O‘zbek filologiyasi fakulteti 301-guruh talabasi farhodova farangizning kurs ishi mavzu



Yüklə 89,57 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü89,57 Kb.
#205672
1   2   3   4   5   6
FARHODOVA FARANGIZ

Musallas (uchlik) xarakteridagi she’rlar – 2 ta.
A) Nosiruddin To‘qbug‘abek madhi – 11 band (33 misra)
B) Ismoil Alayhis-salom Qisasi tarkibida – 3 band (9 misra)
“Qisasi Rabg‘uziy” asarida turkiy musallasning ilk ko‘rinishi uchraydi. Rabg‘uziydan oldin musammatning bu shaklida hech kim ijod etmagan. Musallas shaklida ijod qilish bir muncha qiyinchilik tug‘dirgan. Fikr to‘liq va izchil bo‘lishi qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu shakl Rabg‘uziydan keyin ham uchramaydi. Faqat XIX asrga kelib o‘zbek shoiralaridan Uvaysiy ijodida musallas shaklining go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin7. Rabg‘uziy ijodidagi musallas bu shaklning ilk mukammal ko‘rinishi hisoblanadi. Asardagi Nosriddun To‘qbug‘abek ta’rifi misolida buni ko‘rishimiz mumkin.

“Qissasi ar-Rabg‘uziy”ning ayrim sahifalarida arabcha she’rlarning turkiy tarjimalari beriladi. Bu ko‘p emas, lekin oz bo‘lsa-da ma’lum miqdorda o‘zbek tarjima adabiyoti tarixini o‘rganishda qo‘l kelishi mumkin hodisadir. Ushbu tarjima parchalardagi badiiy san’atlarni tahlil etishga urinib ko‘rdik. Shunday she’rlardan biri “Ibrohim alayhis-salom qissasi” tarkibida keladi, lekin she’rda badiiy tasvir vositalari yo‘q hisobda. Shunday she’rlardan ikkinchisi “Yusuf alayhis-salom qissasi”da mavjud, unda badiiy san’at vositalari ancha topiladi:


Elingiz chin to‘lin oytek qinayur qirg‘u qaroq,
Yuzunguz kundin yoruqroq ko‘rkunguz kun yo qamar (1–116).
Baytdagi tashbih bir nechta o‘rinda ko‘zda tashlanadi, hatto bayt boshdan oxir tashbihlidir. Keyingi baytda istiora, mubolag‘a kabi badiiy san’atlar qo‘llanadi:
La’lin ochsa yinjulardin to‘plunur turluk latif,
Ul erinning totig‘inda qayda etsun bol-shakar (1–116).
La’l va inju (yinju) istiora, boisi ulardan murod yor labidir, ikkinchi misrada erin (lab) bol (asal)ga hamda shakarga mengzalmoqda. Ko‘rkunga munlug‘ bo‘lubon ko‘rkini men kusayur, O‘rtanur bag‘rim yoqildi yoshginam yultek oqar (1–116). Mazmuni:
Chiroyga munglik (ma’yus) bo‘lib, chiroyingni sog‘inib,
O‘rtanib bag‘rim yondi, ko‘z yoshlarim buloqday oqadi.
Demak, yuqoridagi baytda mobolag‘a mavjud, masalan, ko‘z yoshi buloq suviga o‘xshatilmoqda, bir qarashda bu tashbihga o‘xshab ketsa-da, aslida mubolag‘a ustuvor holatda sezilmoqda. Yuqorida bir o‘rinda eslatganimiz olti bayt tarjimasi xususida edi, u baytlarda ayrim badiiy san’atlar uchraydi.
To‘lun oyni ko‘rsang tug‘ar qo‘miyur,
Arig‘ hurni ko‘rdi ulash o‘ynayur (2–130).
Mazmuni:
To‘lin oyni ko‘rsang quvnaysan,
Pok hurni ko‘rsa o‘ynaydi, sevinadi,
She’rning qolgan baytlarida tasvir kuchayib boradi:
Hamul oyni ko‘rgan yag‘iz yer uza,
Ayoqin yurirda ko‘ngul bulg‘ayur (2–131).
Mazmuni:
Qora yer uzr oy sochganda nurin,
Soqiy may quyib ko‘ngil chog‘lanur.
Baytdan baytga o‘tgan sari ifoda to‘laqonli bo‘la boshlaydi:
Adiz ko‘kda oyni yaratti izi,
Bu kun ko‘rsa oyg‘a kelib tunayur (2–131).
Mazmuni:
Yuksak osmonda oyni yaratgan Xudo (izi)
Quyoshni ko‘rsa, oyga zulmat cho‘kadi.
Shu tariqa tarjima she’rlardagi badiiy san’atlar o‘zini ko‘z-ko‘z qila boshlaydi. Nihoyat avvalgi boblarda gapirganimiz turkiy sarlavhali she’rda ichki ruhiy holat tasviriga guvoh bo‘lamiz:
Boshqa bir she’r choriyorlardan Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu tilidan aytiladi. She’rda Muhammad (s.a.v.) tarafida turgan va endilikda Payg‘ambarimizning eng yaqin sahobasiga aylangan, musulmon dini dushmanlariga ayovsiz zarba bergan, Umar ibn al-Xattob so‘zlari ifodasini topgan. She’rdagi misralar Umarning dushmanlarga aytgan otashin nutqidek yoki jang oldidan lashkarboshi aytgan na’radek jaranglaydi:
Ne bo‘ldi ko‘rarman sizlarni uru,
To‘ng‘uztek yig‘ilib ashbahda qoni (2–127). Mazmuni:
Nima bo‘ldi sizlarni o‘g‘ridek ko‘raman,
To‘ng‘izdek yaloqda qon yig‘ilib.
She’rdagi qolgan misralarda ham dushmanni sarosimaga soladigan da’vatlar aytiladi.
Qilich birla qirg‘am qamug‘ni bu kun,
Tirik qo‘ymag‘am bir ini-og‘ani (2–127).
Mazmuni:
Barchangni bugun qilichdan o‘tkazaman,
Birorta og‘a-inini tirik qoldirmayman.
“Qissasi ar-Rabg‘uziy” tarkibida sakkiz o‘rinda arabiy she’rlar bilan ularning turkiy tarjimasi yonma-yon keltiriladi. Shu kabi asarning o‘n ikki joyida arabiy she’r matnlari mutlaqo tarjimasiz beriladi. Bu holat o‘sha davr kitobxonining saviyasidan kelib chiqib qilingan, sababi Rabg‘uziy davri kitobxoni uchun arabiy matnlar unchalik qiyinchilik tug‘dirmas edi. Shuningdek, asarda yetti o‘rinda “Bayt” sarlavhasi bilan, ikki o‘rinda “G‘azal” sarlavhasi bilan, “She’r” sarlavhasi bilan o‘n o‘rinda, bir o‘rinda “Na’t” sarlavhasi, yana bir o‘rinda “Bahoriyot” sarlavhasi bilan she’rlar beriladi. Bundan tashqari asarning o‘n to‘rt o‘rnida sarlavhasiz, ya’ni sarlavhasi yo‘q she’rlar keltiriladi.
Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, Rabg‘uziy o‘zbek adabiyotida murakkab kompozitsion qurilishga ega bo‘lgan dastlabki nasriy “Qisasi Rabg‘uziy” asarini yaratish bilan nafaqat qissaxon adib, balki ayrim she’riy janrlarning ilk muallifi hamdir. “Qisasi Rabg‘uziy”ning nasriy asar ekani xususiyatidan kelib chiqib Rabg‘uziy ijodi shu vaqtga qadar faqat nasriy mezonlar asosida o‘rganilgan. Uning she’riy iqtidori va poetik mahorati tadqiqotlarda doimo ikkinchi planda o‘rganib kelingan. Rabg‘uziy ijodini shoirlik va she’riyat mezonlari asosida atroflicha o‘rganish vaqti allaqachon yetib kelgan.



Yüklə 89,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin