O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
11-sinf imtihon biletlari javoblari.
1-bilet.
1.oziq zanjiri va oziq to’ri.
2.Ekologiyaning rivojlanishi,bo’limlari,metodlari.
3.Jadvalni to’ldiring.
Quyosh spektrning
tarkibiy qismlari.
Hayvonlar uchun
ahamiyati
O’simliklar uchun
ahamiyati.
Ultrabinafsha nurlar.
Uzun to’lqinli ultra
binafsha nurlar ta’sirida
teri pigmenti –melanin
ko’z to’r pardasi
pigmenti va D vitamin
sintezlanadi.
Ko’rinadigan nurlar.
Kunduzgi hayvonlar
ko’rinadigan nurlar
yordamida oziq
izlaydi,yashash uchun
qulay joy axtaradi.
Fotosintezlovchi
o’simliklar va
sianabakteriyalar
xlorofill pigmenti
yordamida qabul
qilinadi.
Infraqizil nurlar.
To’qimalari tomonidan
yutiladi va organizmlar
tanasini qizdirib
to’qima va organlarda
issiqlik almashinuvini
tezlashtiradi,tana
qoplami orqali suv
bug’lanishni
kuchaytiradi.
o’simliklarning barg
og’izchalari orqali
korbanat angidrid
gazining yutilishida
ham ahamiyatga ega.
Javoblar;
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
1.
Oziq zanjiri –
bu bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga
moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi.
«Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan
1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‘g‘indan iborat. Zanjirning
birinchi bo‘g‘ini, asosan, yashil o‘simliklardan iborat, undan keyingi bo‘g‘inlarni
o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar),
so‘ng yirtqichlar va parazitlar tashkil etadi.
Tabiatda ko‘pgina turlar bir turdagi oziq bilan oziqlanmaydi, balki turli xil oziq
manbalaridan foydalanadi. Shunday ekan, oziq xiliga qarab har qaysi tur bitta
oziq zanjirining turli trofik darajalarini egallashi mumkin. Masalan, sichqonlarni
tutib yeyishi bilan qirg‘iy uchinchi trofik darajani, ilonlarni tutib yeyishi bilan esa
to‘rtinchi trofik darajani egallaydi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida ular turli
oziq zanjirlarining bo‘g‘inlari bo‘lishlari ham mumkin. Bir turning o‘zi turli xil oziq
zanjirlarining bo‘g‘ini sifatida ularni o‘zaro bog‘lab turadi. Masalan, qirg‘iy turli
oziq zanjirlariga mansub bo‘lgan kaltakesak, quyon yoki ilonni yeyishi mumkin.
Natijada trofik zanjirlar bir-biri bilan chalkashib, ekosistemada trofik (oziq) to‘ri
– bir necha oziq zanjirlaridan iborat bo‘lgan murakkab to‘rni hosil qiladi.
2. Ekologiya fan sifatida. XX asrning boshlarida biologiya fanining yangi
tarmog‘i – ekologiya vujudga keldi. Bu fan yuqorida keltirilgan muammolarni 7
hal etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy,
boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda
nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan.
XX asrning boshlarida botanika, zoologiya va boshqa tabiiy fanlarda ekologiya
yo‘nalishi shakllandi. Asta-sekin tabiatni o‘rganishga ekologik yondashuv katta
ahamiyat kasb eta boshladi.
Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim
konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi
muhim o‘rin tutadi
Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo‘limlarga ajratiladi:
autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi),
sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar
ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi), evolutsion ekologiya,
tarixiy ekologiya
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Autekologiya
organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy
sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.
Demekologiya –
populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining
o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi
bo‘lim.
Sinekologiya
– har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi
muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi
Biogeotsenologiya –
biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.
Evolutsion ekologiya
– sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga
ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini
o‘rganadi.
Tarixiy ekologiya
– insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit
davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Atrof-muhitni o‘rganish metodlari.
Atrof-muhitni o‘rganishda qo‘llaniladigan
barcha metodlar uchta katta guruhga bo‘linadi.
Dala metodi. Ekologik tajribalar metodi. Matematik modellashtirish metodi
2-bilet.
1.Sun’iy ekosistemalar.
2.Hayvonlarning ayirish va jinsiy organlari evolutsiyasi.
3.Cho’l biomi oziq zanjirini tuzib izohlang.
Javoblar;
1.
Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy ekosistemalar
insonlar tomonidan o‘z xo‘jalik faoliyatini yuritish maqsadida yaratiladi uchun
ijobiy, boshqalariga esa salbiy ta’sir etadi. Natijada turlar o‘rtasida yangi
munosabatlar paydo bo‘ladi, oziq zanjirlar o‘zgaradi, organizmlarda o‘zgargan
muhit sharoitiga moslanishlar kelib chiqadi. Insonlarning xo‘jalik maqsadlari
tabiiy ekosistemalarni antropogen ekosistemalarga qisman almashishiga olib
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
kelgan – urbanoekosistema, agroekosistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra
yaratiladi, saqlanadi, boshqariladi. Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi
boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va insonning ta’sirisiz uzoq vaqt
mavjud bo‘la olmaydi. Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalanibgina
qolmay, inson tomonidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham
foydalanadi. Akvarium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik
modellaridirUrbanoekosistemalar tarkibiga tabiiy komponentlar (yorug‘lik, havo,
suv, tuproq, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, mikroorganizmlar) va inson
tomonidan yaratilgan komponentlar (sanoat korxonalari, arxitektura qurilish
obyektlari, transport, dam olish oromgohlari va yashash joylari) kiradi.
Agroekosistemalar. Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning
qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun’iy
ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol bo‘ladi.
Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Kosmik ekosistemalar.
Uzoq safarga mo‘ljallangan kosmik kema ham kichik antropogen ekosistema
hisoblanadi. Hozirgi paytda barcha kosmik kemalar hayot uchun zarur
bo‘ladigan zaxiralar bilan ta’minlangan.
2.
Bir hujayrali hayvonlarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan
qoldiq moddalar va ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolalar yordamida tashqariga
chiqariladi. Infuzoriyalilarda ayirish a’zosining tuzilishi biroz murakkablashgan,
har bir qisqaruvchi vakuola – yig‘uvchi uzun naycha, pufakcha va chiqarish
naychasidan iborat.
Bo‘shliqichlilarda maxsus ayirish a’zosi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvining
mahsulotlari
entoderma qavati hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari
yordamida tana bo‘shlig‘iga, u yerdan tashqi muhitga chiqariladi.
Yassi chuvalchanglarda ayirish sistemasi protonefridiylar (oddiy buyrak)dan
iborat.
To‘garak chuvalchanglarda ayirish sistemasi tana bo‘ylab joylashgan ikkita
uzun naydan iborat. Uzun naylar bosh tomonda o‘zaro tutashib «bo‘yin
bezlari»ni hosil qiladi va ular ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Halqali
chuvalchanglarda har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan metanefridiylar
joylashgan.Molluskalarda ayirish sistemasi tasmasimon buyraklardan iborat.
Buyraklarning tuzilishi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash
bo‘ladi. Kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak oldi bo‘lmasiga,
ikkinchi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Umurtqasiz hayvonlar ichida
yuksak tuzilishga ega bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilar tipining vakillarida ayirish
sistemasi har bir sinf uchun o‘ziga xos tuzilishga ega. Masalan,
qisqichbaqasimonlarda ayirish bir juft yashil bez va ularning naychalaridan
iborat. Bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashadi.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Naychalar
esa
kalta
mo‘ylovlar
asosida
tashqariga
ochiladi.
O‘rgimchaksimonlar
ayirish
sistemasi
bir
juft
shoxlangan
malpigi
naychalaridan iborat. Boshskeletsizlarda ayirish tana bo‘ylab joylashgan
metanefrediylardan iborat. Har bir metanefrediy tana bo‘shlig‘iga va umumiy
teshik orqali jabra oldi bo‘shlig‘iga ochiladi. Baliqlarda ayirish bir juft
tasmasimon buyraklardan iborat bo‘lib, umurtqa pog‘onasining yon tomonida
joylashgan.
Yuqori
darajada
tuzilgan
umurtqalilarda
(qushlarda,
sutemizuvchilarda) boshlang‘ich buyrak va birlamchi buyraklar faqat embrional
davrdagina bo‘lib, keyin rudiment holga keladi. Ko‘p hujayrali tuban hayvonlar
(bo‘shliqichlilar)da jinsiy a’zolar sistemasi rivojlanmagan. Meduzalarda esa
jinsiy vajinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi. Yassi chuvalchanglar
– germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy sistema kuchli taraqqiy
etgan. To‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib,
ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Halqali
chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi.
Metamorfoz bilan rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki jinsli), lekin ikkita
chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi.
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi.
Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy
dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlar
metamorfoz
bilan
o‘rgimchaksimonlar
esa
(kanalardan
tashqari)
metamorfozsiz rivojlanadi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft-juftdan jabraoldi
bo‘shlig‘ida joylashgan. Baliqlar ayrim jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi
germafrodit). Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi.Suvda hamda quruqlikda
yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don bo‘lib, buyrak yaqinida
joylashgan. Sudralib yuruvchilarning jinsiy organlari erkaklarida bir juft urug‘don
va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan iborat.
Ulardan boshlab ichki urug‘lanish boshlanadi, ya’ni tuxum hujayra va
spermatozoidning qo‘shilishi tuxum yo‘lida sodir bo‘ladi. Metamorfozsiz
rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi. Qushlarning erkagida bir juft urug‘don va
bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, kloakaga ochiladi. Sutemizuvchilarning erkaklarida bir
juft urug‘don, urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon bo‘ladi.
Tuban sutemizuvchilarda bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust
rivojlangan yoki rivojlanmagan bo‘ladi.
3.
Kserofitlar-tovushqon,yumronqoziq,-sahro tulkisi.
Hasharot – ilon-ilonburgut.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
3-bilet.
1.O’simlik va hayvonlarning suv muhitiga moslashganligi.
2.Biogeokimyoviy sikl.Uglerodning davriy aylanishi.
3.Botqoq ekosistemasi oziq zanjirini tuzib izohlang.
Javob;
Hashorat – baqa --laylak .
O‘simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan ko‘payishdan
urug‘ orqali ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi aromorfoz
tipidagi o‘zgarishlar sirasiga kiradi. Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan
quruqlikda yashashga moslashgan dastlabki vakillari qadimgi suvda hamda
quruqlikda yashovchilar 200
1.
(stegosefallar) hisoblanadi.
Gidrobiontlar (yunoncha – «hydor» – suv, «bios» – hayot) – suv muhitida
yashovchi organizmlar. o‘simlik uchun harorat va yorug‘lik miqdori me’yorida,
ya’ni optimum zonasida bo‘lib, namlik yetishmovchiligi kuzatilganda
o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. O‘simliklarning quruqlikka chiqishi,
namlik yetishmasligiga moslanishi muhim evolutsion o‘zgarish sanaladi.
Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra barcha quruqlik o‘simliklari uchta ekologik
guruhga bo‘linadi: kserofitlar, gigrofitlar, mezofitlar.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida
saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada
saqlovchi to‘qimalar mavjud. Namlik hayvonlar uchun ham muhim ekologik
omil sanaladi. Namlik darajasiga ko‘ra hayvonlarni quyidagi ekologik
guruhlarga ajratish mumkin: suv muhitida yashaydigan (korallar, meduzalar,
baliqlar, kitlar, delfinlar), suv va quruqlik muhitida yashaydigan (qurbaqalar,
timsohlar, pingvinlar), quruqlik muhitida yashaydigan hayvonlar
(bo‘g‘imoyoqlilarning vakillari, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar).
Quruqlikda yashovchi hayvonlar ham tanasidan ajralib chiqadigan namlik
miqdorini qayta to‘ldirish uchun vaqti-vaqti bilan suvga ehtiyoj sezadi.
Hayvonlarda suv rejimiga bog‘liq holda moslanish turlari: fiziologik, morfologik
va etologik moslanishlar mavjud.
2.Biogeokimyoviy sikl. bu biosferada kimyoviy elementlar va anorganik
moddalarning tashqi muhitdan organizmlarga, organizmlardan esa yana tashqi
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
muhitga chiqarilishi orqali aylanishidir. Biogen elementlarning aylanish tezligi
ularning organizmlar hayot faoliyatidagi funksiyasi va Yer qobig‘idagi
miqdoriga bog‘liq. Masalan, uglerod atmosferada karbonat angidrid holida
uchraydi, uni aylanish davri 300 yil, atmosferadagi kislorodning to‘liq aylanishi
2000 yil va suvning biogeokimyoviy sikli 2 mln yilga teng.
Biogen elementlarning xususiy davriy aylanishi biosferadagi moddalarning
umumiy global aylanishiga qo‘shilib ketadi. Organik birikmalar ba’zan davriy
aylanishdan chiqariladi va uzoq vaqt biogen moddalar shaklida (ohaktosh,
ko‘mir, neft, torf) davriy aylanishda qatnashmaydi. Uglerodning aylanishi.
Uglerod barcha organik birikmalar hamda atmosferadagi karbonat angidrid
gazi tarkibiga kiruvchi muhim biogen elementdir. Fotosintez jarayoni
uglerodning anorganik moddalardan organik moddalarga tabiiy holda o‘tishidir.
Uglerodning bir qismi tirik ogranizmlar tomonidan nafas olish jarayonida va
mikroorganizmlar tomonidan organik moddalarni parchalanishi natijasida
karbonat angidrid shaklida atmosferaga qaytariladi. Fotosintez jarayonida
o‘simliklar o‘zlashtirgan uglerod organik birikma shaklida hayvonlar tomonidan
iste’mol qilinadi. Undan tashqari, korall poliplari, molluskalar uglerod
birikmalaridan o‘z skeleti va chig‘anoqlarini hosil qilishda foydalanadi.
3.
4-bilet.
1.Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi.
2.Biosferadagi tirik moddaning energetic funksiyasi.
3.Oziq zanjirida Vidra (yirtqich hayvon),Baliq,qisqichbaqasimonlar,va suv o’tlari
bor.2.-tartib konsumentlarning biomassasi 440kg bo’lsa ,oziq zanjiridagi
komponentlari I’stemol qilgan oziqning umumiy biomassasini aniqlang.
Javoblar.
1. Umurtqasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion
o‘zgarishlar. Tuban umurtqasiz hayvonlar (g‘ovaktanlilar, kovakichlilar, yassi
chuvalchanglar)da qon aylanish sistemasi yo‘q.. Qon aylanish sistemasi
dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan.. Boshoyoqli molluskalarda
yurak bitta qorincha va ikki yoki to‘rtta bo‘lmachadan iborat.
Bo‘g‘imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Qisqichbaqasimonlarda
yurak besh qirrali bo‘lib, boshko‘krakning orqa tomonida joylashgan.
O‘rgimchaksimonlarning yuragi qorin bo‘limining orqa tomonida joylashgan.
Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o‘xshash: ko‘p kamerali
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
yurak va kalta aorta tomiridan tuzilgan bo‘lib, kislorod tashishda ishtirok
etmaydi. Shu sababli qonida eritrotsitlar va qonning shaklli elementlari
bo‘lmaydi. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion
o‘zgarishlar. Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi yaqqol
ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda oziq moddalar bilan
to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadallashishiga va energiyaning
ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi. energiyaning
ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi.
Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi bo‘lmaydi. Baliqlarda
qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon taloq, jigar, suyak ko‘migida
ishlab chiqariladi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon
suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi.
2.
Energetik funksiya tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‘zlashtirib,
uni organik moddalarning kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantirishi va oziq
zanjiri bo‘ylab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Tirik modda Yer va koinotni
fotosintez jarayoni orqali bog‘laydi. Energetik funksiya tufayli ekotizimlarda
yo‘qotilgan energiya o‘rnining qoplanishi va biosferada hayot davomiyligi
ta’minlanadi. Tirik moddada to‘plangan energiya hisobiga Yer yuzidagi barcha
hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi. Energiya qisman issiqlik ko‘rinishida
tarqalsa, qisman qazilma ko‘rinishida to‘planadi (torf, neft, toshko‘mir va h.k).
3.suv o’tlari – qisqichbaqasimonlar —baliq-- -vidra
Produtsent
1-tar kons
2 tar konsum 3-tar kon.
44000kg
4400kg
440 kg
44 kg
48884 kg.
5.bilet.
1.Organik olam filogenezida allogenez yo’nalishning ahamiyatini tushuntiring.
2.Hayvonot dunyosidagi evolutsion o’zgarishlar.Xordali hayvonlarda yuz bergan
o’zgarishlar.
3.Jadvalni to’ldiring.
Yurakning tuzilishi
Qon aylanish
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
doiralari
Umurtqasizlar.
Yurak dastlab
molluskalarda paydo
bo‘lgan. Yurak, yurak oldi
xaltasi ichida
joylashgan. Yurak
bo‘lmachasi va
qorinchasi galma-gal
qisqarib, qon tomirlarga
oqadi.
Qisqichbaqasimonlarda
yurak besh qirrali bo‘lib,
boshko‘krakning orqa
tomonida joylashgan.
O‘rgimchaksimonlarning
yuragi qorin bo‘limining
orqa tomonida
joylashgan.
Hasharotlarda qon
aylanish sistemasi
soddalashgan bo‘lib,
faqat oziq modda
tashiydi. Qon tarkibi tana
suyuqligiga o‘xshash
bo‘ladi.
Tuban umurtqasiz
hayvonlar
(g‘ovaktanlilar,
kovakichlilar, yassi
chuvalchanglar)da
qon aylanish
sistemasi yo‘q. Qon
aylanish sistemasi
dastlab halqali
chuvalchanglarda
paydo bo‘lgan.
Bo‘g‘imoyoqlilarda
qon aylanish
sistemasi ochiq.
Hasharotlarda qon
aylanish sistemasi
uzun nayga o‘xshash
Baliqlar.
Bitta bo‘lmacha va
qorinchadan iborat yurak
paydo bo‘lgan. Yuragida
faqat venoz qon oqadi.
Qon bo‘lmachadan
qorinchaga, qorinchadan
qorin aortasiga, so‘ngra
4 juft jabra arteriyalari
orqali jabraga boradi.
Boshskeletsizlarda
qon aylanish
sistemasi sodda,
yuragi bo‘lmaydi.
Lansetnikda qon
aylanish sistemasi
yopiq, qon bitta
doirada
harakatlanadi.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Baliqlarda qon
buyrak, taloqda
ishlab chiqariladi.
Qon aylanish
sistemasi ancha
takomillashgan
bo‘lib, progressiv
belgilarga ega.
Suvda va
quruqlikda
yashovchilar.
Yurak ikkita bo‘lmacha
va
bitta
qorinchadan
iborat
bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab
harakat qiladi.
ikkita doira bo‘ylab
harakat qiladi. Lekin
ushbu qon aylanish
doiralari bir-biridan
butunlay ajralmagan
Sudralib
yuruvchilar
Yuragi 3 kamerali.
Qon aylanish
sistemasi yopiq.
Qushlar
4 kamerali.
Yopiq.
Sutemizuvchilar .
4kamerali
yopiq
6.bilet.
1.Markaziy osiyo va O’zbekiston ekosistemalari.
2.Tirik orgazimlar o’rtasidagi munosbatlar.Antibioz.
3.450 ta nukleotid juftligidan iborat DNK bo’lagi asosida sintezlangan iRNK
dagi nukleotidlar sonini va oqsildagi aminokislotalar sonini hamda oqsilning
massasini aniqlang.
Javoblar.
1.Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil.
Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik
zonalardan iborat
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Cho‘l ekotizimi. Cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan
ko‘pini tashkil qilib, dengiz sathidan 400–500 m gacha bo‘lgan balandlikda
joylashgan. Tuproqning strukturasiga ko‘ra sho‘rxok tuproqli cho‘l, qumli cho‘l,
gipsli cho‘llar farqlanadi. Masalan, sho‘rxok tuproqli cho‘llarda shiraga boy
o‘simliklar (seret baliqko‘z, qizil sho‘ra, sarsazan), qum tuproqli cho‘llarda
yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simliklar (saksovul, sag‘an, qumtariq, juzg‘un, silen,
iloq), gipsli cho‘llarda shu sharoitga moslashgan o‘simliklar (qora boyalich,
buyurg‘un, shuvoq) o‘sadi. Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilardan qo‘shoyoqlar,
barxan mushugi, jayron, oqquyruq, olaqo‘zon, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri,
yumronqoziq, qumsichqon, tipratikan; qushlardan xo‘jasavdogar, to‘rg‘ay,
tentakqush, yo‘rg‘a tuvaloq, boyo‘g‘li, cho‘l moyqurti, qum chumchug‘i,
so‘fito‘rg‘ay, yirtqich qushlardan tasqara, burgut kabilar yashaydi. Sudralib
yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi),
chipor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi keng tarqalgan
To‘qaylar daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va
o‘tlardan
tashkil
topgan
chakalakzorlardan
iborat.
To‘qaylarda
sutemizuvchilardan to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, chiyabo‘ri,
tovushqon; qushlardan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, birqozon,
qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi.
Adirlar O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha bo‘lgan
joylardir.
2.Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar – bir turga
mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z-o‘zini
boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar – har xil turlar
o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi. O‘zaro munosabatlar tufayli bir
populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi
populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar
salbiy
yoki
antagonistik
(antibioz) munosabatlar deyiladi.
Antibioz
. Antibioz
munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi
munosabat shakllari misol bo‘ladi.
Amensalizm
– o‘zaro biotik munosabat turi
bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan
foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.
Yirtqichlilik
(«yirtqich – o‘lja») – turlararo
o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa
populatsiya individlari uchun oziq vazifasini o‘taydi.
3.
3ta nukleotid 1 ta aminokislotani hosil qilsa
450/3=150 ta aminokislatani hosil qiladi.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
i-RNK 450ta ,aminokislata 150 ta oqsil massasi 150*120(aminokislota
massasi)=18000ga teng.
7-bilet.
1.Tabiiy ekosistemalar.
2.Organik olam filogenezida katagenez yo’nalishining ahamiyatini tushuntiring.
3.GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma ketligidan iborat DNK
molekulasi asosida sintezlangan i-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma
ketligini va oqsildagi aminokislatalar sonini aniqlang.
Javoblar ;
1.
Kelib chiqishiga ko‘ra ekosistemalarning quyidagi xillari farqlanadi. 1.
Tabiiy ekosistemalar – bu turdagi ekosistemalarda iologic o‘zgarishlar
insonning bevosita ishtirokisiz boradi. Masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va
boshqalar. Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va
rivojlanadi. Tabiiy ekosistemalar antropogen ekosistemalardan turlarining
xilma-xilligi bilan farqlanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy jarayonlarni
amalga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq emas. Tabiiy
ekosistemalar 3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 2) chuchuk suv
ekosistemalari; 3) dengiz ekosistemalari. Quruqlik ekosistemalari. Quruqlik
ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini ikkita asosiy iologi omil: harorat va
yog‘in miqdori belgilaydi. Tundra shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda
joylashgan. Tundra (iqlim) juda ham sovuq, o‘rtacha yillik harorat 0°C dan ham
pastroq. Ignabargli o‘rmon (iolo). U Yevrosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy
Amerikani o‘z ichiga oladi. Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari.
Iqlim yil davomida o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. Yirik bargli
daraxtlar (buk, lipa, eman, zarang, shumtol), butalar va o‘tlar o‘sadi.
Dashtlarning iqlimi fasllar davomida o‘zgarib turadi, qish harorati 0°C dan past.
Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi. O‘tloqlar – o‘simliklari asosan
o‘tlardan iborat ekosistemalar. Bu ekosistemada o‘suvchi o‘simliklar yetarli
darajada namlikni talab qiladi. O‘tloqlar namlik yetarli darajada bo‘lgan
hududlar: pasttekisliklar, daryo qirg‘og‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Bundan
tashqari tog‘ o‘tloqlari – alp o‘tloqlari, yaylovlar mavjud.
2.Katagenez – («kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) –
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
iologic
tuzilishini umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib
186
keladigan evolutsion yo‘nalish. Umumiy degeneratsiya, ya’ni morfofiziologik
regress – iologic faol hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan organlar
sistemasining soddalashuviga yoki yo‘qolishiga olib keladi. Umumiy
degeneratsiya iologic progressga yo‘llovchi yo‘nalish sifatida organizmlarning
faol, harakatchan hayot kechirishdan passiv, kamharakat hayot kechirishga
o‘tishi (parazit va o‘troq hayot kechirishi) bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Umumiy degeneratsiya o‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlarning tabiiy ravishda
yo‘qolishiga olib keladi va shu bilan birga organizmning energiya zaxirasidan
kerakli maqsadlarda foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Umumiy
degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, ularning serpushtligi
va yashash muhitiga moslashganligi sababli ko‘p sonli bo‘lishi, arealining
kengayishi, yangi sistematik guruhlarning paydo bo‘lishiga, ya’ni iologic
progessga olib keladi.
3 1) DNK zanjiri: GTCATGGATAGTCCTAAT
i-RNK:
CAGUACCUAUCAGGAUUA
2) Barcha nukleotidlar 18 ta.
18 : 3 = 6 ta aminokislota
8-bilet
1.Sun’iy ekosistemalar.
2.Biosfera chegaralari-gidrosfera.
3.Qoramol solityori va yomg’ir chuvalchangining hayot tarziga bog’liq holda
vujudga kelgan o’zgarishlarni aniqlang va jadvalni to’ldiring.
Taqqoslanadigan
jihatlar
Qoramol solityori
Yomg’ir chuvalchangi
Yashash tarzi
Parazit hayot
kechiradi
Tuproqda hayot
kechiradi.
Nafas olishi
Nafas olish sitemasi
rivojlanmagan
Terisi orqali
Qon aylanish
Rivojlanmagan
Qon aylanish
sistemasi dastlab
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
halqali
chuvalchanglarda
paydo bo‘lgan.
Yomg‘ir chuvalchangi
qon aylanish
sistemasi o‘zaro
tutashgan yirik orqa
va qorin qon
tomirlaridan
iborat
Ovqat hazm qilish
hazm qilish
organlari
rivojlanmagan, tana
yuzasi orqali shimib
oladi.
Chuvalchanglar
chiriyotgan
o‘simlik
qoldiqlari bilan
oziqlanadi; chirindini
tuproq bilan birga
ichagidan
o‘tkazadi. Oziq
ichakda hazm shirasi
ta’sirida
o‘zlashtiriladi. Oziq
tarkibidagi moddalar
qonga so‘riladi.
Oziqning hazm
bo‘lmagan
qismi anal teshigi
orqali tashqariga
chiqariladi.
Ko’payishi
Jinsiy organlari
Germafrodit
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
tanasining
hamma
bo‘g‘imlarida ko‘p
marta takrorlanib
turadi.
Har bir bo‘g‘imda bir
juft tuxumdon, bitta
bachadon va
juda ko‘p
urug‘donlar bo‘ladi.
Bachadoni
tuxumlarga to‘lgach,
bir necha bo‘g‘imlari
tananing keyingi
qismidan uzilib,
ichak
bo‘shlig‘iga tushadi
va axlat bilan tashqi
muhitga chiqib
ketadi.
.Ko‘payish
davrida ikki
chuvalchang bir-birini
urug‘lantiradi.
Chuvalchang
tuxum qo‘yish davrida
belbog‘chasidan
shilimshiq modda
ajratadi.
Bu moddadan pilla
hosil bo‘ladi. Har
qaysi pillaga 2–3,
ba’zan
6–20 tagacha tuxum
qo‘yadi. Pilla
chuvalchang
tanasidan sirg‘alib
tuproqqa tushadi.
Rivojlanish sikli
1 – tuxumlar; 2 –
qoramol ichagidagi
lichinka; 3 –
go‘shtdagi finna;
4 – ichakdagi
parazit boshchasi; 5
– parazit tanasi
Chuvalchanglar bir
necha yil yashaydi.
9-bilet.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
1.Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida.
2.Biosferada modda va energiyaning davriy aylanishi.
3.Tovuqlarda jinsning irsiylanishi qanday.
Javoblar.
1.Quruqlik-havo muhiti. Quruqlik-havo muhitining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu
muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani bilan, ularning
hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Quruqlik-havo muhiti cho‘l,
dasht, o‘rmon, g‘or, botqoqlik, tekislik va tog‘lar kabi xilma-xil yashash muhitlari
bilan xarakterlanadi.
O‘simlik va hayvonlardagi quruqlik-havo muhitida yashashga moslanishlar. Suv
muhitidan farq qilib, havoning zichligi katta emas. Shuning uchun bu muhitda
o‘simliklarda tayanch vazifasini bajaruvchi mexanik to‘qimaning rivojlanishi
katta ahamiyatga ega. Tuproq muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza
qatlami
tuproq
deyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan.
Qattiq tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi. Tuproq muhitida yashovchi
organizmlar
edafobiontlar
(yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» –
yashovchi) deb ataladi. Xo‘jayin organizmning ichki organlari va to‘qimalarida
yashovchi organizmlar
endobiontlar
(yunoncha «endon» – ichki, «biontos» –
yashovchi) deyiladi. Bir organizmning (parazit) boshqa organizm (xo‘jayin)
hisobiga yashashi
parazitlik
deb yuritiladi.
2.
Biosferada modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari –
tog‘ jinslari, tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar,
mikroorganizmlarning tinimsiz davriy aylanish jarayonidir. Butun Yer sayyorasi
miqyosida quyosh energiyasi hisobiga sodir bo‘ladigan biologik muhim
elementlarning bir bo‘g‘inidan ikkinchisiga o‘tishi moddalarning
geologik davriy
aylanishi
deyiladi. Tirik moddaning paydo bo‘lishi bilan geologik aylanish
asosida organik moddalarning davriy aylanishi, ya’ni
biologik davriy aylanish
yuzaga keldi. Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar
biogen
elementlar
deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu,
Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, O, N, S, P eng
muhim elementlar hisoblanadi. Biologik hamda geologik davriy aylanishlar
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun bu jarayonlarga bir butun,
yaxlit, ya’ni elementlarning
biogeokimyoviy davriy aylanishi
deyiladi
3.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Organizm
- lar
Geterog
a-
metali
jins
Sperm
a-
tozoid
Tuxum
hujayra
Zigotalar
Tovuqlar.
Urg‘ochi
Z va Z
Z va W
ZW
♀
ZZ
♂
4.
10-bilet.
1.Biosferada tirik moddaning destruktiv funksiyasi.
2.Namlik ekologik omil sifatida.Hayvonlarning namlikka moslashishiga ko’ra
ekologik guruhlari.
3.Hujayrada energiya almashinuviga doir quyida berilgan masalalarni yeching.
675 gr glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitda bosqichma bosqich
parchalansa qancha energiya hosil bo’ladi.
Javoblar ;
1. Destruktiv funksiyasi nobud bo‘lgan organizmlar tarkibidagi organik
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
birikmalarning parchalanishi va minerallashuvi, tog‘ jinslarining yemirilishi, hosil
bo‘lgan mineral moddalarning biokimyoviy aylanishga – biogen migratsiyaga
jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Natijada biogen moddalar
hamda biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar paydo bo‘ladi. Tog‘
jinslarining yemirilishi muhim jarayon hisoblanadi, chunki tirik moddaning
destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral moddalar davriy
aylanishga qo‘shiladi. Bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar, zamburug‘lar,
lishayniklar tog‘ jinslarini kimyoviy moddalar yordamida yemiradi. Organik
birikmalarning minerallashuvi tufayli hosil bo‘lgan kalsiy, kaliy, natriy, fosfor,
kremniy kabi biogen elementlar moddalarning biokimyoviy aylanishiga
qo‘shiladi.
2.Tirik organizmlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat, shu sababli namlik
ularning hayotini belgilovchi muhim omil sanaladi. O‘simliklarning quruqlikka
chiqishi, namlik yetishmasligiga moslanishi muhim evolutsion o‘zgarish
sanaladi. Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra barcha quruqlik o‘simliklari uchta
ekologik guruhga bo‘linadi: kserofitlar, gigrofitlar, mezofitlar. Moslanish
turlariga ko‘ra kserofitlar ikki guruhga ajratiladi: sukkulentlar va sklerofitlar.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida
saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada
saqlovchi to‘qimalar mavjud. Gigrofitlar (yunoncha «hygros» – nam, «phyton» –
o‘simlik) – nam tuproq va yuqori namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar.
Gigrofit o‘simliklarga sholi, shakarqamish va boshqalar misol bo‘ladi. Mezofit
(yunoncha «mesos» – o‘rtacha, «phyton» – o‘simlik) – mo‘tadil nam sharoitda
o‘sadigan o‘simliklar sanaladi. Namlik hayvonlar uchun ham muhim ekologik
omil sanaladi. Namlik darajasiga ko‘ra hayvonlarni quyidagi ekologik
guruhlarga ajratish mumkin: suv muhitida yashaydigan (korallar, meduzalar,
baliqlar, kitlar, delfinlar), suv va quruqlik muhitida yashaydigan (qurbaqalar,
timsohlar, pingvinlar), quruqlik muhitida yashaydigan hayvonlar
(bo‘g‘imoyoqlilarning vakillari, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar).
3.180gr glukoza parchalanganda 200 kj issiqlik ajraladi.anaerob sharoitda
Sut kislota parchalanganda 2600kj ajraladi.aerob sharoitda.
C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
>> 6CO
2
+ 6H
2
O + 2800 kj
180gr glukoza ----------- 2800 kj
675 gr glukoza --------------x = 675*2800/180=10500 kj issiqlik ajraladi.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
11- bilet.
1.Ekotizmlarning trofik strukturasi.Produtsent,konsument,redutsent.
2.Biosferada tirik moddaning konsentratsiyalash funksiyasi.
3.Jadvalni to’ldiring.
Organizmlar
Aromorfozlar
Idioadaptatsiyalar
Baliqlar
Jabraning paydo
bo’lishi ovqat hazm
qilish
takomilashganligi
suyakli baliqlar har
xil tur vakillarining
tana shakli, rangi,
suzgich qanotlari
tuzilishining o‘ziga
xosligi
Suvda hamda
quruqlikda
yashovchilar
O’pka paydo
bo’lgan qon aylanish
sistemasi va
yurakning paydo
bo‘lishi
Terisida maxsus
zahar ishlab chiqishi
qattiq substratda
yurishga
moslanishlari
Sudralib
yuruvchilar
Terini qalinlashuvi
o’pkani kataklarga
bo’linishi,ichki
urug’lanish.
Kaltakesakni qum
rangida ekanligi
ilonlarni zaharsiz
formalari zaharli
ilonlarga oxshab
ketishi
1. Ekosistema (ekotizim)ga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qaraladi.
Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va
energiya almashinuvi majmuyi sanaladi. Ekosistema strukturasi. Ekosistemada
har xil turga mansub organizmlar o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Moddalarning
davriy aylanishida bajaradigan vazifasiga ko‘ra, turlar funksional guruhlarga
bo‘linadi: produtsentlar, konsumentlar yoki redutsentlar.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Produtsentlar
yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik
moddalardan organik birikmalarini sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga
yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiritiladi.
Avtotrof organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa
va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Konsumentlar
tirik organizm
tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri
orqali uzatadi. Ularga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi.
Konsumentlar uchun avtotroflar (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa
organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Oziq
turiga ko‘ra konsumentlar quyidagi tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni
iste’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib konsumentlar deyiladi, masalan,
chigirtka, bargxo‘r qo‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar va parazit o‘simliklar.
Redutsentlar
(destruktorlar) – hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik
moddalarga aylantiradigan, natijada ulardagi elementlarni moddalarning davriy
aylanishiga qaytaradigan organizmlar (tuproq bakteriyalari va zamburug‘lar).
Redutsentlar nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni
parchalaydi va chiritadi. Ular parchalanishning oxirgi bosqichi (organik
birikmalarning anorganik moddalargacha minerallashuvi)da qatnashadi. Ular
moddalarni produtsentlar o‘zlashtira oladigan shaklda davriy aylanishga
qaytaradi.
2. Konsentratsiyalash funksiyasi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarida
ayrim moddalarni to‘plash xususiyatida namoyon bo‘ladi. Bu funksiya tufayli
tirik organizmlar tashqi muhitdan biogen elementlarni o‘zlashtiradi va to‘playdi.
Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, magniy, kremniy,
oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga nisbatan yuqori
bo‘ladi. Tirik organizmlarda uglerod miqdori ko‘p. Metallar orasida miqdori
jihatdan kalsiy birinchi o‘rinni egallaydi. Ohaktosh konlari hayvonlarning
ohakdan iborat skeleti qoldiqlari hisoblanadi. Bulutlar, diatom suvo‘tlar,
nursimonlar kremniy to‘playdi, qo‘ng‘ir suvo‘tlarda yod, umurtqali hayvonlar
skeletida esa fosfor ko‘p miqdorda to‘planadi.
12-bilet
1.Hayvonot dunyosida evolutsion o’zgarishlar.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
2.Biosferada tirik moddaning gaz almashinish funksiyasi.
3.Funksional guruhlar va ularga mansub hayvonlar o’rtasidagi muvofiqlikni
aniqlang.
Funksional guruhlar.
1.produtsent- oq qayin,lishaynik,laminariya,qoziqorin.
2.konsument-bu’gu,laqqa baliq, dafniya.
3.redutsent-yomg’ir chuvalchangi,chirituvchi bakteriyalar.
1. Hayvonlar filogenezi deyilganda bir hujayrali organizmlardan to sutemizuvchi
hayvonlarning paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi.
Hayvonlar
filogenezi - bir hujayrali organizmlardan to sutemizuvchi hayvonlarning paydo
bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi.
Yerda dastlab hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi arxey erasining ikkinchi
yarmida yuz bergan.
Aromorfozlarning quyidagi 2tasi hayvonlar filogenezida muhim o’rin tutgan.
1.ko’p hujayralilarning paydo bo’lishi.
2.jinsiy ko’payish.
Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.
Birlamchi okeanda dastlab turli xil organik moddalar tabiiy yo‘l bilan sintezlanib
to‘planib borgan.
Keyinchalik bu moddalardan juda mayda shilimshiq zarrachalar shaklidagi
protobiontlar hosil bo‘lgan.
Protobiontlarga hos hususiyatlar.
1.juda mayda shilimshiq zarrachalardan hosil bo’lgan.2.tashqi muhitda erigan
organic moddalarni shimib olib o’sgan va bo’linib ko’paygan.3. Xivchinlar
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
yordamida harakatlangan.4. barcha bir hujayralilarning umumiy ajdodi
hisoblanadi.
Bir hujayrali eukariot organizmlar - tabiiy tanlanish tufayli protobiontlarning
tuzilishi mukammalashib dastlab prokoriotlar ,ulardan yadro va hujayra
orgonoidlari paydo bo’lishi natijasida kelib chiqqan. bir hujayralilardan ayrimlari
koloniya bo‘lib yashashga o‘tgan.
Ko’p hujayrali hayvonlar –
-
koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqan.
-
Ikki qavat ektoderma va endodermadan tashkil topgan,
-
ko’p hujayrali hayvonlarning sharsimon koloniya devori botib kirishi –
invaginatsiya tufayli paydo bo’lgan.
-
Gastrula bo’shlig’i birlamchi ichak bo’shlig’iga va gastrula teshigi
birlamchi og’izga aylangan.
Yassi chuvalchanglar-
-
ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar
-
To‘qima va organlarining rivojlangan
-
Dastlab erkin yashovchi yassi chuvalchanglar – kipriklilar, ulardan parazit
yashovchi so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar paydo bo‘lgan
-
To‘garak chuvalchanglar-
tana bo‘shlig‘i, o‘rta va orqa ichagi, anal teshigining rivojlanganligi bilan yassi
chuvalchanglardan farq qiladi Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion
o‘zgarishlar.
-
lansetnik –
-
boshskeletsizlar kenja tipiga mansub
-
eng tuban tuzilgan uning ayirish organlari tananing ikki yoni bo‘ylab juft-juft
joylashgan,
-
bosh miyasi rivojlanmagan,
-
yuragi yo’q
Baliqlarda jabraning takomilashuvi,suvda va hamda quruqlikda yashovchilarda
esa o’pka bilan nafas olish,sudralib yuruvchilarda terining quruqlashuvi ,sut
emizuvchilarda sut bezlari,bachadonning rivojlanishi shular jumlasidan.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
2. Gaz almashinish funksiyasi tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni
o‘zlashtirilishi va ajratilishi orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab
turishda aks etadi. Kislorod fotosintez jarayonida, karbonat angidrid esa nafas
olish jarayonida ajraladi. Yer ostida hosil bo‘ladigan metan gazi metan hosil
qiluvchi bakteriyalar tomonidan organik birikmalarning parchalanishi natijasida
hosil bo‘ladi. Tirik moddaning gaz almashinuv funksiyasiga destruktiv va muhit
yaratish funksiyalarining yig‘indisi sifatida ham qarash mumkin.
13-bilet.
1.Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar.
2.Quyidagi rasmda tasvirlangan jarayonni izohlang.
3.Oziq zanjiri bo’g’inlarini to’g’ri ketma ketlikda izohlang.
Prodursent – konsument.
.olma daraxti --- ari ---o’rgimchak ---chittak ----qirg’iy.
1. Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.
lansetnik
boshskeletsizlar kenja tipiga mansub
eng tuban tuzilgan uning ayirish organlari tananing ikki yoni bo‘ylab juft-juft
joylashgan
bosh miyasi rivojlanmagan yuragi yo’q
halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan
Barcha xordalilarda o‘q skelet – xorda rivojlangan.
Umurtqali hayvonlarda esa xorda embrional organ hisoblanadi.
-Postembrional rivojlanishning dastlabki bosqichida aksariyat organizmlarda
umurtqa pog‘onasiga aylanadi.
Xorda ustida naysimon markaziy nerv sistemasi joylashgan.
Nafas olish sistemasi murakkab tuzilishga ega jabra va o‘pkadan iborat.
-Qon aylanish sistemasi yopiq.
- Ovqat hazm qilish nayining oldingi qismi jabra teshiklari yordamida tashqi
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
muhit bilan bog‘lanadi.
Suvda yashaydigan tuban xordalilarda jabra umr bo‘yi saqlanadi. - Quruqlikdagi
vakillarda esa u o‘pka bilan almashinadi. Tog‘aydan iborat umurtqa pog‘onasining
suyak bilan almashinishi natijasida suyakli baliqlar kelib chiqqan.Iqlimning
asta-sekin quruqlashib borishi qadimgi suyakli baliqlar orasida tabiiy tanlanishni 2
yo‘nalishda borishiga olib kelgan.
ikki xil nafas oluvchi panjaqanotli baliqlarning juft suzgichlari quruqlikda yashovchi
hayvonlarning harakatlanish organi – oyoqlarga aylana borgan.ikkinchidan jabralar
o‘rniga o‘pka va teri orqali nafas olish paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlanish ta’sirida
panjaqanotlilarning o‘pkasi tobora rivojlanib, ularning juft suzgichlari yurish
oyoqlariga aylangan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga moslashgan
dastlabki vakillari qadimgi (stegosefallar) hisoblanadi.
suv muhitidan quruqlikda yashashga o‘tishi birinchidan havodagi kislorod bilan
nafas olish,
ikkinchidan qattiq substratda harakatlanish nog‘ora parda va eshitish
suyakchasining paydo bo‘lishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarga quruqlik
muhitida yashash imkonini yaratdi.
Sudralib yuruvchilar
Skeletida ko‘krak qafasining vujudga kelishi o‘pkani himoyalab, nafas olishining
takomillashishiga olib kelgan, .
Iqlimning sovub ketishi natijasida gigant sudralib yuruvchilar yashash uchun
kurash va tabiiy tanlanishda qirilib ketgan.
Qushlar-
Qushlarning asosiy harakati – uchish bilan bog‘liq holda muayyan evolutsion
o‘zgarishlar vujudga kelgan. Qushlarning gavdasi suyri shaklda, oldingi oyoqlari
uchish organi – qanotga aylangan, skeletida toj suyagi yuzaga kelgan. Tanasi
murakkab pat qoplami bilan qoplangan.
Dastlabki sutemizuvchi mezozoy erasida yashagan sudralib yuruvchilardan kelib
chiqqan.Eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan.termoregulatsiya kuchli
rivojlangan.bachadonning paydo bo‘lishi, embrionning bachadonda rivojlanishi
hayvonot olamidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi.
2.
Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi.
Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi. Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot
yadrodan sitoplazmaga i-RNK tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir
qismi yoziladi va zanjir- larning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S)
RNK-polimeraza fermenti yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat
bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi,
shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi
axborot DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi
transkripsiya
deyiladi
14- bilet
1.O’simliklarning namlikka nisbatan ekologik guruhlari va ularning moslanishlari.
2.Antropoekologik sistemalar,ularning inson ssalomatligiga ta’siri.
3.Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida o’tloq tipidagi oziq zanjirini
tuzing;javob;
Oqqayin – kapalak qurt ---qizilishton---kalxat.
1. O‘simliklarning quruqlikka chiqishi, namlik yetishmasligiga moslanishi
muhim evolutsion o‘zgarish sanaladi. Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra barcha
quruqlik o‘simliklari uchta ekologik guruhga bo‘linadi: kserofitlar, gigrofitlar,
mezofitlar. Evolutsiya jarayonida har bir guruhda muhitning suv rejimida o‘ziga xos
moslashish vujudga kelgan. Kserofitlar (yunoncha «xerox» – quruq, «phyton» –
o‘simlik) – namlik kam bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar sanaladi.
Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar ikki guruhga ajratiladi: sukkulentlar va
sklerofitlar Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari
va organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida
saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada
saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq, «phyton»
– o‘simlik) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi. Gigrofitlar
(yunoncha «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori
namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar. Gigrofit o‘simliklarga sholi,
shakarqamish va boshqalar misol bo‘ladi. Mezofit (yunoncha «mesos» –
o‘rtacha, «phyton» – o‘simlik) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklar
sanaladi. Adir, o‘tloq o‘simliklari, shuningdek, mo‘tadil zonadagi deyarli barcha
madaniy o‘simliklar mezofit bo‘lib, ular o‘simliklarning boshqa ekologik
guruhlariga nisbatan keng tarqalgan.
2. Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi,
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Antropoekologiya ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy bilim sohasi bo‘lib, insonning
normal hayotiy faoliyati uchun turli ehtiyojlarni qondirish va turmush darajasini
orttirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga
xosligi uning faoliyati faol, ijodiy xarakterda ekanligidir. Inson o‘z atrofida sun’iy
muhit yarata olishi ham uni boshqa ekologik omillardan ajratib turadi.
Antropoekologiya fani antropoekologik sistemalarning shakllanishi, yashash va
rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, insonning sog‘lom turmush tarzi me’yorlari,
salomatligiga ta’sir etadigan (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) omillarni keng
miqyosda o‘rganadi.
Inson salomatligiga ta’sir etadigan fizik omillarga havo harorati, namligi,
bosimi, quyosh radiatsiyasi, yorug‘lik, elektromagnit kuchlanishi va maydoni,
shovqin misol bo‘ladi.
Inson salomatligiga ta’sir etadigan kimyoviy omillarga tuproq, suv, turli toksinlar,
oziq-ovqat mahsulotlarida tuz konsentratsiyasi va kislotalilikning yuqori bo‘lishi,
dori-darmonlar, neft mahsulotlari, atmosfera havosida zaharli gaz miqdorining
ortishi, biologik omillarga esa kasallik tug‘diruvchi omillar ekto va endoparazitlar,
zaharli o‘simliklar, zararkunanda hasharotlarning ta’sirini kiritish mumkin.
15-bilet.
1.Tuproq - edafik omil.
2.Quyidagi jarayonni izohlang.
3.O’simlik –quyon-tulkidan iborat oziq zanjirida o’simlik biomassasi 100 t.Agar
bir tulkining massasi 10 kg bo’lsa tulkilar populyatsiyasidagi individlar sonini
aniqlang.
YECHIMI
Oʻsimlik
→
quyon
→
tulki
100 t
→
10 t
→
1 tonna
1000 kg hamma tulkilarni massasi 1 tasini massasi 10 kg ortgan boʻlsa
1000 / 10 = 100 ta tulki
Javob: 100 ta
1.
Tuproq – edafik omillar
(yunoncha «edaphos» – yer, tuproq) tirik
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
organizmlar hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir. Edafik
omillarga asosan tuproqning organik moddalar bilan belgilanadigan xossalari:
kimyoviy tarkibi, strukturasi, suv rejimi, havo va harorat me’yori misol bo‘ladi.
Tuproq Yer qobig‘ining o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tog‘ jinslari
o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan va o‘zgaradigan yuza 64
qismi hisoblanadi. Tuproqshunoslik faniga rus olimi V.V. Dokuchayev asos
solgan.
V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib bergan:
geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar (relyef); tirik
organizmlar; vaqt (geologik yoshi). Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida
mineral tog‘ jinslarining yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar –
mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Tuproqda xilma-xil
mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz
hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar, hasharotlar va ularning lichinkalari),
umurtqali hayvonlar (yumronqoziq, yerqazar, krot) yashaydi.
2.
Xlamidomonadaning sporalar orqali
ko‘payishi
Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm
ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga
asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan
aynan nusxasi bo‘ladi.
xlamidomonada kabi suvo‘tlari,
sporalar orqali
ko‘payadi. Sporalar mitoz
usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.
16- bilet.
1.Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarga nisbatan qanday moslanishlar
shakllangan.
2.Biosferaning tarkibi.
3.Jadvalni to’ldiring.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Organizmlar
Aromorfozlar
Idioadaptatsiyalar.
Sudralib yuruvchilar
Terisi quruqlashishi
,ichki urug’lanish
tuxumning qattiqligi.
cho‘lda yashaydigan
toshbaqa, kaltakesak,
ilonlar qum rangida
bo’lishi.
Qushlar
Nerv sistemasi va sezgi
organlari kuchli taraqqiy
etgan,uchishga
moslashgan.
kakku qush boshqa
qushlar singari in
qurmaydi va tuxumini
mayda qushlar –
qorayaloqlar,
jiblajibonlar, bulbul,
sirchumchuqlarning
inlariga qo‘yishi.
Sutemizuvchilar
Oliy nerv
faoliyati,bachadonda
embrionning rivojlanishi
Yevropaning o‘rta
mintaqasida yashovchi
tulki, tovushqon,
kuropatka, gornostay
qishda bir, yozda
ikkinchi xil rangda
bo‘ladi. Hasharotxo‘rlar
turkumiga mansub
hayvonlarning ba’zilari
quruqlikda, suvda yoki
yer ostida yashashga
moslashganligi ham
idioadaptatsiyaga
misoldir
1. Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish
darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va
gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.
Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» –
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi
organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda
yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana haroratini doimiy holatda
saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi, bu organizmlarda boradigan
fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi, nafas olish, qon aylanish
tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish, rivojlanish va ko‘payish sur’ati
ortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda moddalar almashinuvining
sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi, uyquga ketishi, ba’zi hollarda
nobud bo‘lishiga olib keladi. Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» –
o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga
bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan
organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
2.
Biosfera
bir-biri
bilan
chambarchas
bog‘liq
bo‘lgan
xilma-xil
komponentlardan tarkib topgan ulkan biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani
tashkil etuvchi komponentlarni kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi
va yettita bir-biridan farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi. Qattiq moddalar
– Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval, tirik organizmlar faoliyatiga bog‘liq
bo‘lmagan holda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Qattiq moddalarga minerallar (olmos,
zumrad, kvars) va tog‘ jinslari (granit, marmar) misol bo‘ladi.
Biogen moddalar –
tirik organizmlarning faoliyati mahsulotlari yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil
bo‘lgan moddalar yig‘indisi. Ularga neft, toshko‘mir, ohaktosh va atmosfera
gazlarini misol qilish mumkin (40-rasm).
Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar –
bir vaqtning o‘zida tirik
organizmlar faoliyati va abiogen jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, tuproq,
suv havzalarining tubi (41-rasm).
Radioaktiv moddalar –
radioaktiv elementlar va ularning parchalanishidan hosil
bo‘ladigan moddalar.
Tarqoq atomlar –
ayrim elementlarning atomlari bo‘lib, tabiatda tarqoq holda
uchraydi.
Kosmik moddalar –
kelib chiqishi kosmos bilan bog‘liq, biosferaga kosmosdan
kirib keladigan moddalar: meteoritlar, kosmik chang zarralari misol bo‘ladi.
17- bilet
1.Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida.
2.Rasmdagi jarayonni izohlang.
3.Sporali o’simliklar,ochiq urug’li o’simliklar ,gulli o’simliklardagi aromorfozlarni
aniqlab,jadvalni to’ldiring.
O’simlik turlari
Aromorfozlar
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Yo’sinlar
Rizoid va poya hosil bo’lgan
Qirquloqlar bo’limi
Mehanik to’qimaning paydo bo’lishi
Qirqbo’g’imlar
Poya ildiz va barglarning hosil bo’lishi
Ochiq urug’lilar bo’limi
Chang naychasining paydo bo’lishi,
Yopiq urug’lilar bo’limi
O’tkazuvchi naylar,gul,meva hosil qilishi
1.Quruqlik-havo muhiti. Quruqlik-havo muhitining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu
muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani bilan, ularning
hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Quruqlik-havo muhiti cho‘l,
dasht, o‘rmon, g‘or, botqoqlik, tekislik va tog‘lar kabi xilma-xil yashash muhitlari
bilan xarakterlanadi.
O‘simlik va hayvonlardagi quruqlik-havo muhitida yashashga moslanishlar. Suv
muhitidan farq qilib, havoning zichligi katta emas. Shuning uchun bu muhitda
o‘simliklarda tayanch vazifasini bajaruvchi mexanik to‘qimaning rivojlanishi
katta ahamiyatga ega. Tuproq muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza
qatlami
tuproq
deyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan.
Qattiq tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi. Tuproq muhitida yashovchi
organizmlar
edafobiontlar
(yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» –
yashovchi) deb ataladi. Xo‘jayin organizmning ichki organlari va to‘qimalarida
yashovchi organizmlar
endobiontlar
(yunoncha «endon» – ichki, «biontos» –
yashovchi) deyiladi. Bir organizmning (parazit) boshqa organizm (xo‘jayin)
hisobiga yashashi
parazitlik
deb yuritiladi.
2. Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobak- terium
hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi. Agrobakteriyaning ayrim turlari
(Agrobacterium tumefaciens) ikki urug‘pallali o‘simliklarni zararlab, ularda shish
keltirib chiqarishi mumkin.
Agrobacterium tumefaciens
– tuproq bakteriyasi shish
hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyati Ti-plazmid deb ataladigan plazmida
bilan bog‘liq. Ti-plazmida hujayraga genetik axborotni kiritish uchun zarur bo‘lgan
barcha xususiyatlarga ega tabiiy vektor bo‘lib, hujayraga genetik axborotni kuritish
uchun zarur xususiyatlarga ega.
O‘simlik zararlanganidan so‘ng Ti-plazmidaning bir qismi o‘simlik hujayralariga
kiradi. Zararlangan o‘simlik tanasidagi hujayralar pala-partish bo‘linishi natijasida
shish hosil bo‘ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay) plazmid genomining T-DNK (shish hosil
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
qiluvchi DNK) bo‘lagi chaqiradi.
Buning sababi T-DNK o‘simlik hujayrasi genomiga birikishi va uning xususiyatini
buzishidir. T-DNKning bu xususiyatidan gen muhandisligida keng foydalaniladi.
Agrobakteriumning Ti-plazmidi birmuncha yirik bo‘lganligi uchun undan gen
injeneriyasi maqsadlarida foydalanish qiyin. Shu sababli, o‘simlik irsiyatini gen
muhandisligi usuli bilan o‘zgartirish uchun plazmidning T-DNK qismi maxsus
restriktaza bilan kesib olinadi va pBR 322 (pi-bi-ar 322) plazmidasiga ko‘chirib
o‘tkaziladi. Yaratilgan sun’iy plazmid Ti-plazmidaga nisbatan birmuncha kichik
bo‘lib, ulardan foydalanish ancha osonroq va unumliroqdir. Bunday molekulalar
vektor konstruksiya
deb ataladi. Vektor konstruksiyaning
Buning sababi T-DNK o‘simlik hujayrasi genomiga birikishi va uning xususiyatini
buzishidir. T-DNKning bu xususiyatidan gen muhandisligida keng foydalaniladi.
Agrobakteriumning Ti-plazmidi birmuncha yirik bo‘lganligi uchun undan gen
injeneriyasi maqsadlarida foydalanish qiyin. Shu sababli, o‘simlik irsiyatini gen
muhandisligi usuli bilan o‘zgartirish uchun plazmidning T-DNK qismi maxsus
restriktaza bilan kesib olinadi va pBR 322 (pi-bi-ar 322) plazmidasiga ko‘chirib
o‘tkaziladi. Yaratilgan sun’iy plazmid Ti-plazmidaga nisbatan birmuncha kichik
bo‘lib, ulardan foydalanish ancha osonroq va unumliroqdir. Bunday molekulalar
vektor konstruksiya
deb ataladi. Vektor konstruksiyaning
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
T-DNK qismini kesib, unga o‘simlik geni kiritiladi. Natijada T-DNK shish chaqirish
qobiliyatini yo‘qotadi, chunki yot gen T-DNKni ikki bo‘lakka bo‘lib yuborgan.
Tarkibida T-DNK va yot genga ega vektor konstruksiya Ti-plazmidi genomidan
T-DNK qismi olib tashlangan, o‘simlik uchun zararsiz maxsus agrobakterium
shtammlariga kiritiladi. Bu bakteriyalar bilan o‘simlik hujayrasi zararlantirilganda,
agrobakterium yot genni o‘zining maxsus transformatsiya apparatidan foydalanib,
o‘simlik genomiga o‘tkazadi.
18- bilet
1. Tirik organizmlar o’rtasidagi munosabat.Antibioz.
2. Biosferaning tarkibi.
3. Sporali o’simliklar,ochiq urug’li o’simliklar ,gulli o’simliklardagi
idioadaptatsiyalarni aniqlab,jadvalni to’ldiring.
O’simlik turlari
Idioadaptatsiyalar
Funariya yo’sini
Sporalar orqali ko’payish,gametofit
ustunlik qilishi.
Suv qirqqulog’i
Fotosintez qilish,sporafit ustunlik qilishi
Dala qirqbo’g’imi
Sporalar orqali ko’payishi,sporafit
ustunlik qilishi.
Qarag’ay
Urug’da zaxira oziqa modda to’planishi
Madaniy tok
Urug’ meva ichida shakllanishi va
rivojlanishi
1.Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar – bir turga
mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z-o‘zini
boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar – har xil turlar
o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi. O‘zaro munosabatlar tufayli bir
populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi
populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar
salbiy
yoki
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
antagonistik
(antibioz) munosabatlar deyiladi.
Antibioz
. Antibioz
munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi
munosabat shakllari misol bo‘ladi.
Amensalizm
– o‘zaro biotik munosabat turi
bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham,
zarar ham ko‘rmaydi.
Yirtqichlilik
(«yirtqich – o‘lja») – turlararo o‘zaro biotik
munosabat turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari
uchun oziq vazifasini o‘taydi.
2.
Biosfera
bir-biri
bilan
chambarchas
bog‘liq
bo‘lgan
xilma-xil
komponentlardan tarkib topgan ulkan biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani
tashkil etuvchi komponentlarni kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi
va yettita bir-biridan farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi. Qattiq moddalar
– Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval, tirik organizmlar faoliyatiga bog‘liq
bo‘lmagan holda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Qattiq moddalarga minerallar (olmos,
zumrad, kvars) va tog‘ jinslari (granit, marmar) misol bo‘ladi.
Biogen moddalar –
tirik organizmlarning faoliyati mahsulotlari yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil
bo‘lgan moddalar yig‘indisi. Ularga neft, toshko‘mir, ohaktosh va atmosfera
gazlarini misol qilish mumkin (40-rasm).
Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar –
bir vaqtning o‘zida tirik
organizmlar faoliyati va abiogen jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, tuproq,
suv havzalarining tubi (41-rasm).
Radioaktiv moddalar –
radioaktiv elementlar va ularning parchalanishidan hosil
bo‘ladigan moddalar.
Tarqoq atomlar –
ayrim elementlarning atomlari bo‘lib, tabiatda tarqoq holda
uchraydi.
Kosmik moddalar –
kelib chiqishi kosmos bilan bog‘liq, biosferaga kosmosdan
kirib keladigan moddalar: meteoritlar, kosmik chang zarralari misol bo‘ladi.
19-bilet.
1.Ekologiyaning rivojlanishi,bo’limlari va metodlari.
2.Hayvonlarning hazm qilish organlari evolutsiyasi.
3.Ilonning biomassasi yoz davomida 0.2kg ga ortgan bo’lsa,”10% qoidasi “ga
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
asoslanib o’tloqning ekologik piramidasini tuzing;O’tloq sebargasi
–kapalak-baqa-ilon-ilonburgut.
1. Ekologiya fan sifatida. XX asrning boshlarida biologiya fanining yangi
tarmog‘i – ekologiya vujudga keldi. Bu fan yuqorida keltirilgan muammolarni 7
hal etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy,
boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda
nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan.
XX asrning boshlarida botanika, zoologiya va boshqa tabiiy fanlarda ekologiya
yo‘nalishi shakllandi. Asta-sekin tabiatni o‘rganishga ekologik yondashuv katta
ahamiyat kasb eta boshladi.
Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim
konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi
muhim o‘rin tutadi
Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo‘limlarga ajratiladi:
autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi),
sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar
ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi), evolutsion ekologiya,
tarixiy ekologiya
Autekologiya
organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy
sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.
Demekologiya –
populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining
o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi
bo‘lim.
Sinekologiya
– har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi
muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi.
2. Barcha hayvonlar tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi. Oziqlanish
jarayonida bu moddalar murakkab o‘zgarishlarga uchraydi va organizm uchun zarur
bo‘lgan moddalarga aylanib, qurilish materiali sifatida sarflanadi yoki oxirgi
mahsulotlargacha parchalanib energiya hosil qiladi. Hayvonlarda oziqni qabul
qilish, maydalash, hazm shirasini ishlab chiqish va o‘zlashtirish hazm qilish a’zolar
sistemasida amalga oshadi.Bir hujayrali organizm – amyobalar oziq moddalarni
soxta oyoqlari yordamida qamrab olib, sitoplazmadagi suyuqlikdan hazm shirasi
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
hosil bo‘lishi natijasida oziq hazm bo‘ladi. Infuzoriyalarda oziqlanish biroz
murakkabroq. Ular tanasining yon tomonida maxsus teshikcha, teshikcha tubida
og‘iz teshigi, atrofida esa kiprikchalar joylashgan. Tuban ko‘p hujayralilarda tana
bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq hujayra ichida hazm bo‘ladi, hazm
bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra og‘iz orqali tashqariga chiqariladi.
Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta ichak paydo bo‘lgan.
To‘garak chuvalchanglarda hazm sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak
va orqa ichakdan iborat. Halqali chuvalchanglarda og‘iz, halqum, qizilo‘ngach,
jig‘ildon, oshqozon, ichaklardan iborat. Molluskalarning ovqat hazm qilishi halqali
chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Ulardan boshlab halqumida muskulli til, tilning
ustida mayda tishchalar hosil bo‘lgan. Bo‘g‘imoyoqlilarda jag‘lar faoliyati kuchayib,
ular yordamida oziq maydalanadi. Bezlarning faoliyati ham kuchayadi. Baliqlardan
boshlab hazm sistemasi ancha rivojlangan. Jag‘larda bir xilda tuzilgan tishlar
joylashgan. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turish vazifasini bajaradi. Hazm nayi
qismlarga ajralgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning og‘iz bo‘shlig‘ida
tishlar va so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan. So‘lak ovqatni ho‘llaydi, lekin kimyoviy
ta’sir ko‘rsatmaydi. Sudralib yuruvchilarning ovqat hazm qilish sistemasi suvda
hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshash, ular jag‘larida tishlar bo‘lishi va
bezlarning faoliyati kuchayganligi bilan farq qiladi. Qushlarning hazm sistemasida
uchishga moslanish imkonini beradigan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Tishlari yo‘q,
ichaklari kaltalashgan, hattoki ayrim
qushlarda o‘t pufagi ham bo‘lmaydi. Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi
tufayli hazm sistemasida moslanishlar paydo bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i burmali
lablar bilan o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish hisobiga hosil
bo‘lgan.
3.O’tloq sebargasi –kapalak-baqa-ilon-ilonburgut
2000kg - 200kg- 20kg- 2kg - 0.2kg bo’ladi.
20-bilet.
1.O’simlik va hayvonlarning suv muhitiga moslashganligi.
2.Tirik organizmlarning o’z –o’zini idora etish organlari;gumoral sistemasi
evolutsiyasi.
3.Quyida berilgan organizmlar uchun o’tloq tipidagi o’ziq zanjirini tuzing;
Oqqayin – kapalak qurti – qizilishton---kalxat.
1. Yer yuzida tirik organizmlar uchun to‘rt xil yashash muhiti mavjud: suv muhiti,
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
quruqlik-havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizm muhiti (parazit va simbiontlar
uchun). Har
Suv muhitida hayvon turlari son jihatdan o‘simliklarga nisbatan ko‘p. O‘simliklar
suv muhitining yorug‘lik yetib boradigan qismlarida tarqalgan.
Biosferada gidrosfera muhum o‘rin tutadi, u Yerda hayotning barqarorligini
ta’minlovchi asosiy manba sanaladi. Iqlim sharoitining mo‘tadilligi va suvning
davriy aylanishini ta’minlaydi. Suv muhitida yashovchi organizmlar
gidrobiontlar
(yunoncha «hydor» – suv, «bios» – hayot) deyiladi.
Sho‘r suvlarda faqat suvo‘tlar uchraydi. Bu o‘simliklar yorug‘lik tanqisligiga
qo‘shimcha pigmentlar hosil qilish bilan moslashadi. Ular turli chuqurlikda
yashashga moslashgan: suv havzalarining sayoz qismlarida yashil suvo‘tlar,
chuqurroq qatlamlarida qo‘ng‘ir suvo‘tlar, eng chuqur qismida qizil suvo‘tlar
uchraydi.
Suv muhitida o‘sadigan yuksak o‘simliklar gidrofitlar (yunoncha «
hydor»
– suv,
«
phyton»
– o‘simlik) deyiladi. Suvda o‘sadigan yuksak o‘simliklarda mexanik
to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima va ildiz tizimi kuchsiz rivojlangan, ildizlarida tukchalar
bo‘lmaydi. Ba’zi o‘simliklarda ildiz bo‘lmaydi (elodeya), yoki ildiz faqat substratga
birikish vazifasinigina bajaradi (qo‘g‘a, o‘qbarg). Suvda kislorod miqdorining
tanqisligiga moslashish mexanizmi sifatida o‘simlik organlarida havo bilan to‘lgan
to‘qima – aerenxima rivojlangan.
Suv muhitining hayvonot dunyosi o‘simliklar dunyosiga nisbatan boy. Suv
muhitida yashovchi organizmlar quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi: plankton,
nekton, bentos.
Plankton
(yunoncha «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv
qa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib
yuruvchi organizmlar hisoblanadi.
Nekton
(yunoncha «nektos» – suzuvchi) –
suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta
masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlardir. Ularga boshoyoqli molluskalar,
baliqlar, kitsimonlar, kurakoyoqlilar misol bo‘ladi.
Bentos
(yunoncha «benthos» –
chuqurlik) – suv tubida yoki suv tubidagi qum orasida yashovchi organizmlar.
Bentos organizmlarda suzuvchanlikni kamaytiruvchi moslanishlar, masalan,
chig‘anoq (molluskalar), xitin qobiq (qisqichbaqa, krab, omar, langustlar), suv
tubiga yopishuvchi moslamalar (zuluklar so‘rg‘ichlari) mavjud.
2.Gumoral sistema.
Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarish
sanaladi. O‘z-o‘zini boshqarish – tirik organizmlarning fiziologik yoki biologik
ko‘rsatkichlarini muayyan va doimiy darajada avtomatik tarzda saqlash xususiyati
sanaladi. Organik olamning turli tuzilish darajalari, ya’ni molekula darajasidan tortib,
organizm darajasigacha o‘z-o‘zini boshqarishning aniq tizimi, xilma-xil ko‘rinishlari
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
mavjud. Organizmning o‘z-o‘zini boshqarishning nerv va gumoral usullari bir- biri
bilan chambarchas bog‘liq. Hayotiy jarayonlarni gumoral boshqarish o‘simliklar,
zamburug‘lar va hayvonlarga xos bo‘lib u evolutsiyaning dastlabki bosqichlarida
paydo bo‘lgan. O‘simliklar va zamburug‘larda gumoral boshqarish biologik faol
moddalar fitogormon va alkaloidlar orqali amalga oshiriladi. Biologik faol moddalar
o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar, zamburug‘larda esa mitselliy gifalari orqali
barcha hujayralarga yetkaziladi.
Hayvonlarda gumoral boshqarish endokrin sistemasiga kiradigan ichki
sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar –
gormonlar orqali amalga oshiriladi. Mazkur gormonlar organizmning ichki muhiti –
qon, limfa va to‘qima suyuqligi orqali tanaga tarqaladi. Bir tomondan nerv
sistemasi faoliyatiga qon bilan yetib kelgan gormonlar doimiy ravishda ta’sir
ko‘rsatsa, ikkinchi
tomondan ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan gormon miqdori va qonga
quyilishi nerv sistemasining doimiy nazoratida bo‘ladi. Shu sababli, tirik
organizmlarda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar yagona neyrogumoral
mexanizm orqali amalga oshadi. Bundan tashqari, organizmdagi organlar va
organlar sistemalari o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida fiziologik
jarayonlarning o‘z-o‘zini boshqarilishi amalga oshadi.
21-bilet.
1.Muhit omillari va ularning tasniflari.
2.Biosferadagi tirik moddaning transport funksiyasi.
3.Yuksak sporali o’simliklarga qiyosiy tavsif bering.
Qiyoslanadigan
jihatlar
Yo’sinlar
Qirqquloqlar
Qirqbo’g’imlar
Vegetativ organlari
Generativ
organlari
Nasllar gallanishi
Jinssiz ko’payish
Jinsiy ko’payish
Aromorfozlar
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
22-bilet
1.O’simliklarning generative organlari filogenezi.
2.Azotning davriy aylanishi.
3.jadvalni to’ldiring.
Hayvonlar
Nafas olish sistemasining tuzilishi
Baliqlar
jabra yoriqlari devorlarida kapillar qon
tomirlarga ega bo‘lgan jabra yaproqlari
paydo bo‘ladi. Baliqlarda jabra yoriqlari
soni kamaygan bo‘lsa-da, lekin nafas
olish sathi kapillarlar to‘ri hisobiga
kengayadi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Evolutsiya jarayonida nafas olish organi
o‘pka birinchi marta suvda hamda
quruqlikda yashovchilarda paydo
bo‘lgan. Kelib chiqishi bo‘yicha
panjaqanotli baliqlar bilan bog‘liq
bo‘lgan suvda hamda quruqlikda
yashovchilarda faqat lichinkalik davrida
nafas olish jabralari orqali sodir bo‘lsa,
voyaga yetgandan so‘ng nafas olishi
o‘pka va teri orqali sodir bo‘ladi.
Sudralib yuruvchilar
Sudralib yuruvchilarda nafas yo‘llari –
hiqildoq, traxeya va bronxlar to‘liq
shakllangan. Ularning o‘pkalari mayda
g‘ovaksimon, ko‘p sonli ichki
katakchalarga va katta nafas olish
yuzasiga ega. Lekin ularda bronxlar
shoxlanmaydi.
Qushlar
Qushlar o‘pkasi yaxshi rivojlangan.
Ularning o‘pkasida bronxlar
tarmoqlanib, bronxiolalar bilan tugaydi.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Qushlar uchishga moslashganligi sababli,
o‘pkasining ikkilamchi bronxlari oxirlari
havo xaltachalarini hosil qiladi.
Sutemizuvchilar
Sutemizuvchilarda nafas yo‘llari
kiprikchali epiteliy bilan qoplangan. Ular
ovqat hazm qilish sistemasidan to‘liq
ajralgan va faqat halqum qismida
kesishadi. Bronxlar ko‘p marta
tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar
o‘pka pufakchalari bilan tugaydi.
2.Azotning davriy aylanishi.
Azot biosferada eng ko‘p tarqalgan elementlardan biri hisoblanadi. Azot tirik
organizmlar uchun zarur organik moddalar: oqsil, nuklein kislota, lipoprotein,
xlorofill tarkibiga kiradi. Uning asosiy qismi atmosferada molekular holatda (N2)
bo‘ladi. Kimyo o‘quv fanidan sizga ma’lumki, molekular azot atomlari orasidagi
bog‘ o‘ta mustahkam. Ko‘pchilik tirik organizmlar molekular azotdan foydalana
olish qobiliyatiga ega emas. Shu sababli azotning davriy aylanishida uni
fiksatsiyalash va foydalanish mumkin bo‘lgan shaklga o‘tkazish muhim
jarayonlardan biri hisoblanadi.
Atmosferadagi elektr hodisalar (chaqmoq) ta’sirida azot kislorod bilan reaksiyaga
kirishib azot oksidi (NO2)ni hosil qiladi. Azot oksidi suvda erib nitrit (HNO2) va
nitrat (HNO3) kislotalarni hosil qiladi va yog‘inlar bilan tuproqqa tushadi.
Tuproqqa tushgan kislotalar dissotsiatsiyasi natijasida nitrit (NO2) va nitrat (NO3)
ionlarni hosil qiladi va ionlar shaklida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Azotning davriy aylanishiga antroporen omilning ta’siri o‘g‘it ishlab chiqarish
sanoat korxonalari faoliyatida ko‘p miqdorda azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga
sarflanishida namoyon bo‘ladi. Azotli o‘gitlardan ko‘p miqdorda foydalanish
tuproqning holatini buzadi, ortiqcha azot birikmalarining tuproqdan suv
havzalariga yuvilib ketishi atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘ladi.
23-bilet.
1.Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda haroratga nisbatan qanday
moslanishlar shakllangan.
2.Rasmdagi jarayonni izohlang.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
3. Mikroskopning tuzilishi.
1. Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish
darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va
gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.
Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» –
issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi
organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda
yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana haroratini doimiy holatda
saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi, bu organizmlarda boradigan
fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi, nafas olish, qon aylanish
tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish, rivojlanish va ko‘payish sur’ati
ortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda moddalar almashinuvining
sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi, uyquga ketishi, ba’zi hollarda
nobud bo‘lishiga olib keladi. Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» –
o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga
bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan
organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. . Gomoyoterm
organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana
haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy
holatda saqlashga moslashgan organizmlardir. Ularga qushlar va
sutemizuvchilar kiradi.
2. Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining farqi.
Ovogenez
spermatogenezga qaraganda uzoq muddat davom etadi. Chunki tuxum
hujayralarda spermatozoidlarga qaraganda ko‘proq oziqa to‘planadi.
Spermatogenezning meyoz jarayonida sitoplazma hamma hujayralarga teng
miqdorda taqsimlanadi. Ovogenezda esa bo‘linayotgan hujayralarning faqat
bittasiga sitoplazma ko‘p, boshqalariga juda oz miqdorda o‘tadi.
Spermatogenezning oxirida 4 ta bir xil, ovogenezda esa 1 ta yirik, 3 ta mayda
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
hujayralar shakllanadi. Mayda uchta hujayra keyinchalik nobud bo‘ladi.Yirik
sitoplazmaga boy hujayra esa tuxum hujayraga aylanadi.
3.
1—
okulyar; 2—obyektiv;
3—
buyum stolchasi (kursisi);
4—
ko‘zgu;
5—
makrovint;
6—
mikrovint;
7—shtativ;
8—
taglik.
MIKROSKOP. Hujayra larning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni
kuzatishda lupaga nisbatan murakkabroq asbob — mikroskopdan foydalaniladi.
Mikroskop buyumlarni ming marta va undan ham ko‘p, zamonaviy elektron
mikroskoplar esa yuz ming marta kattalashtirib ko'rsatadi. Mikroskop ixtiro
qilingach, ti¬rik mavjudotlar, shu jumladan, o'simliklarning organlari hujayralardan
tuzilganligini aniq va ravshan ko'rish mumkin bo'ldi.
24-bilet.
1.Biomassa va energiya piramidasi.
2.Insoning biosferaga ta’siri.
3.Laboratoriya mashg’uloti.Tirik organizmlarning muhitga moslashganligini
o’rganish.Qushlarning havo muhitiga moslashganligi.
Lаbоrаtоriya mashg‘ulоtining mаqsаdi:
оrgаnizmlаrning yashаsh muhitigа
moslanish turlarini o‘rganish, qushlarning havo muhitiga moslanish belgilarini
aniqlash.
Qushlarning belgilari.
Moslanish
belgilari
Qushlаrning tashqi tuzilishidagi uchishgа
mоslаshgаnlik bеlgilаri
Tanasi pat bilan qoplangan.
Qushlаrning skeletidagi uchishgа
mоslаshgаnlik bеlgilаri
Suyaklari yengil, naysimon
suyaklarning
bo‘shlig‘iga havo to‘lgan,
Qushlаrning nafas olish organlaridagi
uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаri
Nafas olishda o‘pka bilan birga
havo xaltachalari
ham ishtirok etadi.
Qushlаrning hazm qilish organlaridagi
uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаri
Qushlarning oshqozoni ikki
bo‘limdan iborat.
Oldingi bezli bo‘limidan ajralib
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
chiqayotgan oshqozon shirasi
ta’sirida
oziq yumshaydi. Oshqozonning
muskulli ikkinchi bo‘lmasida oziq
maydalanadi.
Qushlardagi moslanishlarning nisbiyligi
donxo‘r qushlar bolalarini
hasharotlar
bilan oziqlantiradi. Ko‘k kaptar
to‘kilgan donlar, yovvoyi o‘tlarning
urug‘ini
terib yeydi; jarliklar, qoyalar,
tashlandiq imorat va baland
binolarning
chordoqlariga uya quradi.
1.
Biomassa piramidasi
ekosistemaning har bir trofik darajalaridagi
organizmlar biomassalarining nisbatini ko‘rsatadi. Quruqlik ekosistemalarida
produtsentlarning
umumiy
biomassasi
oziq
zanjirining
boshqa
trofik
darajalaribiomassasidan ko‘p. O‘z navbatida birinchi tartib konsumentlarining
umumiy biomassasi ikkinchi tartib konsumentlarining umumiy biomassasidan ko‘p
bo‘ladi. Agar organizmlar tanasining o‘lchamlari bir-biridan juda katta farq qilmasa,
odatdagi tipik piramida hosil bo‘ladi. Agar quyi trofik darajalardagi organizmlar tana
o‘lchamlari yuqori trofik darajadagi organizmlardan kichik bo‘lsa, teskari piramida
hosil bo‘ladi. Masalan, suv havzalari ekosistemalarida produtsentlar (fitoplankton)
tana o‘lchami ancha kichik, hayot sikli qisqa, mahsuldorligi yuqori, lekin ularning
umumiy biomassasi birinchi tartib konsumentlari biomassasidan har doim kam
bo‘ladi.
Energiya piramidasi
har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya
miqdorini aks ettiradi. Ekologik piramidalar orasida energiya piramidalari
ekosistemaning funksional holati haqida to‘liq ma’lumot beradi. Chunki
organizmlar soni va biomassasi ularda to‘plangan energiya miqdori bilan emas,
balki ekosistema mahsuldorligi, biomassaning o‘sish tezligi bilan bog‘liq.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Ekosistemaning aynan shu vaqtdagi organizmlar soni va ularning massasini, ya’ni
statik holatini ifoda etadigan son va biomassa piramidalaridan farq qilib, energiya
piramidalari oziq zanjiri orqali energiyaning o‘tish dinamikasini aks ettiradi.
Energiya piramidasiga organizmlarning tana o‘lchamlari, ulardagi metabolizm
jarayonlarining intensivligi ta’sir etmaydi, shuning uchun energiyaning barcha
manbalari to‘g‘ri hisobga olinsa, piramida tipik shaklga ega bo‘ladi. Ekologik
piramida qoidasiga binoan, quyi trofik darajadan yuqori darajaga energiyaning
10% i o‘tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni
oltitadan oshmaydi.
2. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan tubdan o‘zgartiruvchi ta’siri muqarrar
hisoblanadi. Aholi sonining o‘sishi, biosferada mavjud bo‘lgan moddalar va
energiyadan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishning tobora ortib borishi, undagi
aloqa va bog‘liqlik umumiy tuzilmasini qayta qurish natijasida jamiyatning
biosferaga ta’siri muntazam ravishda kuchayib bormoqda. Inson faoliyati
sayyoraning qiyofasini tobora kuchliroq o‘zgartirmoqda. Aholi sonining ortishi
bilan insonning tabiatga nisbatan bo‘lgan ta’sirining kuchayishi bir vaqtda sodir
bo‘lmoqda. Agar XVIII asr boshlarida Yer aholisi taxminan 600 mln kishidan iborat
bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda u 7,5 mlrd dan oshib ketdi. Insonning biosferaga
ta’sir qilish usullari. Jamiyat va tabiatning o‘zaro hamkorligi, tabiatdagi modda va
energiyadan foydalanish, ko‘p sonli turlarning yo‘qolishi, tabiiy tizimlarning va
butun boshli landshaftlarning keskin o‘zgarishi, ko‘p miqdordagi chiqindilarni
atrof-muhitga chiqarib tashlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Kishilik jamiyatining
yashash muhitiga ta’siri natijalariga ko‘ra ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Insonlarning tabiatga salbiy ta’sir qilishi oqibatida mineral xomashyo, tuproq, suv
zaxiralari ko‘rinishidagi tabiiy boyliklarni – tabiat zaxiralarini isrof qilish,
atrof-muhitni ifloslantirish, turlarni qirib tashlash, biogeotsenozlardagi oziq
zanjirini buzish yuzaga kelgan.
25-bilet.
1.Oziq zanjiri va oziq to’ri.Trofik darajalar.
2.Hayvonlarning ayirish va jinsiy organlari evolutsiyasi.
3.Cho’l biomi oziq zanjirini tuzing.
Sichqon-ilon-boltayutar.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Javoblar;
1.
Oziq zanjiri –
bu bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga
moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi.
«Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan
1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‘g‘indan iborat. Zanjirning
birinchi bo‘g‘ini, asosan, yashil o‘simliklardan iborat, undan keyingi bo‘g‘inlarni
o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar),
so‘ng yirtqichlar va parazitlar tashkil etadi.
Tabiatda ko‘pgina turlar bir turdagi oziq bilan oziqlanmaydi, balki turli xil oziq
manbalaridan foydalanadi. Shunday ekan, oziq xiliga qarab har qaysi tur bitta oziq
zanjirining turli trofik darajalarini egallashi mumkin. Masalan, sichqonlarni tutib
yeyishi bilan qirg‘iy uchinchi trofik darajani, ilonlarni tutib yeyishi bilan esa to‘rtinchi
trofik darajani egallaydi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida ular turli oziq
zanjirlarining bo‘g‘inlari bo‘lishlari ham mumkin. Bir turning o‘zi turli xil oziq
zanjirlarining bo‘g‘ini sifatida ularni o‘zaro bog‘lab turadi. Masalan, qirg‘iy turli oziq
zanjirlariga mansub bo‘lgan kaltakesak, quyon yoki ilonni yeyishi mumkin. Natijada
trofik zanjirlar bir-biri bilan chalkashib, ekosistemada trofik (oziq) to‘ri – bir necha
oziq zanjirlaridan iborat bo‘lgan murakkab to‘rni hosil qiladi. Organizmning oziq
zanjiridagi o‘rni yoki oziq zanjirining bitta bo‘g‘iniga tegishli bo‘lgan organizmlar
yig‘indisi trofik daraja deyiladi. Trofik darajalar soni oziq zanjiri bo‘g‘inlari soniga
teng bo‘ladi. Avtotrof organizmlar produtsentlar – geterotrof organizmlar uchun
organik modda yetkazib beradiganlar sifatida birinchi trofik darajani tashkil etadi.
Ikkinchi trofik daraja (birinchi tartib konsumentlar)ga fitofaglar – o‘simlikxo‘r
organizmlar kiradi. Fitotroflar hisobiga yashaydigan go‘shtxo‘rlar uchinchi trofik
daraja (ikkinchi tartib konsumentlar)ga; boshqa go‘shtxo‘rlarni iste’mol qiladigan
hayvonlar to‘rtinchi trofik daraja (uchinchi darajali konsumentlar)ga mansubdir
(25-rasm).
Har bir trofik darajaga bir necha tur kiradi.
4.
2. Bir hujayrali hayvonlarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan
qoldiq moddalar va ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolalar yordamida tashqariga
chiqariladi. Infuzoriyalilarda ayirish a’zosining tuzilishi biroz murakkablashgan,
har bir qisqaruvchi vakuola – yig‘uvchi uzun naycha, pufakcha va chiqarish
naychasidan iborat.
Bo‘shliqichlilarda maxsus ayirish a’zosi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvining
mahsulotlari
entoderma qavati hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari
yordamida tana bo‘shlig‘iga, u yerdan tashqi muhitga chiqariladi.
Yassi chuvalchanglarda ayirish sistemasi protonefridiylar (oddiy buyrak)dan
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
iborat.
To‘garak chuvalchanglarda ayirish sistemasi tana bo‘ylab joylashgan ikkita
uzun naydan iborat. Uzun naylar bosh tomonda o‘zaro tutashib «bo‘yin
bezlari»ni hosil qiladi va ular ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Halqali
chuvalchanglarda har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan metanefridiylar
joylashgan.Molluskalarda ayirish sistemasi tasmasimon buyraklardan iborat.
Buyraklarning tuzilishi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash
bo‘ladi. Kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak oldi bo‘lmasiga,
ikkinchi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Umurtqasiz hayvonlar ichida
yuksak tuzilishga ega bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilar tipining vakillarida ayirish
sistemasi har bir sinf uchun o‘ziga xos tuzilishga ega. Masalan,
qisqichbaqasimonlarda ayirish bir juft yashil bez va ularning naychalaridan
iborat. Bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashadi.
Naychalar
esa
kalta
mo‘ylovlar
asosida
tashqariga
ochiladi.
O‘rgimchaksimonlar
ayirish
sistemasi
bir
juft
shoxlangan
malpigi
naychalaridan iborat. Boshskeletsizlarda ayirish tana bo‘ylab joylashgan
metanefrediylardan iborat. Har bir metanefrediy tana bo‘shlig‘iga va umumiy
teshik orqali jabra oldi bo‘shlig‘iga ochiladi. Baliqlarda ayirish bir juft
tasmasimon buyraklardan iborat bo‘lib, umurtqa pog‘onasining yon tomonida
joylashgan.
Yuqori
darajada
tuzilgan
umurtqalilarda
(qushlarda,
sutemizuvchilarda) boshlang‘ich buyrak va birlamchi buyraklar faqat embrional
davrdagina bo‘lib, keyin rudiment holga keladi. Ko‘p hujayrali tuban hayvonlar
(bo‘shliqichlilar)da jinsiy a’zolar sistemasi rivojlanmagan. Meduzalarda esa
jinsiy vajinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi. Yassi chuvalchanglar
– germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy sistema kuchli taraqqiy
etgan. To‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib,
ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Halqali
chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi.
Metamorfoz bilan rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki jinsli), lekin ikkita
chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi.
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi.
Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy
dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlar
metamorfoz
bilan
o‘rgimchaksimonlar
esa
(kanalardan
tashqari)
metamorfozsiz rivojlanadi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft-juftdan jabraoldi
bo‘shlig‘ida joylashgan. Baliqlar ayrim jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi
germafrodit). Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi.Suvda hamda quruqlikda
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don bo‘lib, buyrak yaqinida
joylashgan. Sudralib yuruvchilarning jinsiy organlari erkaklarida bir juft urug‘don
va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan iborat.
Ulardan boshlab ichki urug‘lanish boshlanadi, ya’ni tuxum hujayra va
spermatozoidning qo‘shilishi tuxum yo‘lida sodir bo‘ladi. Metamorfozsiz
rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi. Qushlarning erkagida bir juft urug‘don va
bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, kloakaga ochiladi. Sutemizuvchilarning erkaklarida bir
juft urug‘don, urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon bo‘ladi.
Tuban sutemizuvchilarda bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust
rivojlangan yoki rivojlanmagan bo‘ladi.
26-bilet.
1.Ekologik piramida .sonlar piramidasi.
2.Quyida qaysi ekologik guruh o’simliklari tasvirlangan,ulardagi moslanishlarni
izohlang.
3.Quyidagi umurtqali hayvonlardagi aromorfozlarni aniqlang va jadvalni to’ldiring.
Sinflar
Aromorfozlar
Baliqlar.
Jabra rivojlanishi
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Oldingi va orqa oyoqlarning paydo
bo’lishi,
Sudralib yuruvchilar
Terisi quruqlashishi ,ichki urug’lanish
tuxumning qattiqligi.
Qushlar
Nerv sistemasi va sezgi organlari kuchli
taraqqiy etgan,uchishga moslashgan.
Sutemizuvchilar
Oliy nerv faoliyati,bachadonda
embrionning rivojlanishi
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
1.Ekologik piramida
ekosistemadagi produtsentlar va har xil darajadagi
konsumentlar (o‘txo‘rlar, yirtqichlar)ning o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi grafik
tasvirdir. Ekologik piramida asosini birinchi trofik 104
daraja – produtsentlar tashkil etadi, undan so‘ng ikkinchi trofik darajani – birinchi
tartib konsumentlari tashkil etadi va h.k. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan
sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‘lchami kattalashib boradi. Bir
darajadan keyingisiga 10 % energiya o‘tgani uchun ekologik piramidaning asosi
keng, yuqorisi esa cho‘qqili o‘tkir bo‘ladi.Tabiatda har xil ekologik piramidalar
uchraydi: 1) sonlar piramidasi – har bir trofik darajada individlar sonini aks
ettiradi; 2) biomassa piramidasi – har bir trofik darajadagi tirik moddaning
umumiy quruq massasini aks ettiradi; 3) energiya piramidasi – trofik darajalarda
energiya oqimini aks ettiradi.
Sonlar piramidasida
ekosistemadagi har bir trofik
darajadagi individlar umumiy soni ko‘rsatiladi. Unga binoan oziq zanjirining bir
bo‘g‘inidan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi. Chunki yirtqichlar
tanasi ularning o‘ljalaridan ancha yirik va yirtqich hayotini ta’minlash uchun bir
qancha miqdordagi o‘lja kerak bo‘ladi.
O‘rmon ekosistemalarida produtsentlarni daraxtlar, birlamchi tartib
konsumentlarni o‘simlikxo‘r hasharotlar tashkil etib, konsumentlarning soni
produtsentlardan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun bunday ekosistemalarning sonlar
piramidasi teskari, ya’ni asosi ingichka, yuqori qismi keng bo‘ladi.
Sukkulent o‘simliklar.
Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari va
organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida
saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada
saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning epidermis to‘qimasi qalin mum
qavat yoki mayda tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari
kam va kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga
aylangan (kaktuslar). Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi.
27-bilet.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
1.Hayvonot dunyosidagi evolutsion o’zgarishlar.
2.Inson ekologiyasi –adaptiv tip.
3.Quyidagi hayvonlarda Idioadaptatsiyalarni aniqlab,jadvalni to’ldiring.
Hayvon turlari
Idioadaptatsiyalar.
Elektr skat
O’zidan elektr tok chiqaradi.
Yashil qurbaqa
terisida zaharli modda ishlab chiqaradi
O’rta osiyo toshbaqasi
Qum rangida bo’lishi bilan
Oq laylak
Uzun oyoqlari ularga balchiqda
bemalol harakatlanishiga
imkon beradi.
Ko’k kit
Issiqonli bo’lishi bilan noqulay
sharoitga moslashgan
1.
28-bilet.
1.Ekotizimlarning maxsuldorligi.
2.Rasmni izohlang.
Javob.
Detrit tipidagi oziq zanjiri: to‘kilgan barg (detrit) detritofaglar (tuproq
bakteriyalari, chuvalchanglar, zamburug‘lar) tuproqda yashovchi hasharotlar,
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
kanalar yirtqich hasharotlar va hasharotxo‘r hayvonlar. Ba’zan oziq zanjirlari
detritdan boshlanadi. O‘lik organik modda – detritdan boshlanadigan zanjir detrit
tipidagi oziq zanjir deyiladi. Bunday zanjirda nobud bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar,
zamburug‘lar yoki bakteriyalarning organik moddalari detritofaglar tomonidan
o‘zlashtiriladi, ular esa, o‘z navbatida, yirtqichlarning o‘ljasiga aylanadi.
3.Laboratoriya mashg’uloti;
Tirik organizmlarning muhitga moslashganligini o’rganish.Baliqlarning suv
muhitiga moslashganligi.
Baliqlarning belgilari.
Moslanish belgilari
Baliqlarning tashqi tuzilishidagi suv muhitiga
moslanish belgilari
Tanasi ikki yondan
siqilgan, tangachalar bilan
qoplangan, uchta toq, ikkita juft
suzgichlari
bor.
Baliqlarning ichki tuzilishidagi suv muhitiga
moslanish belgilari
Suzgichlar skeleti suzgich yoylari
va ular kamari suyaklaridan
iborat. Kamar suyaklar
umurtqa pog‘onasiga
tutashmaganligi bilan
boshqa umurtqalilardan farq qiladi.
Baliqlardagi moslanishlarning nisbiyligi
Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit
rangiga bog‘liq. Chuchuk suv
havzalarida yashaydigan ko‘pchilik
baliqlar tanasining orqa tomoni
balchiq rangiga o‘xshash to‘q
yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi.
Shu sababli suv tubida suzayotgan
baliqni yuqoridan qarab payqab
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
olish qiyin.
29-bilet.
1.Markaziy Osiyo va O’zbekistoning ekosistemalari.
2.Organik olam filogenezida allogenez yo’nalishining ahamiyatini tushuntiring.
3.Jadvalni to’ldiring.
Hayvonlar
Nafas olish sistemasining tuzilishi
Baliqlar
jabra yoriqlari devorlarida kapillar qon
tomirlarga ega bo‘lgan jabra yaproqlari
paydo bo‘ladi. Baliqlarda jabra yoriqlari
soni kamaygan bo‘lsa-da, lekin nafas
olish sathi kapillarlar to‘ri hisobiga
kengayadi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Evolutsiya jarayonida nafas olish organi
o‘pka birinchi marta suvda hamda
quruqlikda yashovchilarda paydo
bo‘lgan. Kelib chiqishi bo‘yicha
panjaqanotli baliqlar bilan bog‘liq
bo‘lgan suvda hamda quruqlikda
yashovchilarda faqat lichinkalik davrida
nafas olish jabralari orqali sodir bo‘lsa,
voyaga yetgandan so‘ng nafas olishi
o‘pka va teri orqali sodir bo‘ladi.
Sudralib yuruvchilar
Sudralib yuruvchilarda nafas yo‘llari –
hiqildoq, traxeya va bronxlar to‘liq
shakllangan. Ularning o‘pkalari mayda
g‘ovaksimon, ko‘p sonli ichki
katakchalarga va katta nafas olish
yuzasiga ega. Lekin ularda bronxlar
shoxlanmaydi.
Qushlar
Qushlar o‘pkasi yaxshi rivojlangan.
Ularning o‘pkasida bronxlar
tarmoqlanib, bronxiolalar bilan tugaydi.
Qushlar uchishga moslashganligi
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
sababli, o‘pkasining ikkilamchi bronxlari
oxirlari havo xaltachalarini hosil qiladi.
Sutemizuvchilar
Sutemizuvchilarda nafas yo‘llari
kiprikchali epiteliy bilan qoplangan. Ular
ovqat hazm qilish sistemasidan to‘liq
ajralgan va faqat halqum qismida
kesishadi. Bronxlar ko‘p marta
tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar
o‘pka pufakchalari bilan tugaydi.
1.Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil.
Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik
zonalardan iborat
Cho‘l ekotizimi. Cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan
ko‘pini tashkil qilib, dengiz sathidan 400–500 m gacha bo‘lgan balandlikda
joylashgan. Tuproqning strukturasiga ko‘ra sho‘rxok tuproqli cho‘l, qumli cho‘l,
gipsli cho‘llar farqlanadi. Masalan, sho‘rxok tuproqli cho‘llarda shiraga boy
o‘simliklar (seret baliqko‘z, qizil sho‘ra, sarsazan), qum tuproqli cho‘llarda
yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simliklar (saksovul, sag‘an, qumtariq, juzg‘un, silen,
iloq), gipsli cho‘llarda shu sharoitga moslashgan o‘simliklar (qora boyalich,
buyurg‘un, shuvoq) o‘sadi. Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilardan qo‘shoyoqlar,
barxan mushugi, jayron, oqquyruq, olaqo‘zon, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri,
yumronqoziq, qumsichqon, tipratikan; qushlardan xo‘jasavdogar, to‘rg‘ay,
tentakqush, yo‘rg‘a tuvaloq, boyo‘g‘li, cho‘l moyqurti, qum chumchug‘i
so‘fito‘rg‘ay, yirtqich qushlardan tasqara, burgut kabilar yashaydi. Sudralib
yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi),
chipor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi keng tarqalgan
To‘qaylar daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va
o‘tlardan
tashkil
topgan
chakalakzorlardan
iborat.
To‘qaylarda
sutemizuvchilardan to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, chiyabo‘ri,
tovushqon; qushlardan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, birqozon,
qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi.
Adirlar O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha bo‘lgan
joylardir.
2. Allogenez – (yunoncha «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish)
organizmlarda
tashqi
muhit
sharoitiga
moslanish
jarayonida
yangi
belgi-xususiyatlar
asosida
xususiy
moslanish
(idioadaptatsiya)ni
vujudga
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
keltiradigan evolutsion yo‘nalish sanaladi. Bunday moslanishlar har bir turga
mansub individlarning muayyan yashash muhitiga moslanishi uchun birmuncha
qulaylik tug‘diradi va biologik progressga sababchi bo‘ladi. Mazkur o‘zgarishlar
organizmlarning muayyan ekologik muhitiga moslanish imkonini berganligi sababli
ekologik differensiatsiya ham deyiladi.
Biologik progress ba’zan organizm tuzilishining soddalashuvi hisobiga ham sodir
bo‘ladi. Filogenezda mazkur yo‘nalish katagenez deb ataladi.
30-bilet.
1.Ekotizimlarning maxsuldorligi.
2.O’simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish.
3.Oziq zanjiri bo’g’inlarini ketma ketlikda joylashtiring;o’rgimchak,ari,chittak,olma
daraxti,qirg’iy.
Javob;
Olma daraxti – ari – o’rgimchak –chittak – qirg’iy.
Biomassa tushunchasi. Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy aylanishi,
shuningdek, energiyaning yo‘nalishli oqimi sodir bo‘ladi. Buning natijasida
organizmlar biomassasi hosil bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida muayyan
ekosistemada jamlangan, barcha tirik organizmlar (organik moddalar)ning umumiy
miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. O‘simliklar biomassasi fitomassa,
hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi. Ekosistema biomassasi quruqlik
ekosistemalarida maydon birligida quruq organik modda massasi birligi bilan:
g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, suv havzasi ekosistemalarida hajm birligida
ifodalanadi.
Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi va
qabul qilinadigan quyosh energiyasining bir qismini biomassada to‘playdi.
Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin
farqlanadi. Ekosistemada organik moddaning hosil bo‘lish tezligi biologik 101
mahsuldorlik deyiladi. Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon
birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari uchun
litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan biomassa miqdori bilan ifodalanadi.
O‘rmondagi organizmlarning umumiy biomassasi yillik o‘sish – mahsuldorligidan
ancha ko‘p bo‘ladi. Hovuzda fitoplanktonning umumiy biomassasi uncha ko‘p
emas, ammo fitoplankton tez ko‘payishi hisobiga katta tezlikda mahsulot hosil
qiladi.
Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydalanishiga
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
ko‘ra, ekosistemada birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi. Bunda hosil
bo‘ladigan mahsulot mos ravishda birlamchi va ikkilamchi deyiladi. Fotosintez
yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar (produtsentlar) tomonidan
mineral moddalardan hosil qilinadigan biomassa
birlamchi mahsulot
deyiladi.
2. Tabiatni muhofaza qilish – bu yerdagi hayotni saqlab qolish, tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish va qayta tiklash uchun xalqaro, davlat va
mintaqaviy tadbirlar majmuyi sanaladi. Ushbu faoliyat insoniyatning hozirgi kuni va
kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilishning
asosiy vazifasi o‘simlik olami va hayvonot dunyosi turlarining xilma-xilligini va
genofondini saqlab qolish hisoblanadi. 1948-yil tashkil etilgan Tabiatni muhofaza
qilish Xalqaro Ittifoqi (TMQXI) va 1961-yil asos solingan Butunjahon yovvoyi tabiat
jamg‘armasi (WWF) ushbu maqsadga xizmat qiladi. Parijda 1970-yil o‘tkazilgan
biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari
bo‘yicha
mutaxassislarning
maxsus
xalqaro
anjumanining
o‘tkazilishi
bioxilma-xillikni mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratish uchun muhim qadam bo‘ldi.
1979-yil BMT Bosh Assambleyasida «Atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi» (YuNeP)
tashkil etilgan edi. 1992-yilda BMTning Yer sayyorasi muammosi bo‘yicha
Rio-de-Janeroda o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda «Biologik xilma-xillikni saqlash»
dasturi ilgari surilgan va dunyoning 179 mamlakatining hukumat vakillari
tomonidan imzolangan biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya qabul qilingan.
Ushbu hujjatlarda Yer yuzida mavjud bo‘lgan barcha turlarning xilma-xilligini
muhofaza qilishning Butunjahon strategiyasi ishlab chiqilgan. O‘zbekistonning
noyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dastlabki
ma’lumotlar 1979-yil ta’sis etilgan «Qizil kitob»da o‘z aksini topgan. Birinchi marta
O‘zbekiston «Qizil kitob»ining faunaga bag‘ishlangan qismi 1983-yil nashrdan
chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar,
sutemizuvchilar)ning 63 turi kiritilgan edi. 1984-yil o‘simliklar olamiga
bag‘ishlangan nashriga 163 tur o‘simlik kiritilgan. «Qizil kitob» – davriy nashr
hisoblanadi. Unga kiritiladigan o‘simlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish
Xalqaro Ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi:
1) yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi)
turlar;
2) yo‘qolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus
muhofazaga muhtoj) turlar;
3) kamyob, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichik maydonlarda kamdan
kam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar;
4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko‘ra
yoki inson ta’sirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab
qilinadigan) turlar.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
.
O’zbekiston biologlari.
O’zbekiston biologlari.
Dostları ilə paylaş: |