Boshqa turdagi qisqartmalar - ular yakka tarzdagi harflarning yig‘indisi. Masalan, AQSH - Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Ushbu turga kiruvchi ko‘pchilik qisqartmalar qanday so‘zlardan tuzilgani noma’lum bo‘lib qoladi. Misol uchun, DVD, DNK.
Punktuatsiya - Ba’zi qisqartma so‘zlardan foydalanilganda, albatta, ularni nuqta bilan yakunlash kerak bo‘ladi (1 mln. = 1 million). Akronim va boshqa qisqartma so‘zlarda tinish belgisi (nuqta) qo‘llanilmaydi (AQSH yoki BMT).
Sinonimlar – yozillishi har xil, lekin, bir xil mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. Professional yozuvchi sinonimlarni bir xillikdan qochish va o‘quvchini asarga jalb qilish maqsadida qo‘llaydi.
2-topshiriq. Quyida berilgan matndan sinonimlarni aniqlang va matn asosida jadvalni to‘ldiring.
Royal Dutch kompaniyasi ko‘lami bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadigan gidrokorbanat ishlab chiqaradigan korxonadir. Gigant kompaniya dunyo miqyosida 100 000 dan ortiq ishchi kuchini ish bilan ta’minlaydi.Ulardan 8000 tasi Angliya fuqarolarini tashkil qiladi.
a) Ba’zida sinonimlar ma’no jihatidan aniq bo‘lmasligi mumkin. Masalan, “korxona” so‘zi uchun “firma” aniq sinonim bo‘la oladi, lekin, “rahbar” so‘zining o‘rniga “boshqarucvhi” so‘zi rasmiy ma’noda qo‘llaniladi.
b) Ko‘pchilik so‘zlar uchun aniq sinonimni uchratish qiyin. (masalan, sanoat, madaniyat, iqtisod)
Dostları ilə paylaş: |