Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda». Maqsad: Tarbiyachining rejasi, namuna hikoyasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.
Vazifalar:
Amaliy mashqlar orqali boshlangan so‘zni to‘ldirish. Mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo.
Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o‘rgatish.
Tarbiyachining rejasi, hikoya namunasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rganadilar.
Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Mashg’ulotning borishi. 1. Bolalar, siz oyingiz yoki buvingiz bilan mehmonga borganmisiz?
2. Mehmonga borishdan avval qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Mehmonda bolalar o‘zini qanday tutish kerak?
Savol-javobdan so‘ng tarbiyachi: Bolalar, hozir «Mehmonda» mavzusida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Tarbiyachi reja beradi.
1. Mehmonga qachon, qayerga, kim bilan bordingiz?
2. U yerda kimlarni ko‘rdingiz?
3. Qanday o‘ynadingiz?
4. Mehmonda yana nimalar bilan shug’ullandingiz?
Tarbiyachi hikoya namunasini berishi mumkin.
Bir kuni buvim meni xolamnikiga mehmonga olib boradigan bo‘ldilar. Men darrov yuvinib, kiyinib oldim. Buvim bilan yo‘lga tushdik. Xolamning uylariga kirishimiz bilan kattalarga salom berdim. Oyoq kiyimimni bir chekkaga yechdim. Buvimning kovushlarini ham chetroqqa olib qo‘ydim. Xolamning qizlari bilan mehmon-mehmon o‘ynadik. Keyin oshxonada xolamga yordam berdik, yuvilgan idishlarni artib turdik. Xolam xursand bo‘ldilar. Uyga ketayotganimizda «Yana kelganingizda, albatta, Nilufarni olib keling», dedilar.
5-6 ta bolalar javoblari tinglanadi.
Tetiklashtiruvchi mashq.
«So‘zni to‘ldir» o‘yini.
O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi boshlagan so‘zni davom ettirishlari kerak: mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Tavsiyalar Bolalar bilan turli ko’rgazmali metodik o’yinlar tashkil qilish
Bolalar bilan koproq turli o’yinchoqlar bilan tanishtirish va ularga qarab hikoya tuzishlarini tavsiya qilaman