O’zbekiston bmt: hamkorlik sarhadlari kengaymoqda



Yüklə 7,96 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,96 Kb.
#206284
o\'zbekistonning bmt bilan hamkorligi

o'zbekistonning bmt bilan hamkorligi

Tohirova Sevinch

O’zbekiston Respublikasi prezidenti islom Karimovning BMT Sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqi

  • O’zbekiston Respublikasi prezidenti islom Karimovning BMT Sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqi

O’zbekistonning xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolarni hal etish borasida yuksak minbarlardan yangragan tashabbuslari mamlakatimiz 1992 yilda a'zo bo’lib kirgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan keng qo’llab-quvvatlandi.
992 yilning 2 martida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O’zbekistonning milliy bayrog’i hilpiradi.
Ushbu kundan e'tiboran mamlakatimiz global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida hamda muhim xalqaro qarorlarni qabul qilish jarayonida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi.
O’zbekistonning xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar
O’zbekiston o’sha ondan boshlab BMT bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi.
Bular, jumladan, bugungi kundagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek,
Afg’onistonni qayta tiklash, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal etish, xususan, Orol dengizi fojiasining og’ir oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalardir.
BMT bilan mamlakatimiz hamkorligining asosiy yo’nalishi faol siyosiy muloqotni yo’lga qo’yish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qatnashishi orqali mazkur siyosiy muloqotga tamal toshi qo’yilib, davlatimiz rahbari ilk bor mustaqil O’zbekiston va uning imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga e'lon qildi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hududni tashkil etish tashabbusini ham ilgari surib, bu haqdagi shartnoma 2006 yilning sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. BMT Bosh Assambleyasining 61- va 63-sessiyalarida Tashkilotga a'zo davlatlarning ko’pchilik ovozi bilan “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud” Rezolyutsiyasi qabul qilindi, 2009 yilning mart oyidan boshlab esa, bu haqdagi Shartnoma kuchga kirdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1995 yilning oktyabrida BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida Afg’onistonga qurol-yarog’ embargosini joriy qilish hamda ushbu mamlakatga do’st bo’lgan davlatlar guruhini tuzish tashabbusini ilgari surdi.
Mazkur tashabbus 1999 yilda “Afg’onistondagi ziddiyatni bartaraf etishning asosiy prinsiplari to’g’risida”gi Toshkent deklaratsiyasida o’z aksini topdi. Bu deklaratsiya afg’on zaminida tinchlik o’rnatishning asosiy tamoyillarini o’z ichiga olgan bo’lib, “6Q2” deya yuritiluvchi muloqot guruhi ishtirokchilarining nuqtai nazarlari va yondashuvlarini birlashtirvchi muhim hujjatga aylandi.
2000 yilda mamlakatimiz Prezidenti dunyoning 150 dan ziyod davlatlari rahbarlari qatnashgan BMTning “Mingyillik sammiti”da ishtirok etdi.
Ikki minginchi yillik oralig’ida o’tkazilgan sessiya qatnashchilari O’zbekiston Respublikasini “BMT Mingyillik Assambleyasi” raisining o’rinbosari etib tayinlab, mamlakatimizga katta ishonch bildirdilar.
O’zbekiston BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti, BMTning qochoqlar ishlari bo’yicha agentligi va boshqa institutlari bilan O’zbekiston hududidagi qirg’izistonlik qochoqlarga yordam ko’rsatish borasida yaqindan hamkorlik qildi.
O’zbekistonning Qirg’iziston janubidagi zo’ravonlik qurbonlariga yordam ko’rsatish borasidagi tadbirlari hamda uning oqilona va vazmin siyosati jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi. Bir qator davlatlar rahbarlari, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Qirg’iziston prezidenti O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovga 2010 yil iyun oyida Qirg’iziston janubidagi fojiali voqyealar oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish borasidagi O’zbekistonning konstruktiv sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi.
O’zbekiston BMT va uning narkoagressiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. 2002 yil oktyabr oyida BMT Bosh kotibi Kofi Annanning O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Tashrif chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMTning giyohvand moddalarni nazorat qilish markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi va ushbu markaz Almati shahrida ochilishiga kelishildi.
O’zbekiston va BMTning ekologiya sohasidagi hamkorligi doirasida Orolbo’yidagi vaziyat degradatsiyasining oldini olish va Orol fojiasi oqibatlarini yengillashtirish bo’yicha qabul qilingan tezkor choralar ustuvorlik ahamiyatiga ega. BMT O’zbekistonga ushbu masalani hal etish borasida ko’mak berishga tayyor.
O’zbekistonning Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorligining ustivor yo’nalishlari ushbu tashkilotning Yevropa hududiy byurosi va O’zbekiston Repsublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi o’rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan OIF/OITSga qarshi kurash hamda ularning oldini olish, sil, bezgak, yuqumli va yuqmaydigan kasalliklarni profilaktika qilish hamda sanitar holatini yaxshilash, onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash sohalari sanaladi. 2010 yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT va Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatlari o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risidagi qo’shma deklaratsiya imzolandi.
Shubhasiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Nyu-York shahriga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi O’zbekiston va BMTning kelgusidagi strategik sherikchilik hamda hamkorlik munosabatlari mustahkamlanishiga kuchli ta'sir ko’rsatadi va bu, o’z navbatida, mamlakatimizning xalqaro darajadagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladi.
Yüklə 7,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin