6
siyosiy hokimiyat ag‘darilib, favqu-
lodda holat joriy
etildi va hokimiyat
Favqulodda holat davlat komiteti
(GKChP – Государственный комитет
по чрезвычайному положению)
qo‘liga o‘tdi. Ularning maqsadlari
Ittifoq
hududida yashovchi barcha
xalqlarning
mustaqillikni
qo‘lga
kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashining Rayosati, O‘z-bekiston Kommunistik partiyasi Markaziy
Komiteti va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasi
1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazib, unda «SSSR GKChPning
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston
hududida amal qilmaydi», degan qaror qabul qildi.
1991-yil 25-avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti mamlaka-
timizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan
yana bir muhim
farmonni e’lon qiladi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi:
«Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika
manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika
Ichki ishlar vazirligi va
Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin.
Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki
qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirilsin.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa muddatda
Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash
va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan
tashqari sessiyasi
muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin».
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘z-
bekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash
hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat
qo‘mitasining 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kom-
Dostları ilə paylaş: