MUTAXASSISLIKKA OID SINTAKSIS VA GRAMMATIK QOIDALARNING O’RNI VA AHAMIYATINI YORITIB BERISH
mutaxassislikka oid sintaksis va grammatik qoidalarning o’rni va ahamiyatini yoritib berish REJA: Grammatik qoidalarni o’rni
grammatik qoidalarni ahamiyati
O’ZBEK TILI LEKSIKASIING BOYISH MANBALARI
XULOSA
I kki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifo-dalaydigan til birligi frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlit-ligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Masalan, og‘zi qulog‘ida iborasi tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib, xursand tushunchasini ifodala-gan. Biroq qo‘l ko‘tarmoq birikmasida esa ko‘tarmoq so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi iborani vujudga keltirgan. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi. Frazeologik iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir-liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
1.Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushun-chani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat ularni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi: Uchiga chiqqan-o‘taketgan, turgan gap-albatta, yeng ichida-xufiya, yashirin kabilar shular jumlasidandir. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni qaytarishni og‘ziga olmasedi (A.Qahhor). 2 . Frazeologizmlarda ham so‘zlar singari ko‘p ma’nolilik mavjud: o‘ziga kelmoq - xushini yo‘qotgach o‘ziga kelmoq, esiga tushmoq, asabiylikdan so‘ng o‘ziga kelmoq; yerga urmoq-qimmatini pasaytirmoq, obro‘sizlantirmoq, biror narsaning qadriga yetmaslik. 3. So‘zlar singari frazeologizmlarning ham shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud: a) omonimlar: boshiga ko‘tarmoq - to‘polon qilmoq, yaxshi ko‘rmoq, e’zozlamoq; b) sinonimlar: fe’li aynimoq - avzoyi buzilmoq, yaxshi ko‘rmoq - ko‘ngil qo‘ymoq, toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; v) antonimlar: ko‘kka ko‘tarmoq - yerga urmoq, yuzi yorug‘ - yuzi shuvut, yuragi qinidan chiqmoq - ko‘ngli joyiga tushmoq. 1. A a harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi
2. O o harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. I i harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.
4. U u harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
5 . O‘ o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi, bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan u undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi.
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
d) ea: teatr, okean, laureat kabi;
2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli u aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.