"O'z “Ferrarisi”ni sotgan taqsir" (Orzularingizni ro'yobga chiqarish va o'z taqdiringizga erishishingiz haqidagi hikoya)


Siz bunday intihoga loyiq emassiz



Yüklə 268,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü268,8 Kb.
#38125
1   2   3   4   5   6
O z Ferrarisini sotgan taqsir

Siz bunday intihoga loyiq emassiz. 

Shu  jarayongacha  xuddiki  mo’miyolangan  butga  o’xshab  o’tirgan  sud  ijrochisi 

birdan  o’ziga  keldi  va  deyarli  o’lim  yoqasida  turgan  Jualianga  sun’iy  nafas  bera 

boshladi.  O’lim  yoqasidagi  Jualianning  yonida  turgan  uning  uzun  jingalak  sochli 

o’rinbosari ham unga qandaydir yupanch so’zlarni ohista pichirlar, vaholanki, Julian 

ularning hech birini eshitmasdi.   

Men  Julianni  17  yildan  beri  taniyman.  Biz  birinchi  marta  uchrashganimizda  men 

yuridik universitetining yoshgina talabasi edim, o’shanda uning sheriklaridan biri 

meni  yozgi  tadqiqot  ishlariga  amaliyot  uchun  taklif  qilgandi.  Julian  Mentl  esa  bu 

paytda, xuddi o’zi orzu qilganidek, buyuk huquqshunos nomiga sazovor ko’rkam va 

dovyurak shaxsga aylanib ulgurgandi.  

U kompaniyasining ko’zga ko’ringan yulduzi, muhim tadbirlarda kompaniyaning 

sehrli  tayoqchasi  edi.  Hozirgidek  yodimda,  kunlardan  bir  kuni  kechqurun  ishda 

unutib qoldirgan narsamni olib ortga qaytayotganimda Julianning xonasidagi eman 

stoli ustida Uinston Cherchillning purma’no so’zlari e’tiborimni tortdi. Bu so’zlar 

menga Julianning aslida qanday shaxs ekanligini bot-bot ta’kidlagandek edi go’yo.  





Yüklə 268,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin