O‗qishdan oldingi topshiriqlar kitobxondagi
mavjud bilimlar va badiiy matn
o„rtasida ko„prik
vazifasini bajaradi. Bundan maqsad o‗quvchilarni o ‗zlari
uchun
notanish bo‗lgan badiiy asar mutolaasiga tayyorlash, asarni yaxshiroq tushunishga
yordam berish, matnni oldindan ko‗ra olish qobiliyatini shakllantirish, asarda hikoya
qilingan kontekst (tarixiy davr,
geografik muhit, madaniyat) haqida tasavvur
uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‗qishdan oldingi topshiriqlarni
tayyorlashda, aksariyat holatlarda struktural tahlil imkoniyatlari (masalan, badiiy
asarning
kompozitsion qurilishi, jumladan, asar sarlavhasi, prolog, epilog,
asardagi
epigraflar, ilk va so‗ngi jumlalar va muallifning badiiy asar kompozitsion qurilishidan
kutilgan maqsadi va h.k.z) dan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Amerikalik psixolog va kognitivist olimlar Devid Rumelhart (
David Rumelhart
,
1942-2011)
va Donald Norman
(Donald Norman, 1935)
ilgari surgan sxemalar
nazariyasiga ko‗ra
(schemata theory)
, o‗quvchi yangi ma‘lumotlarni (yangi
sxemalarni) qabul qilayotganda ularni o‗zida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar (sxemalar)
bilan solishtiradi va o‗quvchida mavjud sxemalar bilan mos tushadigan ma‘lumotlar
osonroq va samaraliroq o‗zlashtiriladi. Donald Norman ta‘kidlashicha, ―Mos
konseptual asos mavjud bo‗lsa, o‗zlashtirish oson, samarali va og‗riqsiz kechadi, aks
holda bu jarayon og‗riqli va sekin bo‗ladi.
38
‖ Amerikalik olim Vilyam Henk
(William
Henk)
ham
bu fikrni quvvatlab, shunday deydi: ―Kiruvchi (yangi) ma‘lumot yoki
mavhud bilimlarga (sxemalarga) mos keladi yoki yangi bilimlarning paydo bo‗lishiga
olib keladi. O ‗quvchi o‗zida mavjud sxemalarga mos tushadigan yangi misollarga
duch kelganda bu misollarni o‗zlashtirish sxemalar majvud bo ‗lmagan holatga
qaraganda osonroq kechadi.‖
39
Demak, yangi matn bilan
ishlash jarayoni samarali
bo‗lishi uchun o‗qishdan oldin matnni tushunishga yordam beradigan bilimlarni
(sxemalarni) faollashtirish lozim.
Bu bosqichda asarda hikoya qilingan zamon va makon haqida tushuncha berish
maqsadida turli xil
Dostları ilə paylaş: