“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
mirzayeva z metodika

O„YLAB KORING: 
Suratda davlatga qarshi yozuv bo„lganmidi?
Men hayajondan nafasim bo‗g‗ilib: 
— Topdim, muallim, topdim! — deb baqirib yubordim. 
Majruh o‗qituvchim tekis polda qoqilib-surinib oqsoqlana-oqsoqlana yonimga 
keldi. Sinf to‗la o‗quvchilar ham «gurr» etib o‗rnilaridan turdilar-da, ustimga 
yopirildilar. 
Men xuddi bezgak tutgandek dir-dir titrab, ulug‗ shoirning jingalak sochlari 
orasidan topgan mudhish harflarni ko‗rsata boshladim. Nihoyat, ko‗rsatib bo‗lib, 
tengdoshlarimga mag‗rur qaradim. Sinfga cho‗kkan og‗ir sukunat ichidan to‗satdan 
o‗qituvchimizning: 
— Malades! — degan xitobi eshitildi. — Hushyor pioner deb shuni aytadilar! 
Hamma menga hasad bilan qarar, men o‗zimni chinakam qahramon his 
qilardim. 
— Qani, daftarlaringni yig‗ib beringlar! Bir soatdan keyin sport maydoniga 
butun maktab to‗planadi. Hammamiz birga bu mudhish daftarni yoqish marosimida 
qatnashamiz! 
O‘qituvchimiz oqsoqlana-oqsoqlana sinfdan chiqib ketdi, lekin bir soat tugul 
ikki soat o‗tdi hamki, u qaytmadi. So‗ng daftarlarni yoqish marosimi boshqa kunga 


qoldirilipti, degan xabar keldiyu uy-uyimizga tarqaldik. 
Kechqurun men kunduzi bo‗lgan voqeani hayajondan entika-entika oyimlarga 
aytib berdim. 
Oyimlar men kutgan maqtov o‗rniga: 
— Hoy, bolam-ov, bolam-ov! — dedilar to‗satdan ko‗zlariga yosh olib. — 
Senga nima bo‗ldi, bolam-ov! 
— Menga nima bo‗pti? Nega bunday deysiz, oyijon? — dedim ranjib. 
— Hech nima... Iloyo dadangga o‗xshab qahri qattiq bo‗lma. Ollodan bittayu 
bitta tilagim shu, bolam.
TAHLIL QILING: 
Nega onasi bunday dedi?
Oyimlarning gapiga yaxshi tushunmadim. Ertalab maktabga, to‗g‗rirog‗i, zalda 
osilgan hurmat taxtasiga qarab chopdim. Nadomatlar bo‗lsinkim, ro‗yxatga bir necha 
marta ko‗z yugurtirib chiqdim: yo‗q, na nomim, na suratim bor! Dushmanning yovuz 
kirdikorini fosh etgan hamma hushyor pionerlarning surati hurmat taxtasiga osilgan-
u, bitta mening suratim yo‗q! Aftidan, kimdir hushyorlik qilib xalq dushmani 
farzandining suratini hurmat taxtasiga osish mumkin emasligini aytib, mendan ham 
hushyorroq bo‗lgan! 
Mana, bu voqealarning sodir bo‗lganiga yarim asrdan ko‗proq vaqt o‗tdi. 
Shaxsga sig‗inish davrining ne-ne jinoyatlari fosh etildi. Bu jinoyatlar qanday 
dahshatli bo‗lmasin, nazarimda, ularning eng yomoni — kattalar yetmagandek, 
menday go‗daklarni ham hamma narsaga shubha bilan qarash, hammayoqdan yovuz 
kirdikorlar qidirishga qaratilgan urinishlar deb bilaman. 
Nihoyat, dadamlar bilan vidolashadigan kun ham keldi. Vidolashishga uch 
kishiga ruxsat berishgandi: oyimlar, katta opamlar va menga! Shu boisdan bo‗lsa 
kerak, qarindosh-urug‗lardan hech kim, na dadamlarning ukalari, na yor-do‗stlari — 
hech kim kelmadi. 
Oyimlar bilan opamlar kechasi uxlashmay, dadamlar uchun bug‗doy talqon, 
so‗k talqon va yana allaqanday narsalar tayyorlashdi. Chunki bu payt dadamlar ozod 
bo‗ladi degan umid ojiz miltirab turgan shamday so‗ngan, u kishini uzoqlarga olib 


ketishlari chamasi oyimlarga ayon edi. 
Ertalab to‗rva-xaltalarni ko‗tarib qamoqxonaga qarab yo‗l oldik. Bu safar bizni 
ko‗p kuttirishmadi. Beliga choynakdak to‗pponcha taqib olgan harbiy bizni uzun, tor, 
nimqorong‗i yo‗lakdan ichkariga boshladi. Yo‗lakning yarmiga borganda o‗ng 
qo‗ldagi eshikni ochib, bizga yo‗l berdi. Chog‗roqqina to‗rtburchak xonaning 
to‗ridagi stol oldida gimnastyorka kiygan, sochlari oppoq bir odam allanimalarni 
yozib o‗tirardi. 
Dadamlar burchakda kursida o‗tirgan ekanlar (men avval u kishini tanimay 
qolibman!) biz kirishimiz bilan dik etib o‗rnidan turdilar. Azaldan barvasta, to‗ladan 
kelgan, novcha odam bir-ikki oy ichida cho‗pday ozib, lunjlari ichiga botgan, ko‗zlari 
kirtayib, qiy-g‗ir burni so‗rrayib qolgandi. 
Yana qamalgan kechasidagidek yig‗i-sig‗i boshlandi. Oyimlar-ku, yuzini 
ro‗moliga yashirib, jimgina titrab yig‗lar, lekin opamlar... dadamlarning bo‗yinlariga 
osilib olgan opamlarning faryodi tor xonani zir titratardi. 
Keyinchalik marhum oyimlar ko‗p aytguchi edilar: 
— Noinsoflar jilla qursa yarim soat ham fursat bermadilar. Dadang sho‗rlikning 
diydoriga ham to‗ymadik. Bergan chorak soatlari ko‗z ochib yumguncha o‗tib ketdi... 
Bu safar chorak soat davom etgan vidolashuv davomida dadamlar biror marta 
Stalinning nomini tilga olmadilar, qamalgan kunlaridagidek: «Men partiya oldida 
gunohkor emasman! O‘rtoq Stalin barhayot ekan, meni oyoqosti qilib qo‗ymaydi!», 
— demadilar. Bil‘aks, bir necha marta ko‗zlariga yosh olib: 
— Meni kechir, Gulshan. Ayol boshing bilan besh bolani qanday boqasan — 
aqlim bovar qilmaydi. Endi yuz ko‗rishishimizga ham ko‗zim yetmaydi, kechir meni! 
— dedilar.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin