O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə53/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Ani uchunkim, Mir Alishar Navoiyning musannafoti bovujudkim Hirida nash’u namo topibtur, bu til biladur" ("Boburnoma", 60.) Boburning bu fikri turlicha munozaraga sabab bo’ldi. Jumladan, G.Vamberi, V.Berezin, N.I.Ilminskiylar bu fikrga asosan qo’shiladi.


Biroq professor N.I.Ilminskiy adabiy til bilan xalq lahjalari o’rtasidagi farq masalasiga to’xtalar ekan, garchi Alisher Navoiy asarlari tili Andijon shevasiga o’xshasa ham, ammo unga to’liq mos kelmaydi, chunki Alisher Navoiy asarlari tilida arabcha, forscha, hatto uyg’urcha elementlar anchagina. Xalq tilida esa chet el unsurlarining ko’p bo’lishi mumkin emas, degan fikrni bildiradi. Professor A.K.Borovkov ham N.I.Ilminskiyning fikriga asosan qo’shiladi, u Alisher Navoiy adabiy tilini Andijon shevasi bilan to’la mos deyish qiyin, Navoiy Andijonda hech bo’lmagan, andijonliklar bilan suhbatda bo’lgan, holos, degan fikrni bildiradi.
Haqiqatdan ham Alisher Navoiy adabiy tilini bir lahjaga bog’lab qo’yish, uni bir lahja doirasida kuzatish, bir lahjagagina nisbat berish mutlaqo noto’g’ri bo’lar edi. U bir lahja doirasiga umuman sig’maydi. Chunki Alisher Navoiyning tili butun bir xalqning tili, hatto butun bir davrning tilidir. Shuning uchun ham Alisher Navoiyning o’zi xalqi oldida qilgan ishidan faxrlanib:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam,
degan edi.

Binobarin, bu o’rinda Zahiriddin Muhammad Bobur ham Andijon lahjasini keng doirada, umum o’zbek lahjasi ma’nosida tushunadi. Bordi-yu, agar Bobur yuqorida keltirgan fikrini tor doirada, ya’ni, faqat bitta Andijon lahjasi doirasida tushunganda va o’shanday talqin qilganda edi, o’zi ham xohlasa xohlamasa asarlarini shu lahja asosidagina yozmas edimi? Vaholanki, Bobur buyuk tilshunos olim sifatida adabiy til bilan umumxalq tili munosabatini juda chuqur tushungan, adabiy tilning umumxalq tili asosiga qurilishi kerakligini nafaqat nazariy tomondan, balki amaliy jihatdan ham uning yuksak namunasini ko’rsatgan. Boshqacha qilib aytganda, Bobur asarlarining tili umumxalq tiliga yaqin. Darhaqiqat, Bobur asarlarining tili juda sodda, ravon. U xalq og’zaki ijodi namunalari - maqol, matal, hikmatli so’zlardan juda o’rinli foydalangan: "Teng bo’lmaguncha, to’sh bo’lmas", "Ho’li-qurug’i teng kuyar", "Ko’zlarini tuz tutti", "Qopudag’ini qopmasa, qariguncha qayg’urur", "Dushman ne demas, tushga ne kirmas". Yoki:


"Bobur, bo’lub turur ikki ko’zum yo’lida to’rt,
Kelsa ne bo’ldi, qoshimg’a bir-bir manga-manga".
X X X
"Da’vayi ishq etib g’ayr Boburni ayb qilma,
Kim men edim seningdek, sen bo’lg’aysen meningdek".
kabi misralarida xalq ta’bir va maqollarini o’rinli ishlatib, til jozibadorligini yuzaga keltirdi, adabiy til bilan umumxalq tilini bir-biriga yaqinlashtirdi. "Boburnoma"da umumxalq tilida iste’molda bo’lgan juda ko’p so’z va iboralarning ishlatilishi muallifning xalq tilini nechog’liq mukammal, puxta bilganligini ko’rsatuvchi holatdir: Masalan,"...Va qumoshpush yigiti va to’puchoq oti beshumor bo’lub edi. Barchasini munda boy berdi, qocharda, tog’ yo’lig’a uchrab, inish va uchma erga yo’luqub, o’zi tashvish bila bu uchmadin tushti. Ko’p eli bu uchmada zoyi’ bo’ldi...Baduizzamon mirzo shikasttin so’ng talanib, oldurub, yigit yalangi va yayok yolingi bila Qunduzg’a Xisravshohg’a tortti" ("Boburnoma",100-bet) parchasini birinchidan, hozirgi o’quvchi ham bemalol tushunadi. Ikkinchidan, bu o’rinda alohida izohlanadigan narsa shundan iboratki, to’puchoq, munda, inish, uchma, yigit yalang, yayoq-yalang kabi so’zlar garchi hozirgi adabiy tilda kam iste’molda bo’lsa-da, ammo lahjada hozir ham unumli ishlatiladi.Yoki xonazod (100), qirg’ovul (60), kesturdum (62), tog’oyim (63), tanggi (92), jilg’a, ot o’lati (73), bo’dana (75), shunqor (64), ushbu jonibtin, jihatdin (78),yog’i (70), chavgon (70), ulus (67), egachi (67), to’bulg’u (63), oyiq o’ti (63), qilaling (67), kurashaling (76)kabi ming-minglab so’z va terminlar ishlatiladiki, bular asosan umumxalq tilining mahsuli. Ikkinchidan bu so’zlarning barchasini birgina lahjaga nisbat berib bo’ladimi? Albatta yo’q. Agar masalaga o’zbek lahjalarini hozirgi lahjashunoslikdagi guruhlantirish nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak, unda qipchoq lahjasining ham, o’g’uz lahjasining ham, qorluq lahjasining ham xususiyatini ko’ramiz.Boshqacha qilib aytganda, o’sha davr o’zbek lahjalarining barchasi umumlashtirilgan va ular adabiy til boyligini ta’minlashga xizmat qilgan. Demak, o’z-o’zidan haqli savol tug’iladi: o’z asarlariga barcha lahja xususiyatini singdirgan buyuk Bobur Alisher Navoiydek dahoning asarlari tilini faqat Andijon shevasigagina nisbat berishi mumkinmidi? Unday holda nega o’zi ham faqat Andijon shevasidagina yozib qo’ya qolmadi? Shubhasiz, bularning barchasi Boburning umumxalq tili va adabiy til munosabatini chuqur tushunganligi bilan izohlanadi.
Darhaqiqat, Bobur lahjalar, tillar orasidagi farqni yaxshi tushunadi. Jumladan, Kobul o’sha paytda o’zining ko’p elatliligi va ko’p tilliligi bilan alohida ajralib turardi. Shuning uchun Bobur bu haqda shunday yozadi: "o’n bir, o’n ikki lafz bila Kobul viloyatida talaffuz qilurlar: arabiy, forsiy, turkiy, mo’g’uliy, hindiy afg’oniy, pashoyi, parojiy, tatriy, barakiy, lamg’oniy. Muncha muhtalif ahvoli va mugoyir alfoz ma’lum emaskim, hech viloyatga bo’lg’ay".
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, bu manbalarning barchasi Boburni til ilmining buyuk donishmandi, ayni paytda umumxalq va adabiy tilning bilimdon tadqiqotchisi ekanligini namoyon qiladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin