7
Ana shunday vaziyatda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining
navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi ma-
sala kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in
muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbe-
kistonning
Birinchi Prezidenti Islom
Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda
so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy voqealar
oqibatlarini tahlil
qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga bevo-
sita daxldor ekanligini asoslab berdi.
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbe-
kiston Respublikasining
davlat musta-
qilligini e’lon qildi va uni “Mustaqillik
asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
qonun bilan mustahkamlashni taklif
qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng,
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
qonunni qabul qildilar. So‘ngra “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘-
risida”gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida
O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu
O‘zingizni sinang
!
GKCHP – bu ...
1991-yil 25-avgustdagi farmon – bu ...
1990-yil 20-iyun – bu ...
Mustaqillik Deklaratsiyasi – bu ...
!
I.Karimov
O‘zbekiston
Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qilmoqda.
Yоdda tuting
!
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon
qilish
to‘g‘risida» Oliy Kengash qarorida: Respublikaning davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan
buyon O‘zbekiston
Respublikasi deb atalsin; 1-sentabr O‘zbekiston
Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab
bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
8
qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab
berdi.
Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha
kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha
paytda yosh, mustaqil
O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy
taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab
muhim
hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda
imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik
maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan “O‘z-
bekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi
Prezident farmonlari va boshqa muhim
siyosiy hujjatlar shular
jumlasidandir.
Mustaqil ish.
Quyi sinflarda olgan bilimlaringizga tayanib va qo‘shimcha
adabiyotlardan foydalanib, Mustaqillik maydonining bugungi kunga qadar
bo‘lgan holatlari hamda vazifalarini tasvirlab bering.
Dostları ilə paylaş: