O‘zbekiston – yagona Vatan



Yüklə 29,21 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#115486
O‘zbekiston – yagona Vatan

O‘zbekiston – yagona Vatan


Vatan tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk meros, aziz xotiradir. Shu bois Vatan deganda biz faqat mana shu yurt tuprog‘ini emas, balki bu zaminda bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib uning daryo-yu soylari va tog‘-u toshlarigacha, odamlaridan tortib to eng mitti jonvorlarigacha narsalarning barchasini tushunamiz. Vatan tuprog‘idagi oddiy has ham, oddiy chag‘ir tosh ham bizga muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot nazarlardan shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblangan. Ayniqsa, u mustaqil bo‘lganida, yana ham go‘zallashdi.
Vatanimizni qanchalik sevsak, uning xususiyatlari shunchalik ortadi, yurtimiz betakror va yagona ekanini his etamiz.
Vatan tuyg`usi bu Vatanni anglash har bir umr davom etadigan uzluksiz jaroyondir. Biz har gal o`lkamiz bahori, yozi, kuzi va qishiga ro`baro` kelganda, uning tog`-u toshlari, daryo-yu o`rmonlari, bepoyon dalalari, tarixiy obidalari, obod shahar-u qishloqlarini ko`rganda, ko`nglimizda yangi-yangi tuyg`ular paydo bo`ladi.
Vatan - kindik qonimiz to’kilgan, jonga jondosh, qalbga sirdosh eng ulug’ kalom. Vatan - muqaddas dargoh, mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan, har qarich yeri-yu, kaftdek tuprog’i zar, ko’zga gavhardir. Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi Vatan ichida yashaguvchi farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir. Bulbul o’z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o’z ona tuprog’ida baxt osmonini quchmog’i mumkin. Bu maskanning na bahosi va na qiyoslanuvchi qudrati bor. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Suvidan to giyohi qadar begona ko’zlardan himoyalangan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog’i, kelajagi uchun oz bo’lsa-da nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Samimiy insonga inson do’st bo’lishga talpinganidek, iymoni but farzandi bo’lmog’i uchun ham Vatan ona kabi intilaveradi, o’sha insonni asrab-avaylaydi. Bu maskan qadrini faqat bir soniya bo’lsa ham musofir bo’lgan insongina tushunadi. Vatan ta’rifiga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz. Har bir insonning sog’ingan yuraklar taftiga mehr urug’ini qadaguvchi buyuk yurtida hamisha ezgulik, tinchlik bardavom va abadiy bo’lsin!
Yulduzlar miltillab, osmon fonusi oy bilan hamohang nur taratayotgan tun qo’ynida sokin navo insonni o’ziga shaydo etadi. Bu navo osudalik va farovon hayot nash’asi bilan jamlanib, goho shirin hayolotlarga yetaklaydi. Vatan tafti ayni shu hissiyotni berguvchi mehrga chambarchas bog’lanib ketadi. Ona kabi jonga jondosh, ota kabi qonga qondosh bo’lguvchi kuchni aynan Vatan bera oladi. Har kim uchun Vatan yagona va takrorlanmas mo’jiza. Quyosh erta tongdan nafis nurini, iliq sehrini baxshida etayotgan mahali har bir inson qalbida ajib bir tuyg’u tug’yon uradi. Yoinki, go’zal gul atriga oshiq qush misol atrofingda xushbo’y nasim kuy chertadi. Ayni shunday unutilmas xotiralarni ulashguvchi shul buyuk maskan jigargo’shasi ekanligingizdan faxr etib, go’yoki, osmonlarni zabt etgandek bo’ladi inson. Ha, shu maskan bizniki, barchamizniki! Zaminimizning yagonaligi va betakrorligini asrash uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog’imiz darkor. Bu biz yosh avlod uchun ham farz, ham qarzdir!
Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” - deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Yurtga sodiq har bir farzand bugun qurol ko’tarib urush komida yashayotgan, yo kechirimlilik siyosati orqali pushaymonlik o’tida yonayotgan yurtdoshlar qismatini ko’rib, faryod urgisi kelaveradi. Vatan tushunchasini qalbiga singdirib, dilidagi nafrat –alamni sug’orib, mehr rishtasini qadashni xohlaydi. Ammo, afsuski, barcha birdek mehr tushunchasini tushunmaydi yoki besh barmoq teng emas-da…
“Vatan qadrini vatangado va musofir biladi”-deydi dono xalqimiz. Bobokalonimiz, buyuk imperiya asoschisi Bobur ham ayni shu tuyg’u azobida to o’lgunga qadar birga yo’ldosh bo’ldi. O’z asarida ham bir yurti qovuni isini olish uchun ming azob chekkani to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Vatan hamisha o’z tuprog’idan yiroqdagilar uchun qo’l yetmas Mirrix yulduzidek uzoq va nurli issiqlik bilan tortguvchi kuchga ega. Tuningiz osudaligi, uyqungiz va oromingiz osoyishtaligi uchun faqat shukrona keltirguvchi zamon zaylini ne-ne kishilar orzu etmagan va o’zga notinch yerlar orzusi desak mubolag’a qilmaymiz. Vatan qon-qonimizga singgan an’ana , yurak-yurakka qadalgan ezguliklar, nigohlar tub-tubiga jo bo’lgan shukronalik tuyg’usidir. Uning qadrini qadrlashga qaddi tik avlodlar hamisha birgalikda qadam tashlamog’i lozim. Vatan qalbiga monand saf tizilgan yosh avlodning qaddini tik tutib yashamog’iga teng intilguvchi shu zamin doimo baxt nuriga limmo-lim to’lsin.
Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz – O’zbekiston. Sog’inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun jonsarak ona kabi mehribon. O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.
Darhaqiqat,”O‘zbekiston mustaqilligi ona xalqimizga XX asr so‘ngida nasib etgan ulkan tarixiy g‘alaba ekanligini o‘tgan yigirma olti yil isbot etdi. 1991 yil 31 avgustda respublikamiz Mustaqil deb e’lon etildi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. O‘zbekiston 250 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida bayrog‘imiz hilpirab turibdi. O‘zbekiston qadim yurt. Yer yuzidagi birinchi qadimiy qo‘l yozma kitob”Avesto”ning vatani ham bizning mamlakatimiz. Hozir yurtimizda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi qadimiy obidalarga boy mashhur shaharlarimiz mavjud. Mamlakatimiz hududining kattaligi jihatdan jahonda 55 o‘rinda bo‘lib, 447 ming 400 km/kvni tashkil qiladi. Aholi soni jihatidan 42 o‘rinda turadi, o‘ttiz milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadriyatlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizni ta’mirlashga, buyuk allomalarimizning nomlarini qayta tiklashga alohida e’tibor berila boshlandi.Hozir O‘zbekistonda 74 tadan ortiq qadimiy ziyoratgoh mavjud. Ular mamlakatimizda yashab o‘tgan allomalarning nomlari bilan bog‘liq O‘zbekistonda asrlar mobaynida yaratilgan, rivojlantirilgan g‘oyat katta ilm, mo‘jizakor ijodiy mehnat bor. Jahon ilm durdonasiga behisob hissa qo‘shgan buyuk o‘g‘lonlari, o‘z zamonasining sultonlari yashab o‘tgan! Bugungi kunda jahon bo‘yicha ishlatilayotgan 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarga nolni kiritib, XX asr fani – kibernetikaga asos solgan olim deyarli 1200 yil avval yashab o‘tgan bizning ajdodimiz – al-Xorazmiy! Algebra fani, mashhur allomaning ismi bilan bog‘liqligi, ya’ni al-Jabr bora-bora algebraga aylanganini, Algaritm so‘zi Al-Xorazmiy so‘zining assimiliatsiyaga uchragan shakli ekanligini va bizning avlod uni o‘qib matematikani o‘rganayotganligini bugungi kunda jahon ahli tan olyapti. Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotlab, dunyo xaritasini tuzgan va uni globus shaklida birinchi aks ettirgan ensiklopedik olim ham Al Xorazmiyga zamondosh. yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ekanligini o‘quvchilar ongi-shuuriga qayta-qayta quyish an’anaga aylanganligi kishida iftixor tuyg‘usini yuksaltiradi. Mukammal tibbiyot qonunlarini yaratgan Beruniy va Xorazmiylarning zamondoshi Abu Ali ibn Sino kitoblaridan jahon tibbiyotida hamon dasturulamal sifatida foydalanilmoqda. Agar e’tibor bersak, “Tib qonunlari”da murakkab jarrohlikdan tortib, oddiy ovqatlanish madaniyatigacha o‘rgatilgan. Inson salomatligini avaylash avvalo o‘zidan, oddiy ovqatlanish madaniyatidan boshlanadi, degan o‘gitlari bugungi kunda har bir farzandga singdirilmoqda?!  Bir donishmandning “Bilimning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni qo‘llashingiz kerak, xohishning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni amalga oshirishingiz kerak”, - degan so‘zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz o‘zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish, ularni amalda qo‘llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin. Buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoit muhayyo.
Vatan - kindik qonimiz to’kilgan, jonga jondosh, qalbga sirdosh eng ulug’ kalom. Vatan - muqaddas dargoh, mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan, har qarich yeri-yu, kaftdek tuprog’i zar, ko’zga gavhardir. Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi Vatan ichida yashaguvchi farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir. Bulbul o’z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o’z ona tuprog’ida baxt osmonini quchmog’i mumkin. Bu maskanning na bahosi va na qiyoslanuvchi qudrati bor. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Suvidan to giyohi qadar begona ko’zlardan himoyalangan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog’i, kelajagi uchun oz bo’lsa-da nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Samimiy insonga inson do’st bo’lishga talpinganidek, iymoni but farzandi bo’lmog’i uchun ham Vatan ona kabi intilaveradi, o’sha insonni asrab-avaylaydi. Bu maskan qadrini faqat bir soniya bo’lsa ham musofir bo’lgan insongina tushunadi. Vatan ta’rifiga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz. Har bir insonning sog’ingan yuraklar taftiga mehr urug’ini qadaguvchi buyuk yurtida hamisha ezgulik, tinchlik bardavom va abadiy bo’lsin!
Yulduzlar miltillab, osmon fonusi oy bilan hamohang nur taratayotgan tun qo’ynida sokin navo insonni o’ziga shaydo etadi. Bu navo osudalik va farovon hayot nash’asi bilan jamlanib, goho shirin hayolotlarga yetaklaydi. Vatan tafti ayni shu hissiyotni berguvchi mehrga chambarchas bog’lanib ketadi. Ona kabi jonga jondosh, ota kabi qonga qondosh bo’lguvchi kuchni aynan Vatan bera oladi. Har kim uchun Vatan yagona va takrorlanmas mo’jiza. Quyosh erta tongdan nafis nurini, iliq sehrini baxshida etayotgan mahali har bir inson qalbida ajib bir tuyg’u tug’yon uradi. Yoinki, go’zal gul atriga oshiq qush misol atrofingda xushbo’y nasim kuy chertadi. Ayni shunday unutilmas xotiralarni ulashguvchi shul buyuk maskan jigargo’shasi ekanligingizdan faxr etib, go’yoki, osmonlarni zabt etgandek bo’ladi inson. Ha, shu maskan bizniki, barchamizniki! Zaminimizning yagonaligi va betakrorligini asrash uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog’imiz darkor. Bu biz yosh avlod uchun ham farz, ham qarzdir!
Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” - deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Yurtga sodiq har bir farzand bugun qurol ko’tarib urush komida yashayotgan, yo kechirimlilik siyosati orqali pushaymonlik o’tida yonayotgan yurtdoshlar qismatini ko’rib, faryod urgisi kelaveradi. Vatan tushunchasini qalbiga singdirib, dilidagi nafrat –alamni sug’orib, mehr rishtasini qadashni xohlaydi. Ammo, afsuski, barcha birdek mehr tushunchasini tushunmaydi yoki besh barmoq teng emas-da…
“Vatan qadrini vatangado va musofir biladi”-deydi dono xalqimiz. Bobokalonimiz, buyuk imperiya asoschisi Bobur ham ayni shu tuyg’u azobida to o’lgunga qadar birga yo’ldosh bo’ldi. O’z asarida ham bir yurti qovuni isini olish uchun ming azob chekkani to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Vatan hamisha o’z tuprog’idan yiroqdagilar uchun qo’l yetmas Mirrix yulduzidek uzoq va nurli issiqlik bilan tortguvchi kuchga ega. Tuningiz osudaligi, uyqungiz va oromingiz osoyishtaligi uchun faqat shukrona keltirguvchi zamon zaylini ne-ne kishilar orzu etmagan va o’zga notinch yerlar orzusi desak mubolag’a qilmaymiz. Vatan qon-qonimizga singgan an’ana , yurak-yurakka qadalgan ezguliklar, nigohlar tub-tubiga jo bo’lgan shukronalik tuyg’usidir. Uning qadrini qadrlashga qaddi tik avlodlar hamisha birgalikda qadam tashlamog’i lozim. Vatan qalbiga monand saf tizilgan yosh avlodning qaddini tik tutib yashamog’iga teng intilguvchi shu zamin doimo baxt nuriga limmo-lim to’lsin.
Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz –O’zbekiston. Sog’inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun jonsarak ona kabi mehribon. O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.
Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.
“Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”-degan naqlga aml qilgan holda, har kim o‘ziga berilgan ana shu qisqa davrda kasb-hunar egallashga, ulkan marralarni zabt etishga harakat qiladi. Men ham tengdoshlarim qatori malakali mutaxassis sifatida o‘zimni namoyon etishga, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lishga intilaman. Ba’zi tengdoshlarim hoyu havasga uchib, yengil hayot ortidan quvayotganini, egri yo‘lni tanlab adashayotganini ko‘rib mulohaza qilaman. Axir dunyoda O‘zbekistondek go‘zal va betakror mamlakatda yashashning o‘zi baxt emasmi?!
Bugun ulg‘ayayotgan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, puxta bilim olishlari uchun olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlarni ba’zi davlatlarda yashayotgan bolalar hattoki tasavvur ham qilisholmaydi. Ayrim mamlakatlarda maktabda o‘qish bolalarning katta orzusi hisoblanadi. Ko‘pincha bolalar ta’lim olish uchun maktabga g‘ayrioddiy yo‘llardan borib kelishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan ularning jasorati va mardligiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Dunyodagi eng uzoq maktabgacha tog’lar osha 5 soatli yo’l, 800 metrli po’lat arqon bilan Rio-negeo daryosi ustidan o’tib maktab tomon boradilar. Ammo oramizda yurib, jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan, giyohvandlik, “Ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm kabi illatlardan o‘zini himoya qila olmayotgan yigit-qizlarni ko‘rib ko‘nglimda g‘alayon ko‘tariladi. Axir siz tinch va farovon mamlakatning ertangi kuni va ishonchisiz. Shunday ekan o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oqlang, keyin nadomat qilishdan nima foyda, deya hayqirgim keladi!
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajaradi.Oʻz salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling, yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda birga boʻlaylik! Darhaqiqat, bugungi oʻzgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri ekanligini inkor etishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan, dunyo tillarini o'rganishimiz zarur. Buyuk bobomiz Farobiy oʻz davrida 70 ta tillarni mukammal bilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Demak, biz ham dunyo tillarini o’rganishimiz, zamon bilan hamnafas bo’lishiz zarur ekan! Inshoyimni prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning ushbu so’zlari bilan yakunlamoqchiman “… Dunyoda xech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa, farzandiga bergan bilim va hunardir”.
Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.
Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin