O’zbek I st o n Respublikası oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlligi


Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/11
tarix11.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KURS ISHI 1-TEMA

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Aminokislotalar oqsil sintezi paytida hosil qilinmaydi. Baʼzi talabalar oqsil sintezidan asosiy maqsad aminokislotar hosil qilish deb oʻylashadi. Lekin translyatsiya paytida aminokislotalar yaratilmaydi, balki oqsil hosil qilish uchun ular qurilish materiali sifatida ishlatiladi.

  • Mutatsiyalar har doim ham keskin yoki salbiy taʼsirga olib kelmaydi. Odatda odamlar “mutatsiya” atamasini ommaviy axborot vositalaridan eshitib, bunday odam kasal yoki majruh deb tushunadi. Mutatsiyalar genetik xilmaxillik manbai boʻlib, ularning baʼzilari zararli boʻlishiga qaramasdan, aksariyati ahamiyatsiz, koʻpchiligi hatto yaxshi hisoblanadi!

Uchta nukleotidga karrali boʻlgan insersiyalar va deletsiyalar oʻqish doirasini siljituvchi mutatsiyalarga sabab boʻlmaydi. Aksincha, bir yoki bir nechta aminokislotalar oqsilga qoʻshiladi yoki oqsildan tushib qoladi. Lekin uchta nukleotidga karrali boʻlmagan insersiyalar va deletsiyalar oqsildagi aminokislota ketma-ketligini keskin oʻzgartirib yuboradi. OQSILLAR BIOSINTEZI (TRANSLYATSIYA)
Zamonaviy tabiatshunoslik fanining ikkita muhim muammolaridan biri-tirik hujayrada oqsillar biosintezidir. Ikkinchisi esa noorganik tabiatda insoniyat uchun kelgusida energiya ajratish elementar zarralarning fizikaviy tadqiqoti asosida amalga oshishi mumkin. Tirik tabiatda hayotiy jarayonlarni boshqarish oqsillarni o’rganish asnosida sodir bo’ladi.
Organizmning tiriklik belgisi muayyan oqsil yoki oqsillar kompleksi orqali namoyon bo’ladi. Jonzotlarning biologik belgilari quyidagi generatsiya asosida amalga oshadi:
DNK  RNK  OQSIL  BELGI
Ma’lumki, sochimiz va terimizning rangi melonin degan pigmentga bog’liq bo’lib, albinoslarda u bo’lmaydi. Melonin sintezi oqsil – ferment tirozinazaga bog’liq. Mazkur oqsilning mutatsiyasi yoki inaktivatsiyasi albinoslarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Oqsillarga bog’liq bunday jarayonlarni organizmda juda ko’p kuzatish mumkin.
Oqsillar biosintezini to’liq aniqlash irsiyat qonunlarini tadqiq qilish, organizmlarni o’sish va rivojlanishini boshqarish, turli xil irsiy kasalliklar sabablarini aniqlash, davolash va boshqa bir qator muammolarni hal qilishga imkon yaratadi.
Oqsillar sintezi organizmda intensiv ravishda amalga oshadi. Odam jigarida 10 kun davomida oqsillarning yarmi yangilanadi. Qon zardobida 20-30 kunda oqsillar almashinadi. Har kun inson tanasida 100 g oqsil sintezlanishi lozim. Bir kunda odam qonida 8 g gemoglobin, 23 g jigar oqsili va 32 g mushak oqsillari sintezlanib turadi.
Hujayrada oqsillarning sintezi xuddi nuklein kislotalardek, matritsa (qolip) asosida amalga oshadi. Mazkur jarayon murakkab va bir necha bosqichlardan iborat. Oqsillarning biosintezi oqsil sintezlovchi muayyan tizim bo’lib, uning tarkibiga quyidagi strukturalar kiradi:

  • ribosomalar-nukleoprotein zarralari bo’lib, tarkibida 60% ribosom RNK va 40% oqsil mavjud. Uzunligi 160Å, diametri 250Å, molekulyar massasi 4 mln. Bir qancha ribosomlar to’plami poliribosoma yoki polisomalar deb ataladi;

  • matritsa RNK;

  • transport RNK;

  • oqsil sintezidagi bosqichlar bo’lmish initsiatsiya, elongatsiya, terminatsiya va translyatsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi oqsillar va fermentlar;

  • proteinogenli aminokislotalar;

  • aminoatsil-t-RNKlarni hosil qiluvchi aminoatsil-t-RNK-sintetaza fermentlari;

  • makroergli nukleozidtrifosfatlar ATF va GTF;

  • Mg2+, Ca2+, K+, NH4+ ionlari.

Oqsil biosintezida 200 dan ortiq makromolekulalar ishtirok etadi. Bular oqsillar va nuklein kislotalari bo’lib, faqat aminokislotalarni faollashtirish va tashilishi uchun 100 ta makromolekulalar zarurligi aniqlangan. Ribosoma 60 xil makromolekuladan tashkil topib, translyatsiyada 10 dan ortiq oqsil turlari ishtirok etadi.
Aynan ribosomalarda jonsiz molekula bo’lgan nuklein kislota jonli oqsillarga aylanadi. Demak, ribosomalarda kimyo biologiyaga shakllanadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin