O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Gidratatsiyalangan moyni quritish



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Gidratatsiyalangan moyni quritish.
Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt mobaynida ham 
saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish jarayoni kechadi. Natijada moyning 
kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun gidratlangan moy kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi 
vakuum quritish uskunasida quritiladi. 


21
6 – rasm. Gidratlash jarayonida hosil bo‘lgan fazalarni tarelkali tindirgichda ajratish 
texnologik sxemasi. 
Vakuum-quritish apparati
. Harorati 85-90
0
С
bo‘lgan moy (15) quvur orqali apparatga va 
3 ta (17) forsunkalar yordamida sochib boriladi. Tomchi qaytargich (18) tomchini vakuum 
sistemasiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Apparat (1) ning quyi qismiga tarelkalardan iborat (4) 
kontakt yuza o‘rnatilgan bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda moydan namlikni bug‘lanishiga xizmat 
qiladi. Quritish jarayonida qoldiq bosim 2,66 MPa (20 mm sim.ust.) dan ortiq emas. Apparatda 
vakuum uch bosqichli bug‘ ejektori yoki suvli vakuum-nasos yordamida (19) patrubka orqali hosil 
qilinadi. Quritilgan moy nasos yordamida (11) shtutser orqali apparatni pastki qismidan so‘rib 
olinadi. Agar apparatdagi moy sathi me’yordagidan past bo‘lsa, sath rostlagich (13) qalqovuchi 
bo‘shaladi va tirgakli moslamani ochadi, shunda chiqish trubasidagi moy apparatga qaytariladi. 
Shunday qilib uskunada moyni bir xil sathi saqlab turiladi. 
Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish. 
Fosfatid emulsiyasi tarkibida 55-75 % suv, 15-30 
% fosfatidlar, 15-20 % yog‘ bo‘ladi. Fosfatid emulsiyasi tezlik bilan quritishga yuboriladi. Bu 
jarayon fosfatidlar sifatini saqlab qolish uchun qatlamda bajariladi. Quritish 75-90
0
S haroratda, 
qoldiq bosim 20 mm.sim.ust.ga teng bo‘lgan sharoitda olib boriladi. 
4 – jadval
Fosfatid konsentratining xarakteristikasi 
Ko‘rsatgichlar Oziq-ovqat 
uchun 
Ozuqa uchun 
Rangi, mg yodgacha 
18 belgilanmaydi
Namlik va uchuvchan moddalar miqdori, % gacha 
1,0 
3,0 
Fosfatidlar miqdori, %
55.0 
40,0 
Yog‘ miqdori, %
45.0 
60,0 
Fosfatid konsentratsiyadan ajratib olingan yog‘ning kislota 
soni mg KOH 
18 25 


22
7 – rasm. Quyidagi rasmda kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum-quritish uskunasi 
ko‘rsatilgan.
Fosfatid emulsiyasini quritish uchun gorizontal uzluksiz ishlaydigan rotatsion-plenkali 
quritish apparatlari ishlatiladi: ular silindrik va konussimon bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvati 100 
kg/s fosfatid konsentratiga teng. 
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan fosfatid konsentrati sig‘imi 30-40 l bo‘lgan metall 
bankalarga, ozuqa uchun esa bochkalarga joylashtiriladi. 
Oxirgi vaqtda to‘liq gidratatsiya jarayonida firma «Lurgi» (GFR) sxemasi 
quo‘llanilmoqda.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin