O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə45/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

O’qituvchi-talaba,
40 minut

4

Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:

  1. M.Qoshg’ariy «Devonu lug’atit-turk»da nafaqat so’zlar,balki tillarning grammatik xususiyatini ham qiyosan sharhlashini tushuntiring.

  2. Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillarning morfologik xususiyatlarini qiyosan tadqiq qilishini izohlang.

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi,
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi,
10 minut

Reja:
I.Mahmud Qoshg’ariy qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschisi.
2. Alisher Navoiy-qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschisi.

Bu savolga turli olimlar turlicha javob berishi tabiiy. Ayni paytda jahon tilshunosligining ushbu metod asoschilari haqida to’xtami ham bor. Biz o’sha to’xtamga o’z e’tiborimizni bildirganimiz holda tarixiy manbalar yordamida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschisi aslida kimlar ekanligini isbotlashga harakat qilmoqchimiz.


I.Mahmud Qoshg’ariy qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschisi.
Qiyosiy-tarixiy usulda odatda qardosh tillarning xususiyatlari bir-biriga taqqoslanadi. Bu usul bilan ish ko’ruvchilar o’tmishda bir necha tillar uchun ilmiy bo’lgan lingvistik elementlarni,so’z va uning shakllarini qayta tiklash bilan ham shug’ullanadi. Demak bu usul qardosh tillarning,ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish va shu asosda uning hozirgi holati haqida ham ilmiy xulosalar chiqarishga yaxshi imkoniyat beradi.Shuning uchun umumtilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod fanga ko’p xizmat qilgan asosiy metod sifatida tan olinadi. Biroq bu metod XIX asrning boshlarida maydonga kelgan deb qaraladi va eng yirik vakillari sifatida esa nemis tilshunosi Frants Bopp (1791-1867), daniyalik tilshunos Rasmus Rask (1787-1867), germaniyalik Yakov Grimm (1887-1863),rossiyalik A. X. Vastokov (1781-1864),lar qayd etiladi. Vaholangki Maxmud Qoshg’ariy XI asrdayoq bu tilshunoslikka asos soldi.
Qiyosiy –tarixiy metod bitta bobo tildan ajralib chiqqan qarindosh tillarining xususiyatlarini o’rganishga asoslanar ekan, Mahmud Qoshg’ariy o’zining mashhur «Devonu lug’otit –turk» asarida o’zbeklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, uyg’urlar, tatarlar va boshqa turkiy xalqlarning tillarini izchil va juda puxta o’rganib chiqdi, ularni ilmiy izohlab berdi.
Muallif bu xaqda shunday yozadi: «Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar,yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini,qishloq va yaylovlarni ko’b yillar kezib chiqdim, lug’atlarni to’pladim, turli xil so’z xususiyatlarni o’rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni xam aniqlash uchun qildim… Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim».
Darhaqiqat, Mahmud Qoshg’ariy yirik tilshunos olim sifatida so’zlarninng shakli va ma’nosi, talaffuz me’yoriga e’tibor beradi. Hatto har bir qabilaning tilida qanday talaffuz qilinishi va adabiy qolipga munosabati masalasini sharhlaydi. O’sha so’zning qabilalar tiliga munosabatini ko’rsatadi, masalan «aba» o’g’uzda «ona» (1,113), tubutda «ota» (1,13), azig’ so’zi o’g’uz, qipchoq, yag’mo (1,94)lar tilida «ayiq» va hushyor, apa so’zi qarluq va turkman (1,113) qabilasi tilida «ona» «ari yog’i» so’zi chigil qabilasi (1,115) tilida «asal» ma’nolarini ifodalashi qayd etiladi. Ayni paytda umumturkiy uchun xos bo’lgan so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari sharhlanadiki, bu o’z navbatida hozirgi turkiy tillarning tadrijiy taraqqiyotini belgilash imkonini beradi. Masalan:mengiz (1,94), 11 o’xshaydi (11, 413), m,u,ng, 1-mung tog’a voyaga etganda chiqqan tish (111, 371) 11-mung, baxtsizlik, qayg’u (111,371), al-1-ov, hiyla, aldov (1,94), 11-ol,qizil (1,185),yazuk 1.gunoh (1,211),11-echilgan (111,23); kishi,odam,odamlar (111,244),11-xotin (111,244); kok 1,asl,tomir,tag-tug (11,328),11-egar chilviri (11,327),111-osmon (111,146),1U-mehnat va mashshaqqat (1,418),U-ko’k (1,317),U1-kend ko’ki shahar ko’kalamzori (111,146),ko’kladi 1,-bog’ladi (111,315),11-ko’k edi (111,315); ko’n. 1-xom teri (111,154),11.-odam terisi (111,154) kabi. Darhaqiqat, «Devon»da izohlangan so’zlarning ba’zilari hozirgi barcha turkiy tillarda saqlanganidek,ayrimlari u yoki bu turkiy tilda, yoinki qaysidir shevada saqlanib qolgan. Hozirgi tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biri tarixiy manbalar bilan sheva yoki adabiy til manbalarini bir nuqtaga birlashtirib o’rganishdan iborat. Shubhasiz, bunda M.Qoshg’ariy o’zi asos solgan metod, ya’ni tillarni qiyosiy-tarixiy o’rganish metodi qo’l keladi. Masalan: o’zbek tilining qipchoq lahjasida «andizli jerda ot o’lmas, erbargli jerda er o’lmas» degan maqol bor. Bu sheva vakillari otlari toshga chalinsa «andiz»ni kovlab unga ediradi va otni davolaydi. M.Qoshg’ariyning devonida «anduz-erdan qazib olinadigan o’simlik ildizi» (1,138) deyilgan. Bu lahja vakillari ko’kladi so’zini xuddi «Devonu-gug’atit-turk»dagidek katta-katta tikish, chatish va ko’k eyish ma’nosida qo’llaydilar.
M.Qoshg’ariy «Devonu lug’atit-turk»da nafaqat so’zlar,balki tillarning grammatik xususiyatini ham qiyosan sharhlaydi, chunonchi fe’lning buyruq-istak mayli haqida fikr yuritar ekan, olim shu maylning ko’plikni ifodalashini shunday izohlaydi: «Buyruq oxiriga-g’il,-qil,-gil qo’shish tinglovchi birlikda bo’lgandagina mumkin. Tinglovchi ikkita yoki ortiq bo’lsa,bu qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydi. Ikkitalik va ko’plik farqsiz bir xildir…Birlik uchun bar, ikkitalik uchun baringlar ikkigu, ko’plik uchun baringlar qamug’ deydilar. Tinglovchi yoshi katta, hurmatli bo’lsa (yolg’iz bo’lsa xam ),hurmat yuzasidan ko’plik shakli qo’llanadi: baring deyiladi. Aslida buning ma’nosi baringlar demakdir.»
O’g’uz va qipchoqlar birlikda bar, ko’plikda baring deydilar. Ular ko’plik qo’shimchasi –lar ni tushirib qoldiradilar, -lar o’rniga tinglovchi birligi –ngiz qo’llaydilar. Mahmud Qoshg’ariyning bu fikrlari hozirgi turkiy tillarga yoki o’zbek shevalariga nisbat berilsa, o’sha xususiyatlarning hanuz davom etayotganligining guvohi bo’lamiz. Bu tildagi qonuniyatlarning barqarorligini ko’rsatadi, albatta.
Olim chigil, uyg’ur,yag’mo kabi qabilalar tilida o’tgan zamon fe’lini ifodalash uchun-di qo’shimchasi qo’shilgani holda, o’g’uz va qipchoqlarning ayrimlari uning oxiriga «q» qo’shib ishlatadi, deya ta’kidlaydi:
Men ya qurduq Biz ya qurduq
sen ya qurduq siz ya qurduq
ul ya qurduq ular ya qurduq
Yoki: men kelduk biz kelduk
sen kelduk siz kelduk
ul kelduk ular kelduk
Ko’rinadiki, bu qo’shimcha birlik va ko’plikda bir xil shaklda qo’shilmoqda. Ayni paytda «q» yoki «k» variantining kelishi o’zakning qattiq yoki yumshoqligi bilan, ya’ni singarmonizm qonuniyati bilan bog’liq hodisalar bular. Bu holatlar M.Qoshg’ariy tomonidan alohida ta’kidlangan.
Turk va o’g’uzlarda qo’shimchalarda fonetik tafovut bo’lishi ta’kidlanadi. Ya’ni o’g’uzlar tilida shaxs-son qo’shimchasidagi birinchi tovush tushib qolish holati ko’rsatiladi.
Turk: o’g’uz:
Barirman bariran
Kelurman keliran kabi
Shuningdek, ismi zamon, ismi makon va qurol otlarini yasashda ham turkiy tillar o’rtasida tafovut borligi Mahmud Qoshg’ariy tomonidan qiyosan sharhlanadi. Agar bu ma’noni ifodalash uchun chigil,uyg’ur,yag’mo,tuxsi qabilalari -g’u, -gu qo’shimchasidan foydalansa, o’g’uz va qipchoqlar –ut, -asi qo’shimchasi bilan almashtiradilar, deydi olim. Masalan: Bu ya qarg’u ag’ur emas (bu yoy quradigan vaqt emas) gapi o’g’uzlarda Bu ya qurasi ag’ur tagul shaklida aytilishi ta’kidlanadi.
Mahmud Koshg’ariy –la affiksining o’g’uzlar va boshqa turkiy tilda ma’no ifodalashdagi ma’no nozikliklarga ega ekanligini shunday izohlaydi: -la o’g’uzlar qilingan ishning aniq va qat’iyligini anglatish uchun fe’llar oxiriga qo’shib qo’llaydigan ta’kid qo’shimchasi, chunonchi:ol bardila –u albatta bordi, uning borgani aniq. Bu ishning bo’lganligini bilmagani uchun uni inkor qilayotgan tinglovchiga nisbatan qo’llanadi. Boshqa turklar buni bilmaydilar. b)O’tgan zamon fe’llarining oxiriga -la qo’shib qo’llash holati A.Navoiy asarlari tilida ham uchraydi:
Labing bag’rimni qon qildi
Ko’zimdin qon ravon qildi.
Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillarning morfologik xususiyatlarini qiyosan tadqiq qilar ekan, ular uchun umumiy bo’lgan holatlarni, qonuniyatlarni ham alohida ta’kidlaydi: «fe’llarga g’ va u, o’ harflari birlikda, ya’ni «g’u» qo’shilib, uni qurol otiga aylantiradi. Bichdi (kesdi) fe’lining o’zagiga «g’o’» qo’shilib yasalgan narsalarni kesuvchi «asbob» ma’nosidagi bichg’u so’zi shunga misol.
Maxmud Qoshg’ariy turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy usulda o’rganar ekan, ulardagi fonetik tafovutlarni juda izchil va puxta sharhlaydi. Jumladan, turklarda so’z boshida «m» kelgani (men) holda, o’g’uz va qipchoqlarda «yo’l» yoki «en» bilan (yug’du (tuyaning uzun juni)-jug’du kabi)almashgani alohida qayd etiladi. Shuningdek, boshqa qabila tillaridagi jarangsiz I k undoshlari o’g’uz qabilalari tilida d, g, tarzida jaranglashishi (tevay- devay kabi) ta’kidlanadiki, bu holat xanuz, o’g’ul lahjalarida va o’g’uz guruh turkiy tillarida davom etmoqda. Olim «Devon»da har bir turkiy tilda mavjud bo’lgan fonetik jarayonlarni ham misollar bilan sharhlaganki, bu hozirgi turkiy tillardagi juda ko’p so’zning kelib chiqishini- etimologiyasini aniqlashga ham ko’mak beradi.
Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillarning barcha sohalarini qiyosan sinchiklab o’rganib chiqish asosida ularni ikkita katta guruhga-turklar (chigil,arg’u,qoshg’ar,uyg’ur), o’g’uz va qipchoq qabilalari tillariga ajratadi. Xuddi shu usulning qiyin va murakkabliklari bilan birga afzalliklari-yu, qulayliklari sabab M.Qoshg’ariy ,,…har bir qabilaning o’ziga xos xususiyatlariga qiyosiy qoidalar tuzadi»,(I tom. 47- bet.)

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin