Ozbek dialektologiyasi Areal lingvistika Mustaqil ish
mohiyatL Bu terminlaming birinchisi lotincha area — maydon, kengli/c, hudud hamda lingvistika tеilshunoslik, ikkinchisi esa lingvistika va geograflya tarkibiy qismlaridan iborat.
A real lingvistika (lingvistik geograflya) sheva xususiyatlarinining
turli hududlarda tarqalishini maxsus belgilar va raqamlar vositasida
karta(xarita)da, aks ettirish bilan shug‘uilanadigan dialektologiyaning bir
boiim idir, boshqacha aytganda, shevalarga yoki qarindosg tillarga xos
bo'lgan xususiyatlaming tarqalish chegaralarini xaritada ifodalashdir.
Lingvistik geograflya shevalami o‘rganishning bir metodi hamdir.
Fanda lingvistik geograflya va dialektologiya munosabatlariga ham e ’tibor
qaratiladi. Bu ikki hodisaning obekti bir bo’lsa-da, ularning farqlari ham
bor. Dialektologiya shevalami monografiya, maqola va lug‘atlar yaratish
orqali o ‘rgansa va xulosalar chiqarsa, lingvistik geograflya ulami tizimga
tushirib, kartalashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ham lingvistik
geografiyani dialektologiyaning tadqiqot texnikasi deb ham yuritishadi.
Lingvistik geograflya quyidagi tushunchalarga asoslaniladi:
Izoglossa. Bu so‘z lotincha bo‘lib, izo - teng, glossa - til degan
ma’nolarni bildiradi va bir dialekt, lahja doirasidagi yoki
bir til, qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar
mosligi darajasiga ko‘ra tarqalishini ko‘rsatadigan shartli belgidir.
Izoglossalar vazifasini fonemalar, ulaming variatsiyalari, morfemalar,
ulaming variantlari, grammatik shakllar, leksemalar bajarishi mumkin. Shu
tufayli uning izofonema, izomorfema, izoleksema tiplari belgilanadi
Masalan, turli sheva va tillarda tez-tez takrorlanuvchi cho‘ziq
“o:” unlisi izofonema sifatida, -/а ko‘plik affiksi varianti izomorfema sifatida,
vazmin ~ салака ~ salaqa, kasallik ~ ьрац ~irarf kabi so‘zlar izoleksema
sifatida qatnashishi mumkin. Shuningdek, adabiyotlarda izoglossalaming
67izofort (fonetik izoglossa), izomorf (morfologik izoglossa), izoleks (leksik
izoglossa), izosema (semantik izoglossa) haqida ham ma’lumotlar beriladi.
Izoglossalar qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarga munosabati
jihatidan ikki guruhga ajratiladi:
1. 0 ‘zaro aloqadagi izoglossalar. Bunday izoglosalar genetik
umumiylikka ega bo‘lgan tillarga aloqador bo‘ladi.
2. Konvergent izoglossalar. Bunday izoglossalar turli sistemadagi
tillaming uzoq muddatli hududiy aloqalari (kontakti) natijasi samarasi
sifatida yuzaga keladi va har ikki til uchun umumiy bo‘ladi. Bunda
qarindosh boMrnagan tillar o ‘z mustaqilligini saqlaydi.
A re a l Izoglossalaming tarqalish hududini bildiradi. Yuqoridagi
izoglossa turlarining bir necha hududlarda tarqalishini ko‘rsatadi. Masalan,
birlamchi cho‘ziq unlilar Qozog‘iston, O ‘zbekiston, Turkmaniston va
boshqa hududlarda tarqalishi maxsus belgilarda kartada aks ettiriladi.
Areal termini biologiya, geograflya, kimyo, antropologiya fanlarida
ham qo‘llanadi. Biologiyada hayvonlar va o‘simliklarning, geografiyada
tabiat hodisalarining, kimyoda tabiiy boyliklarning, antropologiyada
xalqlar va irqlarning tarqalish hududlari kartalashtiriladi.
Til landshafti. Muayyan hududda til va bir necha shevalardagi
izoglossalar va ulaming joylashishi xususiyatidir. Ular turli ranglar
vositasida ko'rsatiladi.
Innovatsiya. U izoglossalaming tarqalish markazini bildiradi.
Masalan, labial singarmonizm qadimgi turkiy tilga xos bo‘lsa ham, qirg‘iz
tilida mustahkamlanib qoldi va bu til orqali boshqa til va shevalarga
tarqaldi. Demak, labial singarmonizmning innovatsion markazi vazifasini
keyingi davrlar uchun qirg‘iz tili bajaradi.
Lingvistik k a rta . Bunday kartalaming xususiy va umumiy turlari
amalda bor. Aksariyat hollarda lingvistik kartalar kontur kartalargda
amalga oshiriladi. Bir izoglossaning tarqalishi ko‘rsatilgan karta xususiy
lingvistik kartadir. Bir guruh izoglossalar aks ettirilgan karta esa umumiy
lingvistik karta hisoblanadi. Lingvistik kartada sheva yoki til hodisalarini -
izoglossalarni shartli belgilar vositasida ham, bebosita o ‘zini ham yozish
mumkin.
Sheva yoki til hodisalarini kompleks joylashtirgan va ranglar
vositasida jilo berilgan kartaning tori lingvistik atlas deyiladi. Lingvistik
atlas umumlashtirish xarakteriga ega bolib, u sheva yoki biror tiining
tarqalish chegarasini ko‘rsatgan rangli kartalar yig‘indisidir. Dunyo
amaliyotida lingvistik atlasning klassik namunalari bop. Bular quyidagilar:
V enker G. Shimoliy va markaziy Germanuyaning dualektokogik
atlasi. 1881 (6 karta).
V rede F. Nemis lingvistik atlasi. 1926-1932 (6 jild).
Jilyeron J., Edm on E. Fransiya lingvistik atlasi. 1896-1908.
Y aberga K., Y uda I. Italiya va Janubiy Shvetsariya dialektlari atlasi.
1928 va h.k.
Buiar ichida J. Jilyeron, E. Edmonlaming lingvistik atlasi boshqa shu
xildagi atlaslaming tuzilishiga metodologik asos boMib xizmat qildi.
Lingvistik atlas faqat dialektologik maqsadda emas, balki dunyo
tillarininh tarqalishini ko'rsatish maqsadida ham yaratiladi.
2. Areal lingvistika (lingvistik geografiya) metodlari. Areal
lingvistika (lingvistik geografiya) shunday sohaki, u har bir sheva va
dialekt haqida, uning madaniy, tarixiy xususiyatiari, o‘ziga xosligi bilan
yaxlit ravishda tilshunoslik, tarix, etnografiya bilan shug‘ullanadigan
xodimlar, mutaxassislarni keng tanishtirish imkonini beradi. Lingvistik
geografiyada, aw alo, o‘rganilayotgan sheva kartasi uchun asos sifatida
aholi geografiyasini aks ettirishga moMjallangan kontur karta olinadi va
aholi punktlari raqamlari belgilab chiqiladi. Sheva faktlari uchun shartli
belgilar tizimi ishlab chiqiladi. Izoglossalaming tarqalishini ko‘rsatuvchi
chiziqlami tortish rejasi tayin qilinadi. Ranglar tanlanadi va bo‘yash
texnikasi belgilab olinadi.
O’zbek tili lahjalarining tarqalishi
1. Карлук-чигил-уйгур лахдаси
2. '/fya пах^каси
3. Кипчоц ла^жаои
Areal lingvistikaning asosini lingvistik tadqiqotlarda foydalaniladigan
til hodisalari tashkil etadi. Shuning uchun