
"Nima nimadan yasalgan?”
"Guruh xonasiga sayohat",
"Ovoziga qarab top" va boshqalar.
Umumlashtirishga o'rgatish bo'yicha turlarga ajratishni o'rgatuvchi o'yinlar katta o'rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?" "Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima yetishtiriladi?” "Kimga nima kerak?” "Kim nima bilan ishlaydi?,”Qayerda o'sadi?", “Sayohat” (shahar bo'ylab, dalaga maktabga va hokazo), "Pochta" va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlanti-ruvchi didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Masalan, "Kim sanashni biladi?” "Yuramiz, yuramiz-to'xtaymiz", "Bizning kun” "Yil fasllari" va boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "So'z qo'sh”, "Orkestr", "Mana bu tovushga so'z top", "So'zlardan hikoya tuz” va h.k.Yuqorida sanab o'tilganlar jamoa o'yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha o'yinlar topish mumkin.
Didaktik o'yinlarga rahbarlik. Boshqa o'yinlar singari, didaktik o'yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim.
Birinchi navbatda didaktik o'yinni va unga kerakli materialni tanlash kerak. Hamma guruhlar didaktik jihozlarga, bo'yi 40- 50 sm keladigan qo'g'irchoqqa ega bo'lishi lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi:
- ichki kiyim, ko'ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;
- pahmoq, satin, shoyi ko'ylak, fartuk, so'lakcha;
- qishlik palto, kuzlik palto;
- bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha,
shlyapacha;
- poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippak;
- yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar - ko'rpa-
yostiq, matras, adyol, choyshab, ko'rpa jildi, yostiq jildi, sochiq,
dasturxon, salfetka.
Bu hamma narsalar o'ziga mos rangda (qizil, pushti, to'q qizil va h.k.] har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo'lishi kerak.Qo'g'irchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish-tovoqlar, va transportni aks ettiruvchi o'yinchoqlar ham bo'lishi kerak.
Mttda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muvofiq
bir qancha rasmlar turkumi bo'lishi kerak:
A) kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks
ettiruvchi, ularning mehnatini yengillatuvchi mashinalar
rasmlari;
B) kishilarning turar j oylarini aks etiruvchi rasmlar;
V) kishilarni suvda, quruqlikda, havoda olib yuruvchi
vositalarning rasmlari;
G] uy jihozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari,
bezakli buyumlar, o'yinchoqlar;
D] dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi,
bahorgi, kuzgi ko'ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab
kiyiladigan oyoq kiyimlar;
E) iste’mol mollari: sabzavotlar, mevalar, uy mahsulotlari,
shirinliklar;
J) uy va yovvoyi hayvonlar;
Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o'simliklar;
I) qushlar.
Bu rasmlar asta-sekin to'planib boriladi. Ular yirik (15- 20sm) va karton qog'ozlarga yopishtirilgan bo'lishi kerak.Didaktik o'yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar ham ishlatiladi.
Didaktik o'yinlarga maxsus o'rin ajratilishi va bolalar kun tartibidan malum joy olishi kerak. Didaktik o'yinlarni mashg'ulot bilan bog'lab olib borishni yaxshilab o'ylab amalga oshirish lozim.Bu o'yinlar mashg'ulot va o'yin soatlarida o'tkaziladi. Ularni butun guruh bolalari bilan ham o'tkazish mumkin.
O'yinning mazmuni va undan kelib chiqadigan natija oldindan yaxshilab, aniq o'ylab olinadi. O'yinning g'oyasi o'yin harakatlari, qoidasi va o'yinning borishi shunga bog'liqdir.
Masalan, "Kim qanday qichqiradi?" o'yinida har xil vazifa
qo'yilishi mumkin:
1} bolalarning hayvonlar tovushini bilish-bilmasliklarini
aniqlab olish;
2) hayvonlar haqida tushuncha berish;
3} bolalar hayvonlarni tovushidan tanib oladimi-yo'qligini
bilish. Bu o'yindan bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni mashq qildirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Didaktik o'yinlarda majburiy qoidalar juda ko'p uchraydi: navbat bilan harakat qilish, faqat so'raganda javob berish, o'rtog'iga quloq solish,o'ynaganda boshqalarga xalaqit bermaslik, qoidani bajarish, o'z aybiga iqror bo'lish va hokazo.
Didaktik o'yinlarda bolalarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Bir xil bolalarga qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga yengilrog'i, osonrog'i aytiladi; yomon gapiradigan bolalar ko'proq gapirishga jalb qilinadi. Buning uchun o'yinni o'tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab, o'yinning imkoniyatlari, harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba'zi bir faolroq bolalarga boshqalarni qiziqishini bo'g'maydigan rol biriktiriladi.
Didaktik o'yinga rahbarlik qilishda o'yinning maqsad va mazmunini belgilash, o'yin g'oyasini o'ylab topish, o'yin qoidasi va asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar o'rtasidagi munosabatni yaxshilash, tarbiyaviy ta'sir orqali o'yinning borishga rahbarlik qilib borish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Didaktik o'yinni bolalarning bergan savollari, takliflari va tashabbuslariga qarab, o'yin jarayonida kutilmaganda kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin. O'yinni belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta mahoratdir.
Tarbiyachi o'yin vaqtini o'zining tushuntirishini kamaytirish hisobiga siqishtiradi. O'yinni tarbiyachi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otgan holda tugatishi kerak, ya'ni bolalar shu o'yinni yana davorri ettirishni xohlab qolsinlar. Tarbiyachi shunday deydi: "Kelgusi gal bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz", yoki "Yangi o'yin bundan ham qiziqroq bo'ladi". Tarbiyachi o'yinning yangi variantlarini ishlab chiqadi.
Didaktik o'yinlar guruh xonasida, zalda, maydonchada, o'rmonda, dalada va boshqa joylarda o'tkazilishi mumkin. Bu o'yinning ta'sirchanligini, taassurotlarning har xilligini, bolalarning faolligini oshiradi. Shunday qilib, didaktik o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vositasi bo'lib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Bola tarbiyasida o'yinchoqning ahamiyati
Ko'pchilik bolalar o'yinlari xilma-xil o'yinchoqlardan foydalanish bilan bog'liq. O'yinchoq bola hayotining yo'ldoshi, uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o'yin quroli, balki bolalar o'yinida sherik, o'rtoq, kattalar qo'lida esa tarbiyaning muhim qurollaridan biridir. O'yinchoq o'yin yaratishda ishtirok etadi, bolaning o'ziga xos sherigi sifatida namoyon bo'ladi, uning shaxsiga katta ta'sir o'tkazadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o'z o'yinchoqlarini sevadi, ularga bog'lanib qoladi, shu tufayli u o'zini atrofdagi hayotning to'laqonli a’zosl deb hisoblaydi.
To'g'ri tanlangan o'yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Xalq pedagogikasida o'yinchoqlarning butun bir sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan o'yinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
"Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhim bir masala haqida to'xtalib o'tish o'rinli deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan boqib, undan o'zgacha ma'no topishga intilayotgan murg'ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo'g'irchoq va o'yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin har qaysi go'dak ilk bor olamni o'z atrofidagi o'yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo'lsak, ularning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos ekanligi ayon bo'ladi.Farzandlarimiz milliy hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o'yinchoqlarni o'ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir etgan bo'lar edik” degan fikrni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ta’kidlaydi (156 bet).
Darhaqiqat, go'dakning ulg'ayib kelajakda qanday yo'ldan borishi o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham uning bolalikda qanday o'yinchoqlar o'ynagani bilan belgilanadi.Har bir xalqning o'yinchog'i o'zining pedagogik badiiy va amaliy an'anasiga egadir. O'yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini tarbiyalashi lozim.

O'yinchoqqa quyidagi talablar qo'yiladi:


Pedagogik talab. O'yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g'oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g'oyaviy jihatdan qimmatli bo'lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O'yinchoq bolada olijanob tuyg'ularni uyg'otishi, boshqa millat bolalari bilan do'stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg'ular uyg'otishi, ijobiy axloqiy tajriba to'plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo'lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg'otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
Gigiyenik talablar. O'yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har tomonlama uyg'unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to'ldirib, ta'kidlab, o'yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O'yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to'la mos kelmog'i lozim.
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o'yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishigk bo'lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usini uyg'otadi va ijobiy his-tuyg'ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg'ularni shakllantirishda qo'g'irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo'g'irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo'lgan tengdoshlariga bo'lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San'atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo'lgan o'yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to'plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi.

Shu o'rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo'lgan xalq o'yinchoqlarimng ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim.O'yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.


Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko'p o'yinchoqlar (shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq) bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Syujetli-obrazli o'yinchoqlar syujetli-rolli o'yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g'amxo'rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o'ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o'yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo'lgan qiziqishni uyg'otib, ularni o'z o'yinlarida qo'llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o'yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o'yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish uyg'otadi. Bu o'yinchoqlarni o'ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g'ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi].
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:
a] kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar,
plastinkalar, geometrik shakllar to'plami.
b) turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura
va qurilish materiallari. Mayda (stol o'yinlari uchun] va yirik
(polda va maydonchada) o'ynashga mo'ljallangan bu qurilish
materiallarining rangi har xil bo'lishi mumkin.

Didaktik o'yinchoqlarning asosini xalq o'yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni o'ynashda bola o'z-o'zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o'yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.


Harakatli o'yinlarga mo'ljallangan o'yinchoqlar: suv, qum bilan o'ynaladigan o'yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o'yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi, Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning o'ynashlari uchun eng qulay o'yin vositasi hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi.
Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo'yiladi:
a] qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi;
b] qum faqat namroq holda saqlanishi;
d]bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o'ynashlari uchun bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar. Bu o'yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho'milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg'otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar.
Milliy xalq o'yinlari.Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda milliy xalq o'yinlarining ahamiyati kattadir. Bu o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:
1. Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yinlari.

Harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qad-riyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlar-ga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelin-gan. U bolalarning jismonan baquwat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter - xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.


Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodIarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, о'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish
yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o'yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va
urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tar-
biyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli
foydalanish;
- bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun
jihozlar, atributlar) yaratish;
-maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar
o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa-
lar o'tkazish.
- milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga
o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о ‘yin turlari. «Barmoq-qa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi bir-ikki qa-dam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: "O't o'yin", "Kesak qo'ydi", "Ko'z boylag'ich”, "Choriy chambar”, "Awal-akam", "Tayoq irg'itish”, "Quloq cho'zish", "Chitti gul", "Xolam mehmonga keldi", "Uchdi-uchdi".
4-5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigon o'yin turlari: “Chir-Aylanma”, “Chillak", “Tortishmachoq”, “Lafta", "Dor o'yin", "Ko'pkari", "Berkinmachoq", "Jami", "Chertan devor gir-gir aylan".
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: "Chavandozlar", "Doiraga tort", "Do'ppi yashirma", "Sapalak", "Besh tosh", “Oq terakmi ko'k terak".
Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boradi.
Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur;
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh
xususiyatlariga e’tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo-
chirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda
hayotga tatbiq etish.
5. O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada
mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg’unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan: "Barmoqlar”, “Sichqon - sichqon" o'yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o'sib boradi.
Xalqimizda "Bolaning ilonni changallaydigan davrida” ibora bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon davrida, ya'ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu davrida "Sichqon- sichqon” o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon''ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. "Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda to'g'risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi.
Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi.
Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun-di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha-nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta'lim tizimida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida ham yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, «techne» - «mahorat», «san'at» va «logos» - «tushuncha», «o'rganish» demakdir. Tex-nologiya so'zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek, obyektda sodir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi.
Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi.
O’yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'Iiqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
- maftunkorlik;
- kommunikativlik;
- o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
- tashxis;
- o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
- ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni bola o'yinni o'zi tanlay-
di, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy
natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod
qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash-
ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshi-
rishga yordam beradi;
- asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning man-
tiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erish-ish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning eng asosiy xususiyati uning ij оdiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.Nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qarash mumkin.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) qu-yidagilarni qamrab oladi:
- o'ynash uchun olingan rollar;
- bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
- haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
- o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
- o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun],
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalarida ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir.

Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'Iganligini bilishi kerak. Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.


O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivoj-lantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak-kurini rivojiantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari.
Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab o'zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.Maktabgacha yoshda bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar.
Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.
2. Hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy
va intellektual muammolarni yo'qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni
tavsiflovchi (diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllanti-
ruvchi o'yinlar.

Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.


Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlar.
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta'lim-tarbi-
yaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli,
hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik,
musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkor-
lik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari [koptok, pirami-
da, kub va boshq.] bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin
vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida,
xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor
o'yinlari kabi texnik vositalar.
Maktabgacha ta'limda yoshi kattalarning to'plagan tajriba-sini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o'yinlar ta'lim metodi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin metodlariga qarab maktabgacha ta'lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli ishchan, dramalashtirilgan o'yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha ta'limda rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlarni o'quv tarbiya jarayonida qo'llash quyidagi o'ziga xos xarakterga ega bo'ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo'ladi. Ikkinchidan, o'yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g'ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog'ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta'minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga to-mon, aniq vaqt oralig'ida sifatli bajarilishini ta'minlash darkor.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida interfaol o'yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o'yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat.


Interfaol o'yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to'g'ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o'rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamin bo'lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi.
Interfaol o'yinlarni samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim:
1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini
qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan
munosabatlarini hisobga olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini
e'tiborga ohsh.
4. O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan
foydalanish.
5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.
7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bi-
lish.
8 .0'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish
va natijalarini prognoz qilish.
Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bolaning axloqiy irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg'otadi.

Shuning uchun maktabgacha ta'lim taskilotlarida o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy tarzdagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bi-lan farq qiladi.


Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yüklə 62,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin