O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi


partusisten, salbupart, ritodrin



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix19.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#61816
1   2
2 5195219263312369573


partusisten, salbupart, ritodrin.
Miometriyni rag‘batlantiruvchi vositalar
Oksitotsin, pituitrin, prostaglandinlar bachadonga tanlab
ta’sir qilib, uning davriy yoki ritmik qisqarishini kuchaytiradi.
Ularning bu ta’siri miometriy qisqarishi susayganda va
homiladorlikning oxirgi davrida yaxshi namoyon bo‘ladi. Òug‘ish
jarayoni ayrim sabablarga ko‘ra uzoq vaqtga cho‘zilsa, bu
preparatlar naf qiladi. Ular bachadon mushaklarining ritmik
qisqarishini kuchaytirib, bola tug‘ilishini tezlashtiradi. Shuning
uchun ham ular tug‘ruqni osonlashtiradigan preparatlar deyiladi.
Ular bachadon innervatsiyasiga va qisman bevosita mushaklarga
miotrop ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu preparatlar homiladorlik davrining


196
cho‘zilishida, onaning kasalligi tufayli (giðertoniya, nefropatiya)
va boshqa hollarda sun’iy ravishda tug‘ruq jarayonini chaqirish
maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin.
Oksitotsin — giðofiz orqa qismidan ajralib chiqadigan gormon.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha oktapeptid hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
sintez qilingan. Oksitotsin ta’sirida miometriy davriy qisqaradi va
qisqarish kuchi oshadi. Òerapevtik dozada qisqarish amplitudasini
va tezligini, katta dozalarda esa bachadon tonusini oshiradi. Shuning
uchun ham oksitotsin tug‘ruqni tezlashtirish maqsadida kichik
dozalarda bo‘lib-bo‘lib yuboriladi. Homilasiz bachadonga oksitotsin
ta’sir etmaydi. Homilali davri ortgan sari bachadonning oksitotsin-
ga bo‘lgan sezgirligi oshib boradi. Uning ta’sirida sut bezlarining
faoliyati ham kuchayadi. Preparat venaga tomchilab yuboriladi,
shunda uning ta’siri tez yuzaga chiqadi. Preparat faolligi ta’sir
birlikda (ÒB) belgilanadi.
Oksitotsin, asosan, tug‘ruqni chaqirish va tezlashtirish uchun,
bundan tashqari, katta dozada tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar
va bachadon atoniyasida qo‘llaniladi.
Dezaminooksitotsin — oksitotsinning dezaminlangan sistein
bilan birikmasi. Faolligi oksitotsindan yuqori. Preparat tabletka
holida og‘iz shilliq pardasiga yoki til ostiga qo‘yiladi, shimilib
ketguncha ushlab turiladi. Har yarim soatda preparat yana qo‘yilishi
mumkin, tug‘ruq va laktatsiyani tezlashtirish uchun ham qo‘lla-
niladi.
Pituitrin — buzoqlarning giðofiz bezi orqa qismidan olina-
digan suvli ekstrakt. Òarkibida oksitotsin va vazopressin gormonlarini
saqlaydi. Shu sababli pituitrin oksitotsinga nisbatan kuchsizroq,
ammo vazopressin hisobiga qon bosimini oshiradi (qon
tomirlarining qisqarishi sababli). Shu tufayli qon bosimi ko‘tarilgan
ayollarga tavsiya etilmaydi.
Gifototsin (Pituitrin-M), asosan, tarkibi oksitotsindan iborat.
Preparat ÒB da dozalanadi va akusherlik-ginekologiya amaliyotida
oksitotsin kabi ishlatiladi. Òeri ostiga va mushaklar orasiga yubo-
riladi.
Prostaglandinlar — tanada araxidon kislotadan sintezlangan,
molekulasi siklopentan tuzilishli to‘yinmagan yog‘ kislotalari
qatoriga kiradi. Ular biologik faol moddalar bo‘lib, ko‘p fiziologik
jarayonlarda qatnashadi. Hozirgi vaqtda prostaglandinlarning ko‘p
turlari topilgan. Ulardan prostaglandin E2 (dinoproston) va F2
(dinoprost) akusherlik amaliyotida qo‘llaniladi.
Dinoprost — bachadon mushaklarining ritmik qisqarishini va
tonusini oshiradi. Bachadon homilali va homilasiz bo‘lishidan qat’i


197
nazar preparat ta’sir etadi. Bundan tashqari, preparat bronx
mushaklari tonusini oshiradi. Bu, ayniqsa, bronxial astmali
homiladorlarda seziladi. Dinoprost yurak ritmini va otilib
chiqayotgan qon hajmini ko‘paytiradi. Arterial bosimga ta’sir
etmaydi, hazm yo‘llari harakatlarini oshiradi. O‘pka tomirlarini
toraytiradi.
Metildinoprost (15-metil-prostaglandin F
2a
) miometriyga uzoq
va sezilarli ta’sir etadi.
Dinoproston — miometriy ritmik qisqarishlari va tonusini
oshiradi, bachadon bo‘ynini bo‘shashtiradi. Arterial bosimni
pasaytiradi. Kompensator taxikardiya beradi. O‘pka tomirlari va
bronxlarni kengaytiradi.
Bu preparatlar tug‘ruqni tezlashtirish, tibbiy abortlarda qo‘l-
laniladi.
Nojo‘ya ta’siri: dispepsiyalar, venaga yuborilganda — flebitlar.
Qoramug‘ alkaloidlari bachadon mushaklarini asta-sekin
qisqartiradi, tonusni oshiradi va bu ta’sir uzoq vaqt saqlanadi.
Natijada mushaklar orasidan bachadonning shilliq qavatiga
o‘tayotgan qon tomirlari qisqaradi va qon ketishi to‘xtaydi. Shu
sababli bu preparatlar bola tug‘ilganidan so‘ng kuzatiladigan
bachadonning atonik qon ketishi chog‘ida qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, ergotamin va ergometrin alkaloidlar a-adrenoretsep-
torlarni to‘sadi va qo‘zg‘atadi (qisman antagonistik ta’sir).
Qoramug‘ alkaloidlari bachadon mushaklarini qisqartirib, tonusini
oshiradi. Shuning uchun ham bu dorilar, asosan, bachadondan
qon ketganda, xususan tug‘ruqdan keyin terapevtik dozalarda
tavsiya etiladi. Chunki ular kichik dozada bachadonning ritmik
qisqarishini kuchaytiradi. Ularni faqat yo‘ldosh tushganidan
keyingina qo‘llash mumkin. Aks holda yo‘ldoshning bachadon
bo‘shlig‘ida ushlanib qolishi xavfi tug‘iladi, bu esa jiddiy
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Òug‘ruqni tezlashtirish uchun qoramug‘ preparatlari qo‘lla-
nilmaydi, chunki ular miometriyning kuchli va notekis spastik
qisqarishiga sabab bo‘lib, bachadon bo‘shlig‘idan homilaning
chiqishini qiyinlashtiradi, bunda asfiksiya yuz berib, bachadon
yorilishi ham mumkin.
Bu preparatlar uzoq vaqt qo‘llanishi natijasida surunkali
zaharlanish (ergotizm) ro‘y berishi mumkin. Bunda talvasa tutishi,
periferik qon tomirlari qisqarishi natijasida oyoqda gangrena
boshlanadi va boshqa og‘ir oqibatli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Qoramug‘ preparatlaridan amaliyotda ergometrin maleat,
metilergometrin, ergotal va ergotamin gidrotartrat qo‘llaniladi.


198
Bachadondan qon ketishiga yana ayrim o‘simliklardan
olinadigan suyuq ekstraktlar ham qo‘llaniladi. Ular asosan hayz
ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qon ketishida (metroragiya)
beriladi. Ular tarkibidagi moddalarning ta’siri bachadon tonusining
oshishi, qon tomirlar qisqarishi va qon ivishining tezlashtirilishi
bilan namoyon bo‘ladi. Bu guruhga, asosan, suvzamchi, toron,
jag‘-jag‘, qichitqi, bodrezak va zirkdan tayyorlangan preparatlar
misol bo‘ladi. Stiðtitsin (kotarnin) esa sintetik preparat bo‘lib,
bachadonning tonik qisqarishini oshiradi, tug‘ruq va abortdan
keyin bachadondan qon ketishini to‘xtatish uchun tavsiya etiladi.
Miometriyning faoliyatini susaytiruvchi vositalar
(tokolitiklar)
Bu guruh preparatlar, asosan, bachadondagi B2- adreno-
retseptorlarni qo‘zg‘atib, miometriy qisqarishini tormozlaydi. Nati-
jada tug‘ruq jarayoni susayadi. Shu sababli ular bevaqt, mudda-
tidan oldin bo‘ladigan tug‘ruqni to‘xtatish, homiladorlikning
to‘liq kechishini ta’minlash, homila chala tug‘ilishining oldini olish
maqsadida qo‘llaniladi.
Ushbu preparatlarga fenoterol (partusisten), ritodrin va
salbutamol kiradi. Ular miometriyning qisqarishini susaytirishi
bilan bir qatorda boshqa a’zolardagi B2-adrenoretseptorlarni ham
qo‘zg‘atib, bronxlarni kengaytiradi (ammo bu ta’sir izadrin ta’si-
riga qaraganda ancha sustdir), me’da-ichak peristaltikasini
susaytiradi, yurak urishini tezlashtiradi. Fenoterol enteral yo‘l bilan
yuborilganda ta’siri salbutamolga qaraganda tezroq boshlanadi va
uzoq davom etmaydi. U venaga tomchilatib yuborilganda ta’siri
ancha vaqtgacha davom etadi. Ushbu ta’sirni uzaytirish maqsadida
preparatning tabletkasi uzoq vaqt ichish uchun ham berilishi
mumkin.
Preparatlar.
O k s i t o t s i n (Oxytocinum). Giðofizning orqa bo‘lagidan
ajralib chiqariladigan poliðeptid gormon. 1 ml (5 ÒB) dan
ampulada ishlab chiqariladi. Sintetik oksitotsinning 1 ml (5 ÒB)
5%li glukozaning 500 ml ga qo‘shib, venaga tomchilatib yuboriladi.
Ayrim hollarda oksitotsin muskullar orasiga yuboriladi.
D e z a m i n o o k s i t o t s i n (Desaminooxytocinum). 50 ÒB dan
tabletka holida ishlab chiqariladi. Og‘iz shilliq pardasiga yoki til
ostiga qo‘yiladi.
P i t u i t r i n (Pituitrinum). Giðofizning gormonal preparati. 1
ml (5 ÒB) dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,25 ml teri ostiga


199
yoki mushak orasiga 15—30 min (4—6 marta) 5%li glukozaning
500 ml ga 1 ml qo‘shib venaga tomchilatib yuboriladi.
G i f o t o t s i n (Hyphotocinum) giðofizning vazopressindan
tozalangan gormoni. Pituitringa o‘xshab ishlab chiqariladi va
qo‘llaniladi.
P r o s t e n o n (Prostenonum). P r o s t a g l a n d i n E2. 0,1%li
spirtli eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Natriy
xloridning 500 ml izotonik eritmasiga 1 ml qo‘shib venaga
tomchilatib yuboriladi.
M e t i l e r g o m e t r i n (Methylergometrinum). 0,02% li eritmasi
1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 40%li glukoza eritmasining
20 ml ga 0,—2%li eritmadan 0,25—1 ml qo‘shib, mushak orasiga
yoki venaga yuboriladi.
E r g o m e t r i n m a l e a t (Ergometrini maleas), 0,0002 g dan
tabletka shaklida, 0,02%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. 1—2 tabletkadan ichish uchun beriladi, 0,02%li erit-
masi 0,5—1 ml dan teri ostiga va mushak orasiga yuboriladi.
E r g o t a m i n g i d r o t a r t r a t (Ergotamini hydrotartras).
0,001 g dan drajeda, 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 1
drajedan yoki eritmasi 10—20 tomchidan kuniga 2—3 marta ichish
uchun, 0,5 yoki 1 ampula teri ostiga va mushak orasiga yuboriladi.
K o t a r n i n x l o r i d (Cotarnini chloridum). 0,05 g dan
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3 marta
ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi 0,1 g, bir kecha-kunduz-
ligi — 0,3 g.
Q o r a q a n d b a r g i n i n g n a s t o y k a s i (Tinctura Berberis).
1:5 nisbatda 40% li spirtli ajratma. 50 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. 30—40 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi.
J a g ‘ - j a g ‘ o ‘ t i (Capselia bursa pastoris). Òarkibida K
vitamini, atsetilxolin, xolin, kaliy tuzlari, organik kislotalar
saqlaydi. Suyuq ekstrakti 25 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
20—25 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi. Damlamasi (10,0—
200 ml) 1 osh qoshiqda kuniga 2—3 marta ichiladi.
P a r t u s i s t e n (Partusisten). Fenoterol gidrobromid. 0,005 g
dan tabletka shaklida, 0,0005 g dan ampulada ishlab chiqariladi.
1 tabletkadan har 2—3 soatda, bir kecha-kunduzda 40 mg gacha
ichish uchun beriladi, 5%li glukozaning 250—500 ml da 0,5 mg
preparatni eritib, venaga tomchilab yuboriladi.
Rp.: Oxytocini 1 ml
D.t.d N. 5 in amp.
S. 1 ampulani 5%li glukozaning 500 ml da eritib, venaga
tomchilab yuboriladi.


200
#
Rp.: Sol. Ergotali 0,005%—1 ml
D.t.d. N.5 in amp.
S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi
MODDALAR ALMASHINUVIGA ÒA’SIR
EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI
Gormonal va antigormonal preparatlar
Endokrin tizimi organizmda muhim vazifani bajaradi. Unga
kiruvchi ichki sekretsiya bezlari o‘z faoliyati davomida biologik
faol moddalar—gormonlar ishlab chiqaradi. Ular organizmning
hayot uchun zarur bo‘lgan turli fiziologik jarayonlarida qatnashadi
va ularni boshqaradi. Aniqrog‘i, markaziy nerv tizimi ushbu ichki
sekretsiya bezlarining gormonlari yordamida organizmdagi har xil
fiziologik jarayonlarning bir me’yorda kechishini ta’minlab turadi.
Gormonlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ular murakkab
kimyoviy tuzilishga ega bo‘lib, kichik miqdorda yuqori samarali
biologik faol moddalar hisoblanadi. Gormonlar kimyoviy tuzilishiga
ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
— oqsil va peptid tuzilishidagi gormonlar (giðotalamus, giðo-
fiz, qalqonsimon bezoldi bezi, me’daosti bezining Langergans
orolchalari gormoni).
— steroid birikmalari (buyrakusti bezining po‘stloq va jinsiy
bezlar gormoni).
— aminokislota unumlari (qalqonsimon bez gormoni).
Ichki sekretsiya bezlari jumlasiga giðofiz, qalqonsimon bez,
qalqonsimon yon bezi, me’daosti bezining Langergans orol-
chalari, buyrakusti bezi va jinsiy bezlar kiradi. Ular faoliyatining
buzilishi gormonlarning kamayishi yoki ko‘payishiga va har xil
kasalliklarga olib keladi. Ko‘pincha gormonlar yetishmovchiligi
(giðofunksiya) kuzatiladi. Bunday holatlarda gormonal yoki ular
o‘rnini bosadigan boshqa preparatlar qo‘llaniladi. Ular ko‘pincha
hayvonlarning ichki sekretsiya bezidan, peshobidan olinadi (masa-
lan, insulin, AKÒG va hokazo). Ayrim gormonlar esa sintez
qilingan.
Endokrin bezlar faoliyati oshib ketganida—giðerfunksiyada esa
antigormonlar preparatlari (ko‘pincha, sintetik preparatlar)
buyuriladi. Ayrim gormonal va antigormonal preparatlar faqat
o‘ziga xos ta’sirga ega bo‘lib qolmasdan, boshqa farmokologik
xossalarga ega bo‘lishlari ham mumkin. Shu sababli ular amalda


201
ko‘p kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi (masalan, AKÒG, pred-
nizolon va boshqalar allergiya va yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladi).
Hayvon a’zolaridan olingan gormonal preparatlar faolligi
biologik standartlash yo‘li bilan aniqlanadi va ta’sir birligi (ÒB)da
dozalanadi.
Giðofizning gormonal va anigormonal preparatlari
Giðofiz bosh miyaning pastki qismida — asosida joylashgan
bo‘lib, kattaligi noxatdek keladi, u bosh miya giðotalamusining
ortig‘i hisoblanadi va, asosan, 3 qismdan iborat: old, orqa va
o‘rta bo‘laklar. Old va o‘rta bo‘laklari bez hujayralaridan iborat
va adenogiðofiz nomi bilan umumlashtiriladi. Old bo‘lagida
adrenokortikotrop, somatotrop, tireotrop, follikulostimullovchi,
lyuteinlovchi va laktotrop gormonlar hosil bo‘ladi. Ular
giðotalamusning maxsus kuchaytiruvchi (rilizing) va susaytiruvchi
(statin) gormonlari tomonidan boshqarib turiladi.
Giðotalamus va giðofizning faoliyati o‘zaro bir-biriga bog‘liq
bo‘lib, teskari aloqa prinsiði bo‘yicha bajariladi. Chunonchi,
ularning faoliyati qondagi gormonlar miqdoriga qarab o‘zgarib
turadi. Gormonlar miqdori qonda kamayishi bilan rilizing omillar
ajralib, giðofiz faoliyati kuchayadi, yoki aksincha, qonda gormon-
lar miqdorining oshishi ularga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkinchi tomondan, giðofizning old qismidan ishlab chiqarila-
digan gormonlar boshqa endokrin bezlarga stimullovchi ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham giðofiz boshqa endokrin bezlar
faoliyatini boshqaradigan bez deb ta’riflanadi.
Giðofizning old bo‘lagidan ishlab
chiqariladigan gormonlar
Adrenokortikotrop gormon (AKÒG) — giðofiz old qismidagi
bazofil hujayralarda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda sintez yo‘li
bilan olingan AKÒG maxsus retseptorlar bilan ta’sirlanadi.
AKÒG buyrakusti bezida glukokortikoidlar hosil bo‘lishini
kuchaytiradi. AKÒGni ishlatilganda buyrakusti bezi faoliyati
susaymaydi, lekin uzoq vaqt ta’sir etganda bu bez faoliyati
zo‘riqishi mumkin. AKÒGning preparati kortikotropin hayvon-
larning giðofizidan olinadi va ta’sir birligi bilan belgilanadi. Hazm
yo‘llarida parchalangani uchun mushak orasi va venaga yuboriladi.
Preparatning ta’sir muddati 6 soat. U asosan glukokortikoidlarni
uzoq vaqt ishlatilgandan so‘ng beriladi. Bundan maqsad buyrak-


202
usti bezi po‘stloq hujayralarini faollashtirish va glukokortikoidlar
susaytirgan endogen kortikosteroidlar ishlab chiqarilishini
tiklashdir. Preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Chunki bir tomondan AKÒGning ishlab chiqarilishi susayib
qolishi mumkin, ikkinchi tomondan esa buyrakusti bezining
faoliyati zaiflashib qoladi. Ko‘pincha kortikotropin kortikoste-
roidlar bilan almashtirib ishlatiladi.
Nojo‘ya ta’sirlari: shish, arterial bosimning ko‘tarilishi,
uyqusizlik, regeneratsiya jarayonlarining susayishi kuzatiladi.
Kortikotropinni giðertoniyaning og‘ir shakllari, qandli diabet,
me’da va o‘n ikki barmoq ichak rak kasalligi, yurak faoliyati
yetishmovchiligida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Somatotropin gormoni giðofiz old qismida atsidofil hujayralar
tomonidan ishlab chiqariladi. Somatotropin ta’sirida skelet va butun
tananing o‘sishi ta’minlanadi. Bu gormon yetishmovchiligida o‘sish
sekinlashib, to‘xtab qoladi (pakanalik), ko‘p ishlab chiqarilganda
esa haddan tashqari o‘sib ketish (gigantizm), agar o‘sish davri
tugagan bo‘lsa akromegaliya kasalligi rivoj topadi.
Somatotropin anabolik ta’sirga ham ega, peshob bilan azot
qoldiqlari chiqarilishining kamayishi bundan darak beradi. Soma-
totropin qonda qand miqdorini oshiradi (giðerglikemiya), liðolizni
faollashtiradi, qonda erkin yog‘ kislotalari miqdorini oshiradi. Bu
gormon hozirda toza holda ajratib olingan. Asosan somatotropin
gormoni ishlab chiqarilishi yetishmaganda tavsiya etiladi. Hazm
yo‘llarida parchalangani sababli parenteral mushaklar orasiga
yuboriladi.
Somatostatin gormoni giðotalamusdan ajratib olingan va sintez
yo‘li bilan olingan, lekin u akromegaliyani davolashda kam sama-
rali. Chunki u qisqa muddat ta’sir etadi va tanlab ta’sir etmaydi,
enteral yuborilganda samara bermaydi. Hozirda akromegaliyani
davolashda dofaminomimetiklar (bromkriðtin) keng qo‘llaniladi,
chunki ular o‘sish gormoni ishlanishini tanlab kamaytiradi.
Òireotrop gormoni qalqonsimon bez gormonlari ishlab
chiqarilishini kuchaytiradi. Bu gormon qalqonsimon bez tomo-
nidan yodning yutilishi, tirozinning yodlanishi va gormon
sekretsiyasi, tireoglobulin proteoliziga ta’sir qiladi.
Òibbiyot amaliyotida qoramol giðofizining old bo‘lagidan
tozalangan ekstraktirotropin ishlatiladi. Uning faolligi ÒBda
ifodalanib, qalqonsimon bezning faoliyati yetishmovchiligi—giðo-
funksiyada, miksedema kasalligida tireoidin bilan birga qo‘llanadi.
Follikulostimullovchi gormon ayollarning tuxumdonlarida
follikulalarning rivojlanishi va estrogenlar sintezini, erkaklarda esa


203
urug‘ kanalchalari rivojlanishi va spermatogenez jarayonini jon-
lantiradi. Menopauza gonadotropini (pergonal) follikulostimullov-
chi faollikka ega preparatdir. Bu preparat menopauzadagi
peshobdan ajratib olinadi va follikulalar va estrogenlarning
yetishmasligi hamda erkaklarning giðogonadizmida qo‘llaniladi.
Luteinlovchi gormon tuxumdonlarda ovulatsiyaga va folliku-
lalarning sariq tanaga aylanishiga, shuningdek, progesteron va
estrogenlarning hosil bo‘lishida qatnashadi. Urug‘donlarda esa
Leydig interstitsial hujayralarini qitiqlab, testosteron gormoni
ishlanishini oshiradi.
Laktotrop gormon sut bezlari rivojlanishi va laktatsiyani
kuchaytiradi. 198 ta aminokislotadan tashkil topgan oqsil. Laktin
preparati qoramollar giðofizidan olinib, tug‘ruqdan keyingi
emiziklik davrida sut ajralishini oshirish maqsadida beriladi.
Melanostimullovchi gormon giðofiz o‘rta bo‘lagida ishlab
chiqariladi. U ko‘rishni, qorong‘ulikka moslashishni yaxshilaydi.
Mollar giðofizidan olingan giðofizning orqa bo‘lagidan ishlab
chiqariladigan gormon preparat intermedin oftalmologiya ama-
liyotida qo‘llaniladi.
Giðofizning neyrosekretor hujayralaridan oksitotsin va
vazopressin gormonlari ishlab chiqariladi. Oksitotsinning ta’siri
asosan bachadon mushaklariga qaratilgan bo‘lib, ritmik qisqartiradi.
Bu gormon homiladorlik davrining oxirida o‘z ta’sirini ko‘rsatib,
tug‘ish jarayonining tezlashuvini ta’minlaydi. Vazopressin gormoni
ikki xil ta’sirga ega bo‘lib, qon tomir devoridagi silliq mushaklar
tonusini oshiradi va buyrak kanalchalarida birlamchi suvning qayta
shimilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham bu gormon
antidiuretik gormon (ADG) deb ataladi. Ushbu gormon quruq
pituitrin shaklida hidlash yo‘li bilan qandsiz diabet kassalligida
qo‘llaniladi. Kortikotropinning asosan qoramol giðofizidan tayyor-
langan preparati inyeksiya uchun, kortiðotropin kukun holida
flakonlarda 10, 20, 30, 40 ÒB ishlab chiqariladi. Yuborishdan
oldin osh tuzining izotonik suyuqligida eritiladi, muskullar orasiga
bir kecha-kunduzda 3—4 marta yuboriladi.
Preparatlar.
Hayvonlar giðofizining old bo‘lagidan olingan e k s t r a k t . 10
ÒB dan flakonlarda ishlab chiqariladi. 10 ÒB dan kuniga teri ostiga
yoki mushak orasiga yuboriladi.
X o r i o n g o n a d o t r o p i n i (Gonadotropinum chorionicum).
Homilador ayollar peshobidan olinadigan gormonal preparat. 500,
1000, 1500 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 500, 3000 ÒB dan
kuniga yoki haftada 1—2 marta mushaklar orasiga yuboriladi.


204
L a k t i n (Lactinum). Hayvonlar giðofizining old bo‘lagidan
olingan gormon. 100 va 200 ÒBdan flakonda ishlab chiqariladi.
70—100 ÒBdan bir kecha-kunduzda 1—2 marta mushaklar orasiga
yuboriladi.
O d a m s o m a t o t r o p i n i (inyeksiya uchun) (Somatostatinum
humonum pro injectionibus). Odam giðofizining old bo‘lagi
gormoni. 4 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 0,25% (2 ml)
novokain eritmasi bilan birga haftada 3 marta 2—4 ÒB dan
mushaklar orasiga yuboriladi.
O k s i t o t s i n (Oxytocinum). Giðofiz orqa bo‘lagidan olingan
poliðeptid gormoni. 1 ml (5 ÒB) dan ampulada ishlab chiqariladi.
1 ml ni 5% glukoza eitmasining 500 ml ga qo‘shib, venaga
tomchilatib yuboriladi. Ayrim hollarda mushak orasiga yoki
bachadon bo‘yniga 0,5—1 ml dan yuboriladi.
D e z a m i n o o k s i t o t s i n (Dezaminooxytocinum). 50 ÒB dan
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkani lunjga qo‘yib erib
ketgunicha og‘izda ushlab turiladi, har yarim soatda qaytadan
qo‘yish mumkin.
P i t u i t r i n (Pituitrinum). Giðofizning gormonal preparati.
Òarkibida oksitotsin va vazopressin saqlaydi. 1 ml (5 ÒB)dan
ampulada ishlab chiqariladi. 0,2—1 ml dan teri ostiga va mushak
orasiga yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilsa 1 ml ni 5% li glukoza eritmasiga
qo‘shib venaga yuboriladi.
A n d i u r e k r i n (Adiurecrinum). Hayvonlar giðofizining orqa
bo‘lagidan olingan quruq preparat. Kukun. 0,02—0,05 g kuniga
2—3 marta hidlanadi.
D e s m o p r e s s i n (Desmopressinum). Sintetik preparat. 5 ml
li flakonda tomizg‘i probkali. Burunga 1—4 tomchidan tomiziladi.
Rp.: Adiurecrinum 0,05
D.t.d. N. 10
S. 1 kukundan kuniga 2—3 marta hidlash uchun
#
Rp.: Oxytocini 5 ÒB
D.t.d. N. 5 in ampullis
S. 5 ampula ichidagisi 5% li 500 ml glukoza eritmasiga qo‘shib,
tomchilatib venaga yuboriladi.
#
Rp.: Pituitrini 5 ÒB
D.T.d. N. 5 in ampullis
S. 0,5 ml teri ostiga yuboriladi.


205
Qalqonsimon, qalqonsimon yon bezi gormonal va
antigormonal dori vositalari
Qalqonsimon bez gormonlari moddalar almashinuvini
kuchaytiradi, bunda to‘qimalar tomonidan kislorodning sarflanishi
ortadi, tana harorati ko‘tariladi. Oqsillar, karbonsuvlar va yog‘lar-
ning parchalanishi tezlashadi, qondagi xolesterin miqdori
kamayadi. Òireoid gormonlar adrenalin ta’siri kuchaygani uchun
taxikardiya (yurak urishini tezlashishi) kuzatiladi.
Ushbu gormonlar tananing o‘sish va rivojlanishini boshqa-
rishda ham ishtirok etadi. Ular miya, suyak to‘qimasi va ayrim
a’zolarning shakllanishida qatnashadi. Agar bu gormonlar
yetishmasa, bolalarda kretinizm rivojlanadi. Bunda bola aqliy va
jismoniy rivojlanishi bo‘yicha orqada qoladi. Kattalarda esa
almashinuv jarayonlari susayishi, ish qobiliyatining pasayishi,
apatiya, xafsalasizlik, shish, yurak faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Bu potologiya «miksedema» kasalligi deyiladi. Òibbiyot amaliyotida
qalqonsimon bez gormonlarining quyidagi preparatlari qo‘llaniladi:
tiroksin, triyodtironin gidroxlorid, tireoidin.
L Òiroksin dinatriyli tuzi odatda ichga, ayrim hollarda esa
venaga yuboriladi. Òiroksin ta’siri sekin rivojlanib, 8—10 kundan
so‘ng yuqori darajaga yetadi va bir necha hafta davom etadi.
Òiroksin bir marta yuborilganda 2—4 haftagacha asosiy almashinuv-
ning ortishi kuzatiladi.
Òriyodtironin gidroxlorid ta’siri tez rivojlanadi, 24—48 soatdan
so‘ng yuqori darajaga yetadi va bir necha kun saqlanib qoladi.
Asosiy almashinuvga tiroksinga qaraganda 3—5 marta kuchliroq
ta’sir etadi. Preparat ichish uchun beriladi.
Òireoidin qoramolning quritilgan qalqonsimon bezidan iborat.
Òireoid gormonlar aralashmasini o‘zida saqlaydi.
Òireoid gormonlar asosan giðotireoidizm, kretinizm va
miksedemada beriladi. Bu preparatlarning dozasi ortib ketganda
ortiqcha qo‘zg‘aluvchanlik, terlash, taxikardiya, tremon, tana
vaznining kamayashi kuzatiladi.
Giðotireoidizm ovqat bilan yodning kam tushishi tufayli
kelib chiqqan bo‘lsa, davolash oziq-ovqatga yodidlar qo‘shish
bilan olib boriladi.
Antitireoid vositalar. Hozirgi vaqtda qalqonsimon bez
giðerfunksiyasini davolashda quyidagi yo‘nalishdagi preparatlar
qo‘llaniladi:
1) giðofiz old bo‘lagidan gormon ishlab chiqarilishini
kamaytiradigan vositalar — yod, diyodtirozin;


206
2) qalqonsimon bezda tireoid gormonlar sintezini susaytiruv-
chi vosita — merkazolil;
3) qalqonsimon bezda yodning yutilishini buzuvchi vosita —
kaliy perxlorat;
4) qalqonsimon bez follikulalarini buzuvchi vosita — radiak-
tiv yod.
Yod — yodidlar holida ishlatiladi. Me’da-ichak yo‘lidan yaxshi
so‘riladi. Giðofiz tireotrop gormoni ishlab chiqarilishini susaytiradi.
Natijada tireoid gormonlar sintezi susayadi. Samarasi 2—3 hafta
mobaynida saqlanadi.
Merkazolil — qalqonsimon bezda triyodtironin va tiroksin
sintezini buzadi. Merkazolil ichish uchun beriladi. Nojo‘ya ta’sirlari
leykopeniya va agronulotsitoz. Ba’zan dispeptik o‘zgarishlar
kuzatiladi, buqoq keltirib chiqarishi mumkin, buning oldini olish
uchun yod va diyodtirozin birga beriladi.
Kaliy perxlorat — qalqonsimon bezda yodning yutilishini
kamaytiradi, tireotoksikozning yengil va o‘rta darajalarida tavsiya
etiladi.
Giðertireozning ba’zi shakllarida radiaktiv yod I
131
yoki I
132
dan foydalaniladi. Preparat qalqonsimon bezning hujayralarini
destruksiyaga uchratadi. Samarasi sekin rivojlanadi. Dozasi oshirib
yuborilganda miksedema rivojlanishi mumkin. Preparat natriyli tuz
holida ichga beriladi, millikyurida (mKi) dozalanadi.
Qalqonsimon yon bezi paratgormon ishlab chiqaradi. Uning
ishlab chiqarilishi qondagi kalsiy miqdoriga bog‘liq.
Paratgormonning asosiy ta’siri fosfor va kalsiy almashinuvini
boshqarishdir. U suyaklardan kalsiyning qonga o‘tishini, hazm
yo‘llarida kalsiyning so‘rilishini ta’minlaydi. Paratgormon kalsiy
almashinuviga kalsitriol (vitamin D ning faol shakli) miqdorini
oshirish yo‘li bilan ta’sir qiladi. Paratgormon kalsiy ionlarini
buyrak kanalchalarida qayta so‘rilishini oshiradi. U fosfor
ionlarining miqdorini pasaytiradi.
Qoramollar qalqonsimonoldi bezidan paratireoidin preparati
olinib, tibbiyotda qo‘llanadi.
Paratireoidin ta’siri 4 soatdan so‘ng boshlanib, 24 soatgacha
davom etadi. Preparat bez faoliyatining yetishmasligida ishlatiladi.
Òeri ostiga va mushak orasiga yuboriladi. ÒBda dozalanadi.
Preparatlar.
Ò i r e o i d i n (Thyreoidinum). Kukun; 0,05 va 0,1 g dan tab-
letka shaklida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 0,05—0,2 g
dan ichish uchun beriladi. Yuqori bir martalik dozasi 0,3 g;
kecha-kunduzligi — 1 g.


207
Ò r i y o d t i r o n i n g i d r o x l o r i d (Triyodthyronin hydroch-
loridum). 20 mkg dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Bir
kecha-kunduzda 5—20 mkg gacha, zaruriyat bo‘lganda 60—100
mkg gacha ichish uchun tavsiya etiladi.
L e v o t i r o k s i n (Levothyroxinum). Òabletka shaklida 25 mkg,
50 mkg, 75 mkg, 100 mkg, 150 mkg, 175 mkg, 200 mkg
dan ishlab chiqariladi. Giðotireozda kasallikning kechishiga qarab
1 kunda 1 tabletkadan ovqatdan oldin qabul qilinadi.
A n t i s t r u m i n (Antistruminum). Òarkibida kaliy yodid ( 0,001 g;
qand upasi 0,0083 g bor). Òabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Endemik buqoqning oldini olish uchun 1 tabletkadan haftada 1
marta, rivoj topgan buqoq kasalligida kuniga 1—2 tabletkadan
2—4 hafta davomida beriladi.
M e r k a z o l i l (Mercasolilum) 0,005 g dan tabletka shakllida
ishlab chiqariladi. 1—2 tabletkadan kuniga 3—4 marta ovqatdan
keyin ichiladi.
P r o p i l t i o u r a t s i l (Propylthyouracilum). Òabletka shaklida
0,05 g dan ishlab chiqariladi. Kuniga 3—6 marta giðerteriozda
ichiladi.
P a r a t i r e o i d i n (Parathyreoidinum). 1 ml dan (20ÒB)
ampulada ishlab chiqariladi. 1—2 ml dan har kuni yoki kunora
teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi.
Rp.: Tab. Thyreoidini 0,1 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatdan so‘ng ichiladi
#
Rp.: Tab. Mercasolili 0,05 N. 10
D.S. 1—2 tabletkadan kuniga 3—4 marta ovqatdan so‘ng ichiladi
#
Rp.: Parathyreoidini 1 ml (20 ÒB)
D.t.d. N. 10 in ampullis
S. 1 ml mushak orasiga yuboriladi
Me’daosti bezi gormoni va diabetga qarshi
sintetik preparatlar
Ma’lumki, me’daosti bezi enskritor va inkritor faoliyatga ega.
Ekskritor funksiyasi ovqatning hazm bo‘lishida qatnashadigan
fermentlar ishlab chiqarish bilan ta’riflansa, inkritor funksiyasi
esa bezda joylashgan Langergans orolchalari
α
va 
β
hujayralarining
gormonlar ishlab chiqarishi bilan bog‘liq. Insulin gormoni 
β


208
hujayradan, glukogan esa 
α
hujayralardan ishlab chiqariladi.
Bulardan ahamiyatlisi insulin gormoni hisoblanadi. Uni ishlab
chiqarilishi birinchi galda uglevod va yog‘ almashinuvini izdan
chiqaradi va qandli diabet kasalligi rivoj topadi.
Insulinning asosiy ta’siri uglevod almashinuviga qaratilgan
bo‘lib, uni boshqaradi. Bundan tashqari u boshqa modda
almashinuviga ham bilvosita ta’sir etadi.
Insulinning farmokologik ta’siri natijasida:
— to‘qimalarda (asosan, jigarda) glikogen shaklida yig‘ilishi
hisobiga qondagi qand (glukoza) miqdori kamayadi. Yog‘ va
oqsillardan glukoza hosil bo‘lishi tormozlanadi;
— qondagi glukozaning to‘qima hujayralariga kirishi va uning
sarflanishi ta’minlanadi;
— modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chala
oksidlangan moddalar (keton tanalar) hosil bo‘lishi kamayadi va
oksidlanishi tezlashadi;
— oqsil va yog‘ sintezi ortadi.
Insulinning ta’sir mexanizmida uning to‘qima hujayralari
pardasidan glukozaning o‘tishini ta’minlashi va sarflanishi katta
ahamiyatga ega deb qaraladi.
Òurli sabablarga ko‘ra (irsiy faktor, alimentar — ovqat
faktori, giðodinamiya — kamharakatlik, asab faktori va boshqalar)
insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqarilmasligi natijasida modda
almashinuvlari, ayniqsa uglevod almashinuvi buziladi. Glukozaning
to‘qima hujayralariga kirishi va sarflanishi hamda glukozaning
glinogenga o‘tishi kamayadi. Qonda qand miqdori oshadi (giðerlike-
miya), oqsil va yog‘lardan glukoza hosil bo‘lishi ortadi. Glukoza-
ning ma’lum miqdorda qonda ko‘payishi uning siydik bilan
chiqishiga (glukozuriya) olib keladi.
Insulin garchan sintez qilingan bo‘lsa-da, tibbiyotda uni ancha
arzon usul bilan so‘yilgan molning (cho‘chqaning ham) me’da-
osti bezidan ajratib olinadi. Keyingi paytda gen muhandislik usuli
bilan odam insulini ham olingan.
Qandli diabetga duchor bo‘lgan bemorlarga davo ko‘rsatishda
parhezning ahamiyati kattadir. Kasallikning yengil shaklida parhez
tutishning o‘zi yetarlidir. O‘rtacha va og‘ir holatlarda insulin va uning
ta’sir etish muddati uzaytirilgan preparatlari ishlatiladi. Ularga
protamin — rux insulin suspenziyasi, kristallsimon suspenziya, rux
insulinlar va boshqalar kiradi. Ularning ta’siri 24—40 soatgacha
bo‘lishi mumkin (33- rasm). Bular bir kunda 1 marta yoki ikki
kunda 1 marta yuboriladi. Ushbu preparatlar giðerglikemik koma
holatida ishlatilmaydi. Qandli diabet kasalligida insulin o‘rinbosar


209
preparatlari sifatida ishlatiladi. Lekin, ayniqsa, diabetning insulinga
qaramsiz shaklida sintetik preparatlar ham qo‘llaniladi. Ular asosan
sulfonilmochevina unumlari va biguanid guruh preparatlari
hisoblanadi va og‘iz orqali qabul qilishga mo‘ljallangan.
Sulfanilmochevina unumlari. 1 - a v l o d g a mansub
sulfanilmochevina unumlaridan butamid, tolbutamid, xlorpramid
va boshqalar qo‘llaniladi. Ular me’daosti bezi 
β
- hujayralarining
faoliyati susaygan holatda ularni qo‘zg‘atib, insulin ishlab chiqari-
lishini ko‘paytiradi. 
β
- hujayralar glukoretseptorlari sezgirligini
oshiradi, jigar glikogenning glukozaga o‘tishini kamaytiradi,
gormon va retseptorlarni ta’sirlashuv faolligini oshiradi va qondagi
qand miqdorini kamaytiradi.
Butamid enteral yuborilganda yaxshi so‘riladi. Qondagi
maksimal miqdori 3—4 soatda yuzaga chiqadi. Giðoglikemik ta’siri
12 soatgacha davom etadi. Butamid jigarda metabolizmga uchrab
(oksidlanib), buyraklar orqali chiqib ketadi. Amaliyotda kasallik-
ning yengil shakllarida keng qo‘llaniladi.
Nojo‘ya holatlarni (dispepsiyalar, allergik reaksiyalar, ba’zan
leykopeniya, trombotsitopeniya va h.k.) berishi mumkin.
Xlorpropamid — faolligi butamiddan kuchliroq va ta’sir
muddati uzoqroq. Nojo‘ya ta’sirlari ham butamidga nisbatan
ko‘proq uchraydi.
Xloriðomid ham asosan qandli diabetning yengil shaklida (2-
tiðida) qo‘llaniladi.
2 - a v l o d sulfanilmochevina unumlari samaraliroq va
zaharliligi kamroq hisoblanadi. Ular kichik dozalarda uzoq vaqt
ishlatilganda qondagi qand miqdorini sekin-asta kamaytiradi, chunki
preparat ta’sirida 
β−
hujayralarda insulinning biosintezi oshadi. Bu
preparatlarga juda yuqori faollikka ega bo‘lgan glibenklamid va
glibornuridlar misol bo‘la oladi.
33- rasm. 8TB da insulinning (A) va protamin-insulin (B) ning
qondagi qand miqdoriga ta’siri.
Qonda qand miqdori (mg 100 mk da)
110
100
90
80
70
60
A
B
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10


210
3 - a v l o d sulfanilmochevina unumlari giðoglikemik ta’sirdan
tashqari trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, fibrinolizni
jadallashtiradi. Chunki preparat ta’sirida 
β
- hujayralarda insulinning
biosintezi oshadi, uni ishlab chiqarish va ajralishi ko‘payadi va
mikrosirkulatsiyasini yaxshilaydi. Bularga glidiazinamid va gliklazid
kiradi.
Umuman olganda, sulfanilmochevina unumlari insulinga
qaraganda qator afzalliklarga ega: preparatni ichga qabul qilish
insulin inyeksiyalariga qaraganda qulaydir, ular sekin ta’sir etib,
insulinga qaraganda giðoglikemik shok holatlari va allergik
reaksiyalarni kamroq keltirib chiqaradi.
Biguanidlarga glibutid, metformin, fenforminlar misol bo‘ladi.
Ular qandli diabetni davolashda insulin preparatlari va sulfanil-
mochevina unumlari bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Qandli diabetda glukagon ham qo‘llanilishi mumkin. Glukagon
qisqa vaqt ta’sir etib, glukagonaza tomonidan parchalanadi
(qondagi miqdori 7 min da 50% ga kamayadi). Uning ta’sirida
glikogenoliz (glikogenning glukozaga o‘tish) jarayonlari jigarda
kuchayadi.
Glukagon giðoglikemik komada, yurak yetishmovchiligi va
kardiogen shokda venaga yuboriladi.
Preparatlar.
I n s u l i n (Insulinum). Me’daosti bezining gormonal preparati.
5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 30—40 min oldin teri ostiga yoki mushak orasiga
yuboriladi. Preparat dozasi kasallikning og‘ir-yengilligiga qarab
aniqlanadi.
I n s u l i n — r u h s u s p e n z i y a s i (Suspensia zinc-insulini).
5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri
ostiga yuboriladi.
A m o r f -r u h i n s u l i n s u s p e n z i y a s i (Suspensia zinc-
insulini amorphi). 5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab
chiqariladi. Òeri ostiga yuboriladi.
K r i s t a l l k o ‘ r i n i s h i d a g i r u h i n s u l i n s u s p e n -
z i y a s i (Suspensia zinc-insulini cristallisati). 5 ml dan (1 ml da
40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yuboriladi.
P r o t a m i n — r u h i n s u l i n (Protamini zinci-insulini). 5
ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri
ostiga yuboriladi.
G l i b u t i d (Glibutidim) 0,05 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 0,05 g dan 1 g gacha ovqat bilan
birga qabul qilinadi.


211
B u t a m i d (Butamidum). 0,25 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. 0,5—1 g dan ovqatdan 30—40 min keyin kuniga 3—
4 marta ichiladi.
B u k a r b o n (Bucarbonum). 0,5 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. 1—2 tabletkadan ovqatdan 30—40 min keyin kuniga
1—3 marta ichiladi.
G l i b e n k l a m i d (Glibenclamidum). Maninil. 0,005 g dan
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,0025 g dan kuniga 1 marta
ertalabki nonushtadan keyin ichiladi. Zaruriyat tug‘ilganda bir
kecha-kunduzda 0,05—0,01 g gacha berish mumkin.
Rp.: Insulini 5 ml
D.t.d. N. 5 in ampullis
S. 0,5 ml (20 ÒB) dan kuniga 2 marta ovqatdan oldin teri
ostiga yuboriladi
#
Rp.: Tab. Bucarboni 0,5 N. 20
D.S. 1 tabletkadan ovqatdan 30 min oldin 1—3 marta ichiladi
#
Rp.: Tab. Maninili 0,05 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta nonushtadan oldin ichiladi
Buyrakusti bezi gormonal va antigormonal preparatlari
Ma’lumki, buyrakusti bezlari ikki qavatdan iborat: ichki —
miya qismi va tashqi — po‘stloq qavati. Miya qismida adrenalin,
bezning po‘stloq qismidan esa 40 dan ortiq steroid tuzilishli
gormonlar ishlab chiqariladi. Ular uchta guruhga ajratiladi:
1. G l u k o k o r t i k o i d l a r : gidrokortizon, kortizon,
degidrokortikosteron, kortikosteron;
2. M i n e r a l o k o r t i k o i d l a r : aldosteron, 11-dezok-
sikrtikosteron, 11- dezoksi-17- oksikortikosteron;
3. J i n s i y g o r m o n l a r : androsteron, androstendion,
estron, progesteron.
Kortikosteroidlar xolesterin va atsetilkoenzim A dan hosil
bo‘ladi. Glukokortikoidlarning ishlab chiqarilishi giðofizning
AKÒG gormoni ta’sirida kuchayadi. Mineralokortikoidlarning
ishlanishi ekstrasellular suyuqlik hajmi hamda plazmadagi natriy
va kaliy ionlari miqdoriga bog‘liq.
Gidrokortizon va uning efirlari (atsetat, suksinat) tibbiyot
amaliyotida keng ishlatiladi. Gidrokortizon modda almashinuviga
(uglevod almashinuviga ham) ta’sir etadi. Jigarda glikogenning
glukozaga o‘tishini kuchaytirib, qondagi qand miqdorini ko‘pay-


212
tiradi. Glukozuriya (qandning siydik bilan chiqishi) kuzatilishi
mumkin.
Gidrokortizon yog‘ almashinuviga ta’sir etib, yuzda, bo‘yin,
yelkada yog‘ yig‘ilishiga olib keladi. Suv-tuz almashinuviga
mineralokortikoidlar singari ta’sir etadi, tanada natriy ionlari
(reabsorbsiyaning ortishi hisobiga) ushlanib qolib, kaliy ionlari-
ning chiqarilishi (sekretsiyasi) ortadi. Natijada plazmaning hajmi
ortadi va arterial bosim ko‘tariladi. Kalsiy ionlari chiqib ketishi
tufayli osteoporoz — suyaklar tarkibidagi kalsiyning kamayishi
tufayli suyaklar mo‘rt bo‘lib qolishi kuzatiladi. Gidrokortizon
yallig‘lanishga qarshi va immunodepressiv (immun sitemaning
pasayishi) ta’sirga ega.
Glukortikoidlarning amaliy tomondan ahamiyatli xossasi
allergiyaga va yallig‘lanishga qarshi ta’siridir. Ular biriktiruvchi
to‘qima rivojlanishini kamaytiradi. Antitoksik va shokka qarshi ta’sirga
ham ega.
Gidrokortizon giðotalamo-giðofizar-buyrakusti bezi tizimiga
susaytiruvchi ta’sir etib, AKÒG ishlanishini kamaytiradi. Shu
sababli gidrokortizonni qabul qilish birdan to‘xtatilsa buyrakusti
bezi yetishmovchiligi kelib chiqadi. Bunday holda tezda
gidrokortizon gemisuksinat venaga yuborilishi talab qilinadi.
Gidrokortizon parenteral va mahalliy ravishda qo‘llanadi.
Kortizon faqat faolligi jihatidan gidrokortizondan farq qiladi
(taxminan 1,5 marta kuchsizroq), qolgan barcha xususiyatlari
o‘xshash. Uning analogi kortizon atsetat preparati ichga va mushak
orasiga yuboriladi.
Qolgan glukokortikoid preparatlar ham farmakologik xususi-
yatlariga ko‘ra gidrokortizonga yaqin turadi.
Preparatlar.
G i d r o k o r t i z o n (Hydrocirtisonum). 2,5% li suspenziya
holida 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1% surtma holida
10 g dan ishlab chiqariladi. 2,5 % suspenziyasi 2 ml dan
mushaklar orasiga yuboriladi.
D e k s a m e t a z o n (Dexamethasonum). 0,0005 g (0,5 mg)
dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Preparatning natriyli tuzi
(deksametazon-21 fosfat) ampulada 1 ml (0,004 g) dan ishlab
chiqariladi. Òabletkasi kuniga 2—3 marta ovqat bilan biga yoki keyin
qabul qilinadi.
P r e d n i z o l o n (Prednisolonum). 0,005 g dan tabletka; 0,5%
li surtma holida 10 g dan ishlab chiqariladi. Òabletkalari kuniga
2—3 marta ichish uchun beriladi. Surtmasi sirtga surtish uchun
beriladi.


213
P r e d n i z o l o n g e m i s u k s i n a t (Prednisoloni hemisuc-
cinas). 0,025 g dan 5 ml hajmdagi ampulada ishlab chiqariladi.
Ampuladagi kukunning 5 ml inyeksiya qilish uchun mo‘ljallangan
distillangan suvda eritib, venaga yoki mushak orasiga yuboriladi.
D e z o k s i k o r t i k o s t e r o n a ts e t a t (Desoxycorticosteroni
acetas). 0,005 g dan tabletka shaklida; 0,5 % li yog‘li eritmasi
1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga yoki
kunora til ostiga qo‘yiladi. Ampulalari mushaklar orasiga 0,005 g
dan haftasiga 3 marta, 0,01 g gacha har kuni yuboriladi (0,5%
yog‘li eritma 1 ml dan).
Ò r i a m s i n o l o n (Triamcinolonum). Òabletka shaklida 0,004 g
dan ishlab chiqariladi. «Lederkort» nomi bilan 0,1% li surtma
va krem sirtga qo‘llash uchun ishlab chiqariladi.
F t o r o k o r t (Phthorocort). 15 g dan tubiklarda 0,1 % li surtma
holida ishlab chiqariladi.
Rp.: Sol. Hydrocortisoni 2,5%—2 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 2 ml dan mushaklar orasiga yubloriladi
#
Rp.: Tab. Desoxycorticosteroni 0,005 N.10
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta ichiladi
#
Rp.: Ung. Phthorocorti 0,1%—15,0
D.S. teriga surtish uchun
Jinsiy bezlarning gormonal va antigormonal preparatlari
Ayollar jinsiy bezlari gormonar preparatlari. Ayollarning jinsiy
gormonlari tuxumdonlarida follikulalar va sariq tana tomonidan
ishlab chiqariladi. Follikulalarda ishlab chiqariladigan gormonlar —
estrogenlar deyiladi. Ulardan estradiol gormoni tuxum hujayraning
rivojlanishi davomida hosil bo‘ladi. Estradiol jigarda parchalanib,
estron va estriolni hosil qiladi. Bu gormonlar steroid tuzilishga
ega bo‘lib, jinsiy a’zolarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy
belgilarni nomoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Estrogenlar ta’sirida
endometriyning bachadon shilliq pardasi qalinlashadi, yumshoq
bo‘lib qon bilan to‘lishadi (proliferatsiya kuzatiladi).
Òuxum hujayra yetilgach, follikulalar yoriladi — ovulatsiya ro‘y
beradi. Ajralib chiqqan tuxum hujayra Fallopiyev trubada otalangan
bo‘lsa, bachadon bo‘shlig‘iga tushib shilliq qavatga yopishadi


214
(implantatsiya). Yorilgan follikula o‘rnida sariq tana hosil bo‘ladi.
Sariq tananing tabiiy gormoni progesteron hisoblanadi. Jigarda
progesteron parchalanib, pregnandiolga aylanadi. Gestagenlar
menstrual (hayz ko‘rish) siklning ikkinchi yarmida bachadon
shilliq qavatining o‘sishiga, tuxumhujayra urug‘langach, plasenta-
ning (yo‘ldoshning) hosil bo‘lishiga yordam beradi. Shu sababli
progesteron homiladorlik gormoni deyiladi.
Agar tuxum hujayra urug‘lanmagan bo‘lsa sariq tana atrofiyaga
uchraydi, bachadon shilliq qavati ko‘chib, menstruatsiya (hayz
ko‘rish) ro‘y beradi. Jinsiy bezlarning faoliyati giðofizning
gonadotrop gormonlari tomonidan boshqariladi.
Estrogen, gestagenlar va plasenta tomonidan ham ishlab
chiqariladi.
Ayollarning jinsiy bezlari gormonlarining quyidagi preparatlari
mavjud:
I. Estrogenlar:
a) steroid tuzilishga ega estrogen preparatlar — estron,
estradiol, estradiol diðropionat;
b) nosteroid tuzilishga ega estrogen preparatlar — sinestrol,
tefestrol, dietilstilbestrol;
d) antiestrogen preparatlar — klomifen sitrat.
II.Gestagenlar:
a) progesteron, oksiðrogesteron kapronat, pregnin, nore-
tisteron, allilestrenol.
III. Kontraseptiv vositalar:
a) estrogen-gestagen saqlovchi — uyg‘unlangan preparatlar:
non-ovlon, ovidon, lindiol, rigevidon, demulen, miniziston;
b) monogormonal preparatlar — postinor, mikrolut;
d) uyg‘unlashtirilgan estrogen, gestagen — antiandrogen pre-
paratlar: Pregestrol tabletkalari, klimonorm, Divina, Diane-35.
Steroid tuzilishga ega bo‘lgan estrogen preparatlardan estron
amalda keng qo‘llaniladi. Estron homilador ayollar yoki hayvonlar
peshobidan ajratib olinadi. Estradiol efirlar — benzoat va
diðropionat shaklida ishlatiladi. Estradiol diðropionat estronga
qaraganda faol bo‘lib, ta’sir muddati uzoqroq. Estron xar kuni,
estradiol diðropionat esa 2—4 kunda bir marta beriladi. Estron
va estradiol efirlari yog‘li eritmalar shaklida mushaklar orasiga
yuboriladi.
Etinilestradiol — faolligi bo‘yicha estrondan 50 marta kuchli.
Preparat ichga berilganda ham faol saqlanadi.
Sintetik nosteroid vositalardan ham ichga berilishi mumkin.


215
Sinestrol — faolligiga ko‘ra estrondan qolishmaydi. Ichish
uchun va mushak orasiga yuboriladi.
Umuman olganda estrogen preparatlar tuxumdonlar faoliyati
zaiflashganda yoki bo‘lmaganda (menstruatsiya sikli buzilganda —
amenoreya, dismenoreya, klimakterik o‘zgarishlarda), tug‘ruqdan
keyin laktatsiyani (sut kelishini) kamaytirish maqsadida qo‘llani-
ladi. Estrogenlar shuningdek, prostata bezi rakida erkaklarga, sut
bezi rakida 60 dan oshgan ayollarga tavsiya etiladi.
Jinsiy a’zolar va sut bezi o‘smalarida 60 yoshgacha bo‘lgan
ayollarga estrogen preparatlarni berish taqiqlanadi. Shuningdek,
endometritlarda (bachadon shilliq pardasi yallig‘lanishi) bachadon-
dan qon ketishiga moyillik bo‘lganda ham estrogenlar berilmaydi.
Buyrak va jigar kasalliklarida ehtiyotlik bilan ishlatiladi.
Antiestrogen preparatlar — sintetik yo‘l bilan olingan nosteroid
birikmalar bo‘lib, estrogenlarning ta’sirini susaytiradi. Jumladan,
ular estrogen retseptorlarini bloklaydi. Natijada gopotalamus va
giðofizdan stimullovchi gormonlar ko‘proq ajrala boshlaydi.
Òuxumdonlar kattalashib, ularning faoliyati oshadi. Shunday
preparatlardan „Klomifen sitrat I“ ayollarga pushtsizlikni davolash
uchun beriladi. Bundan tashqari ular ko‘krak bezi rakida ham
tavsiya etiladi.
Gestagenlar — steroid tuzilishiga ega. Progesteron — endo-
metriyga tuxum hujayraning yopishishini (implantatsiya) tayyorlaydi.
Miometriyning qo‘zg‘aluvchanligini susaytiradi, ovulatsiyaning
oldini oladi va sut bezining o‘sishini ta’minlaydi. Preparat har
kuni mushak orasiga yuboriladi. Ichga berilganda ta’siri bo‘lmaydi.
Oksiðrogesteron kapronat ta’siri sekin boshlanib, 7—14 kun
davom etadi. Moyli eritmalari mushak orasiga yuboriladi.
Pregnin — faolligi progesterondan 5—15 marta kamroq. Ichga
berilganda samarali. Odatda til ostiga qo‘yiladi. Òabletka to‘la
eriguncha til ostida tutib turiladi.
Gestagenlar sariq tana faoliyati yetishmovchiligida, homila-
ning muddatidan oldin tushishining oldini olish uchun va
menstruatsiya buzilganda beriladi.
Antigestagen vositalardan RU 486 steroid tuzilishiga ega
bo‘lib, prostaglandinlar bilan birga homilani tushirish maqsadida
qo‘llaniladi.
Kontraseptiv dori vositalari.
Òurli sabablarga (kasallik, homilalikka xohish va imkoniyat
yo‘qligi va boshqalar) ko‘ra homilalikning oldini olish maqsadida
ishlatiladigan dori preparatlarini kontraseptiv vositalari deyiladi.
Ularning bir necha turlari mavjud.


216
Uyg‘unlarshtirilgan dori vositalari. Bular estrogen va
gestogenlardan tashkil topgan bo‘lib, turlicha nisbatda (1:10, 1:50)
bo‘ladi. Preparatlarning ta’siri natijasida giðofizdan follikula
stimullovchi va lutinlovchi gormonlarning ishlab chiqarilishi ka-
maygani uchun ovulatsiya susayadi, tuxumdonning faoliyati izdan
chiqadi. Endometriyda proliferatsiya (bachadon ichki shilliq
pardasining qalinlashishi, yumshashi, qon to‘lishi) ro‘y bermaydi.
Shu sababli otalangan tuxum hujayraning shilliq pardaga yopishishi
(implantatsiya) bo‘lmaydi. Qin shilimshig‘ining tarkibi o‘zgarishi
natijasida spermatazoidlarning faolligi pasayadi.
Estrogen-gestagen preparatlarning samarasi yuqori. Ular 28
kunlik hayz ko‘rishning 5 kunidan boshlab, 21 kun davomida qabul
qilinadi. Preparatlarni ichish to‘xtatilgach, ovulatsiya bo‘lishi,
ya’ni homilador bo‘lish imkoniyati yana qayta tiklanadi. Òiklanish
muddati organizm xususiyatlariga va kontraseptivlarning qabul
qilish muddatiga bog‘liq.
Preparatlarning nojo‘ya ta’siri: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi,
sut bezlarining dag‘allashishi, qusish, tana vaznining ortishi va
boshqalar kuzatilishi mumkin.
Bu preparatlar tromboemboliyalarda, miyada qon aylanishi
buzilganda, jinsiy a’zolar o‘smalarida, qandli diabet, jigar
kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Davolash maqsadida estrogen-gestagen preparatlar menstru-
atsiya sikli buzilganda, boshqa ginekologik kasalliklarda qo‘llanilishi
mumkin.
Monogormonal gestagen preparatlar — qin shilimshig‘ining
tarkibi va miqdorini o‘zgartirib, spermatozoidlarning harakat-
chanligini kamaytiradi. Endometriyda ham tuxum hujayraning
yopishishiga qarshilik qiluvchi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Nojo‘ya ta’sirlari: menstruatsiya siklining buzilishi va ajratmalar
kelishi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi. Umuman olganda
gestagen kontraseptivlarning nojo‘ya ta’siri va samarasi estrogen-
gestagen preparatlarga qaraganda kam. Kontraseptiv preparatlar
faqat shifokorlar tomonidan buyuriladi.
Preparatlar.
P r o g e s t e r o n . 1% va 2,5% eritmalari 1 ml dan ampulada
ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yoki mushaklar orasiga 1% yoki
2,5 %li eritmaning 1 ml 6—8 kun davomida yuboriladi.
E t i n i l e s t r a d i o l . Òabletkada 0,01—0,02 g dan ishlab
chiqariladi. Kuniga 2—3 marta til ostiga qo‘yiladi.
O k s i ð r o g e s t e r o n k a p r o n a t . 1,25% li moyli eritmasi
0,5—2 ml dan mushak orasiga haftada bir marta yuboriladi.


217
I n f e k u n d i n . Òarkibida gestogen va estrogen saqlaydi.
Òabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema bo‘yicha buyuriladi.
B i s e k u r i n . Òarkibida gestagen etindion diatsetat va estro-
gen — etilenestradiol saqlaydi. Ishlab chiqarilishi va buyurilishi
infekundinnikiga o‘xshash.
Erkaklar jinsiy bezlari gormonlarining preparatlari
(androgen preparatlar) va anabolik steroidlar
Erkaklar jinsiy bezlari gormoni testastron urug‘donlarining
hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Uning ta’sirida organizm-
ning voyaga yetish davrida jinsiy a’zolar va ikkilamchi erkaklik
jinsiy belgilar rivojlanadi, spermatogenez (spermatazoidlarning
ishlashi) nazorat qilinadi. Òestosteron oqsillar sintezini kuchay-
tiradi. Buyrak kanalchalarida suv, kalsiy ionlari, natriy, xlor va
boshqalarning qayta so‘rilishini oshiradi. Òestosteronning hosil
bo‘lishini giðofiz gonadotrop gormoni boshqaradi. Jigarda
testosteron faolligi kamroq bo‘lgan androsteronga aylanib peshob
bilan chiqib ketadi (34-rasm).
Òibbiyot amaliyotida testosteron efirlari — testosteron pro-
pinant va testenat keng qo‘llaniladi. Ular androgenlik va anabolik
faollikka ega. Òestenatning ta’siri — testosteron
propionat 2 kunda 1 marta, testenat esa 3—4
haftada 1 marta buyurildi. Preparatlar yog‘li eritma
holida ishlab chiqarilib, mushaklar orasiga
yuboriladi. Ichga qabul qilinganda, jigarda tez
parchalangani uchun ta’siri kuzatilmaydi.
Metiltestosteron faolligiga ko‘ra
testosterondan kuchsizroq. Ichilganda samarali,
tabletkasi til ostiga qo‘yib shimiladi.
Androgen preparatlar erkaklarga ular jinsiy
bezlari faoliyati yetishmovchiligida (jinsiy rivojla-
nishdan orqada qolish, impotensiya), ayollarga
dismonoreyalar, klimakterik buzilishlar, sut bezi
va tuxumdonlar rakida beriladi.
Anabolik steroidlar — organizmda oqsillar
sintezini kuchaytirish xususiyatiga ega. Ular
ta’sirida skelet mushaklari, ichki a’zolar, suyak
to‘qimasining vazni oshadi. Òananing umumiy
vazni ham ortadi. Òanadan azot, fosfor va
kalsiyning ajralishi sekinlashadi. Androgen
34- rasm.
Bichilgan
xo‘roz (a),
tojisiga andro-
steron (b, d)
ning ta’siri.
a
b
d


218
gormonlar anaboliklar sifatida ishlatilmaydi, chunki ularning
androgenlik faolligi yuqori. Ularga quyidagi preparatlar kiradi.
Febolin va retabolil tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan faol
preparatlardir. Fenabolin 7—15 kun davomida, ratabolil 3 hafta
davomida ta’sir etadi. Ularning samarasi asta-sekin rivojlanib
boradi. Yog‘li eritmalari mushaklar orasiga yuboriladi.
Metandrostenolon — ta’sir vaqti qisqa bo‘lgani sababli kuniga
tabletkalar holida 1—2 marta qabul qilinadi.
Anabolik steroidlar ta’sirida oqsillar sintezi kuchayib, ishtaha
yaxshilanadi. Osteoporozlarda (suyaklarda kalsiyning kamayishi)
suyaklarning kalsifikatsiyasi—suyaklarga kalsiyning yig‘ilishi tezla-
shadi. Regeneratsiya jarayonlari jadallashadi.
Anabolik steroidlar kaxeksiya (ozib ketish), asteniya, gluko-
kortikoidlar uzoq vaqt qo‘llanilgandan so‘ng, nur terapiyasidan
so‘ng, osteoporozlarda, regeneratsiya (bitish) jarayonlarini tez-
latish maqsadida (suyaklar singanda) tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta’sirlari: ayollarda maskulinizatsiya belgilari kamroq
bo‘lsa-da kuzatiladi. Shishlar, ko‘ngil aynishi, suyaklarda kalsiyning
yig‘ilib qolishi, jigar faoliyatining buzilishi qayd etiladi.
Anabolik steroidlar homiladorlik, emiziklik davrida, jigar
kasalliklarida, prostata bezi rakida berilmaydi.
Preparatlar.
M e t i l t e s t o s t e r o n . 0,005g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. 1 kecha-kunduzda 0,005—0,01 g dan til ostiga qo‘yiladi.
S u s t a n o n — 250. Òestosteron efirlarining aralashmasi. 1 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 ml dan mushaklar orasiga 1
oyda 1 marta yuboriladi.
F e n o b o l i n . 1% li yog‘li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. 0,025—0,05 g 7—10 kunda 1 marta mushaklar orasiga
yuboriladi.
N e r o b o l i l . 1 ml (25—50 mg) dan haftada 1 marta mu-
shaklar orasiga yuboriladi.
R e t a b o l i l . 19- Nor-testosteron - 17 dekanoat 5%li eritmasi
1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1—3 haftada 1 ml dan
1 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
Vitaminlar
Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur,
fiziologik ahamiyati katta, ferment uchun muhim, kimyoviy
tuzilishi jihatidan ko‘pchiligi murakkab faol organik moddalar
hisoblanadi. Ular tana tarkibidagi kofermentlar bo‘lib, fermentlar
hosil bo‘lishida, moddalar almashinuvining normal kechishida va


219
boshqa muhim jarayonlarda qatnashib organizmning fiziologik
jarayonlarini ta’minlaydi.
Vitaminlar, asosan, ovqat mahsulotlari bilan o‘zlashtiriladi.
Ularning ayrimlari ichak mikroflorasi ishtirokida hosil bo‘ladi, lekin
bu yo‘l bilan o‘zlashtiriladigan vitaminlar miqdori tana uchun
yetarli bo‘lolmaydi. Vitaminlar miqdori yetishmaganda tanada
giðovitaminoz va avitaminoz kasalligi rivojlanadi. Har bir vitamin-
ning o‘ziga xos giðovitaminoz alomatlari bo‘lib, ular muayyan
o‘zgarishlar bilan kechadi. Umuman olganda giðovitaminoz holati
ko‘pincha ovqat tarkibida vitaminlar yetishmasligi, ularning
me’da-ichak yo‘lida yaxshi so‘rilmasligi (jigar faoliyatining
buzilishi, me’da-ichak kasalligi), tanada vitaminlarga bo‘lgan
ehtiyojning ortishi (homiladorlik, og‘ir operatsiyalardan so‘ng,
surunkali yuqumli kasallik va boshqalar), tanadan vitaminlarning
ko‘p miqdorda chiqib ketishi (havo va tana haroratining ko‘ta-
rilishi, og‘ir jismoniy mehnat va hokazo) natijasida kuzatilishi
mumkin.
Vitamin saqlovchi preparatlar faqat giðo va avitaminoz bilan
bog‘liq xastaliklarni davolash uchungina emas, balki ularning
oldini olish maqsadida, turli kasalliklarni davolashda ham tavsiya
etiladi.
Yog‘da eriydigan vitaminlar
A vitamin (akseroftol, retinol). Ovqat tarkibida bo‘ladigan
murakkab tuzulishli spirt bo‘lib, tanada karotin pigmentining
o‘zgarishi natijasida sintez qilinadi. Karotin har xil ko‘katlarda,
ayniqsa, sabzi, shpinat hamda tuxum sarig‘i, sut, moylar,
pomidor va pishloqda ko‘p bo‘ladi. Organizmning A vitaminiga
bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 1,5 mg.
A vitamin qorong‘ilikda ko‘rishni ta’minlaydigan rodopsin
biosintezi uchun zarur. Rodopsin ko‘z to‘r pardasidagi tayoq-
chalarning yorug‘likni sezuvchi pigmenti hisoblanadi. Yorug‘lik
tushishi natijasida pigment parchalanib, nerv impulslari hosil
bo‘ladi. Bundan tashqari, A vitamin epitelial hujayralarning
butunligini saqlaydi va glukokortikoidlar, xolesterin sintezi holida
tana o‘sishi uchun zarur hisoblanadi.
A vitamin yetishmasligida shabko‘rlik (gemerolopiya), ko‘z
pardasining qurib qolishi (kseroftalmiya) holatlari yuz beradi. A
vitaminli oziq-ovqat ko‘p iste’mol qilinsa, surunkali zaharlanish
sodir bo‘lishi mumkin. Bunda ishtahaning buzilishi, ko‘ngil
aynishi, qusish, qorin va bosh og‘rig‘i, teri va shilliq pardaning


220
qurib qolishi, kamqonlik alomatlari kuzatiladi. A vitamini va uning
preparatlari shabko‘rlikda, kseroftalmiyada beriladi. Undan
tashqari, tananing kasalliklarga chidamligini oshirish hamda uning
o‘sishini ta’minlash maqsadida ham buyuriladi. Xalqaro birlikda
(XB) o‘lchanadi.
Giðervitaminoz—vitaminning ko‘payishi holatida qon tomirla-
rida, buyrakda, miokard va boshqa a’zolarda kalsiy yig‘iladi. Bu
holda tarkibida kalsiyni kam saqlagan oziq-ovqat, ko‘p miqdorda
suv ichish tavsiya etiladi.
E vitamin (alfa-tokoferol). E vitamini yetishmasligi natijasida
hayvonlarning urchish qobiliyati buziladi. Erkak hayvonlarda urug‘
— sperma ishlab chiqarish to‘xtaydi. Homilalik davrida esa homi-
laning taraqqiy qilishi sekinlashadi. Urchitilgan tuxum hujay-
rasining implantatsiyasi (bachadon devoriga yopishishi) buziladi.
Shu bilan bir qatorda mushaklarda degenerativ o‘zgarishlar yuz
beradi, yurak faoliyati, miokardning qisqarish qobiliyati
zaiflashadi. Vitamin E tabiiy antioksidant hisoblanib, to‘yinmagan
yog‘ kislotalarni, vitamin C va provitamin A ning o‘z holicha
oksidlanishini bartaraf etadi. Òokoferol ko‘katlarda, o‘simlik moyida
ko‘proq, tuxum, sut, go‘shtda esa kamroq miqdorda saqlanadi.
Òokoferol, asosan, mushaklar distrofiyasi zaiflashishi,
bepushtlikda, antioksidant sifatida esa stenokardiyada, atero-
skleroz, revmatik artrit kasalliklarida tavsiya etiladi.
K vitamin (antigemorragik vitamin). Ushbu vitamin qon
ivishini ta’minlaydigan omillardan biri bo‘lgan protrombinning
jigarda sintezlanishi uchun zarur hisoblanadi. Odamning sutkalik
ehtiyoji 2 mg.
K vitamin, asosan, har xil ko‘katlarda, karam, pomidor
va boshqalarda uchraydi. Ichak mikroflorasida vitamin qisman hosil
bo‘ladi. Giðo va avitaminoz holati vitaminning ichakdan
so‘rilishining buzilishi natijasida ro‘y beradi. Bunday holat sababi
ko‘proq ichakda o‘t kislotasi bo‘lmasligida kuzatiladi. Giðo-
avitaminoz qon ivishining buzilishi va qon ketishi bilan
xarakterlanadi. Sun’iy yo‘l bilan olingan vikasol preparati faqat
qon ketishida berilmasdan, balki qon ketishining oldini olish
maqsadida ham jarrohlik amaliyotidan oldin ishlatiladi.
Suvda eriydigan vitaminlar
Bu guruhga vitamin B kompleksi (tiamin bromid, riboflovin,
piridoksin, folat kislota, sianokobalamin), nikotin kislota,
askorbin kislota va rutin kiradi.


221
Vitamin B
1
(tiamin). Òiamin dukkakli va boshoqli o‘simliklarda
(no‘xat, loviya, suli), har xil mevalarda va hayvon mahsulotlarida
uchraydi. U ichakdan oz miqdorda so‘riladi. Odamning sutkalik
ehtiyoji 2—2,5 mg. Ishqoriy muhitda parchalanadi. Òiamin
so‘rilganidan so‘ng AÒF yordamida fosforlanadi va fiziologik faol
tiaminning pirofosfor efiriga (kokarboksilazaga) o‘tib, pirouzum
kislotaning karboksillanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, u
quvvat almashinuvida (a-ketoglutar kislotaning karboksillanishida)
qatnashadi. Shuning uchun yurak faoliyatida, mushaklar qis-
qarishida va nerv to‘qimasi uchun ushbu vitaminning ahamiyati
katta. B

vitaminning yetishmasligi natijasida birinchi navbatda
karbonsuv almashinuvi buzilib, tanada sut kislota, pirouzum
kislota yig‘ila boradi. Bu esa yurak, markaziy va periferik nerv
tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Avitaminozning og‘ir turlarida beri-beri yoki polinevrit kasal-
ligi kuzatiladi. Preparat yarim yoki to‘la falajlik, mushaklar
atrofiyasi, yurak va me’da-ichak hamda jigar kasalligida beriladi.
Òiamin tanada hosil bo‘lmaydi va bezarar hisoblanadi, lekin
ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kabi nojo‘ya
alomatlarda ifodalanuvchi allergik holatga sabab bo‘ladi. Òiamin
katta dozalarda qon bosimini keskin tushirib, shok holatini hosil
qilishi mumkin.
Òiamin bromid preparati markaziy va periferik nerv tizimi
jarohatlanganda yoki kasallanganida, miokardiodistrofiyada,
homiladorlikda, og‘ir jismoniy mehnat bajarilganida va zaharli
moddalar bilan zaharlanishda tavsiya etiladi.
Vitamin B
2
(riboflavin). U ko‘proq jigar, buyrak, go‘sht,
tuxum, sut va ko‘katlarda uchraydi. Odamning vitaminga sutkalik
ehtiyoji 1,8—3,5 mg. Riboflavinning faol turi fosforlanish bilan
hosil bo‘ladi. Uning tarkibiga flavinmononukleotid va flavi-
nadenindinukleotid kiradi. Ular vodorod atomini tashishda,
karbonsuv, aminokislota va boshqa metabolitlarning oksidlanishida
qatnashadi. Giðo- va avitaminoz holati — stomatit (og‘iz shilliq
pardasining yallig‘lanishi), dermatit (terining yallig‘lanishi) va
boshqalarda namoyon bo‘ladi. Bunda riboflavin preparati yoki
tarkibida ushbu moddani saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya
etiladi.
Vitamin PP (nikotin kislota). Ushbu organik kislota o‘simlik
mevalarida va hayvon tanasida (guruch po‘stlog‘i, jigar, sut,
tuxum, go‘sht, qisman kartoshka va har xil mevalarda) ko‘p
uchraydi. Vitamin ichakda qisman hosil bo‘ladi. Katta yoshli
odamning vitaminga sutkalik ehtiyoji 15—20 mg.


222
Nikotin kislota nikotinamid adeninnukleotid (NAD) va uning
fosfati (NADF) shaklida ko‘p fermentlar tarkibiga kiradi. Bu
fermentlar esa hujayralar hayoti uchun zarur bo‘lgan oqsillar
metabolizmida qatnashadi. Vitamin PP yetishmasligi natijasida
pellegra kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bunda badanning ochiq
joylaridagi teri rangining o‘zgarishi (dermatit va pigmentatsiya),
yallig‘lanish, me’da-ichak faoliyatining o‘zgarishi (dispepsiya,
anoreksiya, stomatit, glossit) va oliy nerv faoliyatining buzilishi
(es-hushning yomonlashishi, aqliy qobiliyatning kamayishi —
demensiya) va ko‘pincha megaloblastik kamqonlik yuzaga chiqadi.
Nikotin kislota silliq mushaklarni bo‘shashtirib, qon tomirlarni
(ayniqsa teri va shilliq pardani) kengaytiradi, qondagi xolesterin
miqdorini kamaytiradi, fibrinoliz (fibrin parchalanishi)ni kuchay-
tiradi. Shu sababdan vitamin PP ateroskleroz va giðertoniya
kasalliklarida keng tavsiya etiladi.
Vitamin B
6
(piridoksin). Ushbu vitamin tarkibida piridoksin
mavjud bo‘lib, u achitgichda, sut va go‘shtda bo‘ladi. Ular
organizmda piridoksalfosfatga o‘tib, turlicha fiziologik jarayonlarda
qatnashadi. Masalan, aminokislotalar dekarboksilazasi va
transaminazasi uchun koferment hisoblanadi, katexolaminlar 5-
oksitriðtamin va boshqa moddalarning (GAMK) sintezi va
parchalanishi uchun zarur. Katta yoshdagi odamning vitaminga
sutkalik ehtiyoji 2 mg. Vitamin B
6
ning tanada yetishmasligi ushbu
fermentlar faoliyatining o‘zgarishiga olib kelib, pirovardida
karbonsuv almashinuvi buziladi — tananing glukozaga bo‘lgan
talabi o‘zgaradi. Giðoxrom, mikrositar kamqonlik, terining o‘z-
garishi, nevrit va ruhiy kamchiliklar sodir bo‘lishi mumkin. Ayrim
vaqtda tutqanoqqa o‘xshash holatlar kuzatiladi. Giðoavitaminozda
piridoksin preparati va vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari
tavsiya etiladi. Piridoksin nevrit, titroq va kamqonlik alomatlari
bilan ifodalanadigan giðovitaminoz holatlarida kor qiladi. Bulardan
tashqari preparat oqsil almashinuvining buzilishida, nurlanishda,
kuyganda, og‘ir yuqumli kasalliklarda, kaxeksiyada, ateroskle-
rozda, falajlik va yarim falajlikda, homiladorlik og‘ir kechganda
(toksikozda) beriladi.
Vitamin B
S
(folat kislota). Ushbu vitamin ko‘proq yashil
barglarda, sabzavotlarda (salat, pomidor, sabzi va boshqalar),
hayvon a’zolari va mahsulotlarida (jigar, buyrak, tuxum, pishloq
va boshqalarda) uchraydi. Qisman ichakda sintez qilinadi. Odam-
ning vitaminga sutkalik ehtiyoji 2 mg. Folat kislota jigarda 5, 6,
7, 8- tetragidrofol kislotaga aylanib, metionin, purin va pirimidin
sintezida, ayrim aminokislotalarning o‘zgarishida gistidin


223
almashinuvida, xullas, nuklein kislotalar va oqsil metabolizmida
qatnashadi. Ushbu vitamin eritrotsitlar ishlab chiqarilishida
eritropoez alohida ahamiyatlidir.
Folat kislota yetishmasligi natijasida makrositar kamqonlik
vujudga kelishi mumkin. Bunda B
12
avitaminozda bo‘ladigan
o‘zgarishlar kabi eritropoezning buzilishi kuzatiladi. Qonda voyaga
yetmagan yosh eritrotsitlar paydo bo‘ladi. Folat kislota ushbu
xil kamqonlikda bo‘ladigan nerv tizimi o‘zgarishlariga ta’sir
qilmaydi. Qondagi o‘zgarishlarni esa bartaraf eta oladi. Shu sababli,
u megaloblastik kamqonlikda va spruni (ichak kasalligi) davolash
maqsadida vitamin B
12
bilan birga tavsiya etiladi.
Vitamin B
12
(sianokobalamin). Kimyoviy tuzilishi murakkab,
tarkibida kobalt saqlaydigan birikma bo‘lib, hayvon jigarida,
buyrakda, go‘sht mahsulotlarida, tuxum sarig‘ida ko‘plab uchraydi.
Ichakdagi ba’zi mikroorganizmlar tomonidan hosil qilinadi.
Odamning vitaminga sutkalik ehtiyoji 1 mg dan 3 mg gacha.
Sianokobalaminning asosiy fiziologik ahamiyati shundan
iboratki, u folat kislota bilan nuklein kislotalar sintezida va
eritrotsitlar ishlab chiqarishda qatnashadi. U eritrotsitlar ishlab
chiqarilishi, epiteliy hujayralari hosil bo‘lishi, nerv tizimi faoli-
yati, o‘sish va to‘qimalar regeneratsiyasi uchun zarur hisoblanadi.
Vitamin B
12
yetishmasligi natijasida megaloblastik makrositar
kamqonlik yoki Addisson-Birmer kasalligi rivojlanadi. Bunda qon
ishlab chiqarilishi buzilib, yosh, yetilmagan yadroli eritrotsitlar
paydo bo‘ladi. Bular o‘z tarkibida ko‘p miqdorda gemoglobin
saqlaydi, eritrotsitlarning soni esa kamayadi. Shu bilan bir qatorda
nerv tizimi shikastlanadi (paresteziya — sezish kamayadi, muvo-
zanat buziladi), me’da-ichak tizimi faoliyati o‘zgaradi (glossit,
shilliq pardaning o‘zgarishi hisobiga atrofiya, axiliya — xlorid
kislota bo‘lmasligi holatlari). Kasallikning og‘ir turlarida ushbu
o‘zgarishlar yanada chuqurroq namoyon bo‘ladi.
Bu kasallik oldin hayot uchun xavfli hisoblangan bo‘lsa,
hozirda esa vitamin B
12
ning kashf etilishi hisobiga xastalikning
deyarli hamma shakllarini davolash imkoni bor. Sianokobalamin
ta’sirida qondagi o‘zgarishlar, nerv tizimi va me’da-ichak
faoliyatining (axiliyadan tashqari) patologiyasi bartaraf etiladi.
Ushbu maqsadda sianokobalamin folat kislota bilan birgalikda
beriladi. Vitamin B
12
megaloblastik (pernitsioz) kamqonlikda
berilishidan tashqari, ko‘p xastaliklarni (jigar, nerv tizimi va
me’da-ichak kasalliklari) davolashda ham keng qo‘llaniladi.
Preparatni qo‘llash jigar xastaliklarini (serroz, gepatit) kom-
pleks davolashda, aterosklerozda, yurak yetishmovchiligining turli


224
shakllarida, alkogolizmda, teri-tanosil tizimi kasalliklarida ijobiy
natija beradi.
Vitamin C (askorbin kislota). Ushbu kislota ko‘katlarda,
sabzavotlarda, sitrusli va boshqa mevalarda ko‘p uchraydi.
Masalan, 1 ml limon sharbatida 0, 5 mg C vitamini bor. Askorbin
kislota va uning oksidlangan mahsuloti degidroaskorbin kislota
uglevodlar almashinuvini idora etadi, oksidlanish va qaytarilish
reaksiyasi bilan kechadigan biologik jarayonlarda qatnashadi. U
fermentlar — sulfgidril guruhning funksional faolligi, kollagen va
hujayraning ichki tuzilishi uchun zarur. Askorbin kislota yana
qonning ivuvchanligini kuchaytiradi, gemoglobin va eritrotsitlarning
ishlab chiqarilishiga, immunobiologik tizimlarga, folat kislotaning
tetragidrofolatga o‘tish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Yaralar bitishini
hamda buyrakusti bezlaridan gormonlar ishlab chiqarilishini
tezlashtiradi, suyak, tog‘ay va tish to‘qimasini mustahkamlaydi,
qon tomirlar devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Askorbin kislota yetishmasligi singa kasalligiga olib keladi. Bu
xil avitaminoz milklardan qon ketishi, teriosti, mushaklar
orasida, bo‘g‘imlarga qon yig‘ilishi bilan kechadi. Bunda
normotsitar kamqonlik, umumiy nimjonlik, kasalliklarga
beriluvchanlik, quvvatsizlik alomatlari namoyon bo‘ladi.
Askorbin kislota tanada hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi,
shuning uchun tanaga ovqat moddalari bilan tushib turishi zarur.
Katta yoshli odamning askorbin kislotaga sutkalik ehtiyoji 70—120
mg gacha. Ayrim hollarda (og‘ir kuyish, me’da yarasi va boshqa
xil xastaliklar sababli) kam ovqatlanish natijasida ham avitaminoz
holati ro‘y berishi mumkin. Vitamin C termolabil, ya’ni yuqori
haroratga chidamsizdir. Shuning uchun qaynatilgan yoki qovurilgan
taomda parchalanib ketadi.
Askorbin kislota tibbiyot amaliyotida ko‘pgina kasalliklarning
oldini olish va davo qilish maqsadida beriladi. Òananing yuqumli
kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshirish, uni baquvvat qilish
askorbin kislota miqdorining yetarli bo‘lishiga bog‘liq.
Vitamin P. Flavonoidlar tarkibiga kiruvchi ayrim moddalar
vitamin P nomi bilan ataladi. Ular asosan choy bargi, sitrus
o‘simliklari, na’matak tarkibida ko‘plab uchraydi. Ushbu vitamin
askorbin kislota bilan birgalikda oksidlanish va qaytarilish
reaksiyalarida qatnashib, gialuronidaza fermenti faolligini susay-
tiradi, kapillar qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligini va
mo‘rtligini kamaytiradi. Rutin preparati gemorragik diatezlar,
kapillarotoksikozlar,
revmatizm, allergik kasalliklarda keng
qo‘llaniladi.


225
Preparatlar. Yog‘da eruvchi vitaminlar.
R e t i n o l a t s e t a t (Retinoli acetas). 1 mg dan draje, 33000
XB dan tabletka; 0,05 g/3300 XB va 5000 XB dan kapsulada
yog‘li eritma holida ishlab chiqariladi. 3,44 % (100000 XB) va
1,72% (50000 XB) yog‘li eritmasi 1 ml dan inyeksiya uchun
ishlab chiqariladi.
R e t i n o l p a l m i t a t (Retinoli palmitas). 5,5%li 1 ml da
100000 XB yog‘li eritma holida 10 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. Draje va tabletkalari profilaktika uchun ichiladi. Davo
uchun inyeksiya qilinadi.
E r g o k a l s i f e r o l (Ergocalciferolum). 500 XB (massasi 0,5 g)
dan draje shaklida, spirtli eritmasi (1 ml da 200000 ÒB) flakonda
5 ml dan, yog‘li 0,125% li eritmasi (50000 XB 1 ml da, flakonda
10 ml dan yog‘li 0,0625% li eritmasi) 25000 XB 1 ml flakonda
10 ml dan ishlab chiqariladi. Raxitning oldini olish uchun 0,0125
mkg (500 XB), davo uchun 10000—15000 XB dan kuniga bir
marta 1—2 oy davomida ichiladi.
Ò o k o f e r o l a t s e t a t (Tocopheroli acetas). 5%, 10% va
30% li yog‘li eritmasi 20 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 0,2 g
dan kapsulada, 5% va 30%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. Ichish uchun kuniga 15—100 mg dan, aterosklerozda
bir kecha-kunduzda 100 mg dan beriladi.
V i k a s o l (Vicasolum). 0, 015 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi, 1% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
0,015—0,03 g dan bir kecha-kunduzda ichish uchun, mushaklar
orasiga 0,01—0,015 g dan yuboriladi. Yuqori dozasi kattalar uchun:
ichish uchun bir martalik 0,015 g, bir kecha-kunduzligi—0,03 g.
Suvda eriydigan vitaminlar.
Ò i a m i n b r o m i d (Thiamini bromidum). 0, 0026 g dan
tabletkada, 3%—6% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. Ichish uchun 0,00258—0,00645 g dan profilaktika
uchun, davolash uchun 0,00645-0,00129 g dan kuniga 1—3 marta,
3—6%li eritmasidan 0,5—1 ml dan kuniga 1 marta mushaklar
orasiga yuboriladi.
R i b o f l a v i n (Riboflavinum). 0,01 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. 0,005—0,01 g dan kuniga, avitaminozning og‘ir
turlarida 0,01 g dan kuniga 3 marta ichiladi.
P i r i d o k s i n g i d r o x l o r i d (Pyridoxini hydrochloridum).
0,002 g, 0,01 g dan tabletka holida, 1—5%li eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. 0,02—0,05 g dan kuniga 1—3 marta
ichish uchun, mushaklar orasiga va 1—5%li eritmasi 1—2 ml dan
teri ostiga yuboriladi.


226
N i k o t i n k i s l o t a (Acidum nicotinicum). 0,05 g dan tabletka
holida, 1%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Profilaktika uchun 0,005—0,02 g dan, davo uchun 0,1 g dan
2—3 marta ichiladi. 1%li eritmasi 1 ml dan mushaklar orasiga
yuboriladi.
F o l a t k i s l o t a (Acidum folicum). 0,001 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. 0,0005—0,001 g dan kuniga 1—2 marta ichiladi.
S i a n o k o b a l a m i n (Cyanocobalaminum). 1 ml da 30 mkg,
100 mkg, 200 mkg va 500 mkg dan ampulada ishlab chiqari-
ladi. 0,00005 g sianokobalamin va 0,0008 g folat kislota saqlagan
tabletka holida ishlab chiqariladi. 100—200 mkg dan kunora,
kamqonlikning og‘ir shakllarida 400—500 mkg dan mushaklar
orasiga inyeksiya qilinadi.
A s k o r b i n k i s l o t a (Acidum ascorbinicum). 0,5 g dan
kukun, draje; 0,05 g tabletka holida (ovqatga solish uchun),
0,05 g dan draje, 0,025 g tabletka holida bolalar uchun glukoza
bilan 5% li eritmasi 1,5 ml dan, 10% eritmasi 1, 2, 5 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. Profilaktika uchun 0,05—0, 1 g
dan kuniga 1 marta. Davo muolajasi sifatida 0,05—0,1 g dan kuniga
3—5 marta ichish uchun buyuriladi. Inyeksiya uchun 5%li eritmasi
1—2 ml dan buyuriladi.
K a l s i y p a n g a m a t (Calcii pangamas). Glukonat kislota,
kalsiy tuzlari aralashmasi. 0,05—0, 1 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1—2 tabletkadan 3—4 mahal ichiladi. Davolash kursi
30—40 kun.
V i t a m i n P. R u t i n . (Rutinum). 0,02 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi.
MIKROBLAR, VIRUSLAR VA PARAZIÒLARGA
QARSHI DORI VOSIÒALARI
Ma’lumki, mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib,
ular shartli ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan (soprofitlar)
va kasallik keltirib chiqaradigan (patogen) guruhlarga bo‘linadi.
Patogen mikroorganizmlar odam organizmiga tushganida ma’lum
sharoitda ko‘payib, turli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bular orasida
yuqumli kasalliklar (sil, zaxm, qorin tifi va boshqalar) alohida
o‘rin tutadi.
Bunday kasalliklarga chalingan bemorlarga davo ko‘rsatishda va
kasallikning oldini olishda antibakterial — mikroblarga qarshi dori
vositalarining ahamiyati katta. Ularning mikroblarga ko‘rsatadigan
ta’siri, asosan, 2 xilda namoyon bo‘ladi: bakteriostatik ta’sir va


227
bakteriotsid ta’sir. Bakteriostatik ta’sir deganda preparatning
mikroorganizmlar o‘sishini to‘xtatib qo‘yish xususiyati tushunilsa,
bakteriotsid (sido — «o‘ldirilgan» so‘zini anglatadi) ta’sir deyil-
ganda esa, o‘sha preparatning mikroblarni halok etish xususiyati
tushuniladi. Antibakterial preparatlar konsentratsiyasi, dozasi yoki
miqdoriga qarab ham bakteriostatik (kichik dozada), ham
bakteriotsid (katta dozada) ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mikroblarga qarshi ta’sir etadigan preparatlar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Ular qo‘llanilishi va ta’sir etishi bo‘yicha kimyo-
terapevtik, antiseptik va dezinfeksiyalovchi guruhlarga bo‘linadi.
ANTIBAKTERIAL KIMYOTERAPEVTIK DORI
VOSITALARI
Òanaga yuborilganida odam to‘qima a’zolarida joylashgan va
kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizm yoki parazitlarga qarshi
ta’sir etib, kasallikni bartaraf etadigan yoki kasallikning oldini
olish maqsadida ham beriladigan preparatlarga antibakterial
kimyoterapevtik dori vositalari deyiladi.
Ularga tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan samarali va
ishonchli preparatlar kiradi.
Ular mikroblarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda,
har bir kimyoterapevtik preparatga mikroorganizmlarning faqat
ma’lum turlari sezgir bo‘ladi. Bu degan so‘z har bir
kimyoterapevtik dori vositasi mikroblarga o‘ziga xos bo‘lgan qarshi
ta’sir etish doirasiga (spektriga) ega. Qonga nisbatan ta’sir etish
doirasi keng bo‘lgan preparatlar tibbiyot amaliyotida keng
ishlatiladi va ular samarali dori vositalari hisoblanadi.
Bakteriyalar, viruslar va parazitlarga qarshi kimyoterapevtik
preparatlar quyidagilardan iborat:
1. Antibiotiklar. 2. Sulfanilamidlar. 3. Nitrofuran va oksixinolin
unumlari. 4. Silga qarshi vositalar. 5. Zaxmga qarshi vositalar.
6. Virusga qarshi vositalar. 7. Bezgakka qarshi vositalar.
8. Protozoylarga qarshi vositalar.
Antibiotiklar
Antibiotiklar turli mikroorganizmlar va ayrim o‘simliklar
faoliyatida ko‘payishi va o‘sishi davomida hosil bo‘ladigan,
kimyoviy tuzilishi bo‘yicha murakkab biologik faol moddalardir.
Mikroorganizmlar orasidagi biologik jarayon — antibioz (bir-biriga
qarama-qarshilik) shu moddalar yordamida amalga oshadi. Ular
mikroorganizmlarning har xil turlari, masalan, zamburug‘lar,


228
aktinomitsetlar, bakteriyalar ishlab chiqaradi, boshqa mikroorga-
nizmlarning o‘sishi, ko‘payishini to‘xtatadi. Keyingi vaqtlarda
o‘simliklardan va sintetik yo‘l bilan ko‘p antibiotiklar olindi.
Antibiotiklar tibbiyot amaliyotida keng va samarali ishlati-
ladigan preparatlardan hisoblanadi. Chunki ular boshqa kimyote-
rapevtik vositalar orasida qator ustunlikka ega. Masalan,
sulfanilamidlarga qaraganda antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi
ta’sir spektrining kengligi va kuchliligi, tana uchun nisbatan kam
zaharliligi bilan afzalroq. Ularning ko‘pchiligi parenteral yo‘l bilan
yuboriladi.
Antibiotiklarning asosiy farmakologik xossasi shundan iboratki,
ular ko‘pchilik mikroorganizmlar (grammusbat va grammanfiy
kokklar, bakteriyalar, batsillalar, viruslar, zamburug‘lar, rikketsiy
va boshqalar)ga tanlab bakteriostatik (tetrasiklin, levomitsetin,
oleandomitsin va boshqalar), ayrimlari esa bakteritsid (penitsillin,
ampitsillin streptomitsin, sefalosporinlar, polimiksinlar) ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir hamma mikroorganizmlarga qaratilgan
bo‘lmay, har bir antibiotikning o‘ziga xos antibakterial ta’sir
etish spektri mavjud. Boshqacha aytganda, muayyan antibiotikka
nisbatan hamma mikroorganizmlarning sezuvchanligi har xil (35-
rasm).
Antibiotiklarning umumiy ta’sir mexanizmi quyidagicha:
1. Mikroblarning hujayra pardasi tuzilishini buzadi. Antibi-
otiklarning bunday ta’siri o‘sayotgan, ko‘payayotgan mikroblarni
35- rasm. Kimyoterapevtik dori vositalari guruhining
mikroorganizmlarga ta’sir doirasi.
Patogen
mikroorga-
nizmlar
Kimyopreparatlar
Antibiotiklar
Sulfanilamidlar
Nitrofuranlar
Kokklar Bakte-
riyalar
Batsilla-
lar
Rik-
ket-
siy-
lar
Yirik
viruslar
Spiro-
xema-
lar
Zam-
bu
rug‘-
lar
Stafilo-stpepto-di
plokklar
Gono-meningo-kokklar
Sil mikobakteriyalari
Ichak tifi, paratif
bakteriyalari
Anaerob: qoqshol, gaz
infeksiyalari
Toun, tulyaremiya,
brutsellez 
qo‘zg‘atuvchisi
Ichterlama, ku-isitmasi
qo‘zg‘atuvchisi
Gri
pp,
qizamiq,
adenovirus va boshqa
qo‘zg‘atuvchilar
Qaytarma tif, zaxm va boshqa qo‘zg‘atuvchilar
Kandida turi,
dermatotif


229
kuzatish davrida namoyon bo‘ladi. Bunda parda tuzilishi uchun
zarur bo‘lgan ayrim kimyoviy moddalar (mukopoliðeptidlar, 1-
alanin) to‘siladi, biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlarning
kechishi o‘zgaradi. Natijada parda yemirilib, yangi hujayralar hosil
bo‘lishi to‘xtaydi. Bu xil bakteritsid va bakteriostatik ta’sir
penitsillin guruhiga taalluqli preparatlarga xosdir.
2. Ayrim antibiotiklar mikrob hujayrasining parda o‘tkazuv-
chanligini buzadi. Bunday holat antibiotikning pardaga o‘tirishi
hisobiga parda sathining tortish kuchi kamayishi oqibati deb
tushuntiriladi. Natijada mikroorganizmning o‘sishi, ko‘payishi
to‘xtaydi, tinch holatdagilarining faoliyati susayadi. Bularga
polimiksinlar, nistatin, amfoteritsin preparatlari misol bo‘ladi.
3. Antibiotiklar mikrob ribosomalariga bog‘lanib, ularning
t-RNK bilan birga fermentlar hosil qilishiga to‘sqinlik qiladi.
Natijada mikrob hayoti uchun zarur fermentlarning bo‘lmasligi
hujayraning yemirilishiga olib keladi. Bunday bakteritsid ta’sir
mexanizmi streptomitsin, kanamitsin, neomitsin, gentamitsin va
boshqa antibiotiklarga xosdir.
4. Qator antibiotiklar mikrob hujayrasining oqsillar sintezini
kamaytiradi. Bunda hujayra ribosomalarida oqsilning sintez bo‘lishi
to‘xtaydi va natijada yangi hujayralar hosil bo‘lmay, mikroblarning
ko‘payishiga chek qo‘yiladi. Bularga tetratsiklin, levomitsetin va
boshqalar misol bo‘ladi.
Antibiotiklar yuqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlar keltirib
chiqaradigan barcha kasalliklarda (angina, pnevmoniya, meningit,
peritonit, sepsis, osteomiyelit, dizenteriya, qorin tifi, vabo va
hokazolarda) beriladi. Lekin ularni qo‘llashda dorilar ta’sir
spektrining e’tiborga olinishi talab qilinadi.
Antibiotiklar ayrim kasalliklarda, xususan bemor tanasining
sezuvchanligida tavsiya etilmaydi.
Antibiotiklarning asorati, nojo‘ya ta’sirlari turlicha bo‘lib,
ularning farmokologik xossalari, kimyoviy tuzilishiga bog‘liq.
Ularning bevosita zaharli ta’siri natijasida yuz beradigan asoratlar
asosan nerv tizimida (ko‘rish nervi, polinevrit, ataksiya va boshqa-
lar), peshob chiqarish a’zolarida (nefroz), jigarda (parenximatoz
sariqlik kasali), me’da-ichak tizimida (og‘riq, ich ketishi va
boshqalar) aks etadi. Ko‘pincha bunday holatlarga streptomitsin,
neomitsin preparatlari sabab bo‘ladi.
Òetratsiklin iste’mol qilish tufayli yuz beradigan asoratlardan
biri teratogen ta’sirdir. Homiladorlik davrida antibiotik ta’sirida
homilaning to‘g‘ri rivojlanishi buziladi va bola nogironlik alomatlari
bilan tug‘iladi. Antibiotiklar tufayli ko‘proq kuzatiladigan


230
asoratlardan biri allergiya holatidir. Allergiya turlicha (terida, shilliq
qavatida va hakozo) namoyon bo‘lishi mumkin. Anafilaktik shok
shular jumlasidan bo‘lib, uni asosan penitsillin keltirib chiqaradi
(qon bosimining tushib ketishi, es-hushning normadan og‘ishi va
boshqalar). Shuning uchun penitsillin birinchi bor va takror
yuborilishida bemor tanasining antibiotikka sezuvchanligini
aniqlash shart.
Hozirgi vaqtda antibiotiklarning soni borgan sari ortib bor-
moqda, chunki ularni sintez qilish va yangi preparatlar olish
davom etmoqda. Antibiotiklarning olinishi, kimyoviy tuzilishi,
ta’sir kuchi va spektri turlicha bo‘lgani uchun ular turlicha tasnif
qilinadi. Bular orasida ko‘p ishlatiladigani va qulayrog‘i antibiotik-
larning mikroblarga ta’sir spektri bo‘yicha tasnif etish hisoblanadi.
Ushbu tasnif bo‘yicha ishlatiladigan antibiotiklar, asosan, quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: 1. Penitsillin, sefalosporin va makrolidlar
guruhi. 2. Streptomitsin va boshqalar. 3. Òetratsiklin guruhi.
4. Levomitsetin guruhi. 5. Zamburug‘larga qarshi moddalar. 6. Xavfli
o‘smalarga qarshi preparatlar.
Penitsillinlar. Bularga Na , K li benzil penitsillin va novokainli
tuzi, bitsillinlar, ampitsillin va boshqalar kiradi. Penitsillin prepa-
rati asosan grammusbat kokklarga (streptokokk, pnevmokokk,
gonokokk va boshqalar kiradi), ayrim grammanfiy bakteriyalar,
spiroxetalarga bakteriotsid ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sir mikroblar
hujayralari parda biosintezining buzilishi bilan tushuntiriladi.
Penitsillin dori vositalari olinishi bo‘yicha biosintetik va yarim
sintetik bo‘lib, ta’sir muddati bo‘yicha qisqa, o‘rtacha va uzoq
muddatli guruhlarga bo‘linadi. Benzilpenitsillinning natriyli va
kaliyli tuzi qisqa muddatga ta’sir etadigan, novokainli tuzi
o‘rtacha, bitsillinlar (1, 3, 5) esa uzoq muddat ta’sir etadigan
preparatlar hisoblanadi. Qisqa muddatli dori moddalarini har 4—
6 soatda yuborish zarur bo‘lsa, novokainli tuzini bir kecha-
kunduzda, bitsillinlarni esa kasallikning turiga va ishlatish maqsadiga
qarab haftada, oyda bir martadan yuboriladi.
Yarim sintez yo‘li bilan olinadigan preparatlar (metatsillin,
oksatsillin ampitsillin va ampioks) benzilpenitsillinga chidamli
bo‘lgan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarga yaxshi
davo bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu antibiotiklarning mikroorga-
nizmlarga ta’siri uzoq vaqt davomida saqlanadi, ular penitsillinaza
fermenti ta’sirida kam parchalanadi va allergik asoratlarni nisbatan
kam beradi. Shu sababli ular tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Zotiljam, yiringli yaralar, angina, difteriya, plevrit, zaxm,
so‘zak, endemi, meningit, endokardit, artritlar va h.k.larda.


231
Kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan biosintez yo‘li bilan
olinadigan fenoksimetilpenitsillin preparati kun davomida 4—6
marta og‘iz orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan, ammo uning
qon tarkibida yuqori miqdorda to‘planishi qiyin bo‘lganligi sababli,
davolash samarasi kichikroq. Barcha biosintez yo‘li bilan olingan
penitsillin guruhi preparatlari penitsillinaza fermenti ta’sirida
parchalanadi.
Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan, yarim sintetik preparatlardan
ahamiyatlisi ampitsillindir. Preparat grammusbat hamda grammanfiy
bakteriyalar sabab bo‘lgan kasalliklarda sezilarli naf beradi. Ammo
grammusbat bakteriyalar keltirib chiqargan kasalliklarda penitsillin
guruhi preparatlariga nisbatan kuchsizroq sanaladi. Ampitsillin ham
penitsillinaza ta’sirida sekin-asta parchalanadi. Ampitsillin kislotali
muhitga turg‘un bo‘lib, ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi, peshob
yo‘llari orqali tanadan o‘zgarmagan holda chiqib ketadi. Preparat
zararsiz sanalib, har 4—8 soatda yuboriladi. Ampitsillin peshob
yo‘llari, jigar, o‘t yo‘llari, bronxlar yallig‘lanish kasalliklarida,
jarrohlik amaliyotida, yuqumli ichak kasalliklarini davolashda keng
qo‘llaniladi. Penitsillin guruhidan amoksitsillin yarim sintetik preparat
bo‘lib, keng spektrli bakteritsid ta’sirga ega. Grammusbat,
grammanfiy va boshqa mikroorganizmlarga ta’sir etadi.
Penitsillin preparatlari ta’sirining asoratlari. Ularning
terapevtik ta’sir doirasi katta bo‘lgani sababli salbiy zaharli ta’siri
kamroq uchraydi. Asoratlardan asosiylari allergik reaksiyalar bo‘lib,
taxminan 3—10% bemorlarda qayd etiladi.
Allergiya reaksiyasi bir necha kundan so‘ng boshlanishi, ayrim
hollarda bir zumda boshlanib, terida toshmalar paydo bo‘lishi,
tana haroratining ko‘tarilishi, nafas qisishi bilan namoyon bo‘ladi.
Ayrim hollarda bo‘g‘imlar og‘rishi, yurak, buyrak faoliyatining
o‘zgarishi kabi hollar kuzatiladi. Ba’zan anafilaktik shok holati
yuz berib, fojiali oqibatlarni berishi mumkin. Bulardan tashqari,
penitsillinlar shilliq qavatlarni qitiqlashi oqibatida dispepsiya
(ko‘ngil aynishi, qayt qilish), stomatit (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
qavatining yallig‘lanishi) kuzatilishi mumkin.
Allergik reaksiyani davolashda glukokortikoidlar va antigistamin
preparatlardan dimedrol, piðalfendan foydalaniladi: tanaga
adrenalin gidroxlorid yoki efedrin gidroxlorid, kalsiy xlorid
yuboriladi. Bundan tashqari penitsillin qon ishlab chiqarish
a’zolariga zararli ta’sir ko‘rsatishi va me’da-ichak yo‘lida xavfli
zamburug‘larning (disbakterioz) ko‘payishiga sharoit yaratishi
mumkin. Bu asoratlar yuz bermasligi uchun mazkur guruh
preparatlarning qo‘llanilishi shifokorlarning qat’iy nazorati ostida


232
bo‘lishi kerak. Ular aniq dozalarda, zarur bo‘lgan taqdirdagina
tavsiya etilmog‘i darkor.
Makrolidlar. Ushbu guruh tuzilishiga makrosiklik lakton halqasi
kiritilganligi sababli makrolidlar deb ataladi.
Eritromitsin. Bakteriya (Strepthomyces erytrheus) mahsuloti
bo‘lib, ta’sir etish doirasi bo‘yicha benzilpenitsillinga yaqin.
Preparatga grammusbat bakteriyalar, spiroxetalar ayniqsa sezgir.
Shu bilan birga ayrim grammusbat bakteriyalar: difteriya
tayoqchasi, rikketsiyalar, patogen anaeroblar, traxoma, dizen-
teriya amyobasi ham sezgir. Eritomitsin ta’sirida bakteriyalar
ribosomasida oqsil sintezi buziladi. Preparat kislotali muhitda
qisman parchalanganligi sababli maxsus qobiqlarda (draje) ishlab
chiqariladi.
Eritromitsinga nisbatan bakteriyalar sezuvchanligining tezda
pasayishi tufayli preparat zaxirada saqlanadi va penitsillin guruhi
samarasiz yoki bemorning organizmi sezuvchan bo‘lganda tavsiya
etiladi.
Eritromitsinning nojo‘ya ta’sirlariga allergik reaksiyalar,
dispepsiya holati (me’da-ichak yo‘llari faoliyatining buzilishi) va
ushbu antibiotikka nisbatan turg‘un bo‘lgan bakteriyalarning yangi
turi paydo bo‘lishi qayd etiladi.
Oleandomitsin. Bakteriya (Strepthomyces antibioticus) mahsuloti
bo‘lib, ta’sir doirasi bo‘yicha eritromitsinga yaqin, preparat 4—
6 soat davomida ta’sir ko‘rsatadi, kam zararli. Mahalliy qitiqlovchi
ta’sirga ega bo‘lgan preparat sifatida zahirada saqlanadi.
Sefalosporin guruhi. Sefalosporinlar penitsillin kabi betalak-
tom antibiotiklari hisoblanadi. Ular penitsillinga qarshi o‘laroq
penitsillinaza ta’sirida parchalanadi va ta’sir etish spektri kengroq.
Ular Cephalosporium acremorium zamburug‘lari mahsuloti bo‘lib,
yarim sintez yo‘li bilan ham olinadi.
Sefalosporinlar bakteritsid ta’sir etib, penitsillin kabi bakte-
riya hujayrasi devorining sintezida qatnashuvchi ferment—
transpeptidaza faolligini susaytiradi, ta’sir spektriga ko‘ra ampitsil-
linga yaqin turadi.
Sefalotin (keflin) va sefaloridin (seporin) ancha keng
tarqalgan antibiotik. Ularning ta’siriga grammusbat bakteriyalar o‘ta
sezgir. Ushbu antibiotiklar kislotali muhitga turg‘un bo‘lishi bilan
bir qatorda, me’da-ichak yo‘lida so‘rilishi sust, shuning uchun
ular vena qon tomirlariga yoki mushaklar orasiga yuboriladi.
Sefalosporinlar, asosan, zaxirada saqlanuvchi antibiotiklardan
bo‘lib, penitsillinlar samarasiz bo‘lganda, ko‘pincha peshob


233
chiqarish yo‘llari kasalliklarida beriladi, chunki ushbu antibiotiklar
peshob bilan birga o‘zgarmagan holda ajratilib chiqariladi. Sefalotin
xap 4—6 soatda, sefaloridin 6—8 soatda tavsiya etiladi.
Ushbu guruh antibiotiklardan sefatoksin (klaforan) gram-
manfiy bakteriyalarning sefalosporinaza fermenti ta’siriga turg‘undir.
Uning ta’sir spektri ancha keng bo‘lib, yashil yiring tayoqchasiga
ham bakteriotsid ta’sir etadi.
Sefaleksin (seporeks) preparati enteral usulda qo‘llashga
mo‘ljallangan. Uning so‘rilish muddati qisqa bo‘lib, qonda 1—2
soatdan so‘ng yuqori miqdorda to‘planadi. 15 % qon oqsillari
bilan birikib, 6 soat davomida buyrak orqali chiqib ketadi. U
tabletka, kapsula va suspenziya shaklida ishlab chiqariladi.
Sefalosporinlarning nojo‘ya ta’sirlaridan bemorlarda allergik
reaksiya bo‘ladi, buyrak faoliyatining buzilishi (sefaloridin),
mahalliy ta’sir ko‘rsatishi (sefalotin), dispepsiya holatiga
(sefaleksin) olib kelishi mumkin. Ba’zan sefalosporinlar ta’siriga
turg‘un bo‘lgan bakteriyalar oilasi hosil bo‘lishi (superinfeksiya)
mumkin.
Preparatlar.
A m p i t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Ampicillinum natrium).
0,25; 0,5 g dan flakonda kukun holida erituvchisi bilan birga ishlab
chiqariladi. 250—500 mg dan bir kecha-kunduzda 4—6 marta
mushaklar orasiga yuboriladi.
A m p i t s i l l i n t r i g i d r a t (Ampicillinum trihydras). 0,25 g
dan tabletka va kapsula holida ishlab chiqariladi. 0,5 g dan bir
kecha-kunduzda har 4—6 soatda mushaklar orasiga yuboriladi.
B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Benzylpeni-
cillmum-natrium). Benzilpenitsillin kislota tuzining mog‘or
zamburug‘i turlari ishlab chiqariladi. 250000 ÒB, 500000 ÒB,
1000000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 250000—500000 ÒB
dan teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Bir kecha-kunduzlik
dozasi 10000000—20000000 ÒB.
B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g n o v o k a i n l i t u z i (Benzylpenicil-
linum novocainum). Monogidrat benzilpenitsillin kislotaning novo-
kainli tuzi. 600000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 300000—
600000 ÒB dan mushaklar orasiga kuniga 2 marta yuboriladi.
B i t s i l l i n - 1 (Bicillinum-1). Benzilpenitsillinning N, N-
dibenziletilen diaminli tuzi. 300000—600000 ÒB dan flakonda
ishlab chiqariladi. 300000—600000 ÒBdan haftada bir marta
mushaklar orasiga yuboriladi.
B i t s i l l i n - 5 (Bicillmum-V). Bitsillin-1 va benzilpenitsillinning
novokainli tuzining 4:1 nisbatida aralashmasi. 1500000 ÒB dan


234
flakonda ishlab chiqariladi (erituvchisi 5 ml dan ampulada). Katta
yoshdagilarga 1500000 ÒB dan 1 oyda 1 marta mushaklar orasiga
yuboriladi.
O k s a t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Oxacillinum natrium).
Òabletka, kapsula holida va flakonda 0,25—0,5 g dan ishlab
chiqariladi. 0,25—0,5 g dan bir kecha-kunduzda 4—6 marta
ovqatdan 1 soat oldin va 2—3 soat keyin; inyeksiya uchun bir
kecha-kunduzda 2—4 g dan beriladi.
A m o k s i t s i l l i n (Amoxicillin). Yarim sintetik antibiotik bo‘lib,
keng spektrli bakteriotsid ta’sirga ega. Òabletka holida 0,25 va 0,5 g
dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3 marta beriladi.
E r i t r o m i t s i n (Erytromicinum). 0,1—0,25 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. 0,1—0,25 g dan har 4—6 soatda ichiladi.
O l e a n d o m i t s i n f o s f a t (Oleandomycini phosphas). 0,125
g dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda
0,25 g dan 4—6 marta ichish uchun beriladi.
S e f a t o k s i m (Cephatoximum). Natriyli tuzi holida flakonlarda
0,25; 0,5; 1 va 2 g dan ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga
yuborish uchun 0,5 g ml distillangan suvda eritiladi. Venaga
yuborish uchun 0,5 g kukuni 2 ml (yoki 1 g—4 ml va 2 g—
10 ml) distillangan suvda eritiladi.
S e f a l e k s i n (Cephalexinum). Kapsulalarda 0,25 g;
tabletkalarda 0,5 g; kukun suspenziya uchun 2,5 g li flakonlarda
ishlab chiqariladi. Kapsula va tabletkalar bir kecha-kunduzda 1—
2 g dan ichiladi. Suspenziya tayyorlash uchun 80 ml distillangan
suvda kukuni eritilib maxsus qoshiqchada o‘lchanadi va ichiladi.
K e f z o l (Kefzol). 0,25—0,5 g dan flakonda chiqariladi. 0,5—1,0
g dan venaga yoki mushaklar orasiga hap 6—8 soatda yuboriladi.
Streptomitsin va aminoglikozidlar.
Streptomitsin — Actinomyces globisporus streptomycin ning
mahsulotidir. 1943-yilda Vaksman tomonidan olingan. Streptomitsin
bakteritsid ta’sirga ega. Preparatning ta’siri asosan hujayra
ribosomalaridagi oqsil sintezini to‘xtatishi bilan bog‘liq. Uning
ta’sir spektri keng bo‘lib, asosan sil tayoqchasi, tularemiya,
vabo, yashil yiring tayoqchasi, patogen kokklar, brutsellalar,
grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali
hisoblanadi.
Streptomitsin o‘z davrida sil kasalligida samarali davo vositasi
sanalgan. Shu bilan bir vaqtda undan nafas va peshob yo‘llari
yallig‘lanishi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Ammo unga
nisbatan spiroxetalar, patogen zamburug‘lar, rikketsiyalar, ayrim
anaeroblar, sodda hujayralilar turg‘un.


235
Preparatning nojo‘ya ta’sirlaridan allergik holatlar (terida
toshmalar, tana haroratining ortishi, anafilaktik shok) kuzatilishi
ichki quloq bo‘shlig‘ida to‘planib, eshitish qobiliyatini pasaytirishi
mumkin. Dori eritmalari mahalliy og‘riqqa sabab bo‘ladi, uzoq
muddat davomida qo‘llash esa, unga nisbatan turg‘un bo‘lgan
bakteriyalar oilasining paydo bo‘lishiga (superinfeksiya) sabab
bo‘ladi.
Aminoglikozidlarga neomitsin, gentomitsin va boshqa preparat-
lar kiradi. Ular kimyoviy tuzilishi bo‘yicha streptomitsinga ko‘p
tomondan o‘xshash.
Neomitsin—Actinomyces fradiae mahsuloti bo‘lib, o‘zida AB
va C neomitsinlarni saqlaydi. Neomitsin sulfat keng ta’sir spektriga
ega, unga grammusbat va grammanfiy bakteriyalar sezgirdir.
Anaeroblar, viruslar, spiroxetalar esa ushbu antibiotikka nisbatan
ma’lum darajada chidamlidir.
Bakteriyalarning chidamliligi unga nisbatan sekin-asta namoyon
bo‘la boradi. Neomitsinning me’da-ichak yo‘lidan so‘rilishi
chegaralangan bo‘lib, asosan ichak bo‘shlig‘idagi bakteriyalarga
(ichak tayoqchasi, sodda hujayralilar) ta’sir ko‘rsatadi. Preparat
bemorlarni operatsiyalarga tayyorlash jarayonida boshqa antibiotik-
lar bilan qo‘shib qo‘llanilsa, yaxshi naf beradi. Neomitsin teri
kasalliklarida (yiringli teri yaralari, sachratqi va boshqalar), ayrim
ko‘z kasalliklarida (konyunktivit) ishlatiladi.
Sirtga qo‘llashda preparatning buyrakusti bezi gormonlari
kortikosteroidlar bilan birgalikda ishlatilishi alohida ahamiyat kasb
etadi.
Buyrak faoliyatiga zararli ta’siri bo‘lganligi uchun preparat
parenteral usulda qo‘llanilmaydi. Shu bilan birga eshitish qobi-
liyatini pasaytirishini unutmaslik kerak. Neomitsin buyrak va eshituv
nervi kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Gentamitsin — Micromonospora purpurae va M. echinospora
mahsuloti bo‘lib, gentamitsin sulfat tuzi sifatida qo‘llaniladi. Keng
ta’sir stektriga ega. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga
bakteriotsid ta’sir etadi. Benzilpenitsillinga turg‘un bo‘lgan bakteri-
yalar (yashil yiring tayoqchasi, ichak tayoqchasi, stafilakokklar)
gentamitsinga ta’sirchandir. Ularning preparatga nisbatan turg‘unligi
asta-sekin namoyon bo‘ladi. Bir soatdan so‘ng qonda uning yuqori
miqdori to‘planadi va 8—12 soat davomida saqlanib turadi. Òanadagi
turli to‘siqlardan o‘tmaydi va o‘zgarmagan holda buyraklar orqali
chiqib ketadi. Preparat asosan grammanfiy bakteriyalarga nisbatan
qo‘llanilganda samaralidir. Buyrak-tanosil sistemasi kasalliklarida


236
(piyelonefrit, sistit), sepsisda qo‘llash yaxshi samara beradi.
Gentamitsin eshitish qobiliyati va buyrak faoliyatini izdan
chiqarishi mumkin. Ushbu zararli ta’sirlari preparatni boshqa
aminoglikozidlar bilan qo‘shib qo‘llaganda tezroq namoyon
bo‘ladi.
Sizomitsin Micromonospora inyoensis mahsuloti, gentamitsinga
o‘xshash keng spektrli ta’sirga ega. Bakteriyalarning unga nisbatan
turg‘unligi asta-sekin yuzaga keladi. Ichak yo‘llaridan sekin
so‘rilganligi uchun, eritmalari asosan mushak orasiga yoki venalarga
yuboriladi. Har 8 soat oralig‘ida inyeksiya qilinadi. Zararli ta’siri
va tavsiyalari gentamitsinga o‘xshash.
Monomitsin. Keng ta’sirli spektrga ega bo‘lib, grammusbat,
grammanfiy va kislotali muhitda turg‘un bo‘lgan bakteriyalarga
qarshi ta’sirga ega. Ichak bo‘shlig‘idan sekin so‘riladi, mushaklar
orasiga kiritilganda qonda yuqori miqdorda to‘planadi. Buyrak orqali
tanadan chiqib ketadi, kumulatsiya hodisasi kuzatilmaydi. Asosan
yiringli kasalliklarda, jigar-safro yo‘llari, peshob-tanosil tizimi
yallig‘lanishi kasalliklarida tavsiya etiladi. Jigar, buyrak, eshituv
nervi kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Ba’zan dispepsiya holatlari, allergik reaksiyalari sabab bo‘ladi.
Uzoq muddat ichida yuqori dozalarda qabul qilish superinfeksiya
holatiga (kandidoz) sabab bo‘lishi mumkin.
Preparatlar.
S t r e p t o m i t s i n s u l f a t (Streptomycini sulfas). 0,25—0,5
g dan flakonda ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 0,5—1 g
dan mushuklar orasiga (suvli, izotonik yoki novokainli eritma
holida) yuboriladi.
Streptomitsinning xlor-kalsiyli kompleksi. 0,2 g dan
flakonda ishlab chiqariladi. Buyurilishi streptomitsin kabi.
N e t i l m i t s i n (Netilmycinum). Aminoglikozitlar guruhiga
tegishli. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga bakteritsid
ta’sir etadi. Inyeksiya uchun ampulalarda 1 ml dan (25—50 mg)
ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga va venaga yuborish uchun
mo‘ljallangan. Bir kecha-kunduzlik dozasi 4—6 mg/kg tana og‘irligi
hisobida.
N e o m i t s i n s u l f a t (Neomycini sulfas). 0,5 g li flakonda,
0,1 va 0,25 g li tabletka holida, 0,5% va 2% li malham ko‘rinishida
ishlab chiqariladi.
Ichish uchun 0,1 va 0,25 g, sirtga qo‘llash uchun 25—50
ml, ko‘z tomchilari (1 ml—5000 ÒB) sifatida beriladi.
G e n t o m i t s i n s u l f a t (Gentamycini sulfas). 0,08 g dan
flakonda kukun holida; 0.1% li surtma sifatida 15 g dan; 0,3% li


237
eritmasi 1,5 ml li tyubikda tomchilab berish uchun ishlab
chiqariladi. 0,4 mg/kg dan bir kecha-kunduzda mushak orasiga
yuboriladi, surtmasi sirtga suriladi.
S i z o m i t s i n s u l f a t (Sysomycini sulfas). Ampulada 1; 1,5
va 2 ml dan 5% li eritma holida ishlab chiqariladi. Mushaklar
orasiga 0,001 mg/kg dan bir kecha-kunduzda 3 marta, venalarga
bir martalik doza 5% li glukozaning 50—100 ml bilan yuboriladi.
M o n o m i t s i n (Monomycinum). 0,25 g dan kukun holida
flakonda va 0,25 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,25g
dan bir kecha-kunduzda 4—6 marta ichiladi. 0,25 g dan kuniga
3 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
Òetratsiklinlar.
Òetratsiklinlar ta’siri keng spektrli hisoblanadi. Ular gram-
musbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samaralidir. Ayniqsa,
batsillar, dizenteriya, qorin tifi, o‘ta xafli yuqumli kasalliklardan
— toun, tularemiya, brutselloz, vabo, traxomani davolashda
samaralidir. Grammusbat bakteriyalarga ta’siri penitsillin guruhiga
qaraganda kuchsizroq. Ularga nisbatan bakteriyalar turg‘unligi
sekin-asta yuzaga chiqadi.
Òetratsiklinlar bakteriya hujayrasi ribosomalarida oqsil sintezini
buzadi, shu bilan bi vaqtda ular ayrim metall ionlarini (Mg,
Ca) biriktirib, fermentlar faolligini susaytirib bakteriostatik ta’sir
ko‘rsatadi.
Preparat me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, qonda 2—4
soatdan so‘ng dorining yuqori miqdori to‘planadi, uzoq muddat
davomida jigarda, suyak to‘qimasida ma’lum miqdorda to‘planadi.
Òetratsiklin turli to‘qima to‘siqlaridan yengil o‘tadi. Òanadan
peshob va safro tarkibida chiqib ketadi, ayni vaqtda ingichka
ichakdan qisman qayta so‘riladi.
Òetratsiklinlar penitsillin va streptomitsin preparatlariga
mikroblar turg‘unligi hosil bo‘lganida ayniqsa samarali. Ular asosan
og‘iz orqali qabul qilinib, har 4—8 soatda tavsiya etiladi.
Ushbu guruh preparatlari nojo‘ya ta’sir etishi mumkin,
chunonchi allergik reaksiyalar, tana harorarining ko‘tarilishi,
dispepsiya holatlari, jigar faoliyati o‘zgarishi mumkin. Homilador-
likning birinchi yarmida va bolalarga tavsiya etilmaydi. Bundan
tashqari tetratsiklinlar suyak to‘qimasida to‘planib, uning shakl-
lanishiga, tishlarning o‘sishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ba’zan
tetratsiklinlar guruhi modda almashinuvi jarayonlariga ham ta’sir
etishi natijasida oqsil sintezi pasayadi, tanadan suv, natriy,
aminokislotalar va ayrim vitaminlar chiqishi tezlashadi. Uzoq
muddat qo‘llash oqibatida ichak mikroflorasida saprofitlar halok


238
bo‘lib, aynan shu guruh preparatlarga nisbatan turg‘un bo‘lgan
bakteriyalar oilasi paydo bo‘lishi, natijada kandidomikoz kasalligi
avj olishi mumkin, ba’zan esa B vitaminlar guruhining
yetishmasligi kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Shu sababli muolaja
davomida preparatlarni nistatin va B vitaminlar guruhi bilan
qo‘shib qo‘llash tavsiya etiladi.
Levomitsetin. Levomitsetin Streptomices vensuelae bakteriyasi
mahsuloti bo‘lib, sintez yo‘li bilan olingan antibiotik. Katta ta’sir
doirasiga ega bo‘lib, ichak guruhi bakteriyalariga, grammusbat va
grammanfiy bakteriyalarga qarshi bakteristatin ta’sir ko‘rsatadi.
Preparat ribosomalarda oqsil sintezini pasaytiradi. Levomitsetin
me’da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Qonda 2 soatdan so‘ng
yuqori miqdorda to‘planadi va har 6 soat oralig‘ida ichish uchun
buyuriladi, asosan jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchrab, peshob
tarkibida tanadan chiqib ketadi.
Levomitsetin asosiy antibiotiklarni qo‘llash imkoniyati bo‘l-
magan taqdirda — qorin tifi, rikketsioz, brutselloz, salmonelloz
kasalliklarida qo‘llaniladi. Odatda, og‘iz orqali tabletkalar
ko‘rinishida yoki mahalliy qo‘llash uchun eritmalar holida tavsiya
etiladi. Parenteral yo‘l bilan yuborish uchun levomitsetin suksinat
natriy tuzi mavjud.
Bemorlarni levomitsetin bilan davolash davomida allergik
reaksiyalar, qon ishlab chiqaruvchi a’zolar faoliyatining buzilishi,
ba’zan aplastik kamqonlik, kandidomikoz kasalligi kuzatilishi
mumkin. Shu sababli davolash muddati maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Polimiksinlar.
Bular hujayra membranasining butunligini buzadi. Natijada
hujayra komponentlarining atrof-muhitga chiqishi kuzatiladi va
bakteriyalar halok bo‘ladi.
Polimiksin-M sulfat ta’sirida grammanfiy bakteriyalar sezgir
bo‘lib, ayrim bakteriyalarning turg‘unligi asta-sekin namoyon
bo‘ladi.
Preparat enteral va mahalliy usul bilan tanaga yuborish uchun
buyuriladi. Parenteral usulda qo‘llash kuchli nefro va neyrotoksik
holatlarga sabab bo‘lishi mumkin, shu sababli enteral usullar bilan
turli ichak kasalliklarida, jarrohlik amaliyoti oldidan qo‘llaniladi,
mahalliy usulda esa turli yiringli yaralarni davolashda ishlatiladi.
Polimiksin-M sulfat allergik reaksiyalar keltirib chiqarmaydi,
ayrim hollarda dispepsiya kuzatilishi mumkin. Preparat buyrak
kasalliklarida berilmaydi.
Preparatlar.
Ò e t r a t s i k l i n g i d r o x l o r i d (Tetracyclini hydrochloridum).
0,5 g dan tabletka, 1 g dan 10000 ÒB bor 1% li surtma shaklida


239
ishlab chiqariladi, 0,2—0,25 g dan kuniga 3—4 marta ichiladi.
Surtmasi sirtga qo‘llaniladi.
M e t a t s i k l i n g i d r o x l o r i d (Metacyclini hydrochloridum).
0,15—0,3 g dan kapsulada ishlab chiqariladi. 2 kapsuladan kuniga
2 marta ovqatdan keyin (yoki ovqat bilan birga) ichiladi. Davo
kursining davomiyligi 5—7 kun.
D o k s i t s i k l i n (Doxyciclinum). Kapsulada 0,05 va 0,1 g,
tabletkada 0,1 g va kukun holida ampulada 0,1 g dan ishlab
chiqariladi. 8 yoshdan kattalarga ichish uchun va venaga yuborish
uchun beriladi. Birinchi kuni kecha-kunduzlik dozasi 0,2 g (bir
marta yoki 2 marta har 12 soatda), keyinchalik 0,1 g dan 1
marta.
O l e t e t r i n (Oletetrinum). Òarkibida tetratsiklin (2 qism),
oleandomitsin (1 qism) saqlaydi. 0,125 g dan tabletka; 0,25 g
dan kapsula shaklida ishlab chiqariladi. 0,25 g dan bir kecha-
kunduzda 4—6 marta beriladi.
L e v o m i t s e t i n (Laevomicetinum). 0,25 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan 3—4 marta ichiladi.
L e v o m i t s e t i n s u k s i n a t n a t r i y (Laevomicetini
succinas). Flakonda 1 g dan kukun holida ishlab chiqariladi. 0,5%
li novokain ampulada 5 ml dan eritma sifatida qo‘llaniladi. 0,5—
1 g dan kuniga 2—3 marta inyeksiya qilinadi.
P o l i m i k s i n „ B “ s u l f a t (Polymixini B sulfas). 250000—
500000 ÒB flakonda ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga, venaga
yuboriladi. 0,5—0,7 mg kg dan kuniga 3-4 martadan mushaklar
orasiga yuboriladi. 20—50 mg preparat 5%li glukozaning 200—
300 ml da eritib venaga tomchilatib yuboriladi.
Òurli guruhlarga mansub antibiotiklar orasida e’tiborga sazovor
preparatlardan ristomitsin hisoblanadi. U ayniqsa tillasimon
stafilakokklar, pnevmokokk, strptokokklar, enterekokk, anaerob
va kislotaga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyada
yaxshi samara beradi.
Stafilokokk infeksiyasida ishlatiladigan sintetik antibiotiklardan
linkomitsinni tavsiya etish mumkin. U grammusbat kokklarga kuchli
ta’sir ko‘rsatadi. Zaharli ta’siri kam.
Fuzidin steroid tuzilishli sintetik antibiotik bo‘lib, ishlatilishi
va farmokologik ta’siri bo‘yichi linkomitsinga yaqin.
Preparatlar.
R i s t o m i t s i n s u l f a t (Rystomicini sulfas). Flakonlarda
100000 va 500000 ÒB ishlab chiqariladi. Faqat venalarga (!)
yuborish uchun, 1mln—1,5 mln ÒB dan har 12 soatda yuboriladi.


240
L i n k o m i t s i n g i d r o x l o r i d (Lincomicini hydrochlori-
dum). Kapsulada 0,25 g va ampulada 1—2 ml 30% li eritma holida.
Venalarga yuborish uchun 0,6 g moddani 250 ml 5%li glukozada
eritiladi, bir kecha-kunduzda 2 marta ichish uchun 0,5 g dan
beriladi.
K l i n d a m i ts i n (Clyndamicin). Kapsulada 0,15 va 0,75 g
(bolalar uchun), 15%li eritmasi ampulada 2, 4, 6 ml dan ishlab
chiqariladi. Kapsulalar 0,15 g dan, har soatda beriladi. 0,6—2,4 g
dan kecha-kunduzda mushaklar orasida yuboriladi.
F u z i d i n n a t r i y (Fusidini natrium). Òabletka shaklida 0,125
va 0,25 g dan ishlab chiqariladi. 0,501 g dan 3 mahal ovqatdan
so‘ng ichiladi.
Zamburug‘larga qarshi antibiotiklar
Keng ta’sir spektriga ega bo‘lgan antibiotiklarni (tetratsiklin,
streptomitsin, levomitsetin va boshqa) uzoq muddat iste’mol
qilish oqibatida og‘iz bo‘shlig‘i, meda-ichak yo‘llari shilliq
qavatlarida Sandida oilasiga mansub bo‘lgan zamburug‘lar
kaloniyalari paydo bo‘ladi. Ya’ni, sandimikos kasalligi yuz beradi.
Ba’zan ushbu zamburug‘lar qon orqali ichki a’zolarga o‘tib og‘iz
xastaliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday kasalliklarni davolash uchun quyidagi antibiotiklardan
foydalaniladi:
Nistatin — kislotali va ishqoriy muhitda tez parchalanadigan,
suv va spirtda erimaydigan xususiyatlarga ega. Shuning uchun ichak
bo‘shlig‘ida yuqori miqdorda to‘planadi. Ovqatdan bir soat oldin
beriladi. Xlorid kislota ta’siridan saqlash uchun maxsus qobiqlarda
(kapsulada) ishlab chiqariladi. 2 hafta davomida qo‘llaniladi, kam
zaharli bo‘lib, nojo‘ya holatlar keltirib chiqarmaydi. Òerining
zamburug‘li kasalliklarida dorining 4% li malhami qo‘llaniladi.
Levorin preparatining natriyli tuzi suvda eruvchan bo‘lib,
500000 ÒB tabletkalari kecha-kunduz davomida 2—3 martadan
10—12 kun davomida qabul qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i kandidamikoz
kasalligida lunjda ushlab turish uchun maxsus tabletkalar mavjud.
Natijada og‘iz bo‘shlig‘ida dorining yuqori miqdorda to‘planishi
kuzatiladi. Sirtga qo‘llash uchun malhamlardan foydalaniladi.
Nistatin kabi qo‘llaniladi. Prostata bezining adenoma kasalligida
tavsiya etiladi.
Amfoteritsin B — keng ta’sir spektriga ega, zaharli ta’siri
sezilarli bo‘lgan antibiotik. Ichki a’zolar zamburug‘li kasalliklarida
ichakdan so‘rilmaydi. Vena tomirlariga uning aniq dozalardagi


241
eritmalari (250 ÒB 1 kg tana vazniga nisbatan) tomchilatib
kiritiladi. Davolash davomida qon ko‘rinishi, jigar, buyrak faoliyati
nazorat qilinadi.
Ushbu guruhga mansub antibiotiklardan anfoglukamin va
mikogeptin ta’siri jihatidan yuqorida keltirilgan antibiotiklarga
o‘hshash. Ular mikroorganizm membranasi o‘tkazuvchanligini
kuchaytiradi.
Grizeofulvin kimyoviy tuzilishi jihatidan qisman farq qiladigan
antibiotik bo‘lib, teri zamburug‘lari kasalliklarida (dermatomikoz)
qo‘llaniladi. Uning ta’sirida zamburug‘ hujayrasida bo‘linish
jarayonlari buziladi. Preparat asosan teri, soch, tirnoq zambu-
rug‘lari kasalliklarida beriladi.
Preparatlar.
L e v o r i n (Laevorinum). Sirtga qo‘llash uchun kukun holida,
500000 ÒB dan ishlab chiqariladi. 400000—500000 ÒB dan kecha-
kunduz 2—3 marta ichish uchun, 5%li surtmasi mahalliy qo‘llash
uchun beriladi.
L e v o r i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Laevorin-natrium).
200000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 200000 ÒB har bir
ml chayish va yuvish uchun beriladi. 100000—400000 ÒB da 5
ml dan ingalatsiya uchun buyuriladi.
N i s t a t i n (Nistatinum). 250000—500000 ÒB dan tabletka,
10%li surtma shaklida 15 g dan tubikda ishlab chiqariladi. 500000
ÒB dan kuniga 3—4 matra 250000 ÒB bir kecha-kunduzda 6—
8 marta ichish uchun beriladi.
A m f o t e r i t i n B (Amfoterinum-B). 500000 ÒB dan flakonda
ishlab chiqariladi. Òomchilatib vena qon tomirlariga quyiladi.
M i k o k e p t i n (Micoceptinum). Òabletka holida 500000 ÒB
dan va malham shaklida sirtga qo‘llash uchun ishlab chiqariladi.
G r i z e o f u l v i n (Griseofulvinum). Òabletka holida 0,125 g,
suspenziyasi 100 ml li idishda ishlab chiqariladi. 1 ÒB dan bir
kecha-kunduzda 4 mahal beriladi. 0,6 g suspenziyasi teriga surtiladi.
Davolash muddati 1 oygacha.
Sulfanilamid dori vositalari
Sulfanilamidlar amid sulfanil kislotaning unumlari bo‘lib,
turli mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan, tibbiyot
amaliyotida keng ishlatiladigan kimyoterapevtik preparatlardir.
Sulfanilamidlarning asosiy farmakologik xossasi turli mikroor-
ganizmlarga, ko‘p grammusbat, grammanfiy kokklarga va ayrim
ichak kasalligi bakteriyalariga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatishidan


242
iborat. Ya’ni sulfanilamid preparatlari ta’sirida bu mikroorganizm-
larning bemor tanasida ko‘payishi va o‘sishi to‘xtab qoladi,
rivojlanishi susayadi. Ayniqsa, yiringli yallig‘lanish jarayonini
keltirib chiqaruvchi kokklar (strepto-, stafilo, meningo-, gono-,
pnevmokokklar) va ayrim manfiy bakteriyalar (dizenteriya)
sulfanilamidlarga sezuvchandir (9- jadval).
9- jadval
Mikroorganizmlarning sulfanilamidlarga sezuvchanligi
t
a
r
a
p
e
r
P
i
m
o
n
-
il
o
m
e
G
-
p
e
r
t
s
k
it
k
k
o
k
o
t
-
o
g
n
i
n
e
M
k
k
o
k
-
o
m
v
e
n
P
k
k
o
k
-
o
n
o
G
k
k
o
k
-
o
li
f
a
t
S
k
k
o
k
k
a
h
c
I
i
h
u
r
u
g
d
i
s
t
o
t
p
e
r
t
S
+
+
+
+
+
+
+
+
+
0
+
l
o
z
a
fl
u
s
r
o
N
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
0
n
i
z
e
m
i
d
a
fl
u
S
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
l
o
z
a
t
E
+
+
+
+
+
+
+
+
0
+
+
+
n
is
k
o
t
e
m
i
d
a
fl
u
S
+
+
+
0
+
+
+
+
+
+
+
+
+
l
o
z
a
l
a
t
F
0
0
0
0
0
+
+
+
„+“ belgi preparatlarning ta’sir kuchini, „0“—ta’sirning yo‘qligini bildiradi.
Sulfanilamidlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha, paraaminobenzoy
kislotaga (PABK) o‘xshaydi. PABK esa mikroorganizmlarning
ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan folat kislotaning sintezi uchun
zarur modda hisoblanadi. PABK bilan sulfanilamidlarning o‘zaro
raqobati natijasida preparat kislota o‘rniga o‘tirsa, folat kislotadan
mikroorganizmlar ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan „o‘sish
omili“ning hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Bu mikroblarning tuzilishi
uchun kerak bo‘lgan nuklein kislotalar sintezining buzilishi
oqibatida mikroblar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sulfanilamid bilan PABK orasidagi raqobatda preparatning
ustunligini ta’minlash uchun uning miqdori PABKnikiga qaraganda
200—300 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Faqat shundagina sulfanila-
midlarning bakteriostatik ta’siri namoyon bo‘ladi.
Umumiy ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan sulfanilamidlar
me’da-ichak tizimi orqali yaxshi so‘riladi va a’zo to‘qimalarida
baravar tarqaladi. Ularning bir qismi jigarda, sirka kislotaning
qoldig‘i bilan birikma hosil qiladi yoki atsetillanadi. Natijada
preparat o‘z faolligini yo‘qotadi va peshob bilan chiqib ketadi.


243
Atsetillangan birikma suvda yomon erigani uchun kislotali muhitda
peshob chiqarish yo‘llarida cho‘kmaga tushib, tosh hosil qilishi
mumkin.
Sulfanilamidlar grammusbat yoki grammanfiy kokklar va
grammanfiy bakteriyalar keltirib chiqargan yallig‘lanishda ichak
kasalliklariga davo qilishda keng qo‘llaniladi. Bu xastaliklar qatoriga
angina (tomoq kurtagining yallig‘lanishi), bronxit, bronxopnevmoniya
(nafas yo‘lining yallig‘lanishi), meningit (miya pardasining
yallig‘lanishi), gonoreya (so‘zak), konyunktivit (ko‘z shilliq
pardasining yallig‘lanishi), dizenteriya (ichburuq), terining yiringli
yaralari (chiðqon, sezuvchan karbunkul va hakozolar) kiradi.
Bemor ushbu preparatlarga sezuvchan bo‘lganida, ya’ni
(allergiya), buyrak kasalliklarida, og‘ir ateroskleroz va yurak
porogida tavsiya etilmaydi.
Sulfanilamidlar qator nojo‘ya holatlar — ishtahaning yo‘qoli-
shi, ko‘ngil aynishi, qonda leykotsitlar miqdorining kamayib
ketishi, agranulositoz, gemoliz, eritrotsitlarning yemirilishiga
sabab bo‘lishi mumkin. Peshob chiqarish yo‘llarida tosh hosil
bo‘lishi, terida qichima (allergiya), toshmalar bo‘lishi mumkin.
Bular bilan bir qatorda markaziy nerv tizimi faoliyatining susa-
yishi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni ham kuzatish mumkin.
Sulfanilamidlar ta’sir etish muddati va ishlatilishi bo‘yicha
tasniflanadi. Ushbu tasnif preparatlarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam
berib, muolaja natijasi yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi (10- jadval).
10- jadval.
r
a
lt
a
r
a
p
e
r
P
l
u
b
a
Q
h
s
il
i
q
i
b
it
r
a
t
i
s
a
z
o
d
k
il
z
u
d
n
u
k
-
a
h
c
e
K
a
h
c
a
t
r
‘
O
-
o
d
s
r
u
k
g
,i
s
a
z
-
h
s
o
b
o
v
a
d
g
,
a
d
i
h
s
i
n
a
l
-
n
u
k
i
g
n
i
y
e
k
g
,
a
d
r
a
l
:i
h
c
v
u
t
e
r
i
s
’
a
t
t
q
a
v
a
q
s
i
Q
.
1
,l
o
z
a
t
e
,l
i
s
t
a
fl
u
s
,
d
i
s
t
o
t
p
e
r
t
s
l
o
z
a
fl
u
s
r
o
n
,
n
i
z
e
m
i
d
a
fl
u
s
r
a
h
6
—
4
a
d
t
a
o
s
6
—
4
4
—
3
5
2
—
0
2
:i
h
c
v
u
t
e
r
i
s
’
a
t
t
q
a
v
a
h
c
a
t
r
‘
O
.
2
n
i
z
a
fl
u
s
li
t
e
m
,
n
i
z
a
fl
u
s
2
1
r
a
h
a
d
t
a
o
s
3
—
2
2
—
1
2
1
—
0
1
:i
h
c
v
u
t
e
r
i
s
’
a
t
t
q
a
v
q
o
z
U
.
3
-
e
m
i
d
a
f
l
i
s
,
n
i
z
a
d
i
r
i
p
a
f
l
u
s
n
i
s
k
o
t
e
m
o
n
o
m
a
fl
u
s
,
n
i
s
k
o
t
r
a
h
4
2
a
d
t
a
o
s
2
—
1
1
—
5
,
0
6
—
5
-
v
u
t
e
r
i
s
’
a
t
t
q
a
v
q
o
z
u
a

O
.
4
n
e
l
a
fl
u
s
:i
h
c
r
a
h
8
4
—
4
2
a
d
t
a
o
s
1
—
8
,
0
5
,
0
—
2
,
0
3
—
2


244
Qisqa vaqt ta’sir qiluvchi sulfanilamidlar bilan davo qilishda
preparat birinchi bor maksimal dozada (2 g), keyin o‘rtacha (1 g)
terapevtik dozada har 4—6 soatda beriladi. Yuqorida aytilganidek,
sulfanilamidning qondagi konsentratsiyasi tezda ko‘tarilib, yuqori
miqdorda doimiy bo‘lgandagina, uning PABK bilan raqobati
preparat foydasiga hal bo‘lib, kasallikni bartaraf etadi. Bu qoida
boshqa guruh preparatlariga ham tegishli. Uzoq va o‘ta uzoq
muddat ta’sir etadigan sulfanilamidlar, asosan, surunkali
yallig‘lanish xastaliklarida (bronxit, uretrit, traxoma) tavsiya
etiladi. O‘tkir yuqumli kasalliklarda qisqa muddatli ta’sirga ega
preparatlardan, keyin davolashni davom ettirishni maqsad qilib
qo‘yib, qo‘llaniladi. Bundan tashqari, sulfanilamid preparatlari
qabul qilinayotganda bemor ko‘p miqdorda suv, yaxshisi, ishqoriy
mineral suvlar (Borjomi, Òoshkent mineral suvi) iste’mol qilishi
zarur. Shunda buyrak yo‘llari orqali chiqib ketayotgan atsetillangan
sulfanilamid muhitni kislotali muhitga o‘tkaza olmaydi va
cho‘kmaga tushmaydi hamda tosh hosil bo‘lmaydi.
Preparatlarning ta’sir mexanizmini e’tiborga olgan holda
davolash davomida bemor tanasini chiniqtirish, kasallikka
nisbatan qarshiligini oshirish tadbirlari ko‘riladi. Jumladan, sifatli
va quvvatli taom kuniga 4—5 marta beriladi, vitaminlarga boy
bo‘lgan oziq-ovqatlar tavsiya etiladi.
Sulfanilamid preparatlarining samarali davo ko‘rsatishi
ularning mikroblarga ta’sir etish spektriga va dorini to‘g‘ri tanlashga
bog‘liq bo‘lib qolmasdan, dorilarning fizik-kimyoviy xossalariga,
farmakokinetikasiga va tanaga yuborish yo‘llariga ham bog‘liq.
Shularni e’tiborga olib, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi:
— me’da-ichakdan yaxshi so‘riladigan;
— to‘qimalarda yuqori va doimiy konsentratsiyada hosil
bo‘ladigan;
— butun tanaga keng miqyosda tarqalib ta’sir etib, peshob
bilan chiqib ketadigan sulfanilamidlar.
S u l f a p i r i d a z i n (Sulfapyridasinum) shular jumlasidan.
0,5 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema bo‘yicha buyu-
riladi.
S u l f a t s i l n a t r i y (Sulfacilum-natrium). 20% eritmasi 1,5
ml dan tomchi-tubiklarda, 30% li eritmasi 5 ml dan flakon va
ampulada; ko‘z tomchisi sifatida 10, 20, 30% li eritma va surtma
holida ishlab chiqariladi.
B a k t r i m ( s u s p e n z i y a ) (Suspensi Bactrim). Òarkibida (5
ml da) sulfametoksazol-3 (p-aminobenzol-sulfamido)-5-
metilizoksazol)-pirimidin— 0,04 g bor. 100 ml dan flakonda ishlab


245
chiqariladi. Ovqatdan keyin ichiladi, dozasi bolaning yoshiga qarab
belgilanadi (6 haftadan 5 oylikkacha 1—2 choy qoshig‘ida kuniga
2 marta; 6 oylikdan 5 yoshgacha — 1 choy qoshig‘idan kuniga
2 marta; 5—12 yoshgacha 2 choy qoshig‘idan kuniga 2 marta).
B i s e p t o l (Biseptolum). Òarkibida trimetoprim — 0,08 g,
sulfametoksazol 0,4 g bor. 0,48 g, 0,12 g dan tabletkada, 9,6% li
eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Katta yoshdagilarga
2 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatdan keyin beriladi. Bolalarga
yoshiga qarab sxema bo‘yicha buyuriladi.
„ S u l f a t e n “ (Sulfaton). Òarkibida sulfamonometoksin va
trimetoprim (2,5:1) saqlaydi. 0,35 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. Sxema bo‘yicha beriladi (Biseptolning analogi
hisoblanadi).
NITROFURAN, OKSIXINOLIN VA NAFTIRIDIN
UNUMLARI
Nitrofuranlar. Ular 5- nitrofuranning unumlari bo‘lib,
nitroguruh hisobiga bir qator mikroorganizmlarga bakteriostatik
ta’sir etadi va o‘z farmakologik ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha
sulfanilamidlarga yaqin turadi. Kimyoterapevtik spektri bo‘yicha
ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga (stafilo-
kokk, streptokokk, enterokokk, ichak tayoqchasi, qorin tifi ta-
yoqchasi, salmonellalar, shigellalar, paratif va dizenteriya bak-
teriyalari, zamburug‘lar, viruslar) ta’sir etib, sulfanilamidlardan
ustun turadi. Nitrofuran katta konsentratsiyada bakteritsid ta’sir
ko‘rsatadi. Ularning mikroorganizmlarga bo‘lgan bu xil ta’siri
degidrogenaza fermentining tormozlanishi va oksidlanish-qaytarilish
jarayonida qatnashishining chegaralanishi bilan izohlanadi. Natijada
mikroorganizmlarning energetik balansi, hujayra hayoti izdan
chiqadi.
Nitrofuranlar sulfanilamid va antibiotiklarga chidamli bo‘lgan
yuqumli kasalliklarda kam naf ko‘rsatadi. Allergiya holatini deyarli
keltirib chiqarmaydi. Nitrofuranlar ta’siriga mikroorganizmlarning
o‘rganib qolishi sekin-asta yuzaga chiqishi mumkin. Ko‘pchilik
preparatlar mahalliy ta’sir ko‘rsatib, yaraning bitishini tezlash-
tiradi. Ayrim nitrofuran preparatlari tanada metabolizmga
uchramagani uchun buyrak orqali chiqayotganida o‘z antibakterial
xususiyatini saqlaydi. Shuning uchun ham ular uroantiseptik sifatida
peshob yo‘llarining yallig‘lanishi bilan bog‘liq xastaliklarda keng
ishlatiladi. Bundan tashqari, ular jarrohlik, ginekologiya, gastro-
enterologiyada kimyoterapevtik va antiseptik preparatlar kabi


246
beriladi. Masalan, yiringli va anaerob infeksiyada, teri yiringli
kasalliklari, angina, konyunktivit, dizenteriya, ovqat toksikoin-
feksiyasi, enterokolit, osteomiyelit, peritonit, sepsis, lamblioz,
trixomonoz va boshqalarda ham qo‘llaniladi.
Nitrofuranlarni uzoq muddat davomida qo‘llash tavsiya
etilmaydi. Chunki ular noxush holatlarga (ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, ishtahaning yo‘qolishi, qorinda og‘riq sezish va hakozolar)
sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun nitrofuranlarni 7—14 kun
davomida berish maqsadga muvofiq.
Furatsilin nitrofuran preparatlari orasida keng ishlatiladigan
antiseptik preparat hisoblanib, 0,02% li eritmasi og‘izni chayish,
yaralarni yuvish uchun qo‘llaniladi. O‘tkir dizenteriyada 0,1 g
dan ichish uchun ham tavsiya etiladi.
Furadonin va furagin, asosan, peshob yo‘llari infeksiyasida,
furazolidon esa trixomonadoz, lambliozda ham keng qo‘llaniladi.
Keltirilgan preparatlar antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin,
levomitsetin va boshqalar) bilan qo‘shib berilsa, ta’sir samarasi
ancha yuqori bo‘ladi.
Oksixinolin va naftiridin unumlari. 8-oksixinolin unumlariga
kiruvchi preparatlar o‘z farmakologik ta’siri bo‘yicha nitrofuran
va sulfanilamidlarga yaqin turadi. Ular ham grammusbat va
grammanfiy mikroorganizmlarga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, parazitlarga va patogen zamburug‘larga ham
ta’sir ko‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi preparatlar kimyoterapevtik
va antiseptik dorilar sifatida tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Òibbiyotda ancha ma’lum preparatlardan biri NOK 8-
oksixinolin unumlari hisoblanadi. Uning antibakterial ta’sir etish
doirasi keng. Preparatning ayrim patogen zamburug‘larga ham
ta’siri bor. Ichak orqali yaxshi va tez so‘rilib, tanada metabolizmga
uchramay, peshob yo‘llarida mikroorganizmlarga qarshi ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham 5-NOK, asosan, buyrak va peshob
yo‘llarining kokklar keltirib chiqargan yallig‘lanishida (piyelonefrit,
sistit, uretrit, prostatit va boshqalar) ahamiyatlidir. Preparat
noxush holatlarni deyarli keltirib chiqarmaydi. Ba’zan ko‘ngil
aynishi, ishtaha yo‘qolishi mumkin.
Ushbu guruhga kiruvchi xiniofon va boshqa bir qator
preparatlar asosan protozoylarga (bezgak), zamburug‘ kasalligiga
qarshi va antiseptik (xinozol) dori sifatida yaralarni yuvish, chayish
maqsadida tavsiya etiladi. Naftiridin unumi bo‘lmish negram
preparati ancha kuchli antibakterial ta’sirga ega. U, asosan, gram-
manfiy bakteriyalarga (ichak tayoqchasi, protey va boshqalar)
bakteriostatik ta’sir etib, ularning ko‘payishini to‘xtatadi. Sulfa-


247
nilamid va antibiotiklarga chidamli bo‘lgan mikroorganizmlarga ham
ta’sir etadi. Shuning uchun ham u ko‘pincha boshqa antibakterial
preparatlar samarasiz bo‘lganida, ichak va peshob yo‘li
yallig‘lanishida keng qo‘llaniladi.
Preparatlar.
F u r a d o n i n (Furadoninum). 0,05 va 0,1 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. Kuniga 0,1—0,15 g dan 3—4 marta ichish uchun
beriladi. Yuqori dozasi bir martalik ichish uchun: 0,3 g, kecha-
kunduzligi — 0,6 g.
F u r a z o l i d o n (Furazolidonum). 0,05 g dan tabletka va
granula holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,1—0,15 g dan
kuniga 4 marta (dizenteriya, toksikoinfeksiyada) beriladi.
F u r a t s i l i n (Furacilinum). Ichish uchun 0,02 g dan
tabletka holida; sirtga qo‘llash uchun 0,1 g dan; 0,2% lisi 25
g dan surtma shaklida ishlab chiqariladi. Suvli (1:5000), spirtli
(1:1500) eritmasi va 0,2% li surtmasi sirtga qo‘llash (chayish,
yuvish, surtish) uchun; 0,1 g li tabletkadan bir kecha-kunduzda
4—5 marta ovqatdan keyin ichiladi.
N i t r o f u r a l (Nitrofural). Nitrofuran unumi. Òabletkada 0,1;
0,02 g dan eritma tayyorlash uchun ishlab chiqariladi. Òerining
yiringli yaralarini (kuyish, chiðqon, osteomiyelit va b.) yuvish
uchun sirtga ishlatiladi.
F u r a g i n (Furaginum). 0,05 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 0,1—0,2 g dan kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin
ichiladi.
N i t r o k s o l i n (5-NOK) (Nitroxolinum). 0,05 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. Ovqat bilan 0,05—0,1 g dan kuniga
3—4 marta ichish uchun beriladi. Kecha-kunduzlik yuqori dozasi
0,8 g.
X i n i o f o n (Chinifonum). (3 qism) va natriy gidrokarbonat
(1 qism) aralashmasi. 0,25 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi.
0,5 g dan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi:
bir martaligi 1 g, kecha-kunduzligi —3 g.
S i ð r o f l o k s a t s i n (Ciðrofloxacine). Òabletkada 0,25; 0,5 va
0,75 g dan; 0,2% li eritmasi 50—100 ml li flakonda infuziya uchun;
1% li eritmasi ampulada 10 ml dan ishlab chiqariladi. Òabletkalari
kasallik turiga qarab (0,25; 0,5 g) kuniga 2 marta, ampuladagi
eritmalari venaga (0,1 g dan) yuboriladi.
O f l o k s a t s i n (Ofloxacin). Òabletkada 0,2 g dan ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 2 marta beriladi.
X i n o k s i d i n (Chmoxydinimi) 0,25 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin ichish uchun 0,25 g dan kuniga
3 marta beriladi.


248
Silga qarshi dori vositalari
Sil kasalligi — surunkali yuqumli xastalik bo‘lib, uni 1882-
yili R. Kox aniqlagan mikobakteriyalar keltirib chiqaradi. Ular
tananing hamma a’zolarini va to‘qimalarini, lekin ko‘pincha
o‘pkani va qisman buyrakni jarohatlaydi.
Sil kasalligida davo sifatida ko‘p dori preparatlaridan foy-
dalanilib, ular kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi, ishlatilishi,
berilishi bo‘yicha turlicha. Ayrimlari sintetik va yarim sintetik
preparatlar, ba’zilari esa antibiotiklar guruhiga taalluqli. Ushbu
dori preparatlarining asosiy farmakologik ta’siri sil kasalligining
qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan mikobakteriyalarga qaratilgan bo‘lib,
asosan, bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ularning o‘sishi
va ko‘payishi sekinlashadi, to‘xtaydi. Kasallik tufayli kelib chiqqan
tananing zaharlanish (intoksikatsiya) belgilari (haroratning
ko‘tarilishi, ozib ketish, ishtahaning yomonlashishi, kechalari
terlash va boshqalar) asta-sekin yo‘qolib boradi.
Mikobakteriyalarning kimyoterapevtik dori moddalariga va
kislotali sharoitga chidamliligi ularning qobig‘i bir necha liðoid
qavatlardan tashkil topganligi bilan izohlanadi. Natijada ko‘pchilik
qo‘llaniladigan preparatlar mikrob tanasiga yetarlicha kira olmaydi.
Uning hujayra ichki tuzilishiga ta’siri yuzaga chiqmaydi. Bundan
tashqari, mikobakteriyalar keltirib chiqargan to‘qimaning yallig‘-
lanishi, jarohatlanishi natijasida shu to‘qima qon tomirlarining kam
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Shu tufayli preparatlarning to‘qi-
malardagi bakteriyalarga ta’siri samarali bo‘lmaydi. Buni hisobga
olgan holda bemorlarni ushbu preparatlar bilan davolashning
o‘ziga xos usuli yaratiladi.
Silga qarshi ta’sir etadigan kimyoterapevtik preparatlar turlicha
bo‘lgani uchun va ko‘pchilikni tashkil etgani sababli ular kasal-
likning shakliga va kechishiga qarab ishlatilishi va berilishi bo‘yicha
tasniflanadi. Ushbu tasnifga binoan ular ikki qatorga bo‘linadi.
Birinchi qator preparatlari asosiy dori vositalari hisoblanib,
o‘z ta’siri bo‘yicha kuchli bo‘lgan preparatlardir. Ularga uch guruh
preparatlar kiradi: antibiotiklardan streptomitsin, rifamitsin prepa-
ratlari, paraaminosalitsil kislota (PASK), izonikotin kislota
gidrozidi (GINK) va uning unumlari.
Streptomitsin. Sil kasalligiga davo qilishda ilk bor ishlatilgan
samarali antibiotik. Uni sil mikobakteriyalariga bo‘lgan ta’siri
bakteriyalarning ferment tizimini buzib, yangi hujayralar uchun
zarur bo‘lgan oqsil hosil bo‘lishining izdan chiqarishi bilan


249
tushuntiriladi. Streptomitsinning asosiy kamchiligidan biri shuki,
u bir o‘zi ishlatilganda mikobakteriyalarning preparatga nisbatan
chidamliligi tezroq hosil bo‘ladi, natijada preparatning davo ta’siri
susaya boradi. Umuman streptomitsin ta’sir kuchi bo‘yicha boshqa
mavjud preparatlar orasida ikkinchi-uchinchi o‘rinda turadi.
Bundan tashqari, katta dozalarda uzoq vaqt nazoratsiz davo
sifatida ishlatilsa, turli ko‘ngilsiz asoratlar (neyrotoksik, gepato-
toksik, nefrotoksik ta’sir) keltirib chiqaradi.
Rifamitsin — Streptomyces mediterranei ishlab chiqaradigan
antibiotik. Preparat mushaklar orasiga, venaga va mahalliy ravishda
ishlatiladi.
Rifampitsin ham shu guruhga kiradigan yarim sintetik preparat.
Har ikkala preparat sil tayoqchalari va grammusbat bakteriyalarga
ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori dozalarda grammanfiy mikroorganizmlar
va proteylarga ham ta’sir qiladi. Ular bakteriostatik, katta dozalarda
bakteritsid ta’sirga ega.
Rifampisin ichga qabul qilinganda yaxshi so‘riladi. Qondagi
maksimal konsentratsiyasi 2—4 soatda aniqlanadi. Preparat o‘t
bilan, qisman peshob, bronxial sekret va ko‘z yoshlari bilan
chiqib ketadi.
Sil kasalligining barcha turlarini davolashda rifampitsindan
foydalaniladi. Lekin sil mikobakteriyasida preparatga nisbatan
chidamlilik tez rivojlanadi. Shu sababli rifampitsin boshqa
preparatlar bilan birgalikda ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Nojo‘ya ta’sirlari — rifamitsin qatori preparatlari jigar
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayrim hollarda
leykopeniya (qonda leykotsitlar soni kamayishi), dispeptik
buzilishlar (me’da faoliyatining buzilishi), allergik holatlar
kuzatiladi. Bu preparatlarni homiladorlikning dastlabki uch oyida
ishlatish man etiladi.
PASK — birinchi qator sintetik preparat hisoblanib, sil
mikobakteriyasiga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirning
mexanizmi quyidagicha tushuntiriladi: mikobakteriyalar DNK va
RNKsining tuzilishi uchun folat kislota zarur, bu kislotaning hosil
bo‘lishi uchun esa paraaminobenzoy kislota (PABK) kerak. PASK
va PABK kimyoviy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun
preparat PABK bilan raqobatlashib, uni folat kislota sintezi
jarayonida qatnashtirmaydi, shu bilan yangi mikrob hujayrasi
uchun zarur RNK va DNK ning hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Ushbu
raqobat PASK foydasiga hal bo‘lishi uchun uning bemor qonidagi
konsentratsiyasi yuqori darajada va doimiy bo‘lishi shart. Shu
maqsadda preparat katta dozalarda 3—4 g dan kuniga 3—4 marta


250
beriladi. U me’da-ichakdan yaxshi so‘riladi, o‘pka va buyraklarda
yig‘iladi. PASK faqat sil kasalligi mikobakteriyalariga ta’sir ko‘rsata
oladi. Preparat kuchsizroq bo‘lgani uchun bemorni davolashda bir
o‘zi deyarli ishlatilmasdan, ushbu qatordagi boshqa dori-
darmonlar bilan birgalikda buyuriladi.
PASK nojo‘ya ta’sir ham ko‘rsatadi. Ayniqsa, nahorga, och
qoringa ichilsa, me’da-ichak faoliyati buzilishi (ishtahaning
kamayishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va b.), ayrim hollarda
buyrak va jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
PASK silga qarshi ishlatiladigan boshqa preparatlar
(streptomitsin, ftivazid va b.) bilan birga tavsiya etiladi. Bundan
asosiy maqsad mikrobakteriyalarni ushbu dorilarga bo‘lgan
chidamliligini kamaytirishdir.
GINK (izonikotin kislota gidrozidi) va uning unumlari o‘z
ta’siri va berilishi bo‘yicha sil kasalligiga qarshi ishlatiladigan
preparatlar ichida yuqori kuchli ta’sirga ega va samarali dori
vositalari hisoblanadi. Chunki ularning asosiy farmakologik ta’siri
faqat mikobakteriyalarga qaratilgan bo‘lib, bemor tanasida (in
vivo) ham, probirkada (in vitro) ham nihoyatda kuchli darajada
ularning ko‘payishi va o‘sishini to‘xtatadi. Natijada mikobakte-
riyalar o‘z faolligini yo‘qotib, bemor tanasiga bo‘lgan salbiy
ta’sirini (intoksikatsiya) ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ham
izoniazid va uning unumlari, ayniqsa, kasallikning o‘tkir
kechishida bemor tanasida zaharlanish belgilarini kamaytiradi va
ishtahani yaxshilaydi, tana harorati bir me’yorga keladi, vazn asta-
sekin orta boradi, kayfiyat yaxshilanadi. Mikobakteriyalarning GINK
preparatlariga nisbatan chidamliligi asta-sekin yuzaga chiqadi.
Preparatlarning ta’sir mexanizmi mikobakteriyaning hujayra
pardasi tuzilishi uchun zarur bo‘lgan mikol kislotalar sintezini
to‘xtatishdir. Ushbu preparatlarning mikobakteriyaga yuqori
darajada tanlab ta’sir ko‘rsatishi shu fikrning dalili bo‘la oladi.
Chunki mikol kislotasi boshqa mikroorganizmlarda uchramaydi.
GINK preparatlari me’da-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi va
butun tana a’zolariga (MNÒ ga ham) tarqaladi. Shu bilan bir
qatorda GINK preparatlari uzoq ishlatilsa, ayrim noxush
holatlarni (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, oyoq-qo‘lning uvishib
qolishi, sezishning susayishi, nervlarning yallig‘lanishi, ko‘ngil
aynishi, qayt qilish, terida toshmalar paydo bo‘lishi va b.) keltirib
chiqarishi mumkin. Shunga qaramasdan, izoniazid, ftivazid,
saluzid va boshqa preparatlar sil kasalligiga chalingan bemorlarga
davo qilishda juda keng va samarali qo‘llaniladi.


251
Birinchi qatorga kiruvchi preparatlar izohini tugatar ekanmiz,
ularni qo‘llash bilan bog‘liq ayrim shart-sharoitlar to‘g‘risida
quyidagilarni qayd etish lozim:
1. Ushbu guruhga kiruvchi preparatlar bemorni davolashda
asosiy dori hisoblanib, ular xastalikning o‘tkir shaklida va
rivojlanish davrida yaxshi kor qiladi.
2. Davo qilishi samarali va tez bo‘lishi uchun ushbu qatorga
kiruvchi uch guruh preparatlar bir yo‘la qo‘llanishi maqsadga
muvofiq. Shundagina mikobakteriyalarning preparatlarga nisbatan
chidamliligi, o‘rganib qolishi kamayadi.
3. Sil kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash uzoq
muddat davom etishi lozim, uni qayta-qayta o‘tkazib turish talab
qilinadi (6—8—12 oy)
Ikkinchi qator dori vositalari. Bular zaxira dori vositalari deb
ham yuritiladi, chunki ular o‘z ta’sir kuchi bo‘yicha birinchi
qator preparatlarga qaraganda kuchsizroq va zaharliroq bo‘lib,
kasallikning surunkali kechishida ta’siri sezilarli. Xastalikning
surunkali shakli, asosan, birinchi qator preparatlarning noto‘g‘ri
berilishi yoki bemor ularni ko‘tara olmasligi natijasida kelib
chiqadi.
Ushbu qator dorilarning ta’sir spektri keng bo‘lib, antibio-
tiklar, yarim sintetik va sintetik preparatlardan tashkil topgan. Ularga
nisbatan odatda mikobakteriyalarning chidamliligi sekinroq paydo
bo‘ladi. Lekin bunday ta’sirning mexanizmi, aytishlaricha,
ularning mikodakteriyalarda sodir bo‘ladigan biokimyoviy va
fizikaviy jarayonlarni buzishi bilan bog‘liq. Natijada mikrob
hujayralar devori o‘tkazuvchanligi izdan chiqadi.
Ikkinchi qator preparatlarining ichida ko‘proq ishlatiladi-
ganlaridan sikloserin, kanamitsin va boshqa sintetik preparatlarni
aytib o‘tish zarur.
Sikloserin antibiotik bo‘lib, sintez yo‘li bilan ham olingan.
Òa’sir etish spektri keng, 1-qator preparatlari (streptomitsin,
PASK)larga o‘rganib qolgan mikobakteriyalarga bakteriostatik ta’sir
ko‘rsatadi. Me’da-ichak yo‘lida parchalanmasdan yaxshi so‘riladi
va butun tana a’zolari bo‘yicha tarqaladi, asosan, buyrak orqali
chiqib ketadi. Sikloserin sil kasalligining surunkali shaklida boshqa
preparatlar bilan birga (1- va 2- qator preparatlari) tavsiya etiladi.
Shundagina dorining ta’siri samarali bo‘lib, mikobakteriyalarning
o‘rganib qolishi kamroq yuzaga chiqadi. Preparat ayrim hollarda
nojo‘ya holatlarni (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya,
titroq va tutqanoqqa o‘xshash holatlar, umumiy qo‘zg‘alish va


252
ruhiy o‘zgarishlar) keltirib chiqarishi mumkin. Bunday
o‘zgarishlarda sikloserin berish to‘xtatiladi va B
6
vitamini, glutamin
kislota, AÒF va boshqalar beriladi.
Kanamitsin ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha sikloseringa yaqin
antibiotik, mikobakteriyalarga bakteritsid va bakteriostatik ta’sir
etadi, lekin ularning kanamitsinga o‘rganib qolishi tez yuzaga
chiqadi. Preparat parenteral yo‘l bilan yuboriladi. Kanamitsin
mikobakteriyalarga boshqa preparatlar (antibiotik, sintetik prepa-
ratlar) naf qilmaganda o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi. Lekin prepa-
ratning nojo‘ya ta’sirida bemorning eshitish va muvozanat saqlash
qobiliyati izdan chiqishi mumkin. Bundan tashqari, preparat
buyrak faoliyatiga ham salbiy ta’sir etishi mumkin.
Sintetik preparatlardan etionamid, etambutol, tioatseton va
boshqalar ham ikkinchi qatorga kiradi.
Etionamid streptomitsin, izoniazid va boshqa preparatlarga
chidamli bo‘lgan mikobakteriyalarga bakteriostatik ta’sir etadi. U
ichakdan yaxshi so‘riladi, boshqa preparatlar bilan birga yuborish
ham mumkin. Preparat nojo‘ya ta’sir (ko‘ngil aynishi, qayt qilish,
ich ketishi) ko‘rsatishi ham mumkin.
O‘z ta’siri bo‘yicha etionamidga yaqin bo‘lgan etambutol
preparati ham ichakdan yaxshi so‘rilib, mikobakteriyalarga
bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Sil kasalligining surunkali shaklida
boshqa preparatlar bilan birga keng ko‘lamda beriladi.
Yuqorida keltirilgan ikkinchi qator preparatlari sil xastaligining
surunkali shaklida yaxshi naf qilishi uchun turli dorilar bilan (1-
va 2- qator) birga yuborilishi talab qilinadi.
Preparatlar.
I z o n i a z i d (Isoniasidum). 0,1 va 0,3 g dan tabletka shaklida,
10% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,3 g dan
kuniga 2—3 marta ichish uchun, to‘g‘ri ichakka va mushak orasiga
yuboriladi. Ichish uchun yuqori bir martalik dozasi 0,6 g, kecha-
kunduzligi —0,9 g.
M e t a z i d (Methazidum). 0,1 va 0,3 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 0,3 g dan kuniga 2 marta beriladi.
PASK-n a t r i y (Natrii para-aminosalicylas). 0,5 g dan tabletka
va kukun holida ishlab chiqariladi. 3—4 g dan kuniga 3 marta
ichiladi. Venaga 3% li eritmasining 250—450 ml tomchilatib
yuboriladi.
S t r e p t o s a l u z i d (Streptosaluzidum). 0,5 g dan flakonda
ishlab chiqariladi. 0,5—2 g dan bir kecha-kunduzda mushak orasiga
yuboriladi.


253
F l o r i m i t s i n s u l f a t (Florimycin sulfas). 0,5—1 g dan
flakonda ishlab chiqariladi. 0,5 g dan kuniga 2 marta mushak orasiga
yuboriladi.
F t i v a z i d (Phtivazidum). 0,1—0,5 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 0,5 g dan kuniga 2—3 marta ichiladi.
E t i o n a m i d (Ethionamidum). 0,25 g dan draje shaklida,
0,5 g dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,25 g dan ovqatdan so‘ng
qabul qilinadi.
E t a m b u t o l (Ethambutolum). Òabletkada 0,1—0,2 g va 0,4
g dan ishlab chiqariladi. Haftada 2—3 marta nonushtadan keyin
ichiladi. Rifampitsin va izoniazid bilan ham tavsiya etiladi.
P r o t i o n a m i d (Protionamidum). 0,25 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 0,25 g dan kuniga 2—4 marta ichiladi.
S i k l o s e r i n (Cycloserinum). 0,25 g dan tabletka yoki
kapsulada ishlab chiqariladi. Ichish uchun 0,25 g dan kuniga 3
marta beriladi.
K a n a m i t s i n s u l f a t (Canamycini sulfas). 0,5—1 g dan
flakonda ishlab chiqariladi. 0,5 g dan kuniga 2 marta mushak orasiga
yuboriladi.
R i f a m p i t s i n (Rifampicinum). Kapsulada 0,05 va 0,13 g dan,
ampulada 0,15 g dan ishlab chiqariladi. Kapsulalari kecha-kunduzda
0,45—0,9 g dan beriladi. Venaga bir kecha-kunduzda 0,3—0,9 g
(2—3 marta) yuboriladi.
P i r a z i n a m i d (Pirazinamidum). Òabletkada 0,5 va 0,75 g
dan ishlab chiqariladi. 1 g dan kuniga 2 marta ovqatdan keyin
buyuriladi.
#
Rp.: Florimycini sulfas 1,0
D.t.d. N. 6 in flak.
S. 1 flakoni 2—3 ml sterillangan natriy xloridning izotonik
eritmasida eritib, mushaklar orasiga kuniga 1 marta yuboriladi.
#
Rp.: Tab. Phtivazidi 0,5 N.20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichiladi.
#
Rp.: Tab. Ethambutoli 0,2 N.100
D.S. 1 tabletkadan haftada 2—3 marta ichiladi.


254
Zaxmga qarshi dori vositalari
Surunkali yuqumli kasallik bo‘lgan zaxmni oqish spiroxeta
keltirib chiqaradi. Kasallik asosan jinsiy a’zolar orqali yuqadi.
Hozirgi vaqtda zaxm kasalligi penitsillin, vismut va yod
preparatlari bilan muvaffaqiyatli davolanadi.
Penitsillin preparatlari. Zaxmga duchor bo‘lgan bemorlarni
davolashda benzilpenitsillin preparatlari asosiy dori vositalari
hisoblanadi. Ular spiroxetotsid ta’sir ko‘rsatib, tez kor qiladi.
Ushbu preparatlarga nisbatan spiroxetalarning sezuvchanligi
pasaymaydi. Preparat kasallikning barcha davrlarida va shakllarida
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (to‘la ma’lumot „Antibiotiklar“ bo‘limida
keltirilgan).
Vismut preparatlari. Vismutning zaxmga qarshi ta’sir ko‘rsa-
tishi XX asrning 20-yillarida aniqlandi. Uning preparatlari ta’siri
bo‘yicha simobga yaqin, lekin unga nisbatan zaharsizligi va
spiroxetaga kuchliroq ta’sir etishi bilan ustun turadi. Vismut va
margimush preparatlari penitsillinga nisbatan kuchsizdir. Shunga
qaramasdan kasallikning barcha xilida va davrida ishlatiladi. Vismut
preparatlarining ta’sir etish mexanizmi simobnikiga o‘xshash,
spiroxetalarning o‘sishi, rivojlanishi to‘xtaydi, ularning faolligi
zaiflashadi.
Vismut preparatlari suvda yomon erigani uchun ular yog‘li
eritma shaklida ishlab chiqariladi. Bioxinol va bismoverol
preparatlari shular jumlasidandir.
Bioxinol — vismut, yod va xininning neytral o‘simlik moyida
tayyorlangan 8% li aralashmasidan iborat.
Preparatning 1 ml da 0,02 g vismut bor. Zaxm xastaligining
hamma davrida ishlatiladi. Preparat zaxm kasalligiga tegishli
bo‘lmagan, ayniqsa nerv tizimining bir qator xastaliklarida ham
keng qo‘llaniladi. Bioxinol va boshqa vismut saqlovchi preparatlar
buyrak kasalliklarida (nefrit, nefroz), qon kasalliklarida (kamqon-
lik), stomatit (og‘iz shilliq qavatining yallig‘lanishi)da berilmaydi.
Pentabismol — vismutning suvda eriydigan preparati. Bioxinol
va bismoverolga nisbatan ko‘proq noxush holatlarni (milklarning
yallig‘lanishi, gingivit, stomatit, ich ketishi) keltirib chiqarishi
mumkin.
Preparatlar.
B i t s i l l i n (1—3—50) — „Antibiotiklar“ bo‘limiga qarang.
B i o x i n o l (Biohinolum), yod, vismut va xininning
neytrallangan shaftoli yoki zaytun moyidagi aralashmasi. 50 ml
li flakonda ishlab chiqariladi. 2—3 ml dan 2—3 kunda 1 marta


255
mushaklar orasiga yuboriladi. Yuborishdan oldin qaynoq suvda
ilitiladi va aralashtiriladi.
B i s m o v e r o l (Bismoverolum). Monovismut — vino
kislotaning vismutli tuzi asosining neytral o‘simlik moyidagi
aralashmasi. Flakonda 100 ml dan ishlab chiqariladi. 1,5 ml dan
3 kunda 1 marta mushak orasiga yuboriladi.
P e n t a b i s m o l (Pentabismolum). Vismut yuqori molekulali
kompleks birikmasining suvdagi eritmasi. 2 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. Sxema bo‘yicha bir kecha-kunduzda 1 ml dan
mushaklar orasiga novokain eritmasi bilan yuboriladi.
Rp.: Biohinoli 50 ml
D.S. ilitilgan holda 3 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi.
#
Rp.: Bicillini-1 6000000 ÒB
D.t.d. N. 2 in flak.
S. 2—3 ml izotonik natriy xlorid eritmasida eritib, suspenziya
holiga keltiriladi va darhol mushaklar orasiga yuboriladi.
Virusga qarshi dori vositalari
Òurli kasalliklarning sababchisi bo‘lgan ko‘pchilik patogen
mikroorganizmlarning o‘sishi va ko‘payishini kimyoterapevtik
preparatlar to‘xtatadi yoki ularni halok etadi, viruslar esa bu
xil ta’sirlarga ancha chidamlidir. Shu sababli ularni zaiflashtiradigan
yoki yo‘qotadigan dorilar hozircha deyarli yo‘q. Sintez qilingan
ko‘pchilik kimyoviy moddalar tajriba sharoitida viruslarga qarshi
ta’sir ko‘rsatsa ham, bemor tanasiga kor qilmaydi. Chunki viruslar
odam, o‘simlik va hatto bakteriyalarning hujayralari ichida
joylashib, mikroparazit bo‘lib, nuklein kislotalar (DNK va RNK)
molekulalaridan tashkil topgan yuqori polimerli polinukleotidlar
hisoblanadi.
Viruslarda hujayra pardasi va ferment tizimi yo‘q. Ular faqat
nuklein kislotadan tashkil topgan. Virusning ayrim komponentlari
uni tanadagi fermentlarning ta’siridan saqlaydi. Ularning 2 turi
mavjud: DNK va RNK saqlovchilar.
Viruslarning kimyoterapevtik moddalarga chidamliligi ular
makroorganizm hujayralarining ichida joylashgani sababli ta’sir
etuvchi dorilar tana hujayralarini ham ta’sirlaydi.
Virusli kasallikning kelib chiqishi va rivojlanishi hamon yaxshi
o‘rganilmagan. Yashirin davrida viruslarning hujayralarda ko‘payishi


256
hech qanday kasallik belgilarini bermaydi. Holbuki, aynan shu
davrda viruslar dorilar ta’siriga beriluvchan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda viruslarga tanlab ta’sir qiladigan bir qator
preparatlar: midantan, remantadin, idoksuridin, metisazon,
interferonlar olingan. Ushbu preparatlarning virusga bo‘lgan ta’siri
turlicha. Asosan, ular viruslarni hujayraga kirishiga ta’sir etsa,
ayrimlari esa tananing virusga qarshi chidamliligini oshiradi.
Mitandan RNK saqlovchi viruslarga ta’sir ko‘rsatib, ularning
hujayralarga kirishini qiyinlashtiradi. Preparat me’da-ichakdan
yaxshi so‘riladi va A2 griðp kasalligining oldini olishda ishlatiladi.
Davo sifatida ishlatilganda kor qilmaydi.
Idoksuridin DNK saqlovchi viruslarga ta’sir etadigan, yod
saqlovchi sintetik preparat. Viruslar DNKsining sintez bo‘lishini
buzadi. Makroorganizm hujayrasining DNKsiga ham shunday ta’sir
qiladi. Shuning uchun ham preparat asosan mahalliy tarzda
qo‘llaniladi (ko‘zga tomizish uchun). Ko‘z shox pardasining
gerpesli yarasida 0,1% li eritmasi tomiziladi.
Metisazon, asosan, suvchechak virusiga ta’sir ko‘rsatadigan
preparat. Òa’sir mexanizmi no’malum. Metisazon proflaktika
maqsadida qo‘llaniladi. Bemorni davolash uchun qo‘llash foydasiz.
Interferonlar virus ta’sirida tana hujayralari ishlab
chiqaradigan kichik molekulali glikoproteinlardir. Ular viruslarga
nisbatan hujayra chidamliligini oshiradi. RNK va DNK saqlovchi
viruslarga ta’sir qiladi. Òa’sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan.
Aytishlaricha interferonlar virus faoliyatini o‘zgartirmasdan, ular
hujayraga kirgandan keyingina ta’sir ko‘rsatadi va virus replikatsiyasi
(ko‘payishi)ni tormozlaydi. Ular qisqa muddatli ta’sirga ega.
Interferonlar immunomodulyator (Ò-limfositlar faolligini oshira-
digan), antiblastom (xavfli o‘smalarga qarshi) ta’sirga ham ega.
Òibbiyot amaliyotida odamdan olingan leykotsitlar (
α
) va
fibroblast (
β
) interferonlar griðpning oldini olish maqsadida,
ko‘z shox pardasi gerpesida, terining gerpes (uchuq)
kasalliklarida, nafas olish a’zolarining virusli yallig‘lanishida,
virusli gepatitda qo‘llaniladi.
Preparatlar.
O d a m n i n g l e y k o t s i t l a r i n t e r f e r o n i (Interferonum
leucocyticum) odam leykotsitlaridan olingan oqsil. Kukun holida
ampulada ishlab chiqariladi. Ampula hajmi 2 ml. Ampula ichidagi
kukunni qaynagan suvda eritib burunga tomiziladi.
M e t i s a z o n (Methisazonum). 0,25 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan 1—0,5 soat keyin, kuniga 2 marta
4—6 kun davomida ichiladi.


257
M e g o s i n (Megosinum). 3% li surtmasi 10 g dan ishlab
chiqariladi. Yaralangan teriga surtiladi.
O k s o l i n s u r t m a s i (Unquentum Oxolini). 0,25% li surtma
sifatida 10 g dan ishlab chiqariladi. Yaralangan teriga, ko‘z-qovoq
ostiga surtiladi.
Zamburug‘larga qarshi dori vositalari
Zamburug‘larning ko‘pchilik turi ma’lum bo‘lib, ularning
ayrimlari (patogen va yarim patogen turda) tanada turli xil
ko‘rinishdagi kasalliklarni (mikoz) yuzaga keltiradi. Ular asosan
teri, shilliq pardalar va ichki a’zolarning jarohatlanishi bilan
kechadi.
Òerini shikastlaydigan shakli — dermatomikoz deyiladi. Mikoz-
larning bu shakli ancha keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha teri bilan
birga tirnoqni ham jarohatlaydi (epidermofitiya), boshdagi sochlarni
zararlaydi (trixofitiya, mikrosporiya). Shuning uchun bularni
davolashdan oldin preparatlarning mahalliy ta’siri bevosita va
samarali bo‘lishi uchun tirnoq zararlangan bo‘lsa, uni olib
tashlash, soch shikastlangan bo‘lsa, uni tushirib yuborish
(epilyatsiya) talab qilinadi.
Dermatomikozlarni davolashda preparatlar har xil yo‘llar
bilan yuboriladi. Zamburug‘larga rezorbtiv yo‘l bilan ta’sir qilish
maqsadida ko‘proq antibiotik — grizeofulvin va nizoral preparatlari
qo‘llaniladi.
Grizeofulvin preparati zamburug‘ning rivojlanishini tormoz-
laydi. Antibiotik dermatomikozning ko‘pchilik turlarida shifobaxsh
ta’sir etadi. Zamburug‘larni grizeofulvinga chidamli bo‘lib qolish
hollari kuzatilmaydi. Preparat me’da-ichakdan yaxshi so‘riladi va
terining shox qavati, sochlar va tirnoqlarning zamburug‘larga
chidamliligi oshadi. Antibiotik tanadan sekin-asta peshob bilan
metabolit shaklida va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparat ayrim
noxush holatlarni (bosh aylanishi va og‘rishi, ko‘ngil aynishi,
ich ketishi, allergik reaksiya) keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim
hollarda buyrak va jigar faoliyati buziladi.
Nizoral preparatining ta’sir doirasi keng bo‘lib, zamburug‘
hujayra devori o‘tkazuvchanligini buzadi. Shu sababli zambu-
rug‘larga xos bo‘lgan tolalar va koloniya hosil qilishi ro‘y bermaydi.
Preparat teri, soch va shilliq parda mikozida tavsiya etiladi.
Dermatomikozlarni davolashda rezorbtiv ta’sir yo‘lidan
tashqari preparatlarni mahalliy qo‘llash usuli ham mavjud. Ushbu


258
maqsadda amikozol, mikozolon, mikoseptin, nitrofungin, oktitsil
va boshqalar qo‘llaniladi.
Amikozolni mahalliy qo‘llaganda zamburug‘larning har xil
turlariga (dermatomikoz, kandidomikoz, mikrosporiya va
boshqalar) ta’sir ko‘rsatib, ularning rivojlanishini to‘xtatadi va
yemiradi. Shuning uchun bu preparat surtma holida tovon
epidermofitiyasida, trixofitiyada, mikrosporiyada va boshqa teri
zamburug‘ kasalligida ko‘p beriladi.
Mikozolon surtmasi yallig‘lanishga, allergiyaga va teri
mikozlariga qarshi ta’sirga ega. Uning tarkibida deperozolon va
mikonazol bo‘lganligi sababli teri va tirnoq zamburug‘ kasalligida
ham tavsiya etiladi.
Mikoseptin, nitrofungin va boshqalar zamburug‘larga bo‘lgan
ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha amikozol va mikozolonga yaqin turadi.
Asosan shilliq qavatda uchraydigan zamburug‘ kasalligiga
kandidamikoz kiradi. Uni Candida oilasiga mansub zamburug‘
keltirib chiqaradi. Kasallik og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq pardasida
o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Asosan ushbu o‘zgarishlar
boshqa kasallik asorati sifatida yoki antibiotiklarni (tetratsiklin) uzoq
muddat qo‘llash oqibatida, ko‘proq yosh bolalarda va qariyalarda
kuzatiladi. Ushbu xastalikning oldini olish va davo qilish uchun
antibiotik — nistatin buyuriladi. Antibiotik ta’sirida kandida va boshqa
patogen zamburug‘larning rivojlanishi to‘xtaydi va bir qismi halok
bo‘ladi. Nistatin me’da-ichak yo‘lida yomon so‘rilishiga qaramasdan,
katta dozalarda shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi. Antibiotik tana uchun
deyarli zararsiz. Mazkur kasallikda levorin, dekamin va boshqa
preparatlar ham ishlatiladi („Antibiotiklar“ga qarang).
Zamburug‘lar sababchisi bo‘lgan xastalikning yana bir turi
ichki a’zolarning kasallanishi bilan kechadi. Ular tizimli mikoz
kasalligi ham deyiladi. Gistoplazmoz, kriðtokokkoz, blastomikoz
shular jumlasidandir. Ushbu kasalliklar ancha xavfli hisoblanib,
ularga davo qilish ancha murakkab. Ular ichki a’zolarni, suyakni,
miyani zararlaydi. Òizimli mikozlarga davo qilishda asosan antibiotik
va sulfanilamid preparatlari qo‘llaniladi.
Antibiotiklardan amfoteritsin-B gistoplazmoz, blastomikoz,
kriiðtokokkoz va sporotrikoz kasalliklarida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davolash maqsadida antibiotik venaga yuborilgach, bemor tanasida
uzoq muddat saqlanadi. Amfoteritsin ancha zaharli antibiotik
bo‘lgani uchun tizimli mikozning og‘ir turida va aniq tashxis
qo‘yilgandagina ehtiyotlik bilan qo‘llaniladi. Preparatning zaharli
ta’sirida tana haroratining ko‘tarilishi, qayt qilish, ayniqsa,
buyrakning zararlanishi kuzatiladi.


259
Amfoteritsinga nisbatan kuchsizroq bo‘lgan preparatlardan
mikoseptin va mikozolon ham qo‘llaniladi.
Preparatlari.
A m i k a z o l (Amycazolum). 5% li surtma va 2,5% li 40 g
dan kukun holida ishlab chiqariladi. Sirtga qo‘llash uchun
buyuriladi.
G r i z e o f u l v i n (Griseofulvinum). 0,125 g dan tabletka,
suspenziya holida 100 g li flakonda, 30 g dan liniment va kukun
shaklida ishlab chiqariladi. Òabletkasi 0,125 g dan ovqat bilan
kuniga 4 mahal ichiladi.
„ M i k o z o l o n “ s u r t m a s i („Ung. Micosolonum“). 15 g
surtma tarkibida 37,5 mg (0,25%) deperzolon, 300 mg (2%)
mikonazol saqlaydi. 15 g dan tubiklarda ishlab chiqariladi. Sirtga
surtish uchun beriladi.
M i k o s e p t i n (Mycoseptinum). Òarkibida undetsilen kislota (5 g),
undetsilen kislotaning ruxli tuzi (20 g) bor. 30 g dan tubiklarda
ishlab chiqariladi. Sirtga qo‘llash uchun beriladi.
N i t r o f u n g i n (Nitrofunginum). 25 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. Sirtga surtish uchun mo‘ljallangan.
D e k a m i n (Decaminium). 0,00015 g dan karamel; 0,5—1%
30 g dan surtma shaklida ishlab chiqariladi. Sirtga surtish uchun
beriladi.
A m t o t e r i t s i n - B (Amphotericinum-B). 50000 ÒB dan
flakonda, 5% glukoza eritmasi bilan birga 450 ml li shisha idishda
ishlab chiqariladi. Venaga tomchilab 4—6 soat davomida 250 ÒB/kg,
haftada 2—3 marta yuboriladi.
Gijjalarga qarshi dori vositalari
Gijjalar ichakda va boshqa tana a’zolarida har xil xastaliklar
keltirib chiqaradi. Kamqonlik, tananing ozib ketishi, toshma
toshishi, allergiya holati, asab tizimining buzilishi, qabziyat,
avitaminoz va hokazolar shular jumlasidandir. Gijjalarning tanada
bo‘lishi — gelmintoz hozirgi vaqtda ayniqsa tropik iqlimli
mamalakatlarda juda keng tarqalgan. Gelmintlar ko‘p hujayrali
tekinxo‘r jonivorlar bo‘lib, ular asosan uch xil ko‘rinishda
bo‘ladi: dumaloq, yassi gijjalar hamda so‘rib oluvchilar. Dumaloq
gelmintlarga ichak nematodalari (askaridalar, ostritsalar, vlaso-
glavlar), yassi gijjalarga sistodlar (ho‘kiz, cho‘chqa va karlik
sepenlar) kiradi. Gelmintlarning 160 ga yaqin turi mavjud. Bizning
hududda uchraydigan gijjalar turi esa 60 ga yaqin.


260
Gelmintlar tanada joylashishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
ichakda va ichakdan tashqarida joylashadigan gijjalar.
Ularni yo‘qotishda o‘qllaniladigan preparatlarga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
— preparatlarning ta’sir doirasi keng bo‘lishi;
— preparatning davo qilish samarasi bir marta berilganida
yuqori darajada bo‘lishi;
— bemorning tayyorgarligisiz (surgi dorilar, klizma, parhez
va boshqalar) berilishi;
— makroorganizmga zararsiz bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda
antigelmint preparatlarining ko‘pchiligi ushbu talablarga javob
bermaydi. Mazkur dorilar, asosan, gijjalarning turiga qarab tanlab
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularga davo qilishdan oldin
gijjaning turini aniqlash talab qilinadi.
Antigelmint (gijjalarga qarshi) preparatlarning aksariyati gijja
mushaklarini bo‘shashtiradi, ayrimlari esa aksincha, kuchli
qisqartiradi. Natijada gijjalar ichak devoriga yopisha olmaydi va najas
bilan chiqib ketadi. Qator preparatlar gijjalar tanasidagi modda
almashinuvini buzadi yoki ularda narkoz holatini keltirib chiqa-
radi, ayrim antigelmintlar gijjaning sirtki qavatini yemirib, ularni
ichakdagi proteolitik fermentlar ta’siriga chidamsiz qilib qo‘yadi.
Ichakdagi gijjalarni haydash uchun ishlatiladigan dori
vositalari. Odam ichagida yashaydigan ikki xil gijjalar ma’lum —
dumaloq gijjalar — nematodlar (askarida va boshqalar) va yassi
gijjalar — sistodlar (keng lentasimon, qurollangan va qurolsiz sepen’
va boshqalar). Gelmintlarning boshqa turlari odamda kam uchraydi.
Dumaloq gijjalar — nematodlarni ichakdan haydash uchun
dekaris, vermoks va piðerazin preparatlari samarali hisoblanadi
va antigelmintlarga qo‘yiladigan talablarga javob bera oladi.
Dekaris yuqori samarali va ta’sir doirasi keng preparatdir.
Preparat bir marta yuborilganida gijjalarning metaboliz jarayoniga
ta’sir etib (glikogenolizni susaytiradi), ularning mushaklarini
falajlaydi. Natijada ular najas bilan chiqib ketadi. Dekarisning
bunday ta’siri ichak bo‘shlig‘ida yashaydigan mushaklari tufayli
harakatlanadigan gijjalarga (askarida, enterobioz va boshqalar)
nisbatan samaralidir. Ichak shilliq qavatiga yopishib oladigan gijja-
larga (lentasimon, so‘rib oluvchi) ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dekaris bir marta berilganda dumaloq gijjalarni haydash
samarasi 90—100% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, preparat
bemorga maxsus tayyorgarliksiz (parhez va boshqalarsiz) beriladi
va undan keyin surgi dori qo‘llash zaruriyati bo‘lmaydi.
Dekarisning yuqori samarali ta’siri va ishlatishda qulayligi uni


261
antigelmint dorilar orasida birinchi o‘ringa qo‘yadi. Preparat
immunobiologik tizimni yaxshilaydi. Shu sababli dekaris immu-
nostimulator sifatida ham qo‘llanilishi mumkin. Preparatning
nojo‘ya ta’siri deyarli kuzatilmaydi.
Vermoks preparati gelmintlar (askaridoz, enterobioz va
boshqalar)ga ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha dekarisga o‘xshash.
Shu maqsadda piðerazin adiðinat ham keng qo‘llaniladi. Uning
ta’siri ko‘proq askaridozda va enterobiozda yaxshi yuzaga chiqadi.
Dorining ta’siri natijasida gelmintlarning mushaklari falajlanib,
harakatlanish qobiliyati yo‘qoladi va ular najas bilan falaj holda
chiqariladi. Piðerazinning naf qilishi 90—100% ga yetadi. Uni
berishda parhez qilish va surgi dorilar qo‘llash talab qilinmaydi
(qabziyatda surgilar berilsa bo‘ladi). Preparat 1—2 martadan 2 kun
davomida buyuriladi.
Ayrim holatlarda noxush ta’siri (ko‘ngil aynishi, qorin
og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va boshqalar) bo‘lib turadi. Ushbu antigel-
mintlar guruhiga naftamon, pirantel preparatlari ham taalluqli.
Yassi gijjalarni (sestodlar) ichakdan haydash (keng lentasimon
difillobatrioz, qurollangan sepen — tenioz, qurollanmagan sepen-
teniarinxoz) va davo maqsadida fenesal, dixlorofen va boshqa
vositalar qo‘llanadi.
Fenasal lentasimon gijjalarga ta’sir etib, ularning qobig‘ini
yumshatadi, natijada tanasini ichakdagi proteolitik fermentlar
yemiradi, parazit mushaklari falajlanadi. Dori ichak shilliq
pardasini ta’sirlamaydi, kam miqdorda so‘riladi. Shuning uchun
ham tana uchun zaharli bo‘lmaydi va 80—90% gijjalardan xoli
qiladi. Fenasalning boshqa preparatlarga nisbatan (akrixin, defezil)
samarasi kuchliroq. Fenasalning kamchiligi uni qabul qilish uchun
bemor maxsus tayyorgarlik ko‘rishi shart (kechqurun ovqat yeyil-
maydi, choy va meva sharbatlari beriladi, klizma qilinadi). Preparat
ertalab nahorda iste’mol qilinadi. Òeniozni davolashdan keyin tuzli
surgi dorilar berilishi shart.
Dixlorofen veterinariya amaliyotida uy hayvonlarida uchraydi-
gan lentasimon gijjalarni haydash uchun ishlatiladi. Odamda
uchraydigan ayrim gijjalarga (mikrofilariya) ham nisbatan yaxshi
ta’sir ko‘rsatadi. Preparatning ta’siri natijasida gijjalar halok bo‘ladi.
Surgi dori berish talab qilinmaydi.
Dixlorofen noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin (teri
toshmalari, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorin sanchig‘i).
Erkak paporotnigi o‘simligidan toza holda olingan dezaspidin,
flavespidin kislota va boshqalarning lentasimon gijjalarga nisbatan
ta’siri ancha kuchliligi aniqlangan.


262
Ichakdan tashqarida joylashadigan gelmintlarga qarshi
ishlatiladigan dori vositalari. Ushbu guruh gijjalariga nematodlar
(filariya), trematodlar (jigar va mushuk dbugustkasi) kiradi. Ular
limfa tomirlarida, jigarda, o‘t qopida, qon tomirida joylashadi
va filarioz, fassioloz hamda boshqa xastaliklarni keltirib chiqaradi.
Ushbu kasalliklarga davo qilish ancha murakkab va ko‘p vaqtni
talab qiladi. Davo maqsadida, asosan, ditrazin xloksil va boshqa
preparatlar beriladi.
Ditrazin — piðerazinning unumi bo‘lib, ichak nematodalariga
kuchsiz ta’sir ko‘rsatadi, lekin mikrofilatiylarni qon tarkibidan
tezlikda yo‘qotadi. Ular preparat ta’sirida fagositozlanadigan bo‘lib
qoladi, oqibatda ularning jigar retikuloendotelial hujayralari
yemiriladi.
Ayrim hollarda ditrazin ta’sir ko‘rsatib, ko‘proq meda-ichak
faoliyatining buzilishiga olib keladi (ko‘ngil aynishi, qayt qilish,
bosh og‘rig‘i). Ba’zan allergik holat ham kuzatiladi. Ditrazin asosan
filariozda tavsiya etiladi.
Xloksil preparati jigar, o‘t yo‘li, o‘t qopi va me’daosti bezida
uchraydigan gelmintlarga (fassioloz, opistorxoz va klonorxoz)
ta’sir ko‘rsatib, ularni halok qiladi. Kasallikning 35—40% ini
bartaraf etadi. Ko‘p hollarda xastalikni ancha yengillashtiradi.
Bunday hollarda bemorlarga davo qilish qaytarilishi mumkin.
Xloksil tana uchun zararsiz. Ayrim hollarda uning ta’sirida
yemirilgan gijjalar hisobiga allergik reaksiya kuzatilishi mumkin.
Ba’zi bir vaqtlarda sanchiq, og‘riq seziladi.
Yuqorida keltirilgan preparatdan tashqari gelmintozda geksa-
xloretan, tartrat kislotaning natriyli tuzi va boshqalar qo‘llaniladi.
Ular xastalikni butunlay bartaraf eta olmasa ham, uni ancha
yengillashtiradi.
Preparatlar.
V e r m o k s (Vermox). 0,1 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. Enterobiozda 0,1 g dan 1 marta, boshqa gijjada kun
davomida 0,1 g beriladi.
D e k a r i s (Decaris). 0,15 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. Kechki ovqatdan keyin 0,15 g dan 1 marta ichiladi.
Bolalarga 2,5 mg dan har 1 kg vaznga qarab beriladi.
P i ð e r a z i n a d i ð i n a t (Piðerazini adiðinas). 0,5 g dan
tabletka, 5% li eritma holida flakonda ishlab chiqariladi.
Askaridozda ovqatdan 1 soat oldin yoki keyin 1 kecha-kunduzda
3—4 g dan 2 kun ichiladi. Bolalarga 5% li eritma holida yoshiga
qarab beriladi.


263
F e n e s a l (Phenasalum). 1—2 g dan kukun holida ishlab
chiqariladi. 2 g dan kuniga 1 marta ichiladi. Bolalarga yoshiga qarab
beriladi.
E r k a k p a p o r o t n i kn i n g q u y u q e k s t r a k t i
(Extractum Filicis maris spissum). 0,5 g dan kapsulada ishlab
chiqariladi. Bemor 2 kun tayyorlangandan keyin, kun davomida
4—7 g (teniozda va difillabatriozda) yoki 20—30 min 1,5—2 g
(geminolepidozda) ichiladi.
D i t r a z i n s i t r a t (Ditrazini citras). 0,1 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. 1 kecha-kunduzda 2 mg/kg dan 3 marta 10
kun davomida ichish uchun beriladi.
X l o k s i l (Chloxylum). Kukun. Har 10 min da 2 g dan kuniga
5—10 g 2—5 kun davomida ichiladi.
A n t i m o n i l - n a t r i y t a r t r a t . Kukun. 0,001—0,0012 g/kg
dan (1% li eritma) venaga yuboriladi.
Rp.: Tab. Vermox 0,1 N2
D.S. 1 tabletka 1 marta ichiladi
#
Rp.: Tab. Ditrazini citras 0,1 N10
D.S. 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalari
„Antiseptika“ grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, anti — qarshi,
septikas—chirish ma’nosini bildiradi, dezinfeksiya esa dez — yo‘q
qilish, infetsere — yuqtirish degan so‘zlardan tashkil topgan.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar mikroblarga qarshi
ta’sirga ega bo‘lgan oddalar bo‘lib, ular ta’sir etish kuchi va
qo‘llanishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ushbu guruh prepa-
ratlari kimyoterapevtik vositalarga qarama-qarshi o‘laroq mikroor-
ganizmlarning turiga qarab, tanlab ta’sir qilmasdan, umumiy
antimikrob farmakologik ta’sir ko‘rsatadi. Antiseptik moddalar tana
yuzasidagi (teri, shilliq qavatlar) va bo‘shliqlardagi mikroor-
ganizmlarga qarshi; dezinfeksiyalovchi vositalar esa tashqi muhit-
dagi (bemorning kiyimi, buyumlari, xona chiqindilari va hokazo)
mikroorganizmlarni yo‘qotish maqsadida qo‘llaniladigan prepa-
ratlar hisoblanadi.
Ular mikroblarga baktereostatik va bakteriotsid ta’sir etadi.
Bakteriostatik ta’sir mikroblarni halok etmasdan, ularning
ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi, bu xil ta’sir ko‘proq antiseptik
moddalarga xos. Bakteriotsid ta’sir esa mikroblarni nobud qiladi,
bu asosan dezinfeksiyalovchi vositalarga xos xususiyatdir.


264
Ushbu guruhga kiruvchi preparatlarning ko‘pchiligi ham
antiseptik, ham dezinfeksiyalovchi moddalar sifatida ishlatilishi
mumkin. Chunki ular antiseptik modda sifatida kichik konsen-
tratsiyada, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida esa kattaroq konsen-
tratsiyalarda qo‘llaniladi.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalarni amalda qo‘llash
tarixi XIX asrning 30-yillaridan boshlangan. N. P. Nelyubin 1828-
yili turli buyumlarni zararsizlantirish uchun ohakdan foydalanishni
taklif etgan. Keyinroq esa L.Lister ohakni tibbiyot xizmat-
chilarining qo‘lini yuvish uchun taklif qilgan. 60-yillarda J. Lister
fenolni zararsizlantiradigan modda o‘rnida jarrohlik amaliyotiga
kiritgan. Lister tomonidan joriy etilgan bu usul (antiseptika)
jarrohlik amaliyotidan keyin bo‘ladigan yiringli asoratlarning keskin
kamayishiga olib keldi. Listerning xizmati faqat jarrohlik amaliyotida
emas, balki yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda ham juda katta
samara berdi. Bundan tashqari, taklif etilgan usul mikroblarga
qarshi ta’sirchan yangi kimyoviy moddalarni topish va amalda joriy
etishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu tufayli bir qator
kimyoterapevtik preparatlar kashf etildi. Bunda L. Paster, I. Mech-
nikov, R. Kox, P. Erlix kabi olimlarning xizmatlari alohida o‘rin
egalladi. Antiseptik preparatlarning mikroblarga qarshi ta’siri yuqori
darajada bo‘lishida to‘qimalarga mahalliy qitiqlovchi yoki
kuydiruvchi ta’sir etmasligi talab qilindi. Hozirgi vaqtda antiseptik
va dezinfeksiyalovchi preparatlar tibbiyot amaliyotida keng
ko‘lamda ishlatiladi. Antiseptiklar asosan eritma, surtma, liniment
shaklida qo‘llaniladi. Ushbu kimyoviy moddalar tuzilishi bo‘yicha
quyidagicha tasnif qilinadi:
1. G a l o g e n l a r — xloramin B, pantotsid, xlorgeksidin,
yodoform, yodinol.
2. O k s i d l o v c h i l a r — vodorod peroksid eritmasi,
gidroperit, kaliy permanganat.
3. K i s l o t a v a i s h q o r l a r — salitsil kislota, benzoy
kislota, bor kislota, natriy tetraborat, piotsid.
4. A l d e g i d l a r v a s p i r t l a r — formaldegid, lizoform,
geksametilentetramin, siminal, etil spirti.
5. O g ‘ i r m e t a l l t u z l a r i — kumush tuzlari: kumush
nitrat, protargol, kollargol; mis tuzlari; mis sulfat, rux tuzlari:
rux sulfat, rux oksidi; qo‘rg‘oshin preparatlari — qo‘rg‘oshinli
plastir.
6. F e n o l l a r — karbol kislota, trikrezol, rezorsin,
fenilsalitsilat.


265
7. B o ‘ y o q l a r — metilen ko‘ki, brilliant yashili, etakridin
laktat.
8. D e t e r g e n t l a r — kationli sovunlar: serigel, demitsid,
etoniy, dekametoksin, sovunli spirt.
9. Q a t r o n l a r , n e f t n i q a y t a i s h l a s h m a h s u l o t l a r i —
qayin qatroni, ixtiol, vinilin, sovunli spirt.
10. H a r x i l t a b i i y v o s i t a l a r — lizotsim, umkalor,
evkalimin, ASD-3 preparati, tomitsid, yapon soforasi tindirmasi.
11. B i t v a q o ‘ t i r k a n a s i g a q a r s h i v o s i t a l a r —
nittifor, pedilin, Rid, antibit, itaks, benzilbenzoat.
Ushbu kiyoviy moddalarning antiseptik va dezinfeksiyalovchi
ta’siri bakteriya proteidlarining koagulatsiyaga uchrashi, bak-
teriyalar hujayra pardasining buzilishi, erkin sulfgidril guruhining
bog‘lab olinishi, bakteriya fermentlari bilan raqobatlashish bilan
bog‘liq.
Kislotalardan borat kislota va uning natriyli tuzi qisman
bakteriofungistatik ta’sir ko‘rsatadi, 2—4% li eritmasi og‘iz
bo‘shlig‘i, ko‘zni, ayrim hollarda qovuqni chayish, yuvish uchun
ishlatiladi.
Benzoy kislota esa 0,1% li eritma holida konservant sifatida
ishlatiladi.
Salitsil kislota bakteriostatik, fungitsid (zamburug‘larni o‘l-
dirish) va keratolitik (teri to‘qimasini yemirish) xossalariga ega.
Ko‘pincha so‘gal va qadoqlarni kuydirish maqsadida, sekin
bitadigan yaralarning chetiga bitishini tezlashtirish maqsadida
qo‘yiladi.
Ishqorlardan natriy va kaliy gidroksid kuydiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. So‘gallarni yo‘qotish uchun buyuriladi.
Spirtlardan tibbiyot amaliyotida asosan etil spirtining 96 va
70% ligi ishlatiladi. 96%li spirt jarrohlik asboblarini (skalpel,
qaychi, igna va shprislarni) dezinfeksiya qilish uchun, 70%li spirt
antiseptik sifatida (qo‘lni, operatsiya maydonini va boshqalar) keng
miqyosda ishlatiladi.
Izopropil spirti etanolga nisbatan ikki barobar zaharli bo‘lib,
antibakterial ta’siri bo‘yicha undan kuchli hisoblanadi. 68—72%
li konsentratsiyasi teriga surtish uchun va ketgutni sterillash uchun
qo‘llaniladi.
Aldegidlardan asosan formaldegid kuchli dezinfeksiyalovchi
modda hisoblanadi. Uning 2—5% li eritmasi jarrohlik asboblarini,
qo‘lqopni, 10%li eritmasi ekskretlarni (chiqindilarni), balg‘amni
dezinfeksiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, 4% li


266
eritmasi to‘qima va a’zolarni konservatsiyalash uchun, giðergid-
rozda (ko‘p terlash) mahalliy davo uchun ishlatiladi.
Òibbiyot amaliyotida taklif etilgan fenol kuchli bakteritsid va
fungitsid ta’sirga ega. Sporali bakteriyalar va viruslar fenol ta’siriga
chidamli. U teri orqali va shilliq parda sathidan yaxshi so‘riladi,
mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega. Kichik konsentratsiyada
to‘qimalarga qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatadi, yuqori konsetratsiyada
esa kuydiradi. Qonga so‘rilgandan so‘ng rezorbtiv ta’siri namoyon
bo‘lib, markaziy nerv tizimining kuchli qo‘zg‘alishi natijasida
titroq boshlanadi. Keyinchalik esa falaj holati kuzatiladi, nafas
to‘xtashi tufayli o‘limga olib keladi. Fenol bilan zaharlanishda
darhol o‘simlik moyi (paxta, zig‘ir, kanakunjut moyi) bilan me’da
yuviladi. Fenol teriga to‘kilgan taqdirda uni spirt bilan yuvib
tashlash zarur, so‘ng simptomatik davo ko‘rsatiladi.
Hozirgi vaqtda fenol, to‘qimalarni ta’sirlashi tufayli antiseptik
sifatida ishlatilmaydi. U, asosan, dezinfeksiyalovchi modda sifatida
(1—3% li eritma) ishlatiladi.
Òrikrezol fenolning orto-, para-, metametil unumining
aralashmasi bo‘lib, fenoldan 3—10 marta kuchliroq. Zaharli ta’siri
bo‘yicha fenolga o‘xshash. Shuning uchun ham trikrezol, asosan,
dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.
Galogen va galogen saqlovchi moddalardan xlor va xloramin
antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida tibbiyotda
ishlatiladi. Xlor ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy mikroblarga
bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sir xlorning juda kichik
konsentratsiyasida (0,0002%) namoyon bo‘ladi; yuqoriroq
konsentratsiyasida esa kislotalarga chidamli mikroorganizmlarni,
viruslarni va parazitlarni nobud qiladi. Xlorning bakteritsid ta’siri
organik aralashmalar ishtirokida ancha susayadi, bunday o‘zgarish
giðoxlor kislotaning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak,
chunki ishqoriy sharoitda uning dissotsiyalanishi kuchayib,
antiseptik ta’siri ancha kamayadi.
Xlor, xlorli ohak ichimlik suvini, atrof-muhitni, chiqindilarni
(balg‘am, peshob, najasni) dezinfeksiyalash uchun, ba’zan
quruq ohak holida ishlatiladi. Jangovar zaharlovchi moddalarni
(iðrit, luizit va boshqalar) degazatsiya etishda ham samaralidir.
Xlor bilan zaharlanishda nafas yo‘llari qattiq ta’sirlanib, o‘pka
shishi va metabolik atsidoz rivojlanishi mumkin. Bunda zudlik bilan
kislorod beriladi, shok holatiga qarshi tadbirlar ko‘riladi.
Xloramin o‘zidan asta-sekin xlorni ajratadigan preparat
hisoblanib, antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda sifatida 0,1—
1—2% li eritmalari qo‘llaniladi.


267
Yod — uzoq o‘tmishdan keng ishlatib kelinayotgan antiseptik
hisoblanadi. U bakteriyalarga, sporali bakteriyalarga, amyoba va
qisman zamburug‘lar va viruslarga qarshi kuchli ta’sir etib, ularni
nobud qiladi, yodning dezinfeksiyalovchi ta’siri xlorga nisbatan
kuchliroq bo‘lib, muhitning pHga, haroratga va ta’sir etish
muddatiga bog‘liq. Lekin xlorga o‘xshab uning ta’sirini organik va
qaytaruvchi moddalar kamaytiradi, alkogol esa kuchaytiradi.
Yodning kamchiliklari — to‘qimalarni bo‘yashi, qitiqlashi,
qisman achishtirishi, yuqori konsentratsiyada kuydirishi, regene-
ratsiyani sekinlashtirish holatlarini aytib o‘tish joiz. Ayrim hollarda
allergik reaksiyalar (isitma, toshma toshishi) kuzatiladi. Yod
to‘qimalardan va me’da-ichakdan yaxshi so‘riladi hamda qalqon-
simon bezning gormonlari sintezida qatnashadi. Òibbiyot amaliyo-
tida esa antiseptik sifatida operatsiyalardan oldin teriga surtish
uchun, murtak bezi yallig‘langanda (anginada) yodning glitserin
bilan aralashmasi, terining zamburug‘li kasalliklarida, shikast-
lanishda va boshqa holatlarda ishlatiladi. Bundan tashqari, yod
rentgenokontrast preparatlar tarkibiga kiradi va piyelografiya
(buyrakni tasvirlash), angiografiya (qon tomirlarini tasvirlash)
maqsadida qo‘llaniladi. Yod preparatlari balg‘am ko‘chiruvchi
sifatida va tireotoksikoz, giðotireoz, amyobiazda beriladi.
Oksidlovchilar. Vodorod peroksidi va kaliy permanganati
kuchli oksidlovchilar hisoblanib, to‘qimalarga (organik
moddalarga) tushganda o‘zidan kislorod molekulasini ajratadi.
Ularning antiseptik ta’siri ana shu kislorodga bog‘liq.
Vodorod peroksidining 3%li eritmasi to‘qimaga tushganda
gazsimon kislorod ajralib, antiseptik ta’sir ko‘rsatadi va to‘qimani
mexanik ravishda tozalanishiga ko‘mak beradi.
Òibbiyot amaliyotida yiringli yaralarni, jarohatlarni davolashda
va yallig‘lanishda (stomatit, gingivit, pulpit, otit va h.k.) keng
qo‘llaniladi. Yiringlash, chirish bilan bog‘liq bo‘lgan noxush hidni
yo‘qotish maqsadida, yuvish va chayish uchun ishlatiladi.
Kaliy permanganat organik moddalar (qand, ko‘mir, tanin)
bilan birikishi oqibatida portlash sodir bo‘ladi. Antiseptik preparat
sifatida yallig‘lanishning ko‘p turlarida chayish va yuvish uchun
0,02—0,1%li eritmasi qo‘llaniladi, 2—5%li eritmasi kuygan joyga
qo‘yiladi. Natijada yupqa parda hosil bo‘lib, mikroblar ko‘payi-
shidan va boshqa ta’sirlardan saqlaydi, kuyish sathidan suv chiqib
ketishini kamaytiradi.
Bo‘yoqlardan tibbiyot amaliyotida brilliant yashili va metilen
ko‘ki ishlatiladi. Ularning asosiy farmakologik xossasi bu
mikroblarga bo‘lgan bakteritsid ta’siridir.


268
Brilliant yashili antiseptik sifatida yodga yaqin bo‘lib, to‘qimaga
qitiqlovchi, kuydiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun ham
u yosh bolalarning teri yara kasalliklarida ko‘p qo‘llaniladi.
Metilen ko‘ki antiseptik modda sifatida brilliant yashilidan
kuchsizroq. Bolalarda bo‘ladigan stomatit va terining yiringli
kasalliklarini davolash uchun tavsiya etiladi. 1%li eritmasi
xromosmon preparatining tarkibiga kiradi. Metgemoglobinni
gemoglobinga tiklash maqsadida, amil nitrat, sulfanilamidlar
bilan zaharlanishda buyuriladi.
Og‘ir metall saqlagan birikmalardan simob, rux, kumush,
vismut va mis preparatlari mikroorganizmlarga qarshi antiseptiklar
sifatida ishlatiladi. Ular mikrob hujayralari tarkibidagi oqsil bilan
birikib, albuminat hosil qiladi, oqsilni cho‘ktiradi. Boshqacha
aytganda, ular bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Simob va vismut
preparatlari ayrim mikroorganizmlarga (spiroxetalarga) tanlab,
kuchli ta’sir ko‘rsatadi, kumush va rux, mis preparatlari esa har
xil kokklarni halok etadi. Og‘ir metall preparatlarining kichik
konsentratsiyalari antiseptik vositalar sifatida qo‘llaniladi. Asosan
mikroblar fermenti tarkibidagi SH-guruhi bilan bog‘lanib,
moddalar almashinuvini buzadi, natijada mikroblarning rivojla-
nishi to‘xtaydi, ya’ni bakteriostatik ta’siri namoyon bo‘ladi.
Suvda eriydigan simob preparatlaridan sulema (simob dixlorid)
kuchli antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda hisoblanadi.
Simobning boshqa preparatlari ham (simob monoxlorid,
surtmalari) antiseptik vosita sifatida dermatologiyada (teri
kasalliklari), oftalmologiyada (ko‘z kasalliklari) qo‘llaniladi.
Kumush preparatlaridan protargol — burishtiruvchi, antiseptik
va yallig‘lanishga qarshi mahalliy ta’sirga ega. Yuqori nafas yo‘llari
(1—5%), siydik chiqarish yo‘llari, ko‘z shilliq pardasi yallig‘la-
nishida (1—3%) keng qo‘llaniladi.
Rux va mis preparatlarining sulfatli tuzi, surtmasi burishti-
ruvchi va antiseptik vositalar sifatida, konyunktivitda va teri
kasalliklarida ishlatiladi. Bundan tashqari, ularning 1—2% li erit-
masi qustiruvchi preparatlar sifatida ichish uchun (1 osh
qoshiqdan 3 martagacha) berilishi mumkin.
Antiseptik moddalar sifatida, yuqorida keltirilganlardan
tashqari, bir qator vositalar — detergentlar (sirt faol moddalar),
oltingugurt preparatlari, yashil sovun, sovunli spirt va boshqalarni
aytib o‘tish lozim.
Preparatlar.
B o r k i s l o t a (Acidum boricum). Kukun, 5%li surtma holida
ishlab chiqariladi. Og‘izni chayish uchun 2—4% li suvdagi va spirtli


269
eritmasining 1 choy qoshig‘i 1 stakan suvga qo‘shiladi. Spirtli
eritmasi (0,5—5%) quloq tomchisi shaklida 3—5 tomchidan kuniga
2—3 marta tomiziladi. 5%li surtmasi teri qurib qolganida surtiladi.
S a l i t s i l a t k i s l o t a (Acidum salicylicum). Ortobenzoy
kislota. Kukun va pasta holida chiqariladi. 2—5% lisi sepish uchun
aralashmalar tarkibida, 1—10% li surtma, pasta va spirtli eritma
shaklida sirtga qo‘llaniladi.
E t i l s p i r t i (Spiritus aethylicus). 90—96% lisi dezinfeksiya
uchun, 70% lisi antiseptik va 40% lisi kompress uchun mo‘l-
jallangan.
F o r m a l i n (Formalinum). 40%li formaldegid eritmasi.
Flakonda 10%li eritma, 100 ml dan ishlab chiqariladi. Antiseptik
va terlashga qarshi 0,5—1%, a’zolar bo‘shlig‘ini yuvish uchun
1:2000, 1:3000 eritmasi, asboblarni dezinfeksiyalash uchun 0,5% li
eritmasi qo‘llaniladi.
F e r e z o l (Pheresolum). Òarkibida 60% fenol va 40% trikrezol
bor. Shisha flakonda 10 ml dan ishlab chiqariladi. Faqat sirtga
qo‘llash uchun preparat faqat papilloma, so‘gal, kondilomalarga
surtiladi. Sog‘ to‘qimaga, ayniqsa, shilliq pardalarga surish man
etiladi.
Ò o z a f e n o l (Phenolum purum). Kukun, 3—5%li eritma
holida dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
X l o r a m i n B (Chloraminum B). Kukun, 0,25—5% li
eritmasi qo‘lni, yaralarni yuvish uchun, 1,5—2,5% lisi metall
bo‘lmagan buyumlarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi.
B r i l l i a n t y a s h i l i (Viride nitenta). Kukun, 1—2% li spirtli
eritmasi antiseptik sifatida qo‘llaniladi.
M e t i l e n k o ‘ k i (Methylenum caeruleum). Kukun, 1% li
spirtli yoki suvli eritmasi antiseptik sifatida, ampulada 20 va 50
ml, 1% li eritmasi 25% li glukoza bilan (Xromosmon) venaga
yuborish uchun qo‘llaniladi.
Y o d n i n g s p i r t l i e r i t m a s i (Solutio Iodi spirituosae).
Sirtga qo‘llash uchun antiseptik sifatida 5—10% li eritmasi, 3—
10 tomchilab ichish uchun 5% li eritmasi, 20 tomchi 5% li
eritmasi yoki 10 tomchi 10% li eritmasi beriladi.
V o d o r o d p e r o k s i d (Solutio Hydrogenii peroxydi). 3% li
eritmasi sirtga qo‘llaniladi.
K a l i y p e r m a n g a n a t (Kalii permanganas). Kristall kukun.
Yaralarni yuvish uchun 0,1—0,5%li eritmasi, kuygan joylarni
yuvish uchun 0,01—0,1%li eritmasi qo‘llaniladi.
N o v s h a d i l e r i t m a s i (Ammonium causticum salutum).
Flakonda 10, 40, 100 ml dan, ampulada 1 ml dan ishlab


270
chiqariladi. Ichish uchun 5—10 tomchidan 100 ml suv bilan,
qo‘lni yuvish uchun 0,5%li eritmasi (5 l suvda 25 ml) tavsiya
etiladi.
Rp.: Sol. Viridis nitentis spirituosae 2%—10 ml
D.S. sirtga qo‘llash uchun
#
Rp.: Sol. Glukosae 25%—50 ml
Methyleni coerulei 0,5
D.t.d. N. 3 in amp.
S. venaga yuborish uchun.
#
Rp.: Sol. Zinci sulfatis 0,25%—10 ml
D.S. 2 tomchidan kuniga 2 marta ko‘zga tomiziladi.
#
Sol. Formalini 50 ml
D.S. 1/2 choy qoshig‘ini 1 stakan suvga qo‘shib oyoqni yuvish
uchun.
Nazorat savollari
1. Antibiotiklar deb qanday ta’sirli preparatlarga aytiladi?
2. Antibiotiklar qanday guruhlarga bo‘linadi?
3. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi ta’sirli preparatlarga
misollar keltiring.
4. Dorilar allergiyasi nima?
5. Antiblastom dori vositalari qanday kasalliklarda tavsiya
etiadi?
ANÒIBLASÒOM PREPARAÒLAR
Blastoma (neoplazma, rak) deb, ayrim to‘qimalar, hujayra-
larning beto‘xtov bo‘linishi natijasida kelib chiqadigan shishlar,
patologik o‘zgarishlarga yetiladi. Bunday o‘smalar atrofidagi
to‘qimalarga ildiz yoyib (infiltratsiya), o‘sishi davrida ularning
ayrim hujayralari limfa va qon orqali tarqalib metastaz beradi.
Òanada intoksikatsiya holati turli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, ushbu o‘smalar bir to‘qima yoki a’zo
kasalligi bo‘lmasdan, butun organizm uchun xavfli kasallikdir.
Blastomalarga duchor bo‘lgan bemorlarni davolashning bir
qancha usullari mavjud: jarrohlik usuli, kimyoterapiya, nur bilan
davolash, kriogen va giðertermiya usuli.


271
Bularni jarrohlik yo‘li bilan davolash radikal usul hisoblanadi.
Davo samarasi kasalni iloji boricha erta aniqlashga bog‘liq. Xastalik
boshlanishidayoq aniqlanib, o‘sma jarrohlik yo‘li bilan olib
tashlansa, bemor butunlay davo topishi mumkin. Lekin ko‘p
hollarda bu xastalikni aniqlash qiyin. Chunki u deyarli o‘zga-
rishsiz, og‘riqsiz va boshqa belgisiz boshlanib, rivojlanadi.
Ko‘pincha bemorlar shikoyati kasallikning 2—3 bosqichiga o‘tishda
kuzatiladi. Ushbu davrlarda esa metastazlar paydo bo‘lib, jarrohlik
usulida davolash hech naf bermaydi.
Kimyoterapiya boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga
ega. Rak o‘smasi tananing qaysi to‘qimasi va a’zolarida joylashgan
bo‘lmasin (jigarda, o‘pkada, qon tarkibida va b.), kimyoterapiya
usuli ijobiy natijalarni berishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan,
bu usul ko‘p hollarda asosiy davo chorasi hisoblanmaydi. Faqat
boshqa usullar bilan (jarrohlik, nur bilan davolash va b.) birga
yoki ketma-ket qo‘llanilsa, samarali bo‘ladi.
Blastoma xastaligida kimyoterapiya maqsadida beriladigan
antiblastom preparatlar ta’sir etishi, ta’sir mexanizmi va
ishlatilishi bo‘yicha turlicha. Ular blastoma hujayralariga sitostatik
ta’sir ko‘rsatadi, natijada bakteriyada RNK va DNK yangi
hujayralar uchun zarur bo‘lgan moddalarning sintezi izdan
chiqadi.
Shuning bilan birga, ko‘pchilik kimyoterapevtik preparatlar
nojo‘ya ta’sirlarga ega. Masalan, ularning sitostatik ta’siri doimo
bo‘linib turadigan normal hujayralarda ham kuzatiladi. Òeri, shilliq
qavatining epitelial hujayralari va qon ishlab chiqarish to‘qima-
sining fiziologik regeneratsiyasi izdan chiqadi. Natijada birinchi
galda oq qon tanachalari — leykositlarning ishlab chiqarilishi
susayadi, ularning qondagi miqdori kamayib ketadi (leykopeniya).
Bu holat ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin — bemor
yuqumli kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qoladi, boshqa xastaliklarga
chalinadigan bo‘ladi.
Dorilarning ko‘pchiligi allergik holatni keltirib chiqaradi,
endokrin tizimiga, me’da-ichak faoliyatiga salbiy ta’sir etishi
mumkin. Shuning uchun ham antiblastom preparatlar faqat
onkolog shifokor tomonidan tavsiya etilishi va bemor doimiy
nazoratda bo‘lishi talab qilinadi.
Hozirda asosan quyidagi kimyoterapevtik preparatlar guruhi
tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladi:
I. A l k i l l a y d i g a n v o s i t a l a r :
A. Bis (
β−
xloretil)-amin unumlari, sarkolizin, xlorbutin,
siklofosfan, prospidin, dopan, lofenal.


272
B. Etilenamin va etilendiamin guruhlari saqlovchi birikmalar —
tiofosfamid, benzotef, diðin, imifos, geksafosfamid.
V. Disulfon kislota efirlari — miyelosan.
G. Nitrozomochevina va triazenlar — nitrozometilmochevina,
lomustin, karmustin, dakarbazin.
II. A n t i m e t a b o l i t l a r :
A. Folat kislota analoglari — metotreksat.
B. Purinlar analoglari — merkaptopurin, fopurin.
V. Pirimidin analoglari — ftoruratsil, ftorafur, sitarabin.
III. H a r x i l k i m y o v i y g u r u h l a r g a m a n s u b
s i n t e t i k v o s i t a l a r :
A. Platina preparatlari — sisplatin, platin, karboplatin.
B. Boshqa kimyoviy guruhlarning preparatlari — prokarbazin,
gidroksimochevina.
IV. O‘simlik preparatlari — vinblastin, vinkristin,
vinorelbin, kolxamin, kolxisin, podofillin.
V. A n t i b i o t i k l a r — daktinomitsin, rubomitsin gidroxlo-
rid, doksorubitsin gidroxlorid, karminomitsin, olivomitsin, bru-
neomitsin.
VI. F e r m e n t l a r — L-asparginaza.
VII. I n t e r f e r o n l a r — aldeleykin.
VIII. Gormonat va antigormonal preparatlar.
Gormonal va antigormonal vositalar. Ayrim gormonlar
(asosan, jinsiy endokrin bezlar) blastomaning o‘sishini tezlash-
tiradi. Masalan, ko‘krak bezining rak kasalligi estrogen gormonlari
ta’sirida tezlashsa, prostata bezi rakini androgen gormonlar
zo‘raytiradi. Ushbu blastomalar gormonlarga bog‘liq o‘smalar
deyiladi. Ularning o‘sishini qarama-qarshi jinsiy gormonlar bilan
to‘xtatish mumkinligi aniqlangan. Bunda blastomalar tabiiy sti-
mulatorlardan mahrum bo‘ladi. Bemorlarni bu usulda davolashning
kamchiligi estrogen preparatlarni olayotgan erkaklarda ayollarga xos
jinsiy belgilar (feminizatsiya), androgen gormonlar qabul
qilayotgan ayollarda esa ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilari
(virilizatsiya) paydo bo‘lishidir. Shu sababli asoratlari uncha
sezilarli bo‘lmaydigan preparatlar yaratilgan. Ular jumlasiga
fosfoestrol, xlortrianizen, estrodurin, medrosteron va boshqa
preparatlar kiradi.
Umuman olganda, gormonal preparatlarning blastomalarga
ta’siri vaqtinchalik bo‘lib, bu asosan shishning o‘sishini vaqtincha
to‘xtatishi, tana intoksikatsiyasining kamayishi bilan namoyon
bo‘ladi. Metastazlar paydo bo‘lganda esa ular kor qilmaydi.
Antiblastom preparatlari sifatida kortikosteroidlar va AKÒG


273
(adrenokortikotrop gormon) ishlatiladi, chunki ular oqsil sin-
tezini sekinlashtiradi, intoksikatsiyani kamaytiradi. Boshqa
antiblastom preparatlar ta’sirini kuchaytiradi, asoratlarni (qayt
qilish, intoksikatsiya) kamaytiradi. Kortikosteroidlar, ayniqsa, qon
ishlab chiqarish to‘qimasining o‘sma kasalligida (o‘tkir leykoz)
kor qiladi. Ular ta’sirida o‘tkir leykozning klinik belgilari 5 oydan
1 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida yo‘qoladi. Shu maqsadda ko‘pincha
kortizon, prednizolon va AKÒGdan foydalaniladi.
Antiblastom preparatlarni katta dozada ishlatish tavsiya
etilmaydi, chunki ularning ta’siri o‘smaning negiziga emas,
ko‘proq metastazlarga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham
ushbu preparatlar blastomalarga davo qilishda ishlatiladigan boshqa
usullarga (jarrohlik va nurlantirish) qo‘shimcha sifatida buyuriladi.
Barcha davo usullarini bir yo‘la qo‘llash kasallikning I—II
bosqichlarida ijobiy natijalar beradi.
Òurli xildagi antiblastom preparatlar. Bularga blastomalarni
radioaktiv izotoplar, fermantlar bilan davolash usullari kiradi.
Radioaktiv izotoplar ta’sirida blastomalarni nurlantirish usuli
yetarli. Ular chiqaradigan
β
va
γ
nurlari o‘sma to‘qimasiga ta’sir
ko‘rsatib, uning hujayralarini nobud qiladi. Normal to‘qimaning
ushbu nurlarga nisbatan sezuvchanligi past. Shu maqsadda
radioaktiv oltin (
β
va
γ
nurlar ajratadi), fosfor (
β
nur ajratadi),
yod (
β
va 
γ
nurlar ajratadi) blastomalarining ayrim turlarida
qo‘llaniladi. Davolashning ushbu usuli ham asosiy bo‘la olmaydi.
Blastomaning ayrim turlarida fermantli preparat L — aspar-
ginaza beriladi. U DNK va RNK tarkibiga kiruvchi pirimidin
asoslari sintezi uchun zarur bo‘lgan asparagin aminokislotasini
gidroliz qiladi va bemor holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Keyingi vaqtlarda shunday dori vositalari ishlab chiqarilganki,
ular kimyoterapevtik davolash natijasida bemorda kuzatiladigan
asoratlarni bartaraf etib, davoning samarali davom ettirilishini
ta’minlaydi. Shuningdek, tarkibida platina saqlovchi bir qator
preparatlar (sisplatin, platin, karboplatin) ham keng qo‘llanilmoqda.
Preparatlar.
D o p a n (Dopanum). Òabletka holida 0,002 g dan ishlab
chiqariladi. 0,006—0,012 g dan 3—5—7 kun davomida 1 marta
ichiladi. Davo kursi: 5—7 marta qabul qilinadi.
S a r k o l i z i n (Sarcolysinum). Òabletka holida 0,01 g, kukun
shaklida 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Haftada 1 marta ovqatdan
keyin ichiladi. Vazni 50 kg dan ortiq bemorlarga bir martalik
dozasi 0,03-0,05 g.
S i k l o f o s f a n (Cyclophosphanum). Kukun shaklida flakonda


274
0,2 g dan inyeksiya uchun ishlab chiqariladi. Venaga, mushaklar
orasiga, plevra bo‘shlig‘iga, qorin bo‘shlig‘iga 0,2 g dan har kuni
yuboriladi.
B e n z o t e f (Benzotephum). Sterillangan kukun, 20 ml
flakonda 0,024 g dan ishlab chiqariladi. Izotonik eritmaning 20
ml da 24 mg eritib, venaga haftada 3 marta yuboriladi.
Ò i o f o s f a m i d (Thiophosphamidum). Liofillangan kukun
holida flakonda 0,01 g dan ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga,
venaga, arteriyaga, plevra va qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi.
M e r k a p t o p u r i n (Mercaptopurinum). Òabletkada 0,05 g dan
ishlab chiqariladi. 0,002—0,0025 g/kg vazniga 1—3 marta ichishga
beriladi.
M e t o t r e k s a t (Methotrexatum). Òabletka holida 2,5 mg dan,
ampulada kukun holida 5 mg dan va 0,9% li natriy eritmasi
ampulada 2 ml dan birga ishlab chiqariladi.
F t o r u r a t s i l (Phthoruracilum). 5%li eritmasi 5 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Har kuni venaga asta-sekin 10—15
mg/kg vazn o‘lchovida yuboriladi.
F t o r a f u r (Phthorafurum). Ampulada 4% li eritmasi 10 ml
dan ishlab chiqariladi. Har 12 soatda 1,2—2 g (30 mg/kg) dan
venaga yuboriladi.
V i n k r i s t i n (Vincristinum). Ampulada quruq kukun holida;
0,5 mg dan erituvchi bilan birga ishlab chiqariladi. Venaga haftada
1 marta (0,05—0,15 mg/kg) yuboriladi.
V i n b l a s t i n (Vinblastinum). Liofillangan kukun holida 0,005
g dan flakonda ishlab chiqariladi. Venaga haftada 1 marta yuboriladi
(0,025 dan 0,3 mg/kg gacha).
K o l x a m i n (Colchaminum). 0,5%li surtma sifatida 25 g dan
ishlab chiqariladi; tabletka holida 0,002 g dan chiqariladi. Òeri
o‘smalarida suriladi. Qizilo‘ngach o‘smasida kunora 0,006—0,01 g
ichiladi.
A d r i a b l a s t i n (Adriablastinum). Antratsiklinlar guruhiga
kiruvchi antibiotik. Flakonda 0,01 g dan kukun holida, flakonda
5 ml inyeksiya uchun, suyultiradigan suv bilan ishlab chiqariladi.
0,01 g ni distillangan suvda yoki natriy xloridning 0,9% li
eritmasida (5 ml) venaga yuboriladi.
D a k t i n o m i t s i n (Dactinomycinum). Ampulada 0,05% li
eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Venaga 0,0005 g dan 5 kun
davomida yuboriladi.
O l i v o m i t s i n (Olyvomycinum). Nurli zamburug‘lar ishlab
chiqaradigan antibiotik. Flakonda 0,02 g dan kukun holida ishlab
chiqariladi. Har kuni yoki kunora venaga sekin-asta yuboriladi.


275
R u b o m i t s i n g i d r o x l o r i d (Rubomycini hydrochloridum).
Flakonda 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Venaga yuboriladi.
L - a s p a r g i n a z a . Flakonda 10000 ÒB dan ishlab
chiqariladi. Venaga sekin-asta yuboriladi (natriy xlorning 0,9% li
eritmasida suyultiriladi).
F o s f e s t r o l (Phosphestrolum). Òabletka holida 0,1 g,
ampulada 6%li yog‘li eritmasi 5 ml dan ishlab chiqariladi. Venaga
ekin-asta (tomchilab) 1 ampuladan yuboriladi. Ichish uchun 0,1 g
dan kuniga 2—3 marta beriladi.
F i l g r a s t i m (Filgrastim). Aminokislotalar qoldig‘ini saq-
lovchi poliðeptid. 1 ml da 0,3, 0,48 mg saqlaydi. 5 ml glukozada
eritib, venaga yuboriladi.
IMMUNOLOGIK JARAYONLARGA ÒA’SIR EÒUVCHI
DORI VOSIÒALARI
Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori vositalari.
„Allergiya“ so‘zi grekcha alle so‘zidan olingan bo‘lib,
„boshqacha, o‘zgacha“ degan ma’noni bildiradi. Bu xastalikning
kelib chiqishida tananing immunobiologik tizimi muhim rol
o‘ynaydi. Ma’lumki, ushbu tizim tanaga tushgan va kasallik paydo
qiladigan ko‘pchilik mikroorganizmlarga qarshi kurashib, ularning
zaharli ta’sirini yo‘qotadi yoki kamaytiradi.
Immunobiologik tizimning faoliyati va tuzilishi ancha murakkab
bo‘lib, tanani himoya qilish vazifasini asosan limfa tizimi bajaradi.
Uning tarkibiga timus (ayrisimon bez), limfatik follikulalar va
tugunchalar, taloq, qon va boshqalar kiradi. Immunitetning hosil
bo‘lishida limfotsitlar (Ò- va B- limfositlar) faol qatnashadi.
Bundan tashqari, immunobiologik tizim ko‘pchilik kasalliklarning
(rak, revmatizm va boshqalarning) paydo bo‘lishi va rivojlanishiga
qarshilik ko‘rsatishi aniqlangan.
Allergiyani keltirib chiqaradigan moddalar allergenlar deyiladi.
Ular ekzo- va endoallergenlarga bo‘linadi. Ekzoallergenlar deb
tashqi muhitdan tanaga ta’sir etuvchi moddalarga (kimyoviy
moddalar, dori preparatlari, uy buyumlari, o‘simliklar va
hokazo), endoallergenlar deb, tananing o‘zida hosil bo‘ladigan
(masalan, kuyganda) to‘qima oqsilining o‘zgarishi natijasida hosil
bo‘ladigan moddalarga aytiladi.
Ma’lumki, ko‘pchilik dori moddalarini qabul qilgandan so‘ng
ular qonga o‘tib asosan jigarda metabolizmga uchrashi (oksidlanish,
gidrolizlanish, konyugatsiya va boshqalar) natijasida hosil bo‘lgan
ba’zi moddalar (metabolitlar) bo‘lib, allergiyaga sabab bo‘lishi
mumkin.


276
Allergenlar immunobiologik tizimga ta’sir etadi va ularga
qarshi antitana hosil qilinadi. Bu antitanalar oqsildan (gamma-
globulin) iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda mana shu antigen —
hujayra — antitana kompleksi Erlix (bazofillar) hujayralaridan
biologik faol bo‘lgan moddalar (gistamin, serotonin, atsetilxo-
lin, prostoglandin va boshqalar) ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Natijada ajrab chiqqan endogen gistamin qon bilan tarqalib,
tanada ko‘pgina o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Masalan, gistamin
ta’sirida qon tomirlari (ayniqsa kapillarlar) kengayadi, uning
devori o‘tkazuvchanligi oshadi, natijada qon tarkibidagi suyuqlik
qon tomir devori orqali to‘qimalarga o‘tadi, qon tomirlarda
quyuqlashib, aylanishi sekinlashadi, qon bosimi tushishi mumkin.
Qon tarkibidagi suyuqlik — ekssudatning to‘qimalarga o‘tishi
natijasida to‘qimada shish hosil bo‘ladi. Agar shunday shish
burun shilliq qavatida vujudga kelsa, bemor rinitga(tumov)
chalinib qoladi, aksiradi, burundan suyuqlik ko‘p oqadi, burun
qizaradi. Shish teri to‘qimasida bo‘lsa „eshak yemi“ toshib, shu
joy qizarib ketadi. Ayrim hollarda butun badanga toshmalar
toshib, qichib turadi.
Endogen gistamin ta’sirida tanadagi ko‘pchilik silliq mushak-
lar qisqaradi, masalan, nafas yo‘llari — bronxlarning silliq
mushaklari qisqarishi natijasida ular torayadi va nafas olish va
chiqarish qiyinlashadi. Nafas qisishi, ya’ni bronxial astma avj
oladi. Bachadon mushaklarining qisqarishi natijasida homila
vaqtidan ilgari tug‘ilishi mumkin. Shunday qilib, allergiya
holatining kelib chiqishida to‘qima gistamini muhim rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, gistamin ta’sirida me’da shilliq pardasida
joylashgan xlorid kislota ishlab chiqaradigan pariyetal hujayra-
larning faoliyati ham kuchayadi. Me’da shirasining miqdori xlorid
kislota hisobiga oshadi.
Gistaminning bunday farmakologik ta’siri gistaminoretsep-
torlar tufayli yuz beradi. Gistaminoretseptor gistamin ta’sir
etadigan va unga nisbatan sezuvchi to‘qimalarda joylashgan
biokimyoviy tuzilma. H
1
va H
2
gistaminoretseptorlar tafovut
qilinadi. N
1
gistaminaretseptorlar silliq mushaklarda joylashgan.
Ular qo‘zg‘atilsa, ushbu mushaklar qisqaradi. N
2
-gistamino-
retseptorlar esa me’da pariyetal sekretor hujayralarida bo‘lib,
ularning qo‘zg‘alishi natijasida xlorid kislota ajralishi ortadi.
Gistamin ta’sirida qon tomirlarining kengayishi va qon bosimining
tushishi ko‘proq N
1
- gistaminoretseptorlarning ta’sirlanishidan
kelib chiqadi.


277
Shunday qilib, endogen gistamin N
1
- gistaminoretseptorlarni
ta’sirlab, allergiyaga xos alomatlarni («eshak yemi», angionevrotik
shish, Kvinke shishi, konyunktivit, rinit, bronxial astma va
boshqalar) keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, allergiya-
ning rivoj topishida endogen gistamin asosiy rol o‘ynaydi.
Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori preparatlari ta’sir etish
mexanizmiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: antigistamin va
allergiyaga qarshi turli preparatlar.
Antigistamin vositalar. Antigistamin preparatlar deb,
gistaminga qarshi ta’sir etib, allergiyaning belgilarini bartaraf
etadigan dori vositalariga aytiladi. Ular ta’sir etish mexanizmiga
ko‘ra 3 guruhdan iborat: gistaminoblokatorlar, qondagi gistaminni
kamaytiradigan dorilar, erlix hujayralaridan gistaminning ajralishini
to‘sadigan preparatlar.
Gistaminoblokatorlar — asosan to‘qimada joylashgan,
gistaminga nisbatan sezgir bo‘lgan retseptorlarni to‘suvchi dori
vositalari hisoblanadi. Bular o‘z navbatida qaysi gistaminoretsep-
torlarga ta’sir etishiga qarab H
1
va H
2
- gistaminoblokatorlar
tafovut etiladi.
H
1
- gistaminoblokatorlarga dimedrol, tavegil, suprastin,
diðrazin, fenkarol, diazolin va boshqalar kiradi.
H
1
- gistaminoblokatorlar H
1
- retseptorlarni to‘sib, gistamin
keltirib chiqargan barcha o‘zgarishlarni va allergiya belgilarini
bartaraf qiladi yoki ularning rivoj topishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Masalan, gistamin keltirib chiqaradigan qon tomirlarining
kengayishini yo‘qotib, ularni toraytiradi, qon tomir devorining
o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, qon bosimini normallashtiradi,
qisqargan silliq mushaklarni bo‘shashtiradi va hokazo. Boshqacha
aytganda, allergiyaga xos bo‘lgan belgilarni (shish, qizarish,
qichitma, og‘riq va hokazo) kamaytiradi va bartaraf etadi.
H
1
- gistaminoblokatorlar H
2
- gistaminoretseptorlarga ta’sir
etmagani uchun gistamin ta’sirida xlorid kislotaning ajralishi
o‘zgarmaydi. Demak, N
1
- gistaminoblokatorlar allergiyaga qarshi
bo‘lgan farmakologik xossaga ega bo‘lgani uchun, ushbu guruhga
kiruvchi preparatlar allergiya xastaligining deyarli hamma
shakllarida keng qo‘llaniladi.
Ushbu preparatlar ayrim xususiyatlariga ko‘ra shartli ravishda
ikki guruhga bo‘linadi. Dimedrol, suprastin, piðolfen va qisman
tavegil preparatlari antigistamin ta’siridan tashqari markaziy nerv
tizimiga tinchlantiruvchi va uyqu keltirib chiqaruvchi xususiyatga
ega, qolgan preparatlar esa (diazolin, fenkarol) bunday xossaga
ega, emas. Shuning uchun ham b i r i n c h i g u r u h preparatlarni


278
tavsiya etishda bemorning qaysi sohada ishlashi, kasbi hisobga
olinishi kerak. Diqqat-e’tiborni talab qiladigan ishda band bo‘lgan
kishilarga ushbu dorilar tavsiya etilmaydi. Bularga ikkinchi guruh
preparatlar (diazolin, fenkarol) beriladi.
Dimedrol, suprastin va piðolfen preparatlariga yuqorida
keltirilgan ta’sirlardan tashqari, ular qisman mahalliy og‘riq
qoldiruvchi spazmolitik, adrenobiokatarlik (piðolfen), xolinobio-
katarlik ta’sir ko‘rsatadi.
Piðolfen (diðrazin) neyroleptiklarga yaqin bo‘lgani uchun
narkoz, uxlatuvchi va analgetiklar ta’sirini kuchaytiradi, qisman
gepotenziv va geporermik ta’sir ham etadi.
N
1
- gistaminoblokatorlar me’da-ichakdan yaxshi so‘riladi.
Ayrimlari parenteral yo‘l bilan ham yuboriladi. Keltirilgan pre-
paratlardan tavegilning ta’sir etish muddati uzoqroq (8—12 s).
Antigistamin preparatlari, asosan, allergiyaning teri va shilliq
pardani zararlantiruvchi turida yaxshi samara beradi, bronxial astma
xastaligida kor qilmaydi. Bunda ko‘proq adrenominetiklar
(adrenalin, efedrin, izadrin), xolinoblokatorlar (atropin) va
boshqa preparatlar (teofilin, teobromin, kortikosteroidlar) ish-
latiladi (11- jadval).
11-jadval.
O‘tkir allergiya holatida dori vositalarining
samarasi
i
r
u
t
a
y
i
g
r
e
ll
A
r
a
l
k
it
e
m
o
n
e
r
d
A
-
u
l
G
-
it
r
o
k
r
a
l
d
i
o
k
a
t
s
i
g
it
n
A
-
l
a
r
e
n
i
m
r
a
l
-
o
n
il
o
x
-
M
-
r
o
t
a
k
o
l
b
r
a
l
-
if
u
E
n
il
a
if
-
a
n
e
r
d
a
n
il
-
d
e
f
e
n
i
r
-
d
à
z
i
n
i
r
k
o
h
s
k
it
k
a
li
f
a
n
A
+
+
+
+
—
+
+
+
+
—
+
+
i
g
il
l
a
s
a
k
b
a
d
r
a
Z
+
+
+
+
—
+
+
+
+
—
—
k
it
o
r
v
e
n
o
i
g
n
A
h
s
i
h
s
+
+
+
+
—
—
+
+
—
—
a
m
t
s
a
l
a
i
x
n
o
r
B
i
h
s
r
a
q
a
g
j
u
r
u
X
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
+
+
+
+
o
v
a
d
k
it
a
m
e
t
s
i
S
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
+
+
+
ti
t
a
m
r
e
d
k
i
g
r
e
ll
A
—
—
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
-
k
a
h
c
i
-
a
d
’
e
M
k
i
g
r
e
ll
a
g
n
i
n
i
h
s
i
n
a
l
r
a
r
a
z
—
—
—
—
+
+
+
+
+
+
+
i
m
e
y
k
a
h
s
E
—
+
+
—
—
+
+
+
—
—


279
Allergiyaning tez rivoj topadigan og‘ir shakli hisoblanadigan
anafilaktik shokda H
1
—gistaminoblokatorlar uncha kor qilmaydi.
Shuning uchun ham bunday holatlarda qon tomirlarini
toraytiradigan va qon bosimini ko‘taradigan boshqa preparatlar
(adrenalin, noradrenalin va boshqalar tavsiya etiladi).
Ayrim hollarda sedativ ta’sirga ega bo‘lgan antigistamin
vositalar uyqusizlikda, parkinsonizm va boshqa kasalliklarda ham
beriladi. Preparatlarning noxush ta’sirlaridan qorinning dam
bo‘lishi, og‘iz qurishi, uyquchanlik va umumiy bo‘shashish qayd
etiladi. Jigar va buyrak xastaligida antigistamin dorilar ehtiyotlik
bilan beriladi.
H
1
- gistaminoblokatorlar ta’siri va farmokologik samarasiga
ko‘ra N
1
- gistaminoblokatorlardan tubdan farq qiladi. Ular me’da
shilliq qavatida joylashgan pariyetal hujayralar N
1
- gistamino-
retseptorlarini to‘sib, xlorid kislota ishlab chiqarilishini susaytiradi.
H
2
- gistamin dorilar me’da shirasidagi pepsin fermenti miqdoriga
deyarli ta’sir etmaydi, shira ajralishini kamaytiradi. Ular allergiyaga
qarshi ta’sir etmaydi.
H
2
- gistaminoblokatorlarning xlorid kislota ishlab chiqarilishiga
ta’siri tibbiyotda ushbu kislota ko‘payishi bilan kechadigan me’da
xastaliklarida (gastrit, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi va
hokazolarda) keng qo‘llaniladi. Bu dorilar qatoriga simetidin,
famotidin, nizotidin va ranitidin kiradi. Ular H
2
— gistamin-
retseptorlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa famotianning ta’siri
samarali va nojo‘ya ta’siri kamroq (me’da-ichak faoliyatiga ta’sir
etuvchi vositalar mavzusiga qarang).
I k k i n c h i g u r u h g a qarashli antigistomin preparat
gistoglobulin hisoblanadi. U o‘z tarkibida juda kichik miqdorda (0.1
mkg) globulin bilan bog‘langan gistamin saqlaydi. Shu sababdan
qondagi gistaminga qarshi antitana ishlab chiqarilishini ta’minlaydi
va allergik o‘zgarishlarni kamaytiradi.
Gistoglobulin ampulalarda (3 ml) ishlab chiqariladi va
inyeksiyaga mo‘ljallangan.
U c h i n c h i g u r u h g a kiruvchi dori vositalari bazofil —
erlix hujayralarida granulatsiyani buzib, ulardan gistamin va
yallig‘lanishga sabab bo‘lgan moddalarni (bradikinin, seratonin va
boshqalar) ajralib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday xususiyatli
preparatlarga kromolin natriy, ketotifenlar misol bo‘la oladi.
Kromolin natriy ingalatsiya — havo yo‘llari bilan yuborishga
mo‘ljallangan bo‘lib, asosan bronxial astma xurujining oldini olish
maqsadida qo‘llaniladi. Astma xuruji davrida deyarli samara bermaydi.
Ketotifenning tabletkasi ham shu maqsadda beriladi.


280
Allergiyaga qarshi boshqa vositalar. Allergiyaga chalingan
bemorlarni davolashda H
1
- gistaminoblokatorlardan tashqari har
xil guruhga taalluqli, lekin umuman yallig‘lanish jarayonini
kamaytiradigan preparatlar ham keng qo‘llaniladi. Bular
jumlasiga, asosan, kortikosteroidlar va kalsiy preparatlari kiradi.
Òez yuzaga chiqadigan allergik holatlarda (anafilaktik shok,
bronxial astma va boshqalar) H
1
- gistaminoblokatorlar miolitik
adrenomimeteklar (izodrin), glukokortikoidlar (kortizon) bilan
birga beriladi. Glukokortikoidlar Erlix hujayralaridan gistaminning
ajralishini kromolin natriy kabi kamaytiradi. Glukokortikoidlarning
allergiyaga qarshi ta’siri teri va shilliq pardaning allergiyasida ancha
samarali hisoblanadi. Ular ta’sirida qon tomir devorining
o‘tkazuvchanligi kamayadi.
Kalsiy preparatlari ham qon tomir o‘tkazuvchanligini kamay-
tirgani uchun allergik holatlarda kor qiladi. Bular ham ko‘proq
allergiyaning sekin rivojlanadigan shakllarida ishlatiladi. Allergiya-
ning sekin rivojlanuvchi shaklida asosan immunobiologik tizim
faoliyatini susaytiruvchi, sitostatik preparatlar — immunoderessant-
lar qo‘llanilishi mumkin. Shunday qilib, allergiya xastaligiga qarshi
qo‘llaniladigan dori-darmonlar hozirgi vaqtda turlicha. Allergiyaga
chalingan bemorlarni davolashning eng asosiy va samarali usuli
bu allergenni aniqlash va uning tanaga kirishini to‘xtatishdir.
Preparatlar.
H
1
- gistaminoblokatorlar:
D i m e d r o l (Dimedrolum). Kukun, tabletka holatida 0,05 g
dan, ampulada 1%li eritmasi 1 ml dan, rektal shamchalar shaklida
0,01 g dan ishlab chiqariladi. Ichish uchun 0,025—0,05 g dan
kuniga 1—3 marta, mushak orasiga va venaga 1% li eritmasi 1—
5 ml dan yuboriladi. Ichish uchun bir martalik yuqori dozasi
0,1 g, bir kecha-kunduzligi — 0,25 g.
D i a z o l i n (Diazolinum). Draje shaklida 0,05—0,1 g dan
ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin ichish uchun 0,05—0,2 g dan
kuniga 1—2 marta. Bir martalik yuqori dozasi 0,3 g. Kecha-
kunduzligi 0,6 g.
D i ð r a z i n (Diðrazinum). Òabletka holida 0,025 g dan,
ampulada 2,5% li eritmasi 2 ml dan ishlab chiqariladi. Ichish
uchun 0,05 g dan, kuniga 2—3 marta teri orasiga va venaga 2,5
% li eritmasi 1—2 ml dan yuboriladi.
S u p r a s t i n (Suprastinum). Òabletka holida 0,05 g dan,
ampulada 2%li eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Ovqat bilan
ichish uchun 0,025 g dan yuboriladi.


281
Ò a v e g i l (Tavegilum). Òabletka holida 0,01 g dan, ampulada
0,1% li eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Ichish uchun 1
ta tabletkadan kuniga ikki marta, mushaklar orasiga 0,1% li
eritmasi 1—2 ml dan yuboriladi.
F e k a r o l (Phecarolum). Òabletka holida 0,025 g dan ishlab
chiqariladi. Ichish uchun 0,025—0,05 g dan kuniga 3—4 marta
ovqatdan keyin beriladi.
G i s t o g l o b u l i n (Histaglobulinum). Preparatning 1 ml da 0,1
mkg gistamin gidroxlorid va 0,86 g gamma-globulin saqlaydi.
Ampulada 3 ml dan ishlab chiqariladi. Kunora teri ostiga yuboriladi
(4—10 inyeksiya).
K r o m o l i n n a t r i y (Cromolin sodium). Preparat
dozalangan aerozol shaklida ballonlarda 10 ml dan (200 doza
saqlaydi) ishlab chiqariladi. Har bir doza 1 mg kromolin natriy
va 0,05 mg fenoterol saqlaydi. Nafas yo‘li orqali qabul qilinadi.
K e t o t i f e n (Ketotifenum). Kapsula va tabletkalarda 0.001 g
dan, sirop shaklida (1 ml da 2 g kertotifon bor) ishlab chiqariladi.
Bir kunda 2 marta ovqat bilan qabul qilinadi.
Immun tizimiga ta’sir etuvchi dori vositalari
Ma’lumki, immun tizimi organizmda muhim vazifani bajaradi —
immunitetni ta’minlaydi. Immunitet organizmning kasallik keltirib
chiqaradigan mikroorganizmlarga va ularning toksinlariga qarshi
kurashish qobiliyatidir. Immunitet tufayli organizm yuqumli
kasalliklarga bo‘lgan chidamlilikni ta’minlaydi. Bundan tashqari,
organizmga yot bo‘lgan antigen xususiyatli moddalar, mikro-
organizmlar, viruslar, zamburug‘lar tushganda, yot to‘qima va a’zolar
ko‘chirib o‘tkazilgan immunitet tanho bo‘ladi. U organizmning
limorand to‘qimasi tomonidan bajariladi. Immunitet gumorol va
hujayrali bo‘ladi. Gumoral immunitetni limfotsit hujaraylar bajarsa,
hujayra immunitetini alohida hujayralar ta’minlaydi.
Ayrim kasalliklarda va turli moddalar ta’sirida immun tizim
faoliyati o‘zgaradi. Shu paytda qo‘llaniladigan dori vositalari
immunomodulatorlar deyiladi. Ular ta’sir mexanizmiga ko‘ra
immunostimulatorlar va immunodepressantlarga bo‘linadi.
Immunostimulatorlarga timolin, t-aktivin, timogen, natriy nuk-
leinat, levomizol va boshqalar kiradi. Ular ta’sirida organizmning
yuqumli kasalliklarga chidamliligi ortadi.
Keyingi paytlarda bunday dori preparatlariga ehtiyoj ortib
boryapti. Buning asosiy sababi immunogenezning zaiflashishi bilan
kechadigan kasalliklarning (nur kasalligi, SPID va boshqalar)
ko‘payib borishidir.


282
Immunomodulatorlar
Umuman olganda, tananing xastalikka nisbatan chidamliligini
oshiradigan bir qator dori-darmonlar mavjud. Ularga psixosti-
mulatorlar (kofein), vitaminlar (askorbin kislota, retinol),
N.R. Lazarev tomonidan taklif etilgan metiluratsil, pentoksil va
boshqalar misol bo‘ladi. Bundan tashqari immunologik jarayonga
va unda qatnashadigan hujayralarga (Ò va B- limfotsitlar) ta’sir
etib, ularning faolligini oshiradigan mikroblardan olingan
preparatlar ham mavjud (piyergenal, prodigiozam).
Dekaris, timolin kabi preparatlar kuchli immunostimulatorlar
hisoblanadi.
Dekaris preparati asosan gijja haydovchi ta’sirga ega bo‘lib,
uning immunostimullovchi xususiyati keyinchalik aniqlangan.
Dekaris makropag va Ò-limfotsitlar faolligini oshiradi. Boshqacha
qilib aytganda, preparat hujayra immunitetiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, uning faoliyatini o‘z holiga qaytaradi.
Dekaris immunogenez zaiflashganida, ayrim surunkali
yuqumli xastaliklarda, bodning ayrim shakllarida, rak kasalligida
ham qo‘llaniladi.
Òimolin preparati hayvonlar timusidan (ayri bez) olingan
poliðeptid hisoblanadi; immunologik hujayralarni rag‘batlantiradi.
Ò va B-limfotsitlar sonini ko‘paytiradi: hujayra faolligini oshiradi,
fagotsitozni kuchaytiradi. Òimolin immunodefitsit holatlarda
(onkologik bemorlarni nur va kimyoterapevtik dorilar bilan
davolagandan keyin, surunkali yiringli yallig‘lanish kasalliklari va
boshqalarda) qo‘llaniladi.
Immunostimulatorlar qatoriga yana interferon, tuberkulin va
boshqa preparatlar kiradi. Shu bilan birga immunologik tizim har
xil holatlarni, xususan tana uchun zarur yoki xavfli jarayonlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, to‘qima yoki a’zolarni (davo
qilish maqsadida) ko‘chirib o‘tkazishda ularning to‘qima nomosligi
sababli bir necha vaqtdan keyin ajralib ketishi, autoimmun
xastaliklar (revmatizm, glomerulonefrit va b.). Shunday paytlarda
immunologik jarayonlarni zaiflashtiradigan, susaytiradigan
preparatlar, immunodepressantlar qo‘l keladi. Ular orasida antitana
hosil qiluvchi limfotsitlarni kamaytiradigan preparatlar alohida
o‘rin egallaydi. Ushbu guruhga asosan glukokortikoidlar, sitostatik
preparatlar kiradi.
Glukokortikoidlarning immunodepressiv ta’siri natijasida lim-
fotsitlar rivojlanishini tormozlaydi. Ular antitana, antigen kom-
pleksiga ta’sir qilmaydi. Immunodeðressiv xossaga ega bo‘lgan


283
preparatlar jumlasiga antiðlaston kimyoterapevtik dorilar ham
kiradi. Chunki ular nuklein kislota sintezini buzib, limfoid
to‘qimaning rivojlanishini to‘xtatadi.
Bu moddalar qatoriga, asosan, antimetobolitlar (metotreklan,
merkantonurin) preparatlari kiradi.
Immunodepressantlar ichida alohida diqqatga sazovor pre-
paratlardan azoteopirin va batridenni e’tirof etish lozim.
Azotioprin kimyoviy tuzilishi, farmokologik ta’siri va ta’sir
etish mexanizmi bo‘yicha antiblaston hisoblangan merkaptopurin
preparatiga o‘xshaydi. Lekin immunodepressiv ta’siri bo‘yicha
merkaptopurindan sezilarli darajada kuchliroq. Ushbu preparat
asosan a’zolarni ko‘chirib o‘tkazishda hamda «autoimmun»
xastaliklarida qo‘llaniladi. Dorini uzoq vaqt davomida qabul qilish
lozim bo‘ladi. Uni berganda, qonni tekshirib turish zarur.
Azoteopirin noxush holatlarni (ko‘ngil aynishi, ishtaha pasayishi,
jigarning zararlanishi) keltirib chiqarishi mumkin.
Batriden ham immunodepressiv ta’sirga ega bo‘lib, asosan
buyrak alotransplantatsiyasida kortikosteroidlar bilan birga ishlatish
uchun mo‘ljallangan. Immunodepressantlar uchun umuman xos
bo‘lgan kamchiliklardan biri tananing himoya qobiliyatini
kamaytirish hisoblanadi. Shuni nazarda tutib, ko‘pchilik bemorlarga
antibakterial preparatlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar) berilishi
tavsiya etiladi.
Preparatlar.
D e k a r i s (Decariz), levamizol tabletka holida 0,05—0,15 g
dan chiqariladi. Ichish uchun kuniga 0,15 g dan 1 haftada 3 marta
beriladi.
Ò i m o l i n (Thymolinum). Ayrisimon bezdan olingan preparat
flakonda liofillangan kukun holida 10 mg dan ishlab chiqariladi.
Yuborishdan oldin kukunni 2 ml osh tuzining izotonik eritmasida
eritib, mushaklar orasiga har kuni 5—10 mg dan (hammasi bo‘lib
100 mg gacha) yuboriladi.
P i r o g e n a l (Pyroginalum). Ayrim mikroorganizmlar faoliyati
davomida ajralib chiqadigan liðoposaxarid. Ampulada 1 ml dan
10—25—50—100 mkg dan ishlab chiqariladi. Kuniga bir marta
yoki 2—3 kun oralab mushaklar orasiga yuboriladi; dozani sekin-
asta ko‘tarib boriladi.
A z a t i o p r i n (Azathiopyrinum). Òabletka holida 0,05 g dan
ishlab chiqariladi. Operatsiyadan oldin 1—7 kun va operatsiyadan
keyin 1—2 kun 4 mg/kg dan bir kecha-kunduz davomida
beriladi.


284
M U N D A R I J A
KIRISH ........................................................................................................
3
XUSUSIY FARMAKOLOGIYA
Nerv sistemasiga ta’sir etadigan (neyrotrop) vositalari .................. 5
Asosan markaziy nerv sistemasiga (MNS) ta’sir
etadigan dori vositalari ................................................................... 5
Umumiy anestetiklar (narkoz moddalari) ..................................... 5
Etil spirti ..................................................................................... 19
Uxlatadigan dori vositalari ........................................................... 25
Òalvasaga va titroqqa qarshi dori vositalari ...................................... 29
Òutqanoqqa qarshi dori vositalari ................................................... 29
Parkinsonizmga qarshi dori vositalari ........................................... 33
Og‘riq qoldiruvchi dori vositalari ................................................. 35
Narkotik analgetiklar .................................................................... 36
Nonarkotik analgetiklar ................................................................ 43
Psixotrop dori vositalari.............................................................. 49
Psixosedativ dori vositalar ........................................................... 49
Neyroleptiklar ............................................................................. 50
Òrankvilizatorlar .......................................................................... 55
Sedativ dori vositalari ................................................................. 57
Antidepressantlar ......................................................................... 60
Markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi dori vositalari ................... 63
Psixostimulatorlar........................................................................ 63
Ksantinlar (kofein va uning preparatlari) ..................................... 66
Nootrop dori vositalari ............................................................... 69
Asosan uzunchoq miyaga ta’sir etadigan dori
vositalari. Analeptiklar .................................................................. 70
Asosan orqa miyaga ta’sir etuvchi dori vositalari ........................... 74
Markaziy nerv tizimiga ta’sir etadigan, umumiy
tonusni oshiradigan dori vositalari ............................................... 76
Periferik nerv tizimiga ta’sir etadigan dori vositalari .................... 78
Efferent nervlarga ta’sir etadigan dori vositalari ............................ 78
Xolinoretseptorlarga ta’sir etadigan dori vositalari ........................ 81
M va N-xolinomimetiklar ............................................................ 83
Antixolinesteraz dori vositalari..................................................... 83
M- xolinomimetiklar .................................................................. 87
N- xolinoretseptorlarga ta’sir etadigan dori vositalar .................... 93
N- xolinomimetiklar ................................................................... 94


285
N- xolinolitiklar ......................................................................... 96
Miorelaksantlar (kuraresimon vositalar) ...................................... 99
Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi dori vositalari ....................... 104
Adrenomimetik dori vositalari .................................................... 107
Adrenoblokatorlar ...................................................................... 113
Simpatolitiklar........................................................................... 116
Afeerent nervlarga ta’sir etuvchi dori vositalari ........................... 120
Mahalliy og‘riq qoldiruvchi dori vositalari
(mahalliy anestetiklar) ............................................................... 121
BAJARUVCHI A’ZOLAR FAOLIYATIGA TA’SIR
ETUVCHI DORI VOSITALARI
Nafas a’zolariga ta’sir eatadigan dori vositalari ........................... 129
Nafas stimulyatorlari ................................................................. 130
Yo‘talga qarshi vositalar .............................................................. 130
Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar ................................................... 130
Bronxolitiklar ............................................................................ 133
YURAK-QON TOMIR TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI
DORI VOSITALARI
Kardiotonik vositalar .................................................................. 136
Yurak glikozidlari....................................................................... 136
Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari ......................... 142
Koronar qon aylanishini oshiruvchi dori vositalari ................... 147
Antigipertenziv dori vositalari ................................................... 152
Aterosklerozga qarshi dori vositalari ............................................ 156
Buyrak faoliyatiga ta’sir etuvchi dori vositalari ............................ 159
Diuretiklar................................................................................. 159
Peshob toshlari hosil bo‘lishini to‘xtatuvchi vositalar ................ 165
QONNING FIZIOLOGIK FAOLIYATIGA
TA’SIR KO‘RSATADIGAN DORI VOSITALARI
Gemopoezga ta’sir etuvchi vositalar ........................................... 167
Qon ivishiga ta’sir etuvchi vositalar ........................................... 173
ME’DA-ICHAK FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI DORI
VOSITALARI
Anoreksigen moddalar ............................................................... 180
Me’da sekretsiyasiga ta’sir etuvchi vositalar va
ularning o‘rindosh preparatlari ................................................. 181
Qustiruvchi va qusishga qarshi dori vositalar ................................ 184
Ferment va antiferment preparatlar ............................................ 186
O‘t haydovchi vositalar .............................................................. 187
Surgi dorilar .............................................................................. 189


286
BACHADON FAOLIYATIGA TA’SIR ETADIGAN DORI
VOSITALARI
Miometriyni rag‘batlantiruvchi vositalar .................................... 195
Miometriyning faoliyatini susaytiruvchi
vositalar (tokolitiklar) ............................................................... 198
MODDALAR ALMASHINUVIGA TA’SIR ETUVCHI
DORI VOSITALARI
Gormonal va antigormonal preparatlar ....................................... 200
Gipofizning gormonal va antigormonal dori vositalari ............... 201
Gipofizning old bo‘lagidan ishlab chiqariladigan
gormonlar ................................................................................. 201
Qalqonsimon, qalqonsimon yon bezi gormonal va
antigormonal dori vositalari ....................................................... 205
Me’daosti gormoni va diabetga qarshi sintetik
preparatlar ................................................................................. 207
Buyrak usti bezi gormonal va antigormonal
preparatlari ................................................................................ 211
Ayollar jinsiy bezlarning gormonal va antigormonal
preparatlari ................................................................................ 213
Vitaminlar ................................................................................. 218
MIKROBLAR, VIRUSLAR VA PARAZITLARGA
QARSHI DORI VOSITALARI
Antibakterial kimyoterapevtik dori vositalari ............................... 227
Antibiotiklar .............................................................................. 227
Sulfanilamid dori vositalari ........................................................ 241
Nitrofuran, oksixinolin va naftiridin unumlari ........................... 245
Silga qarshi dori vositalari .......................................................... 248
Zaxmga qarshi dori vositalari ..................................................... 254
Virusga qarshi dori vositalari....................................................... 255
Zamburug‘larga qarshi dori vositalari .......................................... 257
Gijjalarga qarshi dori vositalari ................................................... 259
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalari ............................ 263
ANTIBLASTOM PREPARATLAR .....................................................
270
IMMUNOLOGIK JARAYONLARGA TA’SIR ETUVCHI
DORI VOSITALARI
Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori vositalari ............................ 277
Immun tizimga ta’sir etuvchi dori vositalari ............................... 283
Immunomodulyatorlar .............................................................. 283


287
FARMAKOLOGIYA ASOSLARI
Tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Toshkent — «ILM ZIYO» — 2007
Muharrir D. Abbosova
Badiiy muharrir R. Chigatayev
Texnik muharrir F. Samatov
Musahhih V. Ikramov
2007-yil 13-avgustda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60x90
1
/
16
. «Tayms»
harfida terilib, ofset usulida chop etildi. Bosma tabog‘ 18,0.
Nashr tabog‘i 17,0. 3000 nusxa. Buyurtma ¹
Bahosi shartnoma asosida.
«ILM ZIYO» nashriyot uyi, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Shartnoma ¹ 26 — 2007.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi.
Òoshkent, U.Yusupov ko‘chasi, 86-uy.


Farmakologiya asoslari. Òibbiyot kollejlari uchun
o‘quv qo‘l./ M.N. Mahsumov, X. Aliyev, M.A. Odilov,
N.A. Musayeva; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi. — Ò.: «ILM ZIYO», 2007.— 288 b.
I. Mahsumov M.N.
BBK 52.81ya 722
F25

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin