5
|
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi,
10 minut
|
Reja:
Asosiy savollar:
Abulg’oziyxon va uning ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Abulg’oziy Bahodirxonning tilga oid ba’zi qaydlari.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Abulg’oziy Bahodirxon, «Shajarai turk», «Shajarayi tarokima», turk-mo’g’ul qabilalari, qipchoq, qiyot, qaloch, turk, o’zbek, sort, qaniqli, mo’g’ul, tatar, arab tili, fors tili.
asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Abulg’oziy bahodirxonning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot berish. «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima»ga talabalar e’tiborini qaratish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Abulg’oziy Bahodirxonning hayoti va ijodi bilan tanishtiradi.
Talabalar e’tiborini «Shajariyi turk» va «Shajarayi tarokima»ga qaratadi.
asosiy savolning bayoni
Arab Muhammadxonning to’rtinchi o’g’li bo’lmish Abulg’ozixon 1603 yilining 23 avgustida Urganchda dunyoga keladi. U Xorazmni qariyb (1644-1664) 20 yil idora qilgani bilan tarixda yirik olim, xususan, tarixni, adabiyotni, tilni yaxshi biluvchi shaxs sifatida qoldi. Ilmning bu uch yo’nalishini xudo unga ato qilganligi haqida muallif shunday yozadi: «Bu faqirg’a xudoyi taolo inoyat qilib ko’p nimarsa bergan turur. Xususan uch hunar bergan turur. Avval sipohiygarlikning qonuni va yo’sunikim nechuk otlanmoq va yurumak va yovg’a yosoq yasamoq, ko’p birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq. Do’stg’a, dushmang’a nechuk so’zlashmak. Ikkinchi, masnaviyyot va qasoid va g’azaliyot va muqatta’ot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug’atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, odam ahdindin to shu damg’acha Arabistonda, Eron va Turonda va Mo’g’ulistonda o’tgan podshohlarning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam yoki ziyodin bilmaklik». Mana shu qisqa ko’chirmaning o’zi muallif asarlarining tariximizni, adabiyotimizni, tilimiz va tilshunosligimiz tarixini o’rganishimiz uchun ne chog’li ahamiyatli ekanligini ko’rsatish bilan birga, ularga o’z munosabatimizni ham belgilab olishimizga yo’l ko’rsatadi.
Abulg’oziy Bahodirxondan ikkita tarixiy asar meros qolgan bo’lib, «Shajarayi tarokima» (taxminan 1658-1661 yillarda yozilgan) turkmanlar tarixiga bag’ishlangan. Uning tanqidiy matni, ruscha tarjimasi, lingvistik tadqiqoti dastlab akademik A.N.Kononov tomonidan amalga oshirildi. Turklar tarixiga bag’ishlangan ikkinchi asari «Shajarayi turk» (1663-1664) yillarda yozilgan)ning lingvistik tahlili S.N.Ivanov tomonidan bajarildi. Mustaqqillik sharofati bilan har ikki asar Toshkentda «Cho’lpon» nashriyotida 1992, 1995 yillarda chop etildi.
«Shajarayi turk»da juda ko’p tarixiy ma’lumotlar, o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid ma’lumotlar bilan birga etnografik ma’lumotlar –turk-mo’g’ul qabilalari, xususan, nomlarning ma’nosi haqidagi ma’lumotlar, o’zbeklar, sartlar, hamda turkman urug’lari haqidagi ma’lumotlar ham qimmatlidir.
Nazorat topshiriqlari:
Abulg’oziy Bahodirxon xayoti haqida bilganlaringizni so’zlab bering. (kategoriya-bilish)
Abulg’oziy Bahodirxonning ijodi haqida hikoya qiling. (kategoriya -bilish)
Olim ijodida ajralib turadigan nuqtalarni ko’rsatishga harakat qiling. (kategoriya-bilish)
Muallifning qaysi asarini o’qigansiz va u haqida o’z taasurotlaringiz? (kategoriya-bilish)
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Abulg’oziy Bahodirxonning tilga oid ba’zi qaydlarini qiyosan sharhlash. Bu qaydlar asosida olimning tilshunoslikka doir fikrlarini izohlash.
2-asosiy savolning bayoni:
«Qipchoq» urug’ini muallif shunday izohlaydi: «O’g’ul o’kundi, otini Qipchoq qo’ydi. Qadim turk tilinda ichi bo’sh yog’ochni qipchoq derlar, erkandur. Aning uchun o’g’lon yog’och ichinda tug’di teb, otin Qipchoq qo’ydilar. Bu vaqtda ham ichi bo’sh yog’ochni qipchoq deyturlar. Qora xalqning tili kelmasligidin kofni chim o’qiy tururlar. Shul Qipchoq turur kim, chipchoq dey tururlar» (21-bet)
Abulg’oziy Bahodirxon «qol, och!» gapidan urg’uni almashtirish asosida «qoloch» urug’i, uning nomining shakllanishini izohlaydi. Qalach so’ziga Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk»ida ham shunday sharh bor. Biroq Mahmud Qoshg’ariy bu so’zning izohini boshqa rivoyat bilan bog’laydi.
QO’YAT: qiyot qayonning jamligi turur. Bu so’zning ma’nosi kuchli sel oqimi tushunchasi bilan bog’liq. (Quy va quyun so’zlari bilan qiyoslang). Ushbu so’z izohida ko’plikni ifodalovchi –T (qo’yan-qo’yat) qo’shimchasi haqidagi fikr e’tiborlidir. Chunki qadimgi turkiy tildagi ko’plik ifodalovchi –T qo’shimchasining (tigin-tigit) mo’g’ul tilida ham iste’molda bo’lganligi ma’lum bo’ladi.
ChINGIZ: Bu kundin so’ng Temuchin temasunlar. Chinning ma’nosi ulug’ vaqti (yigit etishgan, voyaga etgan, kamol topgan vaqt) temak bo’lur, chingiz aning jami turur. Chin ning «ulug’, katta» ma’nosini hozirgi ba’zi turkiy tillarda mavjud «cho’ng» so’zi bilan qiyoslash orqali ham belgilash mumkin. Cho’ng so’zi «ching»ning fonetik o’zgargan shakli ekanligi shubhasizdir. Bu o’rinda chingiz so’zining so’ngidagi qo’shimcha ko’plik ifodalovchi ekanligiga ham ishora bor. Demak, qadimiy ko’plik ifodalovchi qo’shimcha –-z (egiz, ko’kuz) turkiy va mo’g’il tillari uchun umumiy bo’lgan.
TIGIN: ulug’o’no’ng ato’ eltigin va ikkinchisining ati qazi tigin va uchinchisining ato’ bek tigin. Tiginning ma’nosi qadim turk tili bilan yaxshi suvratli temak bo’lur.
Mahmud Qoshg’ariy bu so’zni quyidagicha izohlagan: tegin-aslida bu so’z qul demakdir. Kumushtegin – kumushday toza, rangli qul. So’ng bu so’zni hoqoniya bolalarigagina xoslab atadilar. Keyin bu so’z birorta yirtqich qush nomi bilan juft holda ishlatiladigan bo’ldi.
Abulg’oziy Bahodirxon so’zlarni izohlar ekan ba’zan ularni boshqa tillarga solishtiradiki, bu umuman Sharq tilshunosligida sinalgan usul: «Oqib boraturg’an ulug’ suvni turkiy tilinda soy der. Tojik kechkinrud va uluqin rudxona der va arab vodiy der. Mo’g’ul muran der» (35-bet) «Xitoy xalqi o’z yurtining toshidin bir baland devor tortib, ikki uchini tengizga etkazib erdilar. Ani kishi yiqqitek va buzgitek ermas erdi Karvon kirib chiqmoq uchun bir kishi darvoza eri qo’yub, ang’a temurdin darvoza qurdilar. Andoq devorni arab sad der. Turkiy tili birlan burqurqa derlar. Xitoy xalqi ungu derlar» (36-bet)
Abulg’oziy Bahodirxon asarlarida bu kabi qiyosiy sharhlar juda ko’p bo’lib, umuman olganda, muallifning so’zlarga bergan izohlari, tillar aro ba’zi bir leksik-semantik qiyoslari, etimologik tushuntirishlari, grammatik tahlillari, masalan qadimiy ko’plik qo’shimchalari –T, mo’g’ul tilidagi so’z yasovchi –T, turkiy –chi va forsiy yoy mo’g’ulcha kichraytirish qo’shimchasi, -gina, g’inalar haqidagi fikrlari, yoyi nisbat, kof, qof, chim, qadim turk tili, turkiy til, turk tili, turkiy mo’g’ul lug’ati, o’zbek lug’ati, arab tili kabi lingvistik tushunchalarni ishlatishi uning til, tilshunoslik ilmidan ma’lumotli kishi bo’lganligini bildiradi.
Uning lingvistik va leksik-semantik qaydlarining barchasini ham albatta to’g’ri deb bo’lmaydi. Ba’zi soxta etimologiyaga asoslangan, grammatik jihatdan noto’g’ri izohlar ham mavjud. Lekin bulardan qat’iy nazar, bir qator izohlari leksikologiya va morfologiya hamda fonetika tarixi uchun qimmatli ma’lumot bo’la oladi. Shuning uchun Abulg’oziy Bahodirxonning tilshunoslik tarixida ham ma’lum darajada o’rni bor deyish ma’qul bo’ladi.
Nazorat topshiriqlari:
Abulg’oziy Bahodirxon izohlagan qabila va urug’larning hozirgi turkiy xalqlarga munosabatini qanday belgilagan bo’lardingiz? (kategoriya-analiz)
Abulg’oziy qaydlari bilan Mahmud Qoshg’ariy qaydlarini qiyoslab, xulosangizni bildiring. (kategoriya-analiz)
Olim qaydlarining tilshunoslik nuqtai nazaridan ahamiyatini qanday izohlagan bo’lardingiz? (kategoriya-analiz)
Mustaqil topshiriqlar:
“Shajarayi turk”ni mustaqil o’qib chiqish.
Asarning til xususiyatini hozirgi umumxalq tiliga qiyoslash.
“Shajarayi turk”ning til xususiyatini hozirgi adabiy til bilan qiyoslab sharhlang.
Adabiyotlar:
Abulg’ozi Bahodirxon “Shajarayi tarokima”. A.N.Kononovning shu asari asosida tayyorlangan matni (Radoslovnaya turkmen. Sochineniya – Abulg’ozi xona xivinskogo. M_L, 1958).
Abulg’ozi Bahodirxon. Shajarai turk S.N.Ivanovning shu asari asosida tayyorlangan matni (Radoslovnaya dreve tyurk Abulgazi xan Xivinskogo T, 1961)
Mahmud Koshg’ariy. Devonu lug’otit turk. Uch tomlik, 1 tom. Toshkent, 1960, II tom 1961;III, 1963.
Drevnetyurkeniy slovar, L., 1969
Fitrat va o’zbek tilshunosligi.
“Fitrat va o’zbek tilshunosligi ” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Dostları ilə paylaş: |