O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanining maqsadi vazifasi o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarni shakllantirish; soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash; nutq uslublari,xususan,sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish;
kasbiy sohaga oid so‘z va atamalarni, imlo qoidalarini, uslub va me’yorlarni bilish va tushunish; kasbiy sohaga oid matnlarni to‘g‘ri sharhlash; kasbiy sohaga oid so‘z va atamalar asosida o‘zbek tilidagi og‘zaki va yozma savodxonligini o‘stirish; kasbiy sohaga oid so‘z va atamalarni muqobil variantidan to‘g‘ri foydalanish; kasbiy sohaga oid so‘z va atamalardan foydalanib lug‘at tuzishni bilish;
O‘zbеkiston Rеspublikasining davlat tili o‘zbеk tilidir. «Davlat tili haqida» qonun 1989-yil 21-oktyabrda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining XI sеssiyasida qabul qilingan bo‘lib, u 30 moddadan iborat edi. 1995-yil 21-dеkabrda qonunning 24 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi.