portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
Katalizatorning regeneratsiyasi . Ishlatilgan katalizatorning regeneratsiya jarayoni
quyidagi bosqichlardan iborat.
1) yog‘sizlantirish;
2) qaynatish
3) eritmani tozalash
4) cho‘ktirish
Ishlatilgan katalizatorda yog‘ miqdori 60-90 % oralig‘ida bo‘ladi.
Yog‘sizlantirish. 6 m
3
sig‘imli avtoklavlarda soda (Na
2
CO
3
) ning 5% li eritmasi bilan olib
boriladi. 105-107
0
C gacha isitiladi va aralashtirilgan holda (50-60 ayl/min) 3-4 soat davomida
ushlab turiladi.
Keyin avtoklavga 1,6m
3
issiq NaCl eritmasi quyiladi, 30 min. davomida aralashtirib, 6-8
soat tindiriladi. Yog‘li qatlam bakka quyiladi, o‘rta-tuzli qatlam soapstok yig‘uvchi bakga quyiladi.
Quyi qatlam – katalizatorni esa 3-4 marta issiq suvda yuviladi, bunda yuvilgan suvdagi ishqor 2-3
g/l bo‘lishi kerak. 1 t ishlatilgan katalizatorga 2m
3
Na
2
CO
3
eritmasi qo‘shiladi.
Qaynatish. Bu jarayon chanlarda amalga oshiriladi, bunda katalizator H
2
SO
4
bilan 6-8 soat
davomida qaynatiladi. Nikel-mis katalizatorini temir gidrat oksidi ishtirokida qaynatiladi.
Qaynatish vaqtida NiSO
4
va CuSO
4
tuzlari hosil bo‘ladi. Bu tuzlar eritmasida temir tuzlari bor.
Shuning uchun ularni tozalash kerak.
Tozalash. Bu jarayon gipoxlorid natriy-javel suvi bilan amalga oshiriladi. Bunda quyidagi
reaksiyalar sodir bo‘ladi.
CaOCl + Na
2
CO
3
=== NaOCl + NaCl + CaCO
3
2FeSO
4
+ 2NaOCl + 2 Na
2
CO
3
+ 3H
2
O 2Fe(OH)
3
+ 2Na
2
SO
4
+ 2CO
2
+2NaCl
60
Tozalangan
eritma
filtrpresslarda filtrlanib va cho‘ktiruvchi changa yuboriladi. U yerda soda
(Na
2
CO
3
) bilan cho‘ktiriladi.