O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə35/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

2.Qo’shma so’zlar: xontaxta, tomorqa, asalari, kamgap, sotib olmoq.
3.Qisqartma so’zlar : BMT, O’zMU, Sanqurbank, pedkengash.
4.Juft so’zlar: sabzi – piyoz, katta – kichik, o’ynab – kulib, keldi – ketdi.
5.Takroriy so’zlar:yashik – yashik, qator – qator, o’ynab – o’ynab.
Ma’no jihatidan bir–biriga mos kelib, jamlik, umumiylik ma’nosini bildirgan so’zjuft so’zdeyiladi. Juft so’zning har ikki qismi ham yakka holda mustaqil ma’no bildirishi mumkin yoki ikkinchi qismi yakka qo’llanmaydigan so’z bo’lishi mumkin yoxud har ikkala qismi ham ma’no ifodalamasligi mumkin: qozon – tovoq, arpa – bug’doy, kiyim – kechak, yosh – yalang, apil – tapil.
Juft so’zlar qismlari ma’no jihatdan bir necha xil bo’ladi:
1.Bir turdagi yaqin predmetlarning nomlari: qosh – qovoq, oltin – kumush, qovun – tarvuz.
2.Sinonimso’zlar: kuch – quvvat, asta – sekin, keksa – qari.
3.Butun va bo’lak nomlari: oy – kun, vaqt – soat, tog’ – tosh.
4.Antonim so’zlar: kecha – kunduz, yaxshi – yomon, katta – kichik.
Bir so’zning qo’shaloq kelishidan hosil bo’lgan so’zlar takroriy so’z deyiladi: baland – baland, qa-tor – qator, non – pon, choy – poy. Takroriy so’zlar ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: etak – etak-gul, ayta – ayta charchadim. Takroriy so’zlarda ayni bir so’zning takror holda qo’llanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi.
Ma’noni kuchaytirish uchun ketma–ket keltiriladigan so’zlar takroriy so’zlar hisoblanmaydi: Kiyimini qara, kiyimini!
Tayanch so`zlar: morfemika, so`z yasovchi, shakl yasovchi,so’z
o’zgartiruvchi, qisqartma, sodda, qo`shma, qisqartma, juft, takroriy.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Qo’shimchalar ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
2. So`zlar qanday usullar bilan hosil qilinadi?
3. So`zlar tuzilishiga ko`ra qanday turlariga bo`linadi?
4. So`dda so`z deganda nimani tushunasiz?
5. Qo`shma so`z deganda nimani tushunasiz?
6. Juft so`z deganda nimani tushunasiz?
7. Murakkab so`z deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin