O’zbekist



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə1/16
tarix07.01.2024
ölçüsü3,15 Mb.
#210178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi



OZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BYUDJET HISOBI VA DAVLAT JAMG’ARMALARI FAKULTETI

«BYUDJET HISOBI» KAFEDRASI
«BYUDJET TAShKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI» FANIDAN» FANIDAN

Mavzu: Buxgalteriya hisobi va ikkiyoqlama yozuvdan foydalanish

Bajardi: Karimov F

Tekshirdi:

Toshkent-2017


REJA

Kirish____________________________________________________________3

I BOB. Buxgalteriya hisobi schyotlari va ularning umumiy tavsifi

1.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi _________5

1.2. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi_____________________________10

II BOB. Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi

2.1. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv haqida tushuncha_13 2.2. Sintetik va analitik hisob_______________________________________15 2.3. Buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish__________________19



Xulosa__________________________________________________________22
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati__________________________________23

Ilovalar__________________________________________________________24

3
Kirish



Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Avval boshdanoq biz o’zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilmasdan turib, islohotlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini, islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo’lmaydi».*1
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining qaror toptirilishi, ko’p ukladli iqtisodiyotning vujudga keltirilishi barcha jabhada bo’lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o’zgarishlarning sodir bo’lishiga olib keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan iqtisodiyot sharoitida shakllangan korxona, tashkilot va muassasalardagi buxgalteriya hisobini yuritish tizimi jahon iqtisodiy tizimiga dadil kirib borayotgan mamlakatimiz uchun zamonaviy talablarga javob bera olmay qolmoqda. Keyingi yillar mobaynida xalqaro andozalarga to’la-to’kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko’pgina islohotlar olib borilmoqda.
Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq

1 I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T.: O’zbekiston, 1995 -y.

4
o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga



aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalari «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun asosida ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu andozalar buxgalteriya hisobi shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, hisob axborotining ishonchliligi uchun ularning ma’suliyatini ham oshirmoqda.
Buxgalteriya hisobini isloh qilishda xalqaro tamoyillarga asoslangan hisobvaraqlar rejasining qabul qilinishi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Yangi hisobvaraqlar rejasi O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida, jahon iqtisodiy integratsiyasiga qo’shilishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Mazkur hisobvaraqlar rejasi, bir tomondan, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro andozalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi tomondan, buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o’rtasidagi muammolarni barham toptirishga ko’maklashadi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, buxgalteriya hisobini boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga ajratilgan holda tashkil qilish nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.

5
I BOB. Buxgalteriya hisobi schyotlari va ularning umumiy tavsifi




Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin