Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umum iste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi.

Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.

MORFOLOGIYA
MORFOLOGIYA
So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarn bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug‘aviy ma’nolari deyiladi, tilshunoslikning atash ma’nolarni o‘rganuvchi bo‘limi esa leksikologiya hisoblanadi.
So‘zlar atash ma’nosi bilan birga, ma’lum grammatik ma’no va uni ifodalovchi shaklga ham ega bo‘ladi. Masalan, olmalarni so‘zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bilan birga, «ko‘plik», «kelishik» ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi ko‘plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni) ga ham ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bu so‘zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa gratmmatik ma’nolari sanaladi.