O’zbek va koreys tillarining morfologik tizimi



Yüklə 24,52 Kb.
tarix15.09.2023
ölçüsü24,52 Kb.
#143855
koreya tilshunosligi


O’zbek va koreys tillarining morfologik tizimi
Maqolada koreys tili grammatikasi ya’ni so’z yasovchi qo’shimchalar, fe’l zamonlari va mayllari,bog’lovchilar kabi morfologik xususiyatlarini o’zbek tili bilan o’xshashliklari va farqli tomonlari ko’rsatildi.Bunda har ikki tilning o’ziga xos xususiyatlari bilan birga til o’rganuvchilarga tug’diradigan qiyinchiliklari va yengilliklari haqida bayon etildi.Nafaqat koreys tili,balki sharq va gárb tillarini bir nechtasi misol tarzida sanab o’tildi.
Kalit so’zlar;so’z yasovchi qo’shimchalar,fe’l zamonlari va mayllari,bog’lovchilar,sharq va g’arb tillari
Kirish;Har bir odam til o’rganayotganda o’sha tilning grammatikasidan boshlab o’rgandi va ushbu jarayon til bilish qobiliyati uchun fundament vazifasini bajaradi.Shu fundamentni mustahkam qilgan o’rganuvchigina o’sha tilning haqiqiy mutaxassisi bo’ladi.Maqolaga asos qilib olingan ikki sharq mamlakatlari nafaqat milliy urf-odatlari,madaniyatiga ko’ra bir-biriga yaqin,balki tillariga ko’ra bir qancha ro’xshashliklarga ega va bu xususiyati ikkita rivojlanayotgan davlatlarning o’zaro hamkorligida muhim ro’l o’ynamoqda.Ikki til o’rtasidagi bog’liklar qadim tarixga borib taqalsa,ayrim farq qiluvchi omillar zamonlar oshib,paydo bo’lganini ifodalaydi.
Asosiy qism; Morfologiya haqida gap ketganda birinchi navbatda,gap tuzilish strukturasini ko’rib chiqishimiz lozim.Koreys tili gap tuzish strukturasi o’zbek tiliga yaqin bo’lganligi sababli tarjimada ham qiyinchilik tug’dirmaydi.
Koreys tili gap tuzish strukturasi;”Ega + ikkinchi darajali bo’laklar + kesim”
Masalan; 남자가 고양이를 보았다 (Kishi mushukni ko’rdi)
Bundan tashqari;Ingliz tili va o’zbek tili morfologiyasini taqqoslasak,gap tuzish strukturasi biroz farq qilganligi sababli tarjimada qiyinchilik tug’diradi.
Masalan;The man saw a cat (kishi mushukni ko’rdi)
Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima odatda orqadan boshlanadi.
Koreys tilida ikkinchi darajali bo’laklarning soni nechta bo’lishiga qaramay,Ega gapning boshida,kesim esa gap oxirida yoziladi va tarjima ham oxiri kesim bilan yakunlanadi.
Koreys tilidagi so’z tushirib qoldirish hodisasi;
Koreys og’zaki suhbatida so’z tushirib qoldirish hodisasi tinglovchiga suhbatning ma’nosini tushunishiga qiyinchiliklar tug’diradi.Tadqiqotlarga ko’ra koreys tilida egani tushirib qoldirish 69,22%,ikkinchi darajali bo’laklarni tushirib qoldirish 13,78%ni tashkil qiladi.Masalan; “고양이를 보았다”(mushukni ko’rdi)
Aynan mushukni kim ko’rgani,qachon va qayerda ko’rgani haqida ma’lumot yo’qligi,gapdagi mavhumlikni ko’rsatib turadi.Buning sababi koreys xalqining hayot tarziga borib taqaladi.Ya’ni,ular har bir ishni qilishda tezlikka e’tibor qilishi va hatto,suhbat jarayonida ham vaqtni tejashga harakat qilishi tufayli,koreyslar bir-birini qisqartmalar va so’z tushishi hodisalariga qaramasdan,tushunishadi.
Sifatlarning xilma-xilligi;
Koreys tilida bitta ma’noni anglatuvchi sifat sinonimlari ham juda ko’p.Masalan;”chiroyli” so’zini koreys tilida bir qancha turlari bor; 아름다운 , 예쁘다, 훌륭한.
Bundan tashqari,ranglarni ifodalashda ham bir qancha usullarda foydalanadi.Masalan;”Sariq” -“노랗다, “노르스름하다, “누렇다, “누리끼리하다, “노릇노릇하다, “누리팅팅하다yoki “샛노랗다so’zlari bilan ifodalanadi.Bunda; 노릇노릇하다-taomning rangini ifodalashda, 샛노랗다- esa kiyim va gullarning sariq rangini ifodalashda ishlatiladi.Ushbu so’zlar faqatgina ishlatish holatlariga ko’ra farq qilish xususiyati bilan ko’proq ingliz tiliga yaqinroq hisoblanadi.Ingliz tilida ham masalan;”chiroyli”so’zini -beautiful,pretty,gorgeous kabi sinonimlari mavjud.
Hurmat ma’nosini ko’rsatish;
Hurmat bildiruvchi qo’shimchalar va so’zlar koreys tili va madaniyatining asosini o'zlashtirish uchun butun umrni oladi.Nutqning ikkita asosiy toifasi mavjud, ya'ni 존댓말 (jondaemal) 반말 (banmal),yáni yuqori va quyi toifalardir.Bu toifalarga ko’ra,hozirgi kunda 4 xil gaplashish darajalari mavjud.Bular;

  • 하십시오 (Hashipshio) –xushmuomilalik bilan yuqori toifadagilar(ommaviy axborot vositalarida,o’zidan kata kishilarga murojaat qilganda ushbu rasmiy uslubdan foydalaniladi.

  • 해요 (Haeyo) – bu rasmiy uslubning kundalik hayotimizda foydalanadigan turi.

  • 해라 (Haera) – ushbu uslub asosan,yoshlar o’rtasida tafovut bo’lmaganda,do’stlar bilan suhbatlashganda ishlatiladi

  • (Hae) – an intimate style reserved for close friends or children

Yüklə 24,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin