Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə24/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Mitral klapan stenozi
Mitral stenoz yoki chap atrio-ventrikulyar teshikning qisilishi ko‘p uchraydigan yurakning revmatik nuqsonidir (4.4-rasm). U yurakning hamma nuqsonlarining 90 foizini tashkil qiladi. Yakka mitral stenoz mitral klapanning hamma nuqsonlarini
. Mitral klapan stenozi.
1/3 qismini tashkil qiladi. U odatda yoshlikda rivojlanib, ko‘pincha ayollarda 80 foiz uchraydi. Mitral stenoz mitral klapan tavaqalari chetining yopishishi, shuningdek ularning va klapan halqalarining chandiqli tortishishi, klapanosti tuzilmalarining o‘zgarishi va kalsiy tuzlarining klapanlarga cho‘kishi bilan xarakterlanadi.
Revmatik nuqsonlarda mitral klapandagi patologik o‘zgarishlar murakkab va turlidir. Stenoz tavaqalarning bir-biriga tegib turgan, uning fibroz halqada yotgan va xarakati chegaralangan chetining o‘zaro yopishishidan boshlanadi. Bir vaqtning o‘zida klapan apparatining tuzuvchi elementlari (ular qalinlashadi, elastikligini yo‘qotadi, kam harakatchan bo‘lib qoladi) va fibroz halqa o‘zgaradi. Xordalar qisqaradi, yopishadi va klapanosti stenozini hosil qiladi. Mitral teshik diametri o‘lchami (normada 4-6 sm2)ga qarab, stenozning 3 darajasi ajratiladi:
1. Keskin stenoz - 0.5 sm.gacha
2. Yaxshi ifodalangan stenoz – 0.5-1 sm.gacha
3. Kam ifodalangan stenoz – 1 sm.dan katta, “baliq og‘zi” ko‘rinishida.
Uzoq davom etayotgan revmatik protsessda klapan apparatining yemirilishi bilan bir qatorda yurak mushaklari va o‘tkazuvchi sistemasida distrofik o‘zgarishlar rivojlanadi. Qon oqimiga qisilgan mitral teshik (birinchi to‘siq) hosil kilgan qarshilik chap bo‘lmachadagi bosimni bir necha martaga kuchaytiradi. Chap bo‘lmacha yurakning kuchli bo‘lmagan qismi bo‘lganligi uchun u kuchaygan bosimga qarshilik ko‘rsata olmay qoladi. Undagi kuchaygan bosim tezda o‘pka venalari, kapillyarlari va arteriyalariga, ularning terminal shoxlariga uzatiladi va o‘pkada kapillyar bosim ko‘tariladi. Mitral teshik 1 sm.gacha torayganda, chap bo‘lmachadagi bosim 25 mm.sim.ustunigacha ko‘tariladi va u ko‘pincha o‘pka shishi bilan birgalikda bo‘ladi. Ammo bosim aniqlangan darajadan ko‘tarilsa, chap bo‘lmacha va o‘pka venalari devoridagi retseptorlarning qitiqlanishi natijasida, prekapillyar sohada kichik o‘pka arteriyalarining reflektor qisilishi – Kitayev refleksi (ikkinchi to‘siq) ro‘y beradi. Bu o‘pkaning kapillyar to‘rlarini qon bilan to‘lib ketishidan saqlaydi. Qon tomirlarining uzoq vaqtli spazmi yangi patologiyaga – qon tomir devorlarining organik o‘zgarishlariga olib keladi va buning natijasida qonning o‘tishiga ko‘rsatilayotgan qarshilik qaytmas bo‘lib qoladi va o‘pkaning ikkinchi “to‘sig‘i” turg‘un tus oladi.
Revmatik jarayon natijasida yurakning o‘tkazuvchi yo‘llarining yemirilishi va chandiqli o‘zgarishi sababli, shuningdek o‘ng bo‘lmacha mushaklarining zaiflashuvi va cho‘zilgan mushaklarning qisqaruvchi ishi kam samaraligi tufayli yurakning me’yordagi ish ritmi buzilib, bo‘lmacha titrashi vujudga keladi. Bu kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishiga va yurak bo‘limlarining yanada kengayishiga olib keladi va tromb hosil bo‘lishiga yaxshi sharoit yaratib beradi.
O‘pka arteriyalarida bosimning oshishi o‘ng qorinchaning, keyinchalik esa o‘ng bo‘lmachaning kompensator gipertrofiyasiga olib keladi. O‘pkadagi o‘zgarishlar va gemodinamikaning buzilishi natijasida vujudga kelgan surunkali gipoksiya bemorning boshqa a’zo va to‘qimalarida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin