44
Agrar islohotlar.
Milliy istiqlol yillarida mamlakat hukumati tomoni-
dan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq
xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshiril-
gan agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar
shakllantirildi. 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning
82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%,
sut va sut
mahsulotlarining 60 foizi chetdan keltirilar edi. 1991–2000-yillarda qish-
loqda amalga oshirilgan tub agrar islohotlar O‘zbekiston qishloq hayo-
tini yangi shakl va tizimga o‘zgartirib
yubordi. Mamlakatda suv tanqisligi
hisobga olinib, 1998-yildan boshlab
paxtachilikda Isroil texnologiyalari aso-
sida tomchilatib sug‘orish usuli, Andi-
jonlik paxtakorlar tashabbusi bilan
chigitni plyonka ostiga ekish texnolo-
giyasi joriy etildi. Shuningdek, O‘zbe-
kiston kanop,
tamaki yetishtirish
sohasida ham dunyoda yetakchi
o‘rinlarda turadi. Chorvachilik sohasini
rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1995-yildagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul
qilindi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning
75% ini xususiy sektor bera boshladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga
o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi
agrar islohotlarning
asosiy mazmunini tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon
(fermer) xo‘jaligi to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi uning dastlabki
bosqichini belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer
xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning
to‘laqonli rivojlanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakat rahbariyati oziq-ovqat
muammosini o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don
mustaqilligini ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi.
Fermer xo‘jaligi dalasida
45
Mam
lakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat
xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ
holatini yaxshilash bo‘yicha 2003–2009-yillarda 801,5 ming AQSh dollari
qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan bunday
tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi birmuncha
oshdi, fermer xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish imkoniyati
kengaydi.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini
yanada kengaytirish maqsadida bu sohada zamonaviy sug‘orish tizimlari
va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga, tuproq
unumdorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqildi.
2008–2012-yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning melio-
rativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10 ming
500 kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo va xo‘jalik
ichidagi kollektor-drenaj
tarmoqlarida jami 60 milliard so‘mga yaqin ta’mirlash-tiklash ishlari
amalga oshirildi. 2008-yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million
500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi,
yerosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam
10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming
gektarga kamaydi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining
samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. 2010-yili
respublika
rahbarining tashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib
kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana
va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan
Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga
ekildi. Bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish,
ularni dehqon fermer
xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
2017-yil holatiga ko‘ra Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan
ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda
yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa
mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.