“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98
mirzayeva z metodika

TAHLIL QILING: 
Qamoqxonadagi vaziyatni bola qanday tasvirlayapti? “Trotskiychilar” va 
ularning dumlari kimlar?
Meni bu mitinglarga borishga nima chorlaganini hanuz tushunolmayman. 
Aftidan, karnay-surnay va nog‗oralar sadosi saf tortib o‗tadigan tengdoshlarimning 
quvnoq va jo‗shqin qo‗shiqlari bo‗lsa, ajab emas. Chunki bu gumbur-gumbur 
sadolara otashin qo‗shiqlar qulog‗imga chalinishi bilan xuddi nog‗oraga o‗rgangan 
harbiy otday oyoqlarim o‗z-o‗zidan raqsga tushib, yuragim hapriqib ketaverardi. 
Faqat bir narsa murg‗ak qalbimni ezar, u ham bo‗lsa, minbardan turib aytiladigan 
nutqlarda ba‘zi-ba‘zida dadamlarning nomi ham «dum»lar qatori tilga olinadi. Lekin 
shunday paytlarda dadamlarning Stalin to‗g‗risidagi so‗zlari esimga tushardiyu 


yuragimga quyilib kelgan alamli tuyg‗uni haydardim. Bu hol toki shahar yoshlar 
qo‗mitasining kotibi bilan yuzma-yuz kelgunimcha davom etdi. 
Bu yosh, xushqad, xushsurat yigitcha bizga qo‗shni edi. Oilamiz boshiga 
musibat tushgunga qadar, u xonadonimizga bo‗zchining mokisidek qatnar, dadamlar 
bilan kechalari uzoq suhbatlashib o‗tirardi. U o‗sha yozda uylangan, xotini ham, 
o‗ziga o‗xshash ko‗hlik, xushqad, xushsurat edi. Damlar ularning to‗ylariga to‗yboshi 
bo‗lgan, oyimlarning aytishicha, dadamlar unga moddiy yordam ham bergan ekanlar. 
Dadamlar qamalganlaridan keyin yon qo‗shnimiz qorasini ham ko‗rsatmaydigan 
bo‗ldi. Bunga ajablanmasa ham bo‗lardi, chunki shogird tugul qarindosh-urug‗lar 
ham bu og‗ir, g‗urbatli kunlarda uyimizni chetlab o‗tishar, bitta-yarimta kelsa ham 
kechalari qo‗rqa-pisa kelib, so‗ng devor panalab qaytib ketardi. 
BAHO BERING: 
Qo„shni va qarindoshlar nega bu oiladan o„zlarini olib qocha boshladilar? 
Ularning bunday harakatlarini oqlash mumkinmi?
Shanba kuni edi. Chamasi, qamalganlar soni ko‗paygan, chunki avaxtaga ovqat 
ko‗tarib kelganlar soni ancha ortgan, navbat kutayotganlarning dumi ko‗rinmasdi. 
Kun sovuq, sevalab mayda yomg‗ir yog‗ardi. Shu boisdanmi, boshqami, oyimlar men 
so‗ramasdanoq uyga ketishimga ruxsat berdilar. Men tinimsiz maydalab yog‗ayotgan 
yomg‗irdan diydirab, uyimizga tomon ravona bo‗ldimu to‗satdan bog‗ tomonda 
yangragan nog‗oralar gumbiriyu karnay-surnaylar sadosini eshitib, beixtiyor 
to‗xtadim. 
Nog‗oralar va karnay-surnaylar sadosi tobora avjga chiqmoqda, chamasi, 
odatdagidan ham katta miting boshlanmoqda edi. O‘rgatilgan otga o‗xshab yana 
nog‗oralar gumbirlayotgan tomonga burildim. Haqiqatan ham yomg‗irga qaramay, 
bolalar har tomondan saf-saf bo‗lib boqqa yopirilib kelishardi. 
Darvozaga yaqinlashib qolganimda nogahon ro‗para tomondan kelayotgan 
qo‗shnimiz — shahar yoshlar qo‗mitasining kotibiga ko‗zim tushdi. U bir o‗zi emas, 
charm paltolik harbiy odam bilan uch burchak soqol qo‗ygan, jikkakkina mo‗ysafid 
qurshovida kelardi. 
Kotibni ko‗rishim bilan yuragim negadir «shuv» etib, boqqa sho‗ng‗ishga 


chog‗landim, ammo kotib bir sakrashda yo‗limni to‗sib, bilagimdan shappa ushladi-
da: 
— Ha, qashqirdan tug‗ilgan qashqircha! — dedi titroq bosib. —Bitta shaltoq 
buzoq bir to‗da podani buzadi! Bo‗yningga soxta qizil galstuk taqib, bu sofdil qizil 
pionerlarni buzmoqchimisan? — U qo‗limni og‗ritib siqqancha o‗ziga torta boshladi. 
Lekin shu payt jikkak mo‗ysafid: 
— Qo‗yib yubor, bolapaqirni, — dedi oraga tushib.— O‗rtoq Stalin aytdi-ku
bola otasi uchun javob bermaydi, deb? Gunohi nima bu norasidaning! 
Yosh kotib qovog‗idan qor yoqqanicha bir qariyaga, bir charm paltoli harbiyga 
qaradi-da, qo‗limni qo‗yib yubordi va: «Yo‗qol ko‗zimdan!» — deb o‗shqirdi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin