67
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Diniy bag‘rikenglik
mamlakatda
rivojlanayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Ayni
paytda 16 ta diniy konfessiya o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita dindorlar
ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom
Hamkorligi Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha
tuzilmasi – AYSESKO tomonidan “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti”
deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatining dinga bo‘lgan
munosabati
natijasidir.
Diniy bag‘rikenglik tamoyillari
. O‘zbekistonda qaror topgan diniy
bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi:
Birinchidan,
respublikada istiqomat qilayotgan
barcha millat va elat
vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-toqat,
bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ikkinchidan,
milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda
mentalitetining ajralmas qismidir. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik
borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiy-
iqtisodiy
taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va
madaniyatlarga
hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli
haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga,
jamiyatda
millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda.
Uchinchidan,
millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi
uyg‘unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va
davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv
va o‘zaro ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi.
To‘rtinchidan,
mutaxassislar
fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil
bag‘rikenglik tushunchasi mavjud:
formal
– tashqi ko‘rinishdagi bag‘ri-
kenglik va
ichki
– pozitiv bag‘rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishi-
ning diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni,
unga qarshi kurashmaslikni
anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik
amalda
o‘zining to‘liq ifodasini topgan.