O'zbek adabiy tili me'yorlari



Yüklə 145,33 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü145,33 Kb.
#111571
O\'zbek adabiy tili me\'yorlari

O'zbek adabiy tili me'yorlari

  • Milliy til va adabiy til.
  • Adabiy tilning belgilari.
  • O’zbek tili – davlat tili.

Milliy til

  • Umumiy hudud, iqtisod va ma’naviy boylik bilan birga millatni tashkil etuchi ijtimoiy-tarixiy kategoriya.
  • Milliy til tushunchasi tilning yashash shakliga aloqadordir.
  • Har bir millat o’z tiliga ega. Ba’zi bir millatlar esa bir necha bir necha tilga ega bo’lishi mumkin:
  • Belgiyaliklar- fransuz va vallon tillarida;

    Shveysariyaliklar- nemis, fransuz, retoroman va italyan tillarida so’zlashadi.

    Aksincha, bir necha millatlar yagona milliy tilda so’zlashadi. Ular : AQSh, Angliya, Avsraliya va boshqa ingliz tilda so’zlahuvchi milllatlar.

    Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm, varvarizm kabi guruh so’zlarni qamrab oladi

Adabiy til

  • Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingn, olimlar, san’atkorlar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shaklidir.
  • Adabiy til shu tilda gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lish zararurati sababli yaratilgan.
  • Milliy o’zbek tilida shevalarning ko’pligi adabiy tilga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan.
  • Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko’radi.
  • Adabiy til va milliy til o’rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo’lgan xalq millat bo’lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til adabiy til vazifasini o’taydi, lekin har qanday adabiy til milliy til bo’la olmaydi.

Adabiy tilning muhim belgilari:

  • Me’yoriylik- til vositalarini qo’llash tizimidir. Til me’yori til tizimining barcha sathini qamrab oladi. Shunga ko’ra, leksik me’yor, to’g’ri talaffuz me’yori, to’g’ri yozish me’yori, grammatik me’yor kabilar farqlanadi.
  • Umummajburiylik- jamiyatning barcha a’zosi tomonidan adabiy til qo’llanishining majburiyligi. Adabiy til me’yorlariga hammaning barobar rioya qilinishi umummajburiylikdir.
  • Kodifikatsiya- til me’yorlarining ilmiy tasnifi bo’lib, amalga oshirilgan ish, lug’at, qo’llanma va darsliklarda qayd qilinadi.
  • Og’zaki va yozma shaklning mavjudligi- sheva va lahjadan farqli ravishda adabiy til og’zaki shakldan tashqari yozma shaklga ham egadir.
  • Ko’p vazifalilik- adabiy til istalgan faoliyat sohasining kommunikativ ehtiyojlarini qondirishga qodir.
  • Uslubiylik- adabiy til tarmoqlangan vazifaviy uslublarga ega bo’ladi.

Yüklə 145,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin