O`zb tarix 11 узб indd


Birinchi bosqich – 1991–1996-yillar



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Birinchi bosqich – 1991–1996-yillar. 
Bu bosqichda mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo 
etishning asosi bo‘lgan kichik mulkdorlar sinfining shakllantirilishidan 
boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy 
huquqlari va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi. 
Ikkinchi bosqich – 1996–2000-yillar. 
Ushbu bosqichda keng qamrovli 
xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni 
jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va 
bankdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o‘z faoliyatlarini 
boshladi. 1996-yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi 
uning narxini pasayib ketishiga, ayni vaqtda respublika iqtisodiga valyuta 
tushumini ta’minlab turgan ushbu xomashyoning eksportidan tushadigan 
daromad shu yilning o‘zida 15% qisqarishiga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, 
1998–1999-yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy 
zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga qisqardi. Bunga javoban 
mamlakat hukumati e’tibori import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni 
qo‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta 
zaxirasini saqlab turishga, undan unumliroq foydalanishga qaratildi. 
Uchinchi bosqich – 2000–2016-yillar. 
Mazkur bosqichda xususiy 
tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va 
uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun bilan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning 


49
tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun 
kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit 
olish uchun huquqlari mustahkamlandi.
2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish yuzasidan kichik biznes sub’yektlarining tijorat banklari kredit 
resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 
yanada pasaytirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015-yillarda O‘zbekis-
tonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida»gi 
va «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» davlat dasturi to‘g‘-
risida»gi qarorlariga muvofi q, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va 
modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini 
shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin