Reja: 1.Frazeologiyava uning o`rganish ob`yekti.
2.Iboralar va uning turlari.
Frazeologiya (yun. phrasis — ifoda, ibora va logos – ta`limot, fan) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo’limidir.
Ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan va yaxlit bir ko’chma ma’no ifodalaydigan til birligi ibora(frazeologik birlik) deyiladi:oq ko’ngil,kapalagiuchib ketdi,og’zing qani desa qulog’ini ko’rsatadi va h.
Iboralar ahamiyati va qo’llanishi jihatidan,odatda,so’zga teng keladi.
Iboralar ko’proq so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ishlatiladi. Ulardan unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Til fanining iboralarni o’rganadigan bo’limi frazeologiya deb ataladi.
Iboralar o’rtasida ham o’zaro omonimlik,sinonimlik va antonimlik bo’lishi mumkin. Omonim iboralar:boshgako’tarmoq(e’zozlamoq, avaylamoq)–boshga ko’tarmoq(shovqin –suronko’tarmoq);sinonim iboralar:tegirmonga tushsa butun chiqadi – suvdanquruq chiqadi; antonim iboralar:yerga urmoq- ko’kka ko’tarmoq.
Frazeologizmlar tuzilishiga ko`ra uchta turga bo`linadi:
1.Frazeologik so`z (so`z ibora);
2.Frazeologik chatishma;
3.Frazeologik qo`shilma.
1.Frazeologik so`z (so`z ibora) –odatda bir so`zdan iborat bo`lib, bunda odamlarga qush, hayvon, o`simlik va kabilarga qiyosan nisbat beriladi, ya`ni odamlar ularga qiyoslanadi, masalan: tulki (odam), xameleon (odam), kungaboqar (odam), ilon (odam).
2.Frazeologik chatishma– so`z birikmasi tartibida ifodalanadi. Qo`llanayotgan so`zning bittasi o`z ma`nosida, ikkinchisi esa ko`chma ma`noda ishlatiladi. Masalan: oq bilak, ichi qora, niyati buzuq, ko`nglitoza. 3.Frazeologik qo`shilma –bunda ibora butun bir gap holida qo`llaniladi, lekin uning leksik o`z ma`nosidagi bir so`zga teng keladi. Masalan: boshi osmonga yetdi – xursand; ko`zi to`rt bo`ldi- uzoq kutdi; oyog`ini qo`liga olib yugurdi – tez yugurdi; qadamidan o`t chaqnaydi – dadil odam.