O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


"Al-mufassal fi san’at al-i’rab" ("Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob")



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə33/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

"Al-mufassal fi san’at al-i’rab" ("Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob")
Arab grammatikasiga bag’ishlab yozilgan bu asar qisqacha "Al-mufassal" deb atalib, az-Zamaxshariy Makkada yashagan paytida 513-515 yillar ichida yozilib (1119 yil dekabrining boshlari-1121 yilning mart oyi) tugallangan.
"Al-mufassal" arab tili nahvu sarfini o’rganishda yirik qo’llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G’arbda ham dong’i ketgan asarlardan hisoblanadi. Ko’pchilik munaqqidlar az-Zamaxshariyning bu asari o’z ilmiy qimmati jihatidan taniqli arab tilshunosi Sibovayxning (u 796 yilda vafot etgan) arab tili grammatikasiga oid mashhur "Kitob Sibovayx"idan keyin ikkinchi o’rinda turadi, deb ta’kidlaganlar. O’sha davrning o’zidayoq bu asar barcha xalqlar, hatto arablar orasida ham katta e’tibor qozonadi va arab tilini o’rganishda asosiy qo’llanmalardan biri sifatida omma orasida keng tarqaladi.
Hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg’a qilishga va’da beradi. Bir qancha kishilar az-Zamaxshariyning bu asarini yod olib, mukofotga ham sazovor bo’lganligi manbalarda keltirilgan. Bu misol az-Zamaxshariy asarining o’sha davrda qanchalik yuqori baholanganligini ko’rsatadi. "Al-mufassal"ning bir qo’lyozmasi Toshkentda, Abu Rayxon nomli Sharqshunoslik institutida qo’lyozmalar fondida (5198-raqamda) saqlanadi. Asarning nemis tiliga tarjimasi 1873 yilda nashr qilingan. Katta ilmiy qimmatga ega bo’lgan "Al-mufassal"ga tilshunos olimlar tomonidan ko’plab sharhlar yozilgan. Nemis sharqshunosi K.Brakkelmanning fikricha, "Al-mufassal"ga yozilgan sharhlarning soni o’ttizga yaqin ekan.
"Al-Kustos" ("Aniq mezon").
Aruz ilmiga oid bu asarning to’liq nomi "Al-kustos -al-mustakiym fi i’lm il-aruz" ("Aruz ilmida aniq mezon")dir. Tarixchi Jurji Zaydonning yozishicha, "Al-Kustos"ning ba’zi nusxalari Berlin va Leyptsigda saqlanadi. 1970 yilda Najafdagi (Iroq) "An-Nu’mon" matbaasida olima Baxiyja Bokir al-Husniy tomonidan "Al-Kustos"ning tanqidiy nashri chop etilgan.
"Navobig ul-kalim" ("Nozik iboralar").
Az Zamaxshariy Makkada yashagan paytida yozilgan bu asar "Al-Kalim an-Navobig" ham deb yuritiladi. Uning qo’lyozmalaridan bir nusxasi Bog’dodda Iroq Milliy muzeyida (563-raqamda), undan tashqari Berlinda (8676), Leydenda (891 va 92-raqamlarda) ham saqlanadi. Nasriy saj’ uslubida yozilgan bu asar asosan hikmatlar, nasihat va o’gitlar majmuasi bo’lib, xilma-xil mavzularni qamrab olgan. Bu asar arab mamlakatlarida bir necha marta nashr qilingan. "Navobig ul-Kalim"ga bir qancha sharhlar ham bitilgan.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin