93
safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar
uchun respublika oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga
kirishda test sinovlarida
to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball
shaklidagi imtiyoz berish belgilandi.
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga
yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun
va 100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib,
hayotga izchil
tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning
manfaatlari alohida e’tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog‘lom avlod
yili», 2001-yil «Onalar va bolalar yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil
«Barkamol avlod yili», 2014-yil «Sog‘lom bola yili», 2016-yil «Sog‘lom
ona va bola yili», deb e’lon qilinib, yaxlit chora-tadbirlar
dasturlari amalga
oshirilgani fikrimiz tasdig‘idir.
Yoshlarga e’tiborning kuchayishi
. 2016-yil «Yoshlarga oid davlat siyo-
sati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga
ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi
qayd etilgan.
«
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunning qabul
qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga
chiqarishda
davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga,
ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-
tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi
«Yoshlarga
oid davlat siyosati samara-
dorligini oshirish va O‘zbekiston Yosh-
lar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvat-
lash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq,
mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik
litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi
berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlanti-
rish maqsadida «Mard o‘g‘lon» muko-
94
foti ta’sis etildi. Shu yil sentabrda o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak
marralarini zabt etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya
texno-
logiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-
tirish vazirligi tasarrufi da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlash-
tirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi)
tashkil
etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki
sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: