Nazorat ishi: Diktant. (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
55-57-mavzu. Oziq-ovqatlar (3 soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: non, choy, sut,shakar, qand, pishloq, sariyog‘, asal, osh, palov, sho‘rva kabitayanch so‘zlar (1 soat); ichyapti/ ichmayapti, yeyapti/yemayapti, uzatib yuboring, ushating kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar; shirin, mazali, eng, juda kabi belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlar (1 soat) va iltimos, rahmat, marhamat kabi taklif-istakni ifodalovchi so‘z va jumlalar (1 soat).
Nutq namunalari:Sut bormi? Marhamat, oling. Stolda nimalar bor? Stolda choy, sut, qand, asal, sariyog‘ bor. Gulnora nima ichyapti?Choy ichyapti. Choy issiqmi?Ha, choy issiqkabilar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: oziq-ovqatlar nomlari, ularni tavsiflovchi so‘zlarni tinglab tushuna oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza oladi.
58-60-mavzu. Idishlar (3 soat (A1+4 soat))
Lug‘at: choynak, piyola, qoshiq, kosa, pichoq, idish-tovoqlar kabi tayanch so‘zlar (1 soat); turibdi, ber, bering, olib keling, qo‘y, qo‘ying, yuv, yuving, art, arting kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat); dasturxon, oshxona so‘zlari, qaerga qo‘yay? nima qilay? so‘roqlari (1 soat).
Nutq namunalari: Idishlar qaerda? Idishlar javonda. Men nima qilay? Sen mana bu kosalarni yuv va artib qo‘y. Dasturxonga nima qo‘yay? Dasturxonga likopchalar bilan oltita sanchqi qo‘y kabilar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: A1
o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni, kundalik muloqotga oid so‘z va jumlalar ma’nosini tinglab tushuna oladi;
mavzuga oid tayanch so‘zlar, so‘z birikmalarini tushunib nutqda qo‘llay oladi; savollar javob bera oladi, o‘zi (ismi-sharifi, yoshi, yashash manzili va o‘qish joyi), ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi haqida qisqa ma’lumot bera oladi.
Dostları ilə paylaş: |