O‘zbek tilida shaxs ma’naviyatini ifodalovchi leksik vositalar turlari va tasnifi
Tilshunoslikda so‘zlarning ma’nosi insonga ta’sir qilishi bilan birgalikda uning ma’naviyatini ham o‘rganadi. Bu so‘zning maydon nazariyasi bilan bog‘liq. Bu nazariya so‘z ma‘nosining tadqiqi bilan bog‘liqdir. Olamdagi narsa, voqea-hodisa, harakat hammasi inson ongida tushuncha sifatida aks etadi. Tushuncha esa ma‘no yaxlitligidan iborat tovush tizimida so‘z shaklida namoyon bo‘ladi. Til - borliqni ifodalaydi. Shunday ekan, til bilan borliq uzviy aloqadadir. Til va borliq aloqasiga bo‘lgan munosabatiga yondashuv bo‘yicha bir qancha yo‘nalishlar vujudga keldi. Ularning bir guruhi til va borliq aloqasiga bo‘lgan munosabatga yondashuv masalasida ular uzviy aloqador, til bevosita obyektiv olamni ifodalaydi, degan tezisni bayon qilsa, boshqa faylasuflar, tilning borliq bilan bo‘lgan munosabatini rad etadilar. munosabatini e’tirof etuvchilarning o‘zi ham til borliqni bevosita ifodalaydimi yoki bilvosita ifoda etadimi, degan masalaga turlicha javob beradilar. Bir guruh faylasuflar obyektiv olamni olamni ifodalashda subektning rolini tan oladilar, obyektiv ong orqali tilda o‘z ifodasini topishini bayon qiladilar. Boshqa yo‘nalishdagi faylasuflar esa, til obyektiv olamni bevosita ifodalashini e‘tirof etadilar. Ular jodugar, suv parisi, dev singari afsonaviy tushunchalar borliqda yo‘qligini, ammo uning tilda ifodalanishini, borliq elementlari bilan til birliklari o‘rtasida nomuvofiqlik mavjudligini asos qiladilar. Bugungi kunda falsafiy adabiyotlarda til va borliq munosabatiga bag‘ishlangan asarlarda borliqni tilda ong orqali o‘z ifodasini topishi e‘tirof etiladi. Shuning uchun ham nomlash jarayoni borliq elementlarining ongda aks etishi va bu aks etgan, umumlashgan obrazni tilda o‘z ifodasini topishi bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, insonni ma’naviyatini anglash uning so‘z boyligi bilan ham bog‘liq. Shaxs ma’naviyatini ifodalovchi leksik vositalarni tasnif qiladigan bo‘lsak, ular quyidagilar:
Bu qatorni yana ko‘paytirish mumkin. Ularni ba’zilarini tahlil qilamiz. Frazeologizmlarning semantikasida xalq madaniyati rivojining uzoq jarayoni aks yetadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub
ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy meyorlar, diniy tasavvurlar,milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxetiplar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi. F.I.
Buslayevga ko‘ra, frazeologizmlar o‘ziga xos kichik dunyo bo‘lib, ular ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qilib qoldirilgan axloqiy qoidalar va haqqoniy fikrlarni o‘z ichiga olgan qisqa, hikmatli ifodalardir.Ular millatning o‘ziga xos ruhini betakror obrazlar vositasida ifodalaydigan har qanday milliy tilning jonidir. V.A. Maslova frazeologizmlar tahlil qilib, ular haqida quyidagi gipotezani ilgari suradi: Frazeologizmlarning aksariyatida aniqlanishi lozim bo‘lgan milliy madaniyatning “izi” mavjud. Frazeologik birliklarning ichki shaklida obektiv olamning u yoki bu hodisalarini obrazli tasavvuri bo‘lgan madaniy informatsiya saqlanadi va u frazeologizmga madaniy-milliy bo‘yoq beradi.Madaniy-milliy o‘ziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotasiyani ochish juda muhimdir. Ma’lumki, xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi bo‘lgan tilning frazeologik fondini boyitishda yozuvchilarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbek milliy frazeologizmlarining boyishi va rivojlanishiga yeng katta hissa qo‘shgan yozuvchilardan biri A.Qahhordir. Yozuvchining xalq
iboralaridan foydalanish mahorati, uning frazeologik novatorligi qator ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilgan. Chunki, A.Qahhor qo‘llagan frazeologizmlarning aksariyatida madaniy-milliy konnotasiya kuchli, ularda
milliy madaniyatning ruhi, “izi” mavjud. “Xalqning so‘z donoligini mukammal yegallagan yozuvchi o‘z hikoyalarida iboralardan muntazam va ifoda maqsadiga favqulodda muvofiq tarzda foydalanadi. O‘zi ham yangi iboralar yaratadi, ammo bu yangi iboralar xalqning o‘zida mavjud bo‘lgan iboralarning modeliga asoslanganbo‘ladi.Shuning uchun yozuvchining yangi iborasini o‘qiganda, xalqning o‘zidagi tegishli ibora ham esga tushadi. Iboralarni nutqida ishlatgan insonni tajribali ekanligi bilinadi yoki uning lisoniy qobiliyati yuqori bo‘ladi. Masalan, boshlarini bir joyga qovushtirmoq iborasi Yoshi kata insonlar tomonidan ishlatiladi.
Maqol va matallarda,naql va barqaror iboralarda xalqning hayotiy muammolari-mehnatmashaqqati, gʻam-anduhi ,rohat-farogʻati, muvaffaqiyat va magʻlubiyati, rasm-rusumlarimaʼnaviyati hamda madaniyati-hamma-hammasi koʻzgudagidek aks etib turadi.Bu koʻhna xalq ijodi qachon va qanday vaziyatda ,kim tomonidan yaratilganligini aniq aytish qiyin.Har holda, bu sodda va murakkab, turgʻun va barqaror iboralarni maqol va matallarni ixcham, loʻnda va chuqur mazmunli naqllarning yaratilishida oddiy ijodkor xalq bilan birga uning madaniyati, maʼnaviyatidan, urf-odatidan kelib chiqib olim-ulamolarning hissalari ham katta boʻlgani shubhasiz. Xalqning til boyligi-uning boʻyoqdor, serjilo leksikasining, frazeologiya qatlamining boyligi bilan ham oʻlchanadi.Shundan kelib chiqib nutqda fikr ifodalash uchun barqaror birikmalarga ehtiyoj mavjud.Oʻzbek tilida barqaror birikma sifatida, odatda, maqol, matal,ibora, tasviriy ifoda eʼtirof etiladi.Barqaror birikma qoʻshma leksema va erkin soʻz birikmasidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 1) Barqaror birikmada birdan ortiq soʻz birikib, koʻchma maʼno ifodalaydi; 2) Barqaror birikmani tashkil etgan barcha soʻz shu gap tarkibida butunligicha bir boʻlak yoki bir gap vazifasida keladi; 3) Barqaror birikmanining tarkibiy qismlari qatʼiy bir qolipga kirgan boʻladi. Demak, alohida shakllangan tarkibining barqarorligi bilan ajralib turadigan, yaxlitligicha qoʻllanish xususiyatiga ega tayyor holda mavjud, obrazli, jozibali ,maʼno jihatdan yaxlitlangan soʻzlar bogʻlanmasi barqaror birikma sanaladi. Barqaror birikmani buzib-tarkibini oʻzgartirib boʻlmaydi.Shuni inobatga olgan holda barqaror birikmaning tarkibiy qismi sifatida maqol va matallar ham bir-biridan farqlanadi. Maqol-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli boʻlgan barqaror birikmadir.Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning maʼnaviy boyligi hisoblanadi.Faqat shu jihatdan ular lisoniy imkoniyat sifatida baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega deyiladi. Xalq maqollari mustaqil folklor janri sifatida qator oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bu xususiyatlar uni boshqa aforistik janrlardan, xususan, mataldan keskin farqlab turadi Maqol hamma vaqt aniq, tugal fikr anglatadi. Bu fikr esa qatʼiy, loʻnda xulosa sifatida ifodalanadi.Fikriy loʻndalik esa fikrni ixcham ifodalashga imkon beradigan ikki mantiqiy markazdan tashkil topgan yaxlit kompozitsiya asosida yuzaga keladi.Shuning uchun ham maqolda biror ortiqcha soʻz, tasviriylik va tavsifiylik uchramaydi, chunki maqoldagi ixcham fikrning oʻzi estetik jihatdan katta mohiyat kasb etadi.Bu mohiyatning yuzaga chiqishi hamma vaqt ixcham badiiy shakl sifatida amalga oshadi. Masalan,"Bir yigit qirq yilda bino boʻladi". Ushbu maqolda tugal fikr mavjud, yaʼni yigit bu yerda chin inson, har taraflama yetuk odam maʼnosida ishlatilgan.Kishi dunyoda qirq yil yashaganidan keyingina har jihatdan kamol topadi, hayotning past-balandiga tushunadi, uylanib,bola-chaqali boʻlib, haqiqiy hayot yoʻlini topib oladi, deyilmoqda.("Hikmatnoma".41-bet) Yolchidan yoliqsang, qarzdor qil. Yolchi-yolvoruvchi,hadeb u-bu narsa soʻrab keluvchi shilqim odam."Shunday odamdan yoliqsang (bezor boʻlsang),unga bir nima berib, qarzdor qilib qoʻy,"qarzini soʻraydi deb,kelmay ketadi,oʻzini sendan olib qochib yuradi",deyilmoqda. A.Qahhorning "Bemor" hikoyasi uchun epigraf qilib olingan "Osmon yiroq yer qattiq" maqoli " Hikmatnoma" da "...ogʻir ahvolga, noiloj ahvolga tushib qolgan kishilar tomonidan aytiladi" deya izoh berilgan. Matallar grammatik jihatdan gap holida shakllangan, toʻgʻri maʼnoda qoʻllanadigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar hisoblanadi.Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilingan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.Matal narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi, tilda keng ifoda etiladigan nutqiy tarkibdir.Maqol soʻzlovchining oʻz nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi.Maqol bilan matal oʻrtasida umumiylik koʻzga tashlanadi.Bu umumiylik shundan iboratki, har ikkala tushuncha ham nutqni jonlantirish, jozibador va obrazli qilish, fikrni tayyor nutq qoliplari, formulalari bilan ifodalash, uni mazmundor qilishga qaratilgan.Lekin shu bilan birga tugal fikrni oʻzida ifodalagan maqollardan matallar jiddiy farq qiladi.Matal aytmoqchi boʻlgan fikr muddaoni boshqa vositalarni qoʻygan holda ifodalaydigan nutqiy tarkib boʻlib unda xulosa boʻlmaydi, balki uning oʻzi biron xulosa keltirib chiqish uchun xizmat qiladi.Aytish joizki, olib borilgan ilmiy kuzatishlar maqol va matallar oʻrtasida bir farq borligini tasdiqlamoqda.Jumladan,O.Madayev oʻzining ilmiy yondashuvi asosida shunday fikr bildiradi:"Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi.Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga oʻxshaydi.Matal,odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qoʻllanganda tugal fikr anglatmaydi.Masalan, xalqimizda " Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar"degan maqol bor.Agar maqolning yarim matnini Falonchi ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi tarzida qoʻllasak, biz matal aytgan boʻlamiz va Falonchi yaxshi gapirdi maʼnosini bildiramiz.Chunki "ilon inidan chiqadigan"soʻz birikmasi alohida aytilsa, mustaqil maʼno anglatmaydi.Maʼlum boʻladiki, shaxs nutqini goʻzallashtirish uchun xizmat qiladi.Maqol esa mataldan mustaqil maʼno ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi. Ilmiy jihatdan yondashib B.Mengliyev ham matallar haqida quyidagicha fikr bildirgan: " Matal ham mavjudlik jihatdan barqaror birikma holida boʻladi.Matal deganda toʻgʻri maʼno ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega boʻlmagan hikmatli birikma nazarda tutiladi. Masalan,qizil qor yogʻganda, tuyaning dumi yerga yetganda, dumi, xurjunda, ali desa vali deydi, berdisini aytguncha kabi.Matalga boshqa gap qoʻshilishi bilan fikr toʻliq ifodalanadi.Masalan, Berdisini aytguncha jim tur.Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini toʻlaydi kabi. Yuqoridagi ilmiy qarashlar maqolning ham, matalning ham lingvomadaniy va lingvomaʼnaviy xususiyatlarini oʻz ichiga qamray olishi xalq ogʻzaki ijodi namunalari orqali isbotlangan. Maqol, matal kabi noyob maʼnaviy,madaniy merosdan yosh avlodni tarbiya qilish targʻibotida unumli va taʼsirli foydalanish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan.Inson bolasining shaxs sifatida kamolotga yetishida uni dunyoga keltiruvchi ota va onalarning ruhan va jismonan tetik boʻlishi, ayniqsa, maʼnaviyati boy boʻlishi muhimdir. Maʼnaviyati boy boʻlgan xalqning madaniyati oʻsib boraveradi.Xalqning madaniyati ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelajak avlod uchun haqiqiy darslik, haqiqiy maktab vazifasini bajaradi.Bu darajaga yetishish uchun inson juda koʻp murakkab bosqichdan oʻtishi, zarur bilimlarga, hayotiy tajribalarga ega boʻlishi,oʻzi yashayotgan va mehnat qilayotgan jamoa muhit va muayyan jamiyatning talab va ehtiyojlarini oʻzida aks ettirgandagina shaxs sifatida shakllanib boradi, bu esa maqol va matallarning maʼnaviyat uchun xalq madaniyatining boyib borishi uchun turtki boʻladi. Maqollar va matallar har ikkalasi ham xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir. Maqollarni ishlata olish qobiliyati ham kishining ma’naviyatini ko‘rsatadi. Epigraflar sifatida maqollarni ishlatish ham yozuvchining mahoratidan dalolat.
Bundan tashqari adabiy tilde gapira olish ham shaxs ma’naviyatini ko‘rsatuvchi omillardir.